Bog'liq tabiatdan foydalanishning geografik asoslari (1)
Atrof muhit monitoringi. Atrof muhit sifatini boshqarish
uchun maxsus kuzatishlar tizimini tashkil etish zaruriyati
monitoring g‘oyasini shakllantirishga olib keldi.
«Monitoring» termining ilmiy iste’molga kirishi
BMTning
inson
atrof
muhitining
muammolari
bo‘yicha
konferensiyasi (Stokgolm shahri, 1972-yil 5-16-iyun) bilan
bog‘liq. Bu konferensiyada SKOPYening maxsus komissiyasi
ekspertlari tomonidan monitoring tizimini tashkil etishga doir
dastlabki takliflar bildirilgan. «Monitoring» so‘zi inglizcha so‘z
bo‘lib, o‘zbek tilida “kuzatish, nazorat qilib borish” ma’nolarini
anglatadi.
Tabiiy muhit holatini nazorat qilish atrof muhit holatining
monitoringi va uning sifat ko‘rsatgichlarini (tavsiflarini)
geografik, ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy jihatlarini hisobga olgan
holda tartibga solishni o‘z ichiga oladi. Monitoring tizimini tashkil
etishda bu jihatlarning barchasi albatta e’tiborga olinishi shart
emas, ammo atrof muhit holatini nazorat qilishda atrof muhit
ifloslanishi va muhofazasi muammolarining iqtisodiy va ijtimoiy
jihatlarini e’tiborga olish zarur bo‘ladi.
Monotoringning antropogen ta’sirning kimyoviy, fizikaviy
va biologik manbalarni hamda omillarni, shuningdek, bu omillar
tufayli tabiiy muhitda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar samarasini
kuzatishlarni o‘z ichiga oladi. Birinchi navbatda biologik
sistemalarning ta’sirlanishini kuzatish lozim. Bunday hollarda
odatda kimyoviy, fizikaviy va biologik ko‘rsatkichlar kuzatib
boriladi (Izrael, 1979).
Atrof muhit monitoringi quyidagi asosiy yo‘nalishlarni o‘z
ichiga oladi:
atrof muhitga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni va muhit
holatini kuzatish;
atrof tabiiy muhitning haqiqiy holatini baholash;
atrof tabiiy muhit holatining bashorati va bu holatning
bahosi;
bo‘lishi tufayli integrativ xossalarga ega bo‘lgan TRS murakkab
uyushgan ob’yektlarning tizimidan iborat. Uning yaxlitligi (bir
butunligi)ni o‘zaro bog‘liq bo‘lgan tabiiy va sotsial – iqtisodiy
aloqalar va bog‘lanishlarning qonuniy birikmasi belgilaydi.
Muayyan hududning TRS bir butunlik mezonlariga javob beradi
va sistemalilik, funktsionallik, strukturaviylik bilan ifodalanadi.
TRSning yaxlitligi (bir butunligi) tushunchasi uning sistemalilik
xususiyatini tadqiq qilishda metodologik ahamiyatga ega. Chunki
sistemalilik bir butunlilikning anglab olingan, o‘rganilgan
jihatlarini o‘z ichiga oladi.
TRSning sistema sifatidagi muhim tavsiflarini quyidagilar
tashkil etadi: 1) uning ayrim komponentlarining muvofiq-
lashtiruvchi va bo‘ysunuvchi o‘zaro aloqalarning mavjudligi.
Bunday aloqalarning mavjudligi tufayli biror-bir komponentning
o‘zgarishi boshqa komponentlarning mavjudligiga ham o‘z
ta’sirini ko‘rsatadi; 2) “tabiat – jamiyat – ishlab chiqarish” o‘zaro
ta’sirida TRS komponentlarining o‘ziga xos birligi; 3) tabiiy
resurslarning salohiyatini tashkil etuvchi qismlarning makon va
zamonda o‘zaro bir – biriga bo‘ysunishi.
Muayyan hudud TRSiga kiradigan tabiiy resurslarning
birgarlikdagi unumdorligi ularning har birining unumdorligining
yig‘indisiga teng emasligini bildiradigan majmuylik tabiiy
resurslar salohiyatining eng muhim xossasidir.
TRS – tarixiy kategoriya hamdir. Chunki TRS jamiyatning
vujudga kelishi va rivojlanishi bilan bog‘liq. Inson tabiat jismlari
va kuchlarini ishlab chiqarish jarayoniga jalb etar ekan, ularga
iqtisodiy mazmun baxsh etadi hamda tabiat va jamiyat o‘zaro
ta’sirining eng harakatchan va o‘zgaruvchan sohasiga – tabiiy
resurslarga aylantiradi. TRSning ijtimoiy rivojlanishi natijasida
tabiiy qayta tiklanishi iqtisodiy belgilarga ega bo‘ladi. TRSning
tarixiyligi uchun ma’lum darajada kishilarning ortib borayotgan
ehtiyojlarini
qondirish
zaruriyati
bilan
bog‘liq
bo‘lgan
rivojlanishning dinamikligi va notekisligi xosdir. TRSning
zamondagi rivojlanishi siklli sajiyaga ega va TRS resurslar
siklining muayyan tarkibiy bo‘g‘inidir.
Inson faoliyati TRSga sifat jihatidan yangi belgi beradi: o‘z
– o‘zini boshqaradigan sistema bo‘lgan TRS boshqariladigan
sistemaga aylanadi. Boshqariladigan sistema mavjudligining
50
75