6
Kotler F. (1998) – «Marketing bu – ayirboshlash asosida talab va ehtiyojni
qondiradigan kishilik faoliyatining turi. Marketing – tadbirkorlik faoliyatining
falsafasi va instrumenti».
Turizm
marketingi
sohasida
tan
olingan
yuqoridagi
olimlar,
mutaxassislarning turizm marketingidagi ta‟rifi mazmuni deyarli bir xil –
turistlarning talab va ehtiyojlarini qondiradigan tovarlar va xizmatlarni bozorga
chiqarish.
Almashtirish jarayonlarini tashkil qilish – (mahsulotlar va xizmatlar) sotish
faoliyati hisoblanadi. Bu holatda mahsulotlarning harakati ishlab chiqarish
holatidan iste‟mol holatiga o‟tadi. Mahsulotlarning tovar holatidan iste‟mol
holatiga o‟tishi o‟ziga xos bo‟lgan 3 ta foydali muhitni yaratadiki, natijada
qo‟shimcha qiymat hosil bo‟ladi:
holatning foydaliligi – moddiy mahsulotlarning harakatlanishi natijasida
tovar holatdan iste‟mol holatiga o‟tishi: ko‟rinishlari, tozalash, tanlash, yig‟ish,
o‟rash va h.k;
keng foydalanganlik, keng hududlardagi harakatlanish, tashish, geografik
jihatdan tarqatish, mahsulotlarni joylardagi iste‟molga etkazib berish, iste‟mol
qilish;
vaqt foydaligini iste‟mol qilish. Vaqt harakatlanishi: to‟dalash (yig‟ish) –
iste‟molchi vaqt topgan muddatda iste‟mol qilish uchun tovar va xizmatlar yig‟ish.
Aynan ana shu faoliyatlar talab va takliflar orasidagi real mos kelishni
ta‟minlashga imkoniyat yaratadi (Jan-Jak Lamben, 1996).
Aynan ana shu bozorga chiqariladigan turistik mahsulotlar turizmdagi
xizmatlar ko‟rsatish ob‟ektlari, turistik resurslar turlarini tashkil qiladi. Ana shu
turistik resurslardan foydalanishda ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlar
bozoridagi oldi-berdi jarayonlarining nazariyasi va amaliyoti mohiyatini bilish
turizm marketingidagi o‟rganish zarur bo‟lgan talab hisoblanadi.
Marketing alohida fan va sohaning mustaqil faoliyat yuritishi bilan
iqtisodiyotda XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida shakllana boshladi. 1908
yilda Amerika Qo‟shma Shtatlarida birinchi marketing tijorat firmasi tashkil
qilindi. Bundan keyingi yaratilgan firmalarning bozorni tadqiq qilish natijasida
(ko‟plab sohalarda) olingan mahsulotlarni amalda qo‟llashning kuchayishi ushbu
firmalarni kengaytirib tijoratda marketing xizmatlariga talab kuchayib bordi.
1926 yilda Amerika Qo‟shma Shtatlarida marketing va reklamaning Milliy
assostiastiyasi tashkil qilindi. Keyingi vaqtlarda xuddi shunday milliy
assostiastiyalar G‟arbiy Yevropada va Yaponiyada tuzila boshlandi.
Marketingning tijoratda, iqtisodiyotda alohida tizimga (sistemaga) aylanishi
g‟arbdagi 1929-1933 yillardagi buyuk iqtisodiy inqiroz davriga to‟g‟ri keladi.
Bu vaqtda iqtisodiyotni inqirozdan chiqarish yo‟llari davlat darajasida ham,
alohida firmalar va kompaniyalar darajasida ham tadqiq qilinmoqda edi. Ishlab
chiqaruvchi firmalarning asosiy muammosi ishlab chiqarilgan mahsulotlarning
talab, iste‟moldan ko‟pligi edi.
Bu omillar, holatlar bozor faoliyatini boshqarishni ma‟lum bir tizimga
solishni kun tartibiga qo‟ydi. Tadbirkorlik xizmatlarini bozorda
sotishni boshqarish
7
Жамоатни
мўлжаллаш
Истеъмолч
ини
мўлжаллаш
talab qilina boshlandi. Ana shu talablar marketingning kelib chiqishga sharoit
yaratdi.
XX asrning boshlarida Amerika Qo‟shma Shtatlarining universitetlarida
marketing haqida dastlabki ma‟ruzalar o‟qish boshlandi. Bu ma‟ruzalarda
mahsulotlarni realizastiya qilishda savdo va reklamaning xo‟jaliklar amaliyotidagi
o‟rnini belgilashga qaratilgandi. 1910 yildan to 1980 yilgacha matbuotda e‟lon
qilingan ishlarda marketingning mohiyati va mazmuniga ta‟rif berilgandi.
Turistik firmalar faoliyatida marketing yondoshuvlarini qo‟llashning
zarurligini tushuntirish uchun marketing rivojlanishi bosqichlarining qisqacha
tarixiga to‟xtalish kerak.
Turizmdagi taniqli mutxassislar marketingdan 1950 yillarda Yevropada
foydalana boshladilar. Bu yo‟nalishlarda birinchilardan bo‟lib aviakompaniyalar
o‟z mijozlari va raqobatchilari haqidagi marketing axborotlarini tahlil qilib
o‟zlarining kompaniyalaridagi samolyotlarning uchish vaqti va salonlardagi
qulayliklarni raqobatlariga nisbatan yaxshilab borishdi.
Shunday
qilib
marketing
xizmatlari
evolyustiyasida
marketing
boshqaruvining 5 ta asosiy konstepstiyasi keyingi 50 yil davomida shakllandiki, bu
esa iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy o‟zgarishlarda o‟z aksini topdi (1-chizma).
Mahsulotni
mo‟ljallash
Sotishga
mo‟ljallash
Ishlab
chiqarishni
mo‟ljallash
Marketingning
rivojlanish
bosqichlari
Do'stlaringiz bilan baham: