O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi davlat universitetining pedagogika instituti



Download 4,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/181
Sana11.03.2022
Hajmi4,12 Mb.
#489193
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   181
Bog'liq
Мажмуа Ozbek tili 2021doc

TEMURIYLAR TARIXI DAVLAT MUZEYI 
O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov rahnamoligida 
tariximizni chuqur o‘rganish, buyuk ajdodlarimiz xotirasini e’zozlash borasida amalga 
oshirilgan keng ko‘lamli ishlar samarasida Amir Temur shaxsi, uning jahon tarixidagi
o‘rni, xalqimiz, Vatanimiz oldidagi xizmatlari qadr topdi. 1996-yili Sohibqiron Amir
Temurning 660-yillik yubileyi xalqaro miqyosda keng nishonlandi, YuNESKO shafeligida
xalqaro konferensiyalar va ko‘rgazmalar o‘tkazildi. Sohibqironning 675-yillik tavallud to‘yi 
arafasida Yurtboshimizso‘zboshisi bilan mazkur kitob mukammal holda yangidan chop etildi.
Bugun Toshkent, Samarqand va Shahrisabz shaharlarida bobokalonimizning ulug‘vor 
haykallari savlat to‘kib turibdi. Amir Temur nomi bilan ataluvchi ko‘chalar, xiyobonlar
va boshqa geografik obyektlar yurtdoshlarimizning ardoqli maskanlariga aylangan. 1996-yili 
Amir Temur xiyoboniga tutash hududda Temuriylar tarixi davlat muzeyi barpo etildi. Bu
Sohibqironga, uning yurt ravnaqi yo‘lidagi xizmatlariga ko‘rsatilgan yuksak ehtiromning 
amaliy ifodasidir. Temuriylar tarixi davlat muzeyi binosi Amir Temur davridagi saroylar
ko‘rinishida
qurilgan bo‘lib, imoratning asosiy kirish eshiklari Amir Temur xiyoboniga qaragan.
Yog‘och o‘ymakorligining yorqin namunasi bo‘lgan, yong‘oqdan ishlangan, ko‘rkam bu
eshiklardan ekspozitsiya zaliga kirib boriladi. Imoratning butun aylanasi bo‘ylab
joylashgan yarim ochiq ayvonini salobatli, oq rangli ustunlar bezab turadi. Uning tashqi 
devori aylanasi bo‘ylab sirkor sopol medalyonlar bilan bezatilgan, ularda arab alifbosidagi suls 
yozuvida insonni yaxshilikka undovchi Itoat, Adolat, Zarofat, Ma’rifat, Diyonat, Oqibat,
Marhamat, Qadriyat, Sadoqat, Muvaffaqiyat, Matonat, Muruvvat, Shijoat, Mashvarat
so‘zlari bitilgan. Bularning barchasi inshootga o‘zgacha husn bag‘ishlaydi.
Temuriylar tarixi davlat muzeyi rang-barang eksponatlari, noyob osori-atiqalari
bilan nafaqat yurtdoshlarimiz, balki xorijlik sayyohlar e’tiborini ham o‘ziga jalb etib


65 
kelmoqda. Bu yerda temuriylar davriga oid ko‘plab nodir ashyolar saqlanmoqda. Bular –
Amir Temur va temuriylar davri tarixiga oid qo‘lyozmalar, yozishmalar, oltin, kumush va
mis tangalar, sopol, bronza, mis buyumlar, me’moriy qoplamalar, etnografik manbalar, 
Amir Temur va temuriylar davri zargarlik buyumlari namunalari, Amir Temur maqbarasi va 
Bibixonim masjididan topilgan ashyolardir. Ushbu noyob inshoot nafaqat muzey, balki
Amir Temur va temuriylar davri tarixini o‘rganuvchi ilmiy markaz sifatida xalqimizning
davlatchilik tarixini yoritib beruvchi, ajdodlarimizning boy moddiy va ma’naviy merosini
o‘zida mujassam etuvchi va ilmiy tadqiq etib, kelajak avlodga yetkazuvchi obyekt ham
hisoblanadi. Muzeyda o‘tgan yillar mobaynida “Temuriylar davri renessansi”, “Temuriylar
davri yozma yodgorliklarining O‘zbekistonda va xorijda o‘rganilishi” mavzusida
fundamental, “Shohruxiya qal’a-shahari – Amir Temur va temuriylar davrining noyob
yodgorligi” mavzusida amaliy loyihalar amalga oshirildi. Ayni paytda “Temuriylar
davrida ilm-fan va madaniyat rivojini o‘rganish va targ‘ib qilishning umumbashariy
ahamiyati” mavzusida fundamental ilmiy loyiha ustida ish olib borilmoqda. Muzeydagi
ilmiy-tadqiqot ishlari Amir Temur va temuriylar davri tarixini chuqur va xolisona 
yoritishga qaratilgandir. Temuriylar davriga oid asosiy ekspozitsiyalar muzeyning ikkinchi va 
uchinchi qavatidan joy olgan. Bu yerdagi o‘zbek miniatyurachi rassomlari yaratgan 
“Buyuk Sohibqiron – buyuk bunyodkor” kompozitsiyasi “Tug‘ilish”, “Yuksalish”,
“Faxrlanish” deb nomlangan uch bo‘limdan iborat. Asarda moviy rang ko‘p uchraydi. Bu 
rang AmirTemur bayrog‘ining ramzi bo‘lgan. U hamisha hayotni sevishga, tiriklikni anglashga, 
bunyodkorlikka undagan. Muzeyga turli xorijiy davlatlar, hukumatlar va nufuzli xalqaro 
tashkilotlar rahbarlari, mashhur insonlar tashrif buyurib, «Faxriy mehmonlar kitobi»ga 
o‘zlarining dil so‘zlarini yozib qoldirgan. Muzeyda turli ilmiy anjumanlar, ma’naviy-ma’rifiy 
tadbirlar, davra suhbatlari o‘tkazilib,
ularda yoshlar faol ishtirok etayotirlar. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida 
o‘qitilayotgan “O‘zbekiston tarixi”, “Ma’naviyat asoslari”, “Milliy g‘oya: asosiy tushuncha
va tamoyillar” fanlarining Amir Temur va temuriylar davriga oid mavzulari mazkur muzeyda 
o‘tkazilmoqda. 

Download 4,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish