49
12-chizma. Turistik mahsulotni sotib olishda aniq xulosa chiqarish harakati.
Ehtiyojni anglash har qanday ichki (shaxsiy) va tashqi vaziyatlarga
bog‟liqdir.
Turistik mahsulotni olishda avvalo mijozda shu mahsulotga ehtiyoj bo‟lishi
zarur. Lekin ehtiyoj nimadir etishmasligi desak, turistik mahsulotni sotib olish
uchun insonga aniq ehtiyojni indentifikastiyasi qilib uni belgilangan ehtiyojga
transformastiya qilish lozim. (Tranformastiya qilingan ehtiyojga o‟z navbatida
belgilangan mahsulot turi to‟g‟ri keladi).
Ehtiyojni anglamoq davrini o‟rganish kishining o‟z muamolalarini
tushinishda turtki bo‟lgan hollar deb anglasa bo‟ladi. Bu bizni quyidagi savollarga
javob olishga undaydi:
1. Qanday ehtiyojlar paydo bo‟ldi?
2. Nimalar ularning sodir bo‟lishiga ko‟mak berdi?
3. Qanday qilib mijoz ehtiyoj orqali muayyan bir turistik xizmatni tanlaydi?
Shunday
axborotimiz
bo‟lsa harakatni yanada qo‟zg‟atuvchilarni
(qiziqtiruvchi) bilsak bo‟ladiki,ular kelajakda marketing faoliyatida faol
qo‟llaniladi. Bu holda nazarda tutish lozimki turistik korxonalar ehtiyojni
anglashda marketing qiziqtiruvchilari orqali erishadi. Mijozga o‟rgatish omillari
orqali ta‟sir qilish navbatma–navbat amalga oshiriladi.
Axborot izlash davrida mijoz o‟z ehtiyojini qondirish uchun to‟liq
ma‟lumotlar to‟playdi. Bu ma‟lumotlar turistik firmalar xizmatlariga bog‟liqdir.
Ma‟lumotlarni yig‟ish har qanday yo‟llar bilan amalga oshiriladi.
Bu ishda mijoz o‟z qobiliyatini ishga solib har qanday muammolarni
echishga qodir ekanligini ko‟rsata bilish lozim.
Заруратдан аниқ эҳтиѐжга ўтиш
Ахборотни баҳолаш
Фирма маҳсулотларини мижозларга
қўл келишини баҳолаш
Туристик маҳсулотни сотиб олишдаги
хулосани чиқариш.
Аниқ маҳсулотга ѐндашувни
шакллантириш
Сотиб олиш
Сотиб олишда аниқ иш
юритиш
50
Mijozning ma‟lumot to‟plada qo‟l keladigan eng faol shakl turfirmalarga
to‟g‟ridan-to‟g‟ri murojaat qilishdir. Mijoz turistik mahsulotni sotib olishda
maslahat olish uchun quyidagilar maqsadga muvofiq:
1. Mijozlar ma‟lumot oladigan asosiy manbaalarni belgilash.
2. Turistik xizmatlarni sotib olishda qabul qilinadigan qarorning muhimligini
baholash. Iste‟molchi lozimli ma‟lumotlarni to‟plagan so‟ng axborotni baholashga
o‟tadi. Bu davrda olingan xizmatlarning turlari nisbatan baholashni amalga
oshiradi. Bunda xizmat ko‟rsatgan turistik firmalarning xususiyati e‟tiborga
olinadi.
Mijoz
aniq xizmatni
tanlagach
axborotni
baholashi
marketing
mutaxasisslariga judayam muhim. Iste‟molchi qay birini tanlaganini oldindan aytib
berish muammoga aylanadi. Buni bajarish bir muncha mushkul, chunki axborotni
baholab ish yuritishning birlamchi tarkibi mavjud emas.
Turistik korxonalar mijozlarga xizmat ko‟rsatishda o‟z xizmatlarini baholash
va marketing ishlarida har qanday variantlarni qo‟llaydi. Bir tomondan taklif
qilingan turistik mahsulotlarning nufuzini oshirib, ikkinchi tomondan shu
mahsulotga iste‟molchining fikrini o‟zgartirib, uning boshqa firmalar mahsulotni
oldida nufuzi yuqoriligini tushuntirish zarur. Boshqacha so‟z bilan aytganda,
mijozda firmaning mahsulotiga yangicha qarash va fikrlash hissini o‟rnatish lozim.
Firma o‟z mahsulotiga ozgina o‟zgartirish kiritib mijoz uchun uni qiziqarli qilish
mumkin.
Axboratga baho berib iste‟molchi turistik mahsulotni sotib olishga jazm
qiladi. Mijozning sotib olish to‟g‟risidagi qaror qabul qilishda har qanday
tasodifliklar mavjud bo‟lishi mumkin. Masalan, do‟stlar, hamkasabalar, tanish-
bilishlarning fikri mijozning sotib olishga bo‟lgan o‟z fikrini tamoman o‟zgartirib
yuborish mumkin. Shuni qayd qilish zarurki, yon atrofdagilarning fikri mijozning
taassurotiga ma‟lum darajada ta‟sir o‟tkazadi. Firma mahsuloti to‟g‟risida yomon
ma‟lumot berganlarning omma ichida obro‟lari yuqori bo‟lsa mijoz shularning
fikriga qo‟shilib olmoqchi bo‟lgan mahsulotniyam olmay qo‟yadi.
Masalaning ikkinchi tomoni shundaki, mijoz o‟z hamyoniga qarab ish qiladi
(masalan mijozni mablag‟i o‟zgarishi mumkin).
Mijozning qaroriga kutiladigan xatar ham o‟z ta‟sirini o‟tkazishi mumkin.
Unda bu xis sotib olgan mahsulotdan to‟la qoniqishni ta‟minlaydi.
Shu sababdan firma o‟z mahsuloti to‟g‟risidagi ma‟lumotni mijozga
jonbozlik ko‟rsatishi lozim.
Turistik biznesda har bir firmaning mahsulotini qancha ko‟p maqtalsa,
firmaning iste‟molchilari shuncha ko‟payib, daromadi oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: