Guruh 205 Talaba Turayev Nurlan Rahbar Raxmatullayev I.
Samarqand-2021 y.
1-mavzu Kiberxavfsizlikga oid milliy va xorijiy me’yoriy-huquqiy hujjatlar tahlili.
Bugungi kunda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari iqtisodiyotning barcha sohalarida zamonaviy boshqaruv tizimlarining ajralmas qismidir. Iqtisodiyot tarmoqlarining o'zgarishi, bu jarayonning raqamlashuvi, mobillashuvi, sohaga sun'iy intellektning joriy etilishi bilan bog'liq muhim davrni boshdan kechirmoqda. 2022 yilga kelib dunyo YaIMning qariyb chorak qismi raqamli sektorga to'g'ri kelishi prognoz qilinayotgan bir sharoitda yangi iqtisodiyotni rivojlantirish zarurati yanada oydinlashadi. Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim omili — mamlakat kiberxavfsizligini ta'minlashdir.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasida “Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglikni ta'minlash, chuqur o'ylangan, o'zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish” deb nomlangan beshinchi yo'nalish doirasida mamlakatning konstitutsiyaviy tuzumini, suverenitetini, hududiy yaxlitligini himoya qilishga doir chora-tadbirlarni ro'yobga chiqarish, kiberxavfsizlik sohasining normativ-huquqiy asoslarini takomillashtirish belgilangan. Xususan, 2020 — 2023 yillarga mo'ljallangan kiberxavfsizlikka doir milliy strategiyani, “Kiberxavfsizlik to'g'risida” gi qonun loyihasini hamda O'zbekiston Respublikasi yagona axborot siyosati konsepsiyasi ishlab chiqish belgilandi.
Prezidentning 2018 yil 21 noyabrdagi PQ-4024-son Qarori bilan davlat unitar korxonasi shaklida Kiberxavfsizligi markazi tashkil etildi.
Ta'kidlash joizki kiberxavfsizlik sohasiga tegishli bo'lgan 17 ta qonun hujjati, 9 ta Prezident Farmon va Qarorlari, 14 ta Vazirlar Mahkamasining Qarori, shuningdek tegishli normalar va ko'plab idoralararo me'yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilingan.
Ochiq ma'lumotlarga ko'ra 2019 yilda «UZ» milliy domen zonasida ro'yxatdan o'tgan domenlar soni 74 mingtadan oshdi. Xususan, Adliya vazirligiga O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi (Lex.uz) va Davlat xizmatlari portali (Davxizmat.uz) singari yirik axborot resurslari tegishli.
2-mavzu Axborot-kommunikatsion tizimlar va tarmoqlarda tahdidlar,azaifliklar.
Davlatning dunyo ochiq tarmog’iga ulanishining iqtisodiy va ilmiytexnik
siyosatini axborot xavfsizligi orqali ko’rish lozim. Bu ochiq, fuqarolarning
axborotga va intellektual mulkga ega bo’lish qonuniy huqukini saqlashga
mo’ljallangan siyosat mamlakat xududida tarmoq asbobuskunalarini unga axborot
quroli elementlarining kirishidan saqlashni ko’zda tutish lozim. Bu muammo
hozirda, chet el axborot texnologiyalarini ommaviy sotib olinayotgan paytda o’ta muhimdir. Ma'lumki, dunyo axborot makoniga ulanmasdan mamlakat iqtisodinirivojlantirib bo’lmaydi. Internet tarmog’i tomonidan ta'minlangan axborot va hisoblash resurslaridan operativ foydalanishni davlatchilikni, fuqarolik jamiyati institutlarini mustahkamlash, ijtimoiy infratuzilmalarining rivojlanish shartlari
sifatida talqin etish mumkin.
Ammo mamlakatning halqaro telekommunikatsiya tizimida va axborot
almashinuvida ishtirokining axborot xavfsizligi muammosini kompleks hal
qilmasdan mumkin emasligini aniq tasavvur etish lozim. Ayniqsa xususiy axborot
resurslarini himoyalash muammosi axborot va telekommunikatsiya texnologiyalar
sohasida rivojlangan mamlakatlardan texnologik orqada qolayotgan mamlakatlar
uchun jiddiy hisoblanadi.
Axborot qurolini ishlab chiqishni va uni ishlatishni ximiyaviy va
bakteriologik qurol kabi taqiqlash ehtimoldan uzoq. Xuddi shu kabi ko’pgina
mamlakatlarning yagona global axborot makonini shakllantirish bo’yicha
urinishlarini chegaralab bo’lmaydi.
3 -mavzu Zrarkunanda dasturlarning turlari.