9-Amaliy mashg`ulot. O’QUV USTAXONASIDA YASALADIGAN BUYUMLAR
RO’YXATINI TUZISH
Mavzu: O’quv ustaxonasida qilinadigan ishlar royxatini ishlab chiqish.
Ishning maqsadi
:
O’quv ustaxonasida qilinadigan ishlar
royxatini ishlab chiqishni
o’rganish.
Tushuntirish:
O’quv ustaxonasida qilinadigan ishlar royxati bu ishlar o’quvchilar tomonidan dars
davomida bajariladigan bo’lganligini uchun o’quvchilar yil davomida qancha vaqt amaliy ish bilan
mashg’ul bo’lishlarini aniqlashdan boshlandi.
Buning uchun siz ishlab chiqqan mavzuli rejani o’zingiz tahlil etib, quyidagi savollarga
javob berishingizni to’g’ri keladi:
1.Qaysi mavzularni o’qtishda o’quvchilar amaliy ish bajarmaydilar masalan, nazariy
darslarda, “Yog’ochlarning tuzilishi va ularning xossalari”, “Tokarlik vintqirqar stanogining
umumiy tuzilishi va ishlash printsipi”, “Korxonalarga ekskursiya”va h.k.
2. Ularning umumiy soatlari yig’indisi qancha bo’ladi?
3. Har bir amaliy mashg’ulotda o’qituvchi darsning tashkiliy qismi
va kirish instruktaji
hamda darsni yakunlash uchun har bir darsning 1\4 qismi, ya`ni 25%gacha sarflashi kerak.
Bu amaliy ishda bajarilishi zarur bo’lgan ikkinchi topshiriq tegishli sinfda qanday ish
ob`ektlarini bajarish mumkinligini aniqlashdan iboratdir.
O’quv dasturida har bir sinfda har bir bo’lim boyicha bajarish uchun tavsiya etilgan bir
qancha ish ob`ektlarining taxminiy royxati keltirilgan. Bundan tashqari, maktabga tushgan
buyurtmalar, maktab ehtiyoji uchun kerakli bo’lgan ish ob`ektlari ham bo’lishi mumkin. Bu ish
ob`ektlarini sinflar boyicha rejalashtirishda har bir sinfda o’rganilgan mavzu, o’quvchilar
tomonidan o’zlashtirilgan operatsiyalar ish turlari hamda o’quvchilarning yosh va individual
xususiyatlari
hisobga olinadi, yuqoridagi ish ob`ektlari o’quv dasturi talablariga mos kelsa,
birinchi navbatda maktabga tushgan buyurtma va maktab uchun zarur bo’lgan ish ob`ektlari
rejalashtiriladi.
1.Gorizontal grafaga tegishli sinfgacha va ushbu sinfda o’quvchilar qanday ish turlarini
o’rganishlari dasturida ko’rsatilgan bo’lsa, barchasi biror ish ob`ektini bajarish ketma-ketligida
yozib chiqiladi.
2.Ikkinchi vertikal ustunga rejalashtirilgan ish ob`ektlari osondan qiyinga tomon yozib
chiqiladi.
3.Har bir ish ob`ektida qaysi turi qatnashadigan bo’lsa, qalam bilan plyus (4) belgisi qoyib
chiqiladi.
4.Eng kam ish turlari qatnashadigan ish ob`ekti birinchi pog’onaga, ko’p qatnashadigani
esa ikkinchi, uchuinchi va h.k., ketma-ketlikda joylashtirib chiqiladi.
5.Mazkur sinf o’quvchilari tegishli ish ob`ektidagi operatsiyalarning
har birini bajarish
uchun sizning fikringizga qanchadan vaqt sarflaydi. Bu sarflanadigan vaqtlarni minutlar hisobida
ifodalab (plyus4) belgi o’rniga yozib chiqiladi.
6.Har bir ish ob`ektini bajarish uchun qancha vaqt sarflash undagi operatsiyalar uchun
sarflanayotgan vaqtlar yig’indisi teng bo’ladi.
Har bir bo’lim sinflarda bajariladigan ish ob`ektlari soni ularni bajarish uchun sarflanadigan
vaqt orqali aniqlanadi.Bu vaqt 34 (X-U) minutdan oshmasligi kerak.
Masalan:
V-sinf uchun “Mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyalari” bo’limlarini o’qitish uchun 14
soat ajratilgan.
1.Dasturidagi ish ob`ektlarining namunali royxati quyidagicha:
1) prizma shaklidagi detallar tayyorlash;
2) geometrik shakllar tayyorlash;
3) plakatlar uchun reyka;
4) oziq-ovqat mahsulotlarini chegaralab
ajratuvchi taxtachalar;
5) taglik taxtalar;
6) bolalar kurakchasi;
7) donho’rak;
8) bo’r va mayda detallar uchun quticha;
9) instrumentlar saqlash uchun quticha;
10) yer o’lchash tsirkul;
11) arralash uchun moslamalar;
12) arra gaparasini charxlashda foydalaniladigan tutqich;
13) duradgorlik
verstagi uchun xona;
14) uylar modellari;
15) kema modeli;
16) traktor modeli;
17) avtomobil modeli va h.k.
2. Dasturga asoslanib darslar boyicha mavzuli reja tuzib chiqsak, ulardan 6 soatlik mavzu
nazariy dars sifatida o’tiladi yoki o’quvchilar amaliy ravishda ish o’rni va uni tashkil etish, yog’och
materiallari turlari va ularning tutgan o’rni, yog’och materiallari turlariga oid labaratoriya
mashg’ulotlari va h.k.
3. Dastur boyicha bu 14 soatda o’quvchilar quyidagi ish turlarini bajarishni o’rganishlari
kerak.
1) (zagatovka) ish ob`ekti uchun
xomashyo tayyorlash va tanlash;
2) rejalash;
3) uzunasiga arralash;
4) ko’ndalangiga arralash;
5) randalash;
6) parmalash;
7)
mix va burama mixlar, kley bilan biriktirish;
8) egovlar bilan ishlov berish;
9) jilvir qog’oz bilan jilvirlash;
10) lak va boyoqlar bilan ishlov berish.
4.O’quvchilarning bevosita amaliy ish bilan mashg’ul bo’ladigan vaqtlarini aniqlaymiz.
X - 14 soat
(X-U) * ¾ =(14-6) * ¾ =6 soat=6*45=270min
U - 6 soat
Demak, ish ob`ektlarini shunday tanlash kerakki, bunda yuqoridagi ish turlarining barchasi
qatnashsin va ularni 6 soat ichida o’quvchi bajara olsin.
Buning uchun yuqorida ko’rsatilgan 18 ta ish ob`ekti ko’plik qiladi. Ulardan o’zimizga
keraklisini tanlab olish imkoniyati bor (yetishmasa, qo’shishimiz ham mumkin). Bu ish
ob`ektlarida qaysi ishlar qatnashishini aniqlash uchun quyidagi jadvalni to’ldiramiz.
1- Jadval
№
Ish
ob`ekt
i
Ish
turlari
Xom
ashyo
tayyor
lash
rejalar
Ko’
ndal
angi
ga
arral
ash
Uzuna
siga
arrala
sh
rand
alas
h
Mix
bilan
Bu
ra
ma
mi
x
bil
an
Kley
bilan
Parma
lash
jilvir
lash
Lak va
boyoqlar
bilan
ishlash