147
Referatning tuzilishi:
1. Bibliografik bayon
2. F.I.O. Asar nomi. Nashr qilingan joyi. Nashriyot. Yil. Sahifalar soni.
Referat matni
- Mavzu, muammo; referat
qilinadigan ishning predmeti, maqsadlari va tuzilishi.
- Qisqacha mazmuni.
- Aniq natijalari.
- Muallif xulosalari.
- Ish natijalari qo‘llaniladigan soha.
Referat materialning shunchaki bir oddiy takrorlanishi, bir yoki bir necha
manbalardagi materialni o‘zlashtirib olishdan iborat bo‘lib qolmasligi, ya’ni ko‘chirmachilik va
kompilyasiya mahsuli bo‘lmasligi kerak. Unda referent tanlagan mavzuga oid va ishlab
chiqilgan adabiyotlarda mavjud bo‘lgan jamiki material tahlil qilib chiqilishi lozim.
Referat ustida ishlash bo‘yicha yo‘riqnoma
Referat ustida ishlash bo‘yicha yo‘riqnoma
Referat rejasi quyidagilarnio‘z ichiga olishi kerak:
• kirish,
•
asosiy qism,
• xulosa,
• foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati,
• ilovalar (referatning shart bo‘lmagan qismi).
Referatning rejasi tanlangan mavzuda ko‘rilishi lozim bo‘lgan masalalar doirasi va referatning
asosiy mazmunini belgilaydi. U referentning mavzu materialida umumiy yo‘nalish
olishga
imkon beradi, uning to‘g‘ri tanlanishi va bayon qilish mantiqini ta’minlaydi. Har bir
bandi qat’iy tanlangan material bilan ta’minlangan puxta o‘ylangan reja referatning
muvaffaqiyatli yozilishining g‘oyat muhim shartidir. Referatning asosiy qismi o‘zining lo‘nda
va aniq nomiga ega masalalarga va kichik masalalarga (bandlarga) bo‘linishi zarur. Agar
referat monografik xarakterda bo‘lsa (bir manba yoki muallif referat qilinayotgan bo‘lsa), unda
kirishda quyidagilar ko‘rsatiladi:
1) muallif haqidagi qisqacha ma’lumotlar (ilmiy darajasi, uningixtisosligi, boshqa ishlari);
2)manba mavzuining qisqacha bayoni;
3) ishning maqsadi;
4)
ishning ruknlari;
5) muallifning ustuvor yo‘nalishi va boshqalar.
Asosiy qismda barcha muhim qoidalar aks ettirilishi kerak. Referat asosiy qismining
matni to‘plangan materialning tegishlicha taqsimlanishi bilan masalalarga va kichik
masalalarga (bandlarga) bo‘linishi zarur. Bayon qilish shakli – referentning tanlashi bo‘yicha:
konspektli, parchali, tahliliy bo‘ladi. Adabiyotlar ro‘yxatining rasmiylashtirilishini
tekshirish
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati qat’iy belgilangan tartibda tuziladi:
1. O‘zR qonunlari.
2. O‘zR Prezidenti farmonlari.
3. O‘zR Hukumati qarorlari.
4. Me’yoriy hujjatlar, yo‘riqnomalar.
5. Kitoblar, davriy nashrlarda e’lon qilingan maqolalar.
6. Internetdan olingan axborot manbalari.
148
Manbalarning bibliografik bayonida quyidagilar ko‘rsatiladi: muallifning familiyasi va ismi-
sharifi, kitob nomi,
nashr qilingan joyi, nashriyot nomi va nashr yili. Agar maqola jurnalda
(gazetada) bosilgan bo‘lsa, unda jurnal (gazeta) nomi, chiqqan yili, jurnal (gazeta)
sahifasi raqami. Ilovalar ular mazmunini ko‘rsatadigan sarlavhalarga muvofiq tarzda izchillik
bilan tikib qo‘yiladi.
Referat ilmiy rahbar tomonidan referatni baholash bo‘yicha kafedra belgilagan
ko‘rsatkichlar va mezonlar asosida baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: