29
Ma'lumki, binoda isitish asboblaridan tashqari boshqa isitish manbalari ham
mavjud. Binodagi asosiy issiqlik manbalariga yoritish uskunalarini, texnologik
jihozlar, odamlardan va oshxonadan qo'shimcha
ajralib ;hiqqan issiqliklarni
keltirish mumkin.
Shuning uchun har bir xonalaming ichiga issiqlik asboblaridan berilayotgan
issiqlikning absolyut miqdorini aniqlash bilan birgalikda yilning barcha davrida
(yozgi, qishki va o'zgaruvchan davri) binoga qo'shimcha manbalardan olib
kirilayotgan va tashqi to'siqlardan sarf bo'layotgan barcha issiqlik miqdorlari
hisobga olinishi lozim.
Ma'lumki, energiyaning saqlanish qonuniga asosan bino ichiga kiritilgan va
binodan sarf bo'lgan issiqlik oqimi bir-biriga teng bo'lishi lozim.
Umuman, binolarning issiqlik balansini
hisoblash uchun binoga kiri-
tilayotgan va tashqi to'siqlar orqali sarf bo'layotgan issiqlik oqimlari aniqlanadi.
Isitish tizimining issiqlik quvvatini aniqlash maqsadida issiqlik balansi quyidagi
formula yordamida aniqlanadi:
Q
i4
= ΔQ = Q
to’s
+
Q
h.a.
±
Q
t.i
bu yerda: Q
to’s
- tashqi to'siqlar orqali yo'qolgan issiqlik oqimi;
Q
h.a
- xonaga kiritilayotgan havoni isitish uchun sarfbo'lgan issiqlik;
Q
t.i
- texnologik va maishiy jarayon natijasida ajralib chiqayotgan
yoki xo'jalikka sarf bo'lgan issiqlik oqimi;
Q
h.a
- issiqlikning yetishmaydigan qismi.
Agar issiqlik balansi hisobi natijasida issiqlik yetishmasa bino xonalariga
qo'shimcha issiqlik asboblari o'rnatiladi, agar issiqlik ortiqcha bo'lsa, ortiqcha
issiqlik miqdori ventilyatsiya yo'Ii bilan assimilyatsiya qilinadi.
Bir qator binolarning ichida issiqlik miqdorining aksariyat qismi insonlardan
chiqqan issiqlikdan iborat bo'ladi. Bunday xonada (oliy o'quv yurtlaridagi
ma'ruzalar xonasi, kino, teatr, sirk xonalari va h.k.)
ichki avoning harorati
pasaytirilib olinadi. Bu pasaytirilgan haroratni isitish asboblari ta'minlab turadi va
havo haroratining oshishi hamda uning normal holatga yetishi to'plangan
odamlardan ajralib chiqqan issiqhk evaziga bo'ladi. Ko'pincha jamoat binolaridagi
30
isitish uskunalarining hisobiy issiqlik quvvati sarf bo'lgan issiqlik miqdoriga teng
qilib olinadi.
Issiqlik tizimlarining quwatini aniqlash va ularning barcha uskunalari-ng
(qozonlar soni va ularning issiqlik beradigan yuzasi, issiqlik usku-ilari, issiqhkning
hisobiy miqdorlari va ularni iste'molchilarga uzatish ;hun quvurlar hisobi) to'liq
hisoblash uchun binolarning tashqi to'siqar qali yo'qolayotgan issiqlik oqimi QMQ
2.04.05-97, QMQ 2.01.04-94 i QMQ 2.01.01-97 talablari asosida aniqlanishi
lozim.
Binolarning
hajmiy-rejaviy yechimiga, qurilish issiqlik fizikasining qo-
nuniyatiga binoan tashqi to'siqlarning issiqlik fizik hisoblari natijasida to'siqlar
uchun samarali konstruksiyalar qabul qihnadi. Shuning uchun savodxonlik bilan
issiqlik fizik jihatdan tanlab olingan samarali tashqi to'siq konstruksiyalar isitish
tizimlarining issiqlik quvvatini tejashga olib keladi.
Binolardan sarf bo'layotgan issiqlik oqimining bir qismi shamolning ta'siriga
uzviy bog'liq bo'lib, ayniqsa ko'p qavatli binolar shamol yo'nalishida yalanglikda
qurilgan bo'lsa issiqlik sarfi sezilarli darajada katta bo'ladi.
Aksincha shamol
yo'nalishdan himoyalangan joylarda va shahar ichida qurilgan binolarda issiqhk
sarfi kamroq bo'ladi. Shuning uchun binolarni shamol ta'siridan saqlash maqsadida
tashqi devor sirtidan shamol kuchini qaytaruvchi maxsus to'sinlar o'rnatiladi.
Shamol ta'sirida binodan sarf bo'layotgan issiqlik qo'shimcha issiqlik oqimi
deyiladi.
Demak, binoda sarf bo'layotgan issiqlik ikki xil bo'lib, birinchisi -asosiy,
ikkinchisi - qo'shimcha issiqlik oqimidir.
Binodan asosiy issiqlik quyidagi konstruksiyalardan tashqi muhitga sarf
bo'ladi:
pol yuzasi, tashqi devor yuzasi, tashqi deraza maydoni, tashqi eshik
maydoni va tom usti yopmasi.
Qo'shimcha issiqlik oqimi manbalaridan quyidagiiarni hisobga olish lozim:
1. Fuqaro binolarining balandligi 4 metrdan oshgan taqdirda hisoblangan
asosiy va qo'shimcha issiqlik sarfiga 25 foiz keyingi har bir metr balandlikga 15
31
foiz qo'shimcha issiqlik olish lozim. Bu qo'shimcha issiqlik
sarfi ishlab chiqarish
binolariga va zinapoyalar uchun qo'lianilmaydi.
2. Shamol tezligi 5-10 m/s bo'lgan taqdirda 2 foiz qo'shimcha, 10 m/s dan
ortiq tezlikka ega bo'lsa 3 foiz qo'shimcha issiqlik olinadi,
3. Katta binolarning tashqi eshiklariga issiq havo pardasi berilgan bo'lsa,
tashqi eshiklarga berilgan qo'shimcha issiqhk sarfi hisobga olinaydi.
4. Umumiy hollarda tipovoy binolar uchun qo'shimcha issiqlik miqdori
asosiy issiqlikning 16 foizini tashkil etadi.
Binoning tashqi to'siqlari orqali sarf bo'layotgan issiqlik oqimini quyidagi
formula yordamida aniqlaymiz;
Do'stlaringiz bilan baham: