O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/56
Sana01.02.2022
Hajmi0,8 Mb.
#423373
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   56
Bog'liq
tabiatdan foydalanishning geografik asoslari (1)

Hidrotexnik 
inshootlarni 
barpo 
qilishda 
tabiiy
jaryonlarni hisobga olish. 
Hidrotexnik (yun. 
hidor
suv, nam; 

texnikё
” – mahorat, ustalik) inshootlar – suv omborlari, sug‘orish 
kanallari, meliorativ kollektorlar, suv taqsimlovchi hidrouzellar, 
nasos stansiyalari, tug‘onlar, selxonalarni loyihalash, qurish va 
ulardan foydalanish jarayonlari ancha murakkab kechadi. Bunday 
murakkab muhandislik inshootlarini qurishda ularning geografik 
jihatlari har tomonlama o‘rganilishi lozim. Hidrotexnik inshootlar 
loyihalanishi va ulardan foydalanilishi jarayonida mahalliy tabiiy 
sharoitning barcha xususiyatlari va insonning xo‘jalik faoliyati 
ta’siri muntazam ravishda hisobga olinishi va tadqiq qilinishi 
lozim. 
Suv inshooti loyihasi tayyorlanayotgan vaqtda suv 
inshootidan atrofdagi tuproq-gruntga suvning sizib o‘tishi tufayli 
sizot suvlarining ko‘tarilishiga bog‘liq holda botqoqlashish va 
sho‘rlanish, tuproq hamda o‘simlik qoplamidagi tub o‘zgarishlar, 
24 
101 


industriyasi (lot. 
industria
sanoat) energiyasiga bog‘liq bo‘lib 
qolmoqda. Quyosh energiyasi, gravitatsiya (lot. 
gravitas 
og‘irlik) 
kuchlari, tektonik(yun. 
tektonikё
qurish mahorati) kuchlar, biogen 
energiya (foto– va xemosintez, oksidlanish va hayvonlarda 
ozuqani o‘zlashtirish energiyasi, biomassaning ko‘payishi va 
mahsuldorligi), kimyoviy energiya (tabiatdagi oksidlanish va 
tiklanish jarayonlari) kabi energetika omillari 4 – 5 mlrd. yil 
davomida tabiiy muhitni va eng oliy biologik turni - odamni 
shakllantirdi. 
Ijtimoiy ishlab chiqarishning shakllanishi va mavjud 
bo‘lishi yangi omilni – jahon industriyasi energiyasining vujudga 
kelishiga olib keldi. Bu energiyaning quvvati har 12 – 15 yilda 
ikki baravar oshib bormoqda.
Jahon industriyasining rivojlanishi juda katta miqdordagi 
tabiiy resurslarni iste’mol qilinishi bilan bir paytda sodir 
bo‘lmoqda. Sayyoramizning 6,3 mln. dan ziyodroq aholisining 
energiya resurslariga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirish uchun har yili 
Yer bag‘irlaridan 120 mlrd t. miqdorida tabiiy moddalar (organik 
va noorganik, tiklanadigan va tiklanmaydigan va h.k.) qazib
olinmoqda.
Ijtimoiy ishlab chiqarish va insonning hayotiy faoliyati 
jarayonida katta miqdorda qattiq, suyuq va gazsimon chiqindilar 
hosil bo‘ladi. Faqat texnologiya va ishlab chiqarishni tashkil etish 
natijasida biosferaga har yili chiqindi sifatida 40 mlrd.t dan 
ziyodroq tabiiy moddalar chiqariladi. Atrof muhit ifloslanishining 
qariyb yarmi (45%i) organik yonilg‘ini yoqishga asoslangan 
energetikaga to‘g‘ri keladi. Ifloslanishning ancha katta qismi 
(40%) qishloq xo‘jaligi bilan ham bog‘liq. Atrof muhitni 
ifloslovchi moddalarning katta qismi tutunli gazlarga (50%), faqat 
(24% dan ortiqrog‘i), qattiq (13% ga yaqin) va organik (12%) 
chiqindilarga to‘g‘ri keladi. 
Tabiatdan turli moddalarni olish miqyoslari va atrof muhit 
ifloslanishi intensivligining (lot. 
intension
– kuchlanish, 
kuchayish) tobora oshib borishi fotosintez va biogeotsenozlar 
tomonidan mahsulot ishlab chiqilishi jarayonlarining buzilishiga 
olib keladi. 
Tabiat va jamiyat orasidagi uzluksiz energiya almashinuvi 
biosferaning me’yoriy mavjudligini ta’minlaydigan antropogen 
ifloslanadi. Bunday holatning oldini olish va tuproq hosildorligini 
oshirish uchun maxsus chora–tadbirlar qo‘llash lozim bo‘ladi. 
Bunday tadbirlar meliorativ tadbirlar deyiladi. 
Yer osti suvlari sathi ko‘tarilib ketgan joylarda quritish 
melioratsiyasi qo‘llaniladi, ya’nima’lum zichlikda zovurlar 
qaziladi. Yer osti suvlari sathi qanchalik chuqurda bo‘lsa, yer 
shunchalik sho‘rlanishdan xoli bo‘ladi. 
Shamol ta’sirida tuproqning ustki qismi eroziyaga 
uchraydi. Buning oqibatida tuproqning chirindili unumdor qatlami 
qasshshoqlashib qoladi. Eroziyaga qarshi kurashish uchun 
tuproqlarni muhofaza qiluvchi ixotazorlar bunyod qilinadi. 
Shamol yo‘nalishiga ko‘ndalang holda 2 - 3 va undan ortiq daraxt 
va butalardan tashkil topgan bunday ixotazorlar shamol kuchini 
qirqib, tuproqda nam to‘planishini, qor qoplami sekin erishini 
ta’minlaydi, 
bug‘lanishni 
kamaytiradi, 
suv 
havzalarini 
ifloslanishdan saqlaydi, kanaldan singib o‘tgan suvni iste’mol 
qilib, yerni botqoqlanish va sho‘rlanishdan saqlab qoladi. 
Nishab yerlar sug‘orish jarayonida eroziyaga uchraydi. 
Bunday eroziya irrigatsiya (sug‘orish) eroziyasi deb ataladi (lot. 
irrigatio
sug‘orish). Sug‘orish eroziyasining oldini olish uchun 
eng muhim chora qiya yerlarni haydash va sug‘orishni 
ko‘ndalangiga amalga oshirishdan iborat.
Sug‘oriladigan yerlarda sho‘rlanish jarayoni ham qishloq 
xo‘jaligiga katta ziyon yetkazadi. Tuproqlarning sho‘rlanishi yer 
osti suvlari sathining ko‘tarilishi, zovurlarning kamligi bilan 
bog‘liq. 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish