REJA: 1. Kabellarning uchlariga po’lat voronkalarda ishlov berish
2. Epoksid kompaundidan tayyorlangan voronkada kabellarning zadelkasi
1.Kabellarning uchlariga po’lat voronkalarda ishlov berish .Isitiladigan va isitilmaydigan quruq xonalarda kuchlanishi 10 kV gacha bo’lgan elektr qurilmalaridan kabellarning uchlariga po’lat voronkalarda ishlov berish (tipaviy belgisi KVB) Hozirgi vaqtgacha keng qo’llanmoqda. KVB voronkalarida uch xilda ishlov beriladi.
KVBm (1–rasm, a) – qopqoqsiz va chinni vtulkalarsiz montaj qilinadigan, kichik o’lchamli ovalsimon voronkali. KVBm faqat kuchlanishi 1 kV gacha, tomirlarining kesimlari: agar uch tomirli bo’lsa – 3*120 mm2; to’rt tomirli bo’lsa – 4*95 mm2; bo’lgan kabellarga ishlov berishda foydalaniladi.
KVBk (1–rasm, b)–doiraviy voronkali, bunda Kabelg’ tomirlari voronkadan chiqish joyida teng tomonli uchburchakning uchlarida joylashadi (voronka aylanasi bo’ylab bir–biridan 120 siljitib).
KVBo (1–rasm, v) – ovalsimon voronkali, bunda kabelning tok o’tkazuvchi tomirlari voronkadan chiqish joyida bir qatorga terilgan holda joylashtiriladi.
1–rasm. Po’lat voronkalarda kabellar zadelkalarining tiplari:
a – KVBm, b – KVBk, v – KVBo; 1 – tunuka po’latdan ishlangan voronka, 2 – yopishqoq polivinilxlorid tasma bilan o’ralgan kabelg’ tomiri, 3 – chinni vtulka, 4 – voronka qopqog’i, 5 – M 8 bolti, 6 – uchlik, 7 – pastki yarim xomut, 8 – yerga ulanadigan sim, 9 – quyiladigan teshik qopqog’i, 10 – ustki yarim xomut, 11 – smola shimdirilgan tasmadan o’ram.
KVBo va KVBk voronkalaridan kuchlanishi 10 kV gacha, har qanday kesimli tok o’tkazuvchi tomirlarga ishlov berishda foydalaniladi; kabellarning kuchlanishi 3,6 va 10 kV bo’lganda voronka qopqoq va chinni vtulkaplar bilan birga kuchlanishi 1 kV gacha bo’lganda esa qopqoqsiz va vtulkasiz montaj qilinadi.
Kabelda po’lat voronkani montaj qilish da uning uchiga ishlov berish ishlari asosan SCHo cho’yan muftalarda ulash uchun ishlov berish kabi bajariladi, voronkani montaj qilishning keyingi operatsiyalari quyidagicha bajariladi (2–rasm).
2–rasm. Kabelning uchiga KVB voronkasini montaj qilish :
a, b, v, g, d, ye, j, z – operatsiyalar tartibi.
Kabelning kuchlanishi va tok o’tkazuvchi tomirlarning kesimlari bo’yicha tanlangan po’lat voronka ifloslikdan tozalanadi, kabelga kiydiriladi va ifloslanmasligi uchun voronka qog’ozga o’rab kabelning ishlov beriladigan tomoniga (2–rasm, a) surib qo’yiladi. Kabelning ishlov berilgan qismini 130 S gacha qizdirilgan MP–1 mastikasi bilan part qilinadi va tok o’tkazuvchi tomirlarga chini vtulkalar o’rnatiladigan joylar belgilab qo’yiladi, so’ng bu belgilardan ishlov berish chetiga 50 mm qoldirib tomirlarga (2–rasm, b) uch–to’rt qatlam yopishqoq polivinil–xlorid lenta o’raladi; lenta keyingi o’ram oldingisining yarmini qoplaydigan qilib tomirlar uchidagi ochilgan qismigacha o’raladi.
Voronka kabelda o’rnatiladigan joyiga vaqtincha suriladi va tomirlarni voronkada joylashtirib (2–rasm, v) chinni vtulkalar va voronkaning og’zi joylashadigan joy aniqlanadi, so’ngra yana Kabelg’ bo’ylab surib qo’yiladi.
Erga ulanadigan sim kabelning qobig’iga (2–rasm, g) va uning zirhiga (2–rasm, d) sim bandaj bilan bog’lab qo’yiladi, keyin ikki uch minut davomida kavsharlanadi (2–rasm, ye), so’ngra kabelga ishlov berishda uning bellama izolyatsiyasi ustida qoldirilgan qobiqning halqasimon kamari olib tashlanadi.
Kabelning zirhida (voronkaning og’zi turadigan joyda) bir necha qatlam (odatda 6–8) smolali tasma o’raladi. Kabelda voronka zich o’tirishi uchun lenta konussimon tarzda o’raladi. Lenta uch yoki to’rt qatlam o’ralgandan keyin yerga ulanadigan sim Kabelg’ bo’ylab yotqiziladi va lentaning qolgan qatlamlari o’raladi (2–rasm, j), bunda yerga ulanadigan sim podmotka (tasma) ning o’rtasida bo’lishi kerak.
Voronkani joyiga o’rnatib uni podmotkaga mahkam kiygiziladi, vornkaning og’ziga ikki–uch qatlam smola surtilgan lenta qo’yiladi va xomut, boltlar yordamida Kabelg’, voronka hamda yerga ulanadigan ishlab turuvchi tuzilishga bog’lab qo’yiladi (2–rasm, z).
Tomirlarga voronka qopqog’i va chinni vtulkalar kiydiriladi, buning uchun oldin belgilangan vtulkalar joylashadigan joylarga yopishqoq polivinilxlorid lentadan yoki tsapongliftal loki surtilgan loklangan matoda konussimon podmotka qo’yiladi.
Kabelg’ tomirlarini elektr istehmolchisiga ulash uchun eng qulay shakl berib egiladi, keyin uchliklar bilan ishlov beriladi va apparatning yoki taqsimlash qurilmasining lozim bo’lgan kontaktiga ulanadi.
Po’lat voronkalarda kabellarga ishlov berishda montaj qilishning yakunlovchi operatsiyasi kabelning kuchlanishi va atrof muhit sharoitiga qarab voronka bitum–Kabelg’ mastikasini quyishdir. Quyishdan oldin voronka 50–60 S gacha, Kabelg’ mastikasi 130 S gacha qizdiriladi. Qizdirilgan mastika quyish teshigidan uzluksiz oqim tarzida varonkaga quyiladi. Kabelg’ mastikasi sovigan va cho’kkan sari voronkaga shunday miqdorda mastika quyiladiki, mastikaning oxirgi sathi (uchun to’liq qotganidan keyin) voronkaning ustki chetidan ko’pi bilan 10 mm past bo’lsin.
Voronka, xomut va ushlab turuvchi tuzilish emalg’ bo’yoq bilan (№270, PX–715 va boshqa) ikki marta bo’yab qo’yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |