O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi davlat universitetining pedagogika instituti



Download 4,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/181
Sana11.03.2022
Hajmi4,12 Mb.
#489193
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   181
Bog'liq
Мажмуа Ozbek tili 2021doc

GRAMMATIKA: 
 O’ZBEK TILIDA NEOLOGIZMLAR 
Reja: 
1. O’zbek tilida neologizmlar. 
2.O’zbek tilida neologizmlarning xususiyatlari.
3.Neologizmlarning qo’llanishi.
Hozirgi o`zbek tilshunosligida uning barcha sohalari bo`yicha, ayniqsa, leksikologiya 
yuzasidan yirik va jiddiy tadqiqot ishlari amalga oshirilgan. Shunga qaramasdan, bu sohaning 
barcha muammolari tugal hal etilgan deb bo`lmaydi. O`zbek tili lug`at tarkibidagi o`zlashma 
neologizmlar shu vaqtga qadar to`liq o`rganilgan emas. S.I.Ojegovning e’tirof etishicha, leksika 
tilning boshqa sathlariga qaraganda murakkab va ko`p qirralidir. Uning vazifasi, bir 
tomondan,jamiyat nafas olayotgan borliqni barcha murakkabliklari bilan in’ikos etish bo`lsa, 
ikkinchi tomondan, leksik, semantik, uslubiy-sinonimik so`z yasash va shuning kabi bir qator 
hodisalarning murakkab lisoniy munosabatlarini ifoda etishdan iboratdir
1
. Bir tildan boshqa 
tilga so`z o`zlashishi tillarning aralashuvi sifatida yuqori baholanadi. Mashhur tilshunos 
L.V.Shcherba bunday jarayonni tilshunoslikning muhim muammolari sirasiga kiritadi. 
Qozon tilshunoslik maktabining namoyandalaridan biri V.A.Bogoroditskiy o`z tilini 
o`rganishda boshqa tilning ta’sirini hisobga olish zarurligi va uning ahamiyatini qayd qiladi. 
Tillarning o`zaro ta’siri, bir tildan boshqa tilga lisoniy birliklarning o`zlashishi masalalari 
N.V.Yushmanov tadqiqotlarida ham e’tiborli o`rinda bo`lgan. O`zbek tilidagi o`zlashma 
neologizmlarning tadqiqiga bag`ishlangan an’anaviy yo`sindagi ishlar mavjud emas. Lekin 
o`zbek tilidagi o`zlashma neologizmlar sistem tadbirlar asosida o`rganilmagan. Sababi shuki, 
lug`aviy materialni sistem o`rganish fonetika, morfologiya yoki sintaksis materiallarini sistem 
o`rganishga qaraganda qiyinroq kechadi
4
Kurs ishining obyekti va manbalari. O`zbek tili leksikasining o`zlashma neologizmlari qatlami 
tadqiqotning asosiy obyekti sanaladi. 
Kurs ishining asosiy maqsad va vazifalari. Mazkur BMIning maqsadi hozirgi o`zbek tili lug`at 
tarkibidagi o`zlashma neologizmlarni ayrim leksik-semantik xususiyatlarini tadqiq etishdir. 
Bunda quyidagi vazifalar hal etiladi: 

o`zlashma 
neologizmlarning 
semantik 
xususiyatlarini 
tadqiq 
etish; 

o`zlashma 
neologizmlarning 
leksik 
xususiyatlarini 
tavsif 
etish;
- o`zlashma neologizmlarning o`zbek tili lug`at tarkibiga o`zlashish omillarini aniqlash. 
Tilshunoslikda 
leksikologiya bo‘limi bo‘yicha dastlabki tadqiqotlar I.Rasulov, 
A.Shomahsudov, 
R.Qo‘nurovlar 
tomonidan 
olib 
borilgan 
bo‘lsa, 
keyinchalik 
M.Yo‘ldoshevning “Badiiy matnning lisoniy tahlili” va S.Karimovning ilmiy tadqiqotlarida o‘z 
aksini topgan. Ko‘rinadiki, leksikologiya sohasida talaygina ishlar amalga oshirilgan. Bu 
borada ishlarning bevosita davomi sifatida biz o‘z ishimizda o`zlashma neologizmlarning 
leksik-semantik xususiyatlariga e’tibor qaratdik.
O‘zbek tili qanchalar boy til. Undagi latiflik, joziba, o‘ziga xoslik tufayli durdona asarlar 
yaratilgan. Til - millat kaliti. Zero xalq qalbiga yo‘l uning ona tilini bilish, madaniyati va 
an’analarini hurmat qilishdan boshlanadi. Qadim bu ona zaminimiz ne kunlarni boshidan 
kechirmadi. Qonli urushlar, hisobsiz jang-u jadallar. Lekin shunda ham matonatli o‘zbek xalqi 
o‘z an’ana va qadriyatlarini saqlab qolishga harakat qildi. Millat ruhi sanalmish ona tilimizni 


72 
biz ─ avlodlarga meros qilib qoldirdi. Unda tarix pinhon. “O‘z ona tilisini bilmagan odam 
o‘zining shajarasini, o‘zining ildizini bilmaydigan kelajagi yo‘q odam, kishi tilini bilmaydigan 
odam uning dilini ham bilmaydi”. 
Ma’lumki, har qanday tilda o‘zga tillarning leksemalari uchraydi. Ikki xalq yoki millat vakillari 
o‘zaro turli munosabatlarda (iqtisodiy, madaniy, siyosiy) bo‘lar ekan, ularning tillari ham 
shunday munosabatlar natijasida o‘zaro 
aloqaga kirishadi
, bir-birlariga ozmi-ko‘pmi ta’sir 
ko‘rsatadi. Bir tilga ikkinchi til so‘zlarining kirishi bir tarafdan ular orasidagi munosabatni 
ta’minlashga xizmat qilsa, ikkinchidan u tilni rivojlantirishga ham yordam beruvchi asosiy 
vosita sifatida katta o‘rin tutadi. 
O‘zbek xalqi, ma’lumki, eng qadimgi urug` va qabilalaridan o‘sib chiqqan, demak uning tili 
ham shu urug` va qabilalar tili negizida rivoj topgan. Markaziy Osiyodagi turli tarixiy, ijtimoiy-
siyosiy jarayonlar, xususan, arablar, mo‘g’ullar, ruslar istilosi, tojik, turkman xalqlari bilan 
qo‘shnichilik munosabatlari ham o‘zbek tili taraqqiyotiga kuchli ta’sir ko‘rsatgan. Anashu 
tarixiy jarayonlar nuqtai nazaridan qaralganda hozirgi o‘zbek tilining boyligida ikkita yirik 
qatlam - o‘z va o‘zlashgan qatlamlar borligi ma’lum bo‘ladi. 
Asrlar davomida tillar bir-biridan so‘z olib, so‘z berib shakllanib kelmoqda. Bu ham bir 
imkoniyat. Til tizim sifatida uzluksiz harakatda, rivojlanishda bo‘lib turadi, bu uning ijtimoiy 
mohiyatidan kelib chiqadi: til va jamiyat, til va ong, til va tafakkur o‘rtasidagi ikki tomonlama 
aloqadorlik ularning bir-biriga ta’sirini belgilaydi - jamiyatda bo‘lib turadigan ijtimoiy-siyosiy 
jarayonlar, ilmiy texnikaviy taraqqiyot, iqtisodiy-ma’rifiy sohalardagi islohatlar tilning lug`at 
boyligida yangi-yangi so‘z va atamalarning yuzaga kelishini, ayni paytda ma’lum so‘z-
leksemaning eskirib tarixiy kategoriyaga aylanishini taqozo qiladi. Bu jarayon tilning lug`at 
boyligida istorizm, arxaizm va o`zlashma neologizm kabi leksik birliklarni yuzaga keltiradi. 

Download 4,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish