Kategoriya: viruslar va qurtlar (Viruses_and_Worms)
Xavflilik darajasi: yuqori
Klassik viruslar va qurtlar kompyuter foydalanuvchilariga ruxsat etilmagan amallarni bajarishadi va o’zlarining nusxasini ko’paytirishadi.
Viruslar fayllarni xar-xil yo’llar bilan zaxarlashi mumkin.
Qaytayozuvchi (Overwriting) viruslar o’zlarining kodlarini zaxarlanadigan fayllarni o’chirib o’rniga o’zlarining nusxasini yozib qo’yadi. Zaxarlangan fayl o’z ish faoliyatini tugatadi va uni davolab bo’lmaydi.
Parazit (Parasitic) viruslar fayllarni o’zgartirib o’zlarining kodlarini yozib qo’yadi, zaxarlangan fayllar bazida qisman yoki to’liq ish qobilyati saqlanib qoladi.
Kompanion-viruslar (Companion)fayllarni o’zgartirmaydi, ammo ularning egizagini paydo qiladi. Zararlangan fayl ishga tushirilganda, birinchi original fayl xam ishga tushadi.
Ssilka-viruslari (Link) mavjud bo’lib, ular obyekt mobullarini zararlaydi (OBJ), bular kompilyator kutubxona fayllarni zaxarlovchi viruslar (LIB) deb nomlanadi, va dasturlarning textlarini va boshqalarni zararlaydi.
Qurt (Chuvalchang)
Qurtlarning kodlari xam klassik viruslar singari tizimga tushgan zaxoti o’zining zararli amallarini bajarishga kirishadi. Ammo unga qurt nomi berilishi bejiz emas chunki, u bir kompyuterdan boshqasiga “paypaslab” o’tish qobilyatiga ega . Foydalanuvchi ruxsatisiz xar-xil axborot kanallari orqali o’z nusxalarini ko’paytiradi.
Qurtlarning xususiyati xam ana shunda, ya’ni tarmoq kanallari orqali ko’payishidadir.
Ular xam viruslar kabi ishga tushgan zaxoti zararli harakatlarini boshlab yuboradi.
Xar xil troyan dasturlari kompyuterga tushgandan so’ng o’zlarini xar-xil tutishadi. «Troyanlar» ning eng asosiy xususiyatlari axborotlarni bloklash, o’zgartirish va o’chirish, kompyuter yoki kompyuter tarmoqlari ish faoliyaiga zarar yetkazishlardan iboratdir. Undan tashqari troyan dasturlar fayllarni qa’bul qilishlari , jo’natishlari, ularni ishga tushirishlari, ekranga xabar chiqarishi web saxifalarga murojat qilishi , dasturlarni yuklab olishi va o’rnatishi , kompyuterlarni qayta yuklashlari mumkin.
Zararkunanda xakkerlar xar xil troyan dasturlari «terma» sini qo’llaydilar.
Bu turdagi ko’pchilik dasturlar foydali xisoblanib, ulardan ko’pchilik foydalanadi.Ular orasidan klient dasturlar IRC, avto qo’ng’iroq qiluvchilar (Dialers), fayllarni yuklab oluvchilar, faol komyuter tizimlari monitori, parollar bilan ishlash utilitalari , internet serverlari FTP, HTTP yoki Telnet xizmatlari.
Agar bunday dasturlarga xakerlar ruxsat olsalar yoki shu kabi dasturlarni foydalanuvchi kompyuterlariga joylasa, xavfsizlik susayadi . Boshqa turkumdagi kafolatsiz dasturlarni bir necha turkumga bo’lish mumkin . Ularning turlari jadvalda keltirilgan.
4-mavzu kompyuter viruslari va ulardan himoyalanish.
Viruslarning asosiy maqsadi kompyuterlarni bir maromda ishlash tizimiga zarar yetkazish, foydalanuvchilarni kompyuter tarmoqlaridagi ma’lumotlar va axborotlar manbalaridan foydalanishni cheklashdan iborat.
Umuman olganda, buzg‘unchi dasturiy ta’minotning barchasi umumiy nom ostida viruslar deb ataladi. Kelib chiqishi venger bo‘lgan Amerikalik olim Djon fon Neyman 1951-yili o‘ziko‘payuvchidasturlmexanizmi nazariyasini taklif qiladi.
Birinchi viruslar sifatida Apple II shaxsiy kompyuterlari uchun 1981- yilda yaratilgan Virus 1,2,3 va Elk cloner dasturlari hisoblanadi. 1996- yilda Windows uchun Win95.Boza deb nomlanuvchi birinchi virus yaratildi.
Hozirgi paytda ijtimoiy axborot texnologiyalarida spam va fishing viruslari keng tarqalmoqda.
Kompyuterning viruslar bilan zararlanganligi quyidagi belgilarda namoyon bo‘ladi:
ekranda kutilmagan xabar, tovush yoki tasvirlar hosil bo‘ladi;
kompyuterda noma’lum dasturlaming ishga tushishi;
kompyuter tez-tez “osilib” qolishi yoki sekin ishlashi;
fayllar yo‘qolib yoki kengaytmasining o‘zgarib qolishi.
Doktor - dasturlar viruslarni topibgina qolmay, undan kompyuter dasturlarini xalos qiladi, ya’ni davolaydi. Ushbu dasturlar ichida keng tarqalganlari polifagi deb ataluvchi bir yo‘la ko‘p turli viruslari topishga va yo‘qotishga mo‘ljallangan doktor-dasturlari alohida ta’kidlashimiz mumkin. Ulaming ichida eng mashhurlari Kaspersky Antivirus, Norton Antivirus, ESET ENDPOINT Antivirus va Doktor Web lar hisoblanadi.
5-mavzu Xorijiy davlatlarning elektron raqamli imzo algoritmlari tahlili.
Do'stlaringiz bilan baham: |