Fan-texnika taraqqiyoti sharoitlarida insonning tabiiy
muhitga ta’siri tobora kuchayib borayotganligi
tufayli uning
hayotiy va ishlab chiqarish faoliyati uchun xavfli ekologik
vaziyatlar vujudga kelmoqda. Shu sababali jamiyat oldida nafaqat
tabiiy resurlardan katta miqdorda foydalanish, balki fan va texnika
yutuqlaridan foydalangan holda atrof tabiiy muhitni himoya qilish
bo‘yicha ilmiy asoslangan tadbirlarni muntazam va uzluksiz
bo‘lishini ta’minlash vazifalari ham turibdi. Endilikda atrof-muhit
sifatini ta’minlashga qaratilgan tadbirlar tizimini belgilashga
o‘tilmoqda. Atrof-muhit sifati esa jamiyatning iqtisodiy
manfaatlarini hamda tabiat va insonning ekologik himoyasi
talablarini mutanosib holda tartibga solish yo‘li bilan ta’minlanadi.
Jamiyat va tabiat o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir jarayonlarini
bunday tartibga solib turish usuli atrof muhit sifatini boshqarish
deb nom olgan. Atrof muhit sifatini boshqarish jamiyatning
iqtisodiy va ekologik manfaatlari orasida optimal nisbat bo‘lishini
ta’minlashga qaratilgan. Bunday optimal nisbat mavjud bo‘lganda
insonning moddiy va ma’naviy ehtiyojlari
iqtisodiyotni yanada
rivojlantirish asosida qondirilgan holda u yashaydigan sog‘lom,
mahsuldor va xilma-xil tabiiy muhitni saqlash imkoniyati bo‘ladi.
Inson faoliyatining tabiatga ta’siri kuchayishi bilan tabiiy
muhitni yaxshilash, tiklash, saqlab qolish bo‘yicha ilmiy takliflar,
tavsiyalar, tadbirlar taklif qilinmoqda. Shulardan biri tabiiy
muhitni optimallashtirish, ya’ni “insoniyatni o‘rab turgan tabiat
boyliklaridan
oqilona
foydalanish,
muhofaza
qilish,
sog‘lomlashtirish va boyitish bo‘yicha kompleks tadbirlar”ni
amalga oshirishdan iborat (Isachenko,1980). “Landshaftlarni
muhofaza qilish” lug‘atida (1982) landshaftlarni optimallashtirish
– ko‘p imkoniyatlardan eng yaxshisini tanlash, berilgan. Tabiiy
muhitni,
geosistemalarni,
ekosistemalarni
optimallashtirish
bo‘yicha juda ko‘p ta’riflar mavjud. Ularda so‘zlar tulicha
ifodalangan bo‘lsa ham hammasida bitta umumiy ma’no bor, ya’ni
optimallashtirish – tabiiy muhitni yaxshilashdir.
Atrof muhitga doir tadqiqotlarni I.P.Geramisov (1985)
konstruktiv (lot.
construktio
tuzish) geografik tadqiqotlardan deb
hisoblaydi.
Uning fikricha, tabiatni optimallashtirish negizida
insoniyat kelajagini hal qiluvchi katta muammo - “jamiyat –
tabiat” munosabatlari turadi. I.P. Gerasimov bu muammo ayniqsa
Foydali
qazilmalarning
zaxiralaridan
oqilona
foydalanishdagi muhim vazifalardan yana biri hamroh neft
gazidan foydalanish muammosidir. Qazib olinadigan 1 t neftga
150 – 200 m
3
neft gazi to‘g‘ri keladi. Neft gazida esa benzin bilan
bir qatorda qimmatbaho uglerodli хom ashyo (propan va butan)
mavjud. Afsuski, texnologiyaning takomillashmaganligi boisidan
neftni qazib olishda quduqlardan atmosferaga juda katta miqdorda
gaz uchib ketadi. Ayni paytda jahonda neft gazining milliardlab
kubometri behuda isrof bo‘lmoqda. Huddi shunday holatni ko‘mir
konlarida metan gazining isrofgarchiligida ham ko‘rish mumkin.
Muneral
xom
ashyoning
barcha
komponentlaridan
majmuali foydalanish nafaqat tiklanmaydigan resurslarni tugab
qolishdan saqlaydi, balki korxonalarning yuqori darajada
tejamkorligini ta’minlaydi va atrof
muhitni ifloslanishdan
saqlaydi.
Tugaydigan mineral resurslardan oqilona foydalanishni
tashkil
etishda
yaroqsiz
metal
parchalari
(metallom)dan
foydalanishni yo‘lga qo‘yish ham muhim iqtisodiy va ekologik
ahamiyatga ega. Hisoblarga ko‘ra, hozirgi paytda metaldan
yasalgan buyumlarning jahon miqyosidagi umumiy massasi
10 mlrd. t ga yaqin. Yaroqsiz holdagi metal buyumlardan esa
ularni qayta ishlash jarayonida 200 – 250 kg gacha metal
tayyorlash
mumkin.
Shu
sababli
metallom
zaxiralarini
“antropogen konlar” deb atashadi.
Foydali qazilmalar zaxiralarining cheklanganligi boisidan
keyingi yillarda zaxiralari kam bo‘lgan mineral resurslarni iloji
boricha boshqalari bilan almashtirish yoki o‘rni to‘lmaydigan,
tiklanmaydigan
resurslarni
tiklanadigan
resurslar
bilan
almashtirish imkoniyatlari qidirilmoqda. Masalan,
aluminiy
muayyan hollarda misni o‘rnini egallay oladi, qurilishda esa metal
konstruksiyalarini
sintetik
moddalardan
tayyorlanadigan
konstruksiyalar bilan almashtirish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Darhaqiqat, keyingi yillarda sanoatning ko‘pgina tarmoqlarida
metaldan yasaladigan buyumlar, jihozlar o‘rnini sintetik
moddalardan tayyorlanayotgan va chidamligiga ko‘ra metal
buyumlardan qolishmaydigan buyumlar egallamoqda.
46
79
aholi zich yashaydigan hududlarda keskinlashib borishini va shu
sababli atrof muhitni optimallashtirishning ilmiy asoslari birinchi
navbatda shu hududlar uchun ishlab chiqilishi zarurligini qayta-
qayta ta’kidlagan edi.
A.G. Isachenko (1980) tabiiy muhitni optimallashtirishni
geosistemalar doirasida landlaft – geografik mezonga asoslanib
amalga oshirish zarur, deb hisoblaydi. Bunda geografik yondashuv
usullarining quyidagi ustuvorliklarga
ega ekanligini alohida
ta’kidlaydi: 1) har bir geosistemaning tashqi ta’sirga chidamlilik
chegarasi bor, uni bilish kompleks geografik tadqiqotlarni talab
qiladi; 2) tabiatni muhofaza qilish alohida elementlarni
(minerallar, o‘simlik turlari va b.) yoki komponentlarni (tuproqlar,
o‘simlik qoplami va b.) saqlash, asrash emas, balki geosistemalar
bir butunligiga zarar yetkazuvchi kuchlarning ta’sir me’yorini
aniqlashdir; 3) tabiiy muhitni optimallashtirish dasturi tuzilganda
geosistemalarning turli miqyosdagi (mahalliy, regional, global)
bo‘linishlari inobatga olinishi zarur. U, shuningdek, tabiiy muhitni
optimallashtirish uch bosqichdan: a) geosistemalar xusussiyatlari
va xossalarini atroflicha tahlil qilish asosida o‘rganish; b) inson-
ning ta’sir darajasi va unga nisbatan geosistemalar reaktsiyasi; v)
geosistemalarni yaxshilash bo‘yicha konstruktiv taklif va
tavsiyalar berishdan iborat bo‘lishi lozimligini ta’kidlagan edi.
Tabiiy
muhitni
optmallashtirishni
geosistemalar
(landshaftlar) doirasida bajaralishi zarurligini A.A.Rafiqov,
A.Abdulqosimov, L.Alibekov, S.Sh.Zokirov, A.Rahmatullayev va
boshqalar ma’qullashadi. Darhaqiqat,
geosistemalar tabiat
hosilalari
bo‘lib,
ularda
komponentlarning
bir–birlariga
bog‘liqligi, aloqadorligi uyg‘unlashgan. Har bir geosistema
o‘zining ichki tuzilishiga ko‘ra ma’lum chidamlilikka va
reaksiyaga (lot.
Do'stlaringiz bilan baham: