geografik qonuniyatlar sayyoraviy miqyosdagi butun geosistema
(ya’ni geografik qobiq) uchun ham, kichikroq geosistemalar
(geografik qobiqning alohida hududlari) uchun ham xosdir.
Insonning xo‘jalik faoliyati tabiatda sodir bo‘lishi tufayli
tabiatdan foydalanish jarayonida tabiat qonunlarini albatta hisobga
olishi kerak, aks holda unung ishlab chiqarish faoliyatida iqtisodiy
samaradorlik, barqaror
rivojlanish yuz bermaydi, salbiy ekologik
va
iqtisodiy
oqibatlarning
ko‘lamlari
kengayib
borave-
radi.Tabiatdan oqilona foydalanish, tabiatni inson manfaatini
ko‘zlab o‘zgartirish tabiatning asiosiy geografik qonuniyatlariga
asoslanib amalga oshirilishi lozim. Aks holda kutilgan natijaga
erishib bo‘lmaydi. Tabiatdan foydalanishda doimo diqqat -
e’tiborda tutilishi lozim bo‘lgan asosiy qonuniyatlarga geografik
qobiqining birligi va bir butunligi, landshaft komponentlarining
o‘zaro modda va energiya almashinishi orqali bog‘langanligi,
landshaftlarning zonallik
va nozonallik qonunyatlari, geografik
qobiqdagi hodisalarning ritmikligi, landshaftlarning to‘xtovsiz
evolyutsiyasi (lot.
evolution
- mufassal, batafsil, mukammal),
ya’ni tadrijiy rivojlanishi va boshqalar kiradi.
Mamlakatimizda xo‘jalik yuritish jarayonida tabiatdan
foydalanish ishlari yaqin yillarga qadar ko‘p hollarda ilm-fan
yutuqlariga asoslanmay pala-partish amalga oshirildi. Ayrim
hududlarda ekologik vaziyat yomonlashdi. Bu esa aholi
sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shuning uchun tabiatdan
foydalanishda zarur bo‘lgan
eng asosiy umumiy geografik
qonuniyatlarni inobatga olgan holda ish yuritish maqsadga
muvofiqdir. Tabiat sistemali tuzilgan. Eng yirik sistema geografik
qobiq bo‘lsa, eng kichik sistema landshaftdir. Tabiatning sistemali
tuzilganligi undan foydalanishda ham sistemali yondashishni
taqozo qiladi.
Tabiatdan foydalagish ishi geoekologik yondashishni ham
taqoza etadi. Kishilar yashashi, mehnat qilishi, hordiq chiqarishi,
sog‘lig‘ini tiklashi, tabiatdan estetik ozuqa olishi uchun zarur
bo‘lgan eng qulay tabiiy muhit buzilmasligi,
aksincha, qayta
tuzatish ishlari natijasida yaxshilana borishi zarur.
Geografik
qobiqning
bir
butunligi
va
muayyan
muvozanatda ekanligi.
Geografik qobiq ham, har bir landshaft
ham tabiiy komponentlar - tog‘ jinslari, relyef, iqlim, yer osti va
to‘g‘risidagi yangi fanlararo ta’limot shakllanmoqda, uni shartli
ravishda stixiyaviy hodisalar geografiyasi yoki fenomenologiya
deb atash mumkin.
Stixiyaviy tabiiy hodisalar – inson tomonidan yaratilgan
moddiy qadriyatlarni yo‘qotadigan,
kishilarning hayoti va
salomatligi uchun xavf –xatarli bo‘lgan ekstremal tabiiy
hodisalardir. Stixiyaviy ofatlar – tabiatning o‘ziga nisbatan ham
buzuvchi ta’sirlar bilan, kishilarning moddiy qadriyatlarining
yo‘qotish va halokati bilan bir paytda sodir bo‘ladigan oldindan
aytib bo‘lmaydigan katastrofik tabiiy jarayonlar. Stixiyaviy tabiiy
hodisalar
va
stixiyaviy
ofatlar
tushunchalari
faqat
tabiiyotshunoslik tushunchalari bo‘lib qolmasdan, balki sotsial –
iqtisodiy tushunchalar hamdir. Ogohlantiruvchi va himoyaviy
tadbirlar yordamida stixiyaviy tabiiy hodisalarning ayrim
turlarining xavfini va ularning stixiyaviy ofatlarga o‘tishi
ehtimolini susaytirish va hatto batamom bartaraf qilish mumkin.
Ammo bir qator hollarda stixiyaviy ofatlarni oldindan aniq aytib
berish va bartaraf qilishning imkoni bo‘lmaydi. Ogohlantiruvchi
va himoyaviy tadbirlar tizimini ilmiy
asoslash uchun stixiyaviy
tabiiy hodisalarni kompleks o‘rganishni yo‘lga qo‘yish va ularni
bashoratlashtirish usullarini ishlab chiqish zarur. Buning uchun
stixiyaviy tabiiy hodisalarning qancha vaqt davom etishi e’tiborga
olinadigan tasnifini tuzish lozim.Bunday tasnif stixiyaviy tabiiy
hodisalarning xavflilik darajasini belgilash va himoyaviy hamda
kishilarga nomaqbul ta’sirlarini bartaraf qilish va susaytirish
vositalarini tavsiya qilish imkonini beradi. Stixiyaviy tabiiy
hodisalarning davriyligini, ularning vujudga kelishini, tarqalish
miqyoslarini
va shuningdek, ular yetkazgan zarar hajmini
baholash katta ahamiyatga ega. Stixiyaviy tabiiy hodisalarning
turli xo‘jalik ob’yektlarining faoliyatiga ta’sirini hisobga olishni
amalga oshirish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: