O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi davlat universitetining pedagogika instituti


-MAVZU. O’ZBEKISTON MUZEYLARI. ANTONIMLAR VA ULAR TURLARI



Download 4,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/181
Sana11.03.2022
Hajmi4,12 Mb.
#489193
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   181
Bog'liq
Мажмуа Ozbek tili 2021doc

 
6-MAVZU. O’ZBEKISTON MUZEYLARI. ANTONIMLAR VA ULAR TURLARI, 
USLUBIY XUSUSIYATLARI 
Og‘zaki nutq
:
Mavzuga oid suhbatlashish.
Yozma nutq:
“Dunyo muzeylariga virtual sayohat” mavzusida taqdimot tayyorlash.
Antonimlar va ular turlari, uslubiy xususiyatlari. 
Grammatika: 
Antonimlar va ular turlari, uslubiy xususiyatlari. 
Toshkent muzeylari 
1917- yilgacha Toshkentdagi birinchi va yagona muzey Toshkent muzeyi bo‘lgan. 
1917- yildan keyin turli ixtisosdagi keng ekspozitsiyalarga ega bo‘lgan Muzeylar tashkil
etila boshlagan. 1918- yil knyaz N.Romanov saroyida uning musodara qilingan kolleksiyasi 
asosida Badiiy muzey (hozirgi O‘zbekiston davlat san'at muzeyi), 1921- yil Eski shahar 
muzeyi, 1926- yil O‘zbek Eski shahar muzeyi tashkil qilingan. Madaniy taraqqiyot yangi
Muzeylar tashkil qilish va mavjud Muzeylarni qayta jihozlash zarurligini taqozo etgan. O‘rta 
Osiyo muzeyining geologiya, zoologiya, botanika va antropologiya bo‘limlari, qishloq
xo‘jaligi muzeyi va hayvonot bog‘i Tabiat muzeyiga aylantirildi. Respublika


63 
ko‘rgazmalari negizida Politexnika muzeyi (1933), Amaliy san'at muzeyi (1937; 1937–91
yillarda Amaliy san'at asarlari doimiy ko‘rgazmasi) tashkil qilindi; Adabiyot muzeyi tuzildi.
1940- yilda Toshkent Muzeylarida 500 mingga yaqin eksponat bo‘lgan, muzeylarga 
kiruvchilar soni 300 mingga yaqin kishini tashkil etgan. 2-jahon urushi yillarida Markaziy tarix
muzeyi, O‘zbekiston san'at muzeyi va Adabiyot muzeyi – Tarix, madaniyat va san'at muzeyiga,
Politexnika muzeyi Tabiat muzeyiga birlashtirildi. 40-yillar o‘rtalaridan Muzey qurilishida 
yangi bosqich boshlandi. 1945- yil rus yosh tomoshabinlar teatri eskibinosida joylashgan 
Davlat san'at muzeyi mustaqil muzeyga aylandi. 1972- yil O‘zbekiston kino san'ati
muzeyi, 1973- yil O‘zbekiston Sog‘liqni Saqlash muzeyi, 1975- yil Turkiston harbiy
okrugi qo‘shinlari tarixi muzeyi tashkil etildi. 1988- yil Antiqa va zargarlik buyumlari
muzeyi ochildi. 60–80-yillarda H.Abdullaev, M.Ashrafiy, S.Borodin, Oybek, Fafur Fulom, 
O‘.Tansiqboev, Abdulla Qahhor uymuzeylari va Yu.Fuchik, S.Yesenin muzeylari,
Tamaraxonim liboslari doimiy ko‘rgazmasi va boshqalarga asos solindi.
Toshkentda 29 ta muzey bo‘lib, ularda 113127 eksponat saqlanadi; har yili
Muzeylarga o‘rtacha 1,5 mln. ga yaqin kishi kiradi (2008). Toshkentdagi yirik davlat 
muzeylari: O‘zbekiston davlat san'at muzeyi, O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi, Temuriylar
tarixi davlat muzeyi, O‘zbekiston amaliy san'at muzeyi, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli 
kuchlari markaziy muzeyi, O‘zbekiston tasviriy san'at galereyasi, O‘zbek liboslari galereyasi va 
boshqalar. Muzeylar ilmiy asarlar, qo‘llanmalar va kataloglar nashr etadi. O‘zbekiston xalq 
xo‘jaligi yutuqlari ko‘rgazmasi, planetariy muzey tipidagi muassasalar tipiga kiradi. Toshkent 
korxonalari, muassasalari va o‘quv yurtlarida tashkil qilingan Muzeylar davlat muzey 
tarmoqlarini to‘ldiradi. Muzeylar o‘tmish va kelajak orasidagi ko‘prik Yosh avlod tarbiyasida
xalqimizning boy o‘tmishini bugungi zamon bilan bog‘lovchi muzeylar faoliyati alohida
o‘rin tutadi. Muzeylarga tashrif buyurgan kattayu kichik o‘tmishda yashab o‘tgan tarixiy 
shaxslar, xalqimiz tomonidan yaratilgan betakror madaniy-ma’naviy meros haqida keng 
tasavvurga ega bo‘ladi, millatimiz tarixiga aloqador shonli, unutilmas voqealardan faxrlanadi,
bugungi farovon turmushimizga shukrona keltiradi, ularning kayfiyatida milliy 
qahramonlarimiz xotirasiga chuqur hurmat va xayrixohlik ifodasi aks etadi. Shu bois ham
hozirda yoshlarning muzeylarga sayohatlarini uyushtirish, bu maskanlarda turli
mavzulardagi ma’naviy-ma’rifiy kechalarni tashkil qilishga katta ahamiyat qaratilmoqda. 
Mazkur tadbirlar yoshlarni ona yurtga muhabbat, azaliy qadriyatlarimizga hurmat, Ona
Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga, ular ongida mamlakatimizda bo‘lib o‘tayotgan
muhim voqyea-hodisalarga befarq bo‘lmaslik, ayniqsa, o‘z madaniy merosini asrash
tuyg‘ularini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Bugungi kunda mamlakatimizda turli
yo‘nalishdagi muzeylar faoliyat ko‘rsatmoqda.
Istiqlol yillarida bunyod etilgan Temuriylar tarixi davlat muzeyi, “Qatag‘on qurbonlari 
xotirasi” muzeyi, Termiz Arxeologiya muzeyi singari dargohlar xalqimizning ulkan
bunyodkorlik va ma’naviy salohiyatini namoyon etib turibdi. Samarqand, Buxoro, Xiva
kabi qadimiy shaharlarimizdagi qayta ta’mirlanib yangicha qiyofa kashf etgan muzeylarda
ayni paytda xalqimiz tarixi va madaniyatigaoid ko‘plab eksponatlar saqlanmoqda. Bizning 
muzeylarimizni ko‘rishga, o‘rganishga chet ellik sayyohlar o‘rtasida ham qiziqish
juda kattadir. Muzeylar yosh avlod ma’naviyatini, dunyoqarashini boyituvchi vositadir.
Shu bois bugungi kunda maktab va kollejlar o‘quvchilari ishtirokida muzeylarga
sayohatlar uyushtirish, dars jarayonlarini muzeyda olib borish faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Hozirga kelib muzeylarga yoshlarning keng qamrovda tashrifetishi, ularni e’tiborini jalb qilish 
maqsadida yangi tartib va an'analar joriy etilmoqda. Jumladan, poytaxtimizdagi qator 
muzeylarda o‘quvchilar uchun turli imtiyozlar yaratilgan. Bularning barchasi muzeylarga 
kelayotganyoshlar oqiminikengaytirishga, ularga Vatanimiz tarixi haqida chuqur ma’lumot
berishga, tarixga qiziqishlarini orttirishga, ayniqsa har bir fuqaro qalbidaVatanga bo‘lgan 
muhabbatni dildan his qilishga yordam beradi.

Download 4,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish