60
o‟tkazilgan dam olish kunlaridan so‟ng sotuv darajasi oshgan bo‟ladi, chunki sotish
ko‟rsatkichlari oldingi xaftada yuqori bo‟lgan.
2.
Turli ko‟rsatkichlarni ortiqcha taxminlashsiz istiqbolni belgilash xavfli
bo‟ladi. Masalan, menejer reklamaning nomerlarni sotilish darajasiga ta‟sirini
o‟rganayotgan bo‟lsa, u nomerlar bahosi reklamaga sarf qilingan 5 doll. xisobiga
oshayotganligini aniqlashi mumkin. Agarda mehmonxonaning reklama xarajatlari
oldindan 75 doll.dan 150 doll.gacha bo‟ladi deb taxmin qilib qo‟yilgan bo‟lsa, u
holda biz narxlarning reklama xarajatlariga bog‟liq bo‟lmasligiga erishamiz.
Mazkur ikki holat regressiv tahlil usulidan noto‟g‟ri foydalanish natijasida
ruy beradigan ikkita xatoni tushuntirib berishi mumkin. Talabni statistik tahlil
qilish juda murakkab bo‟lishi mumkin, va marketing bo‟yicha mutaxassis bunday
tahlilni o‟tkazish va tuxtatishda juda extiyot bo‟lishi lozim. Ammo kompyuter
texnikasining borgan sari mukammalashib borishi natijasida talabni statistik tahlil
qilish borgan sari ommabop bo‟lib bormoqda.
Mehmonxona sohasidagi istiqbolning ikkita boshqa usuli-o‟zgaruvchan
o‟rtacha ahamiyat va eksponenstial tekislash. O‟zgaruvchan o‟rtacha ahamiyat–
o‟tgan davrlar ichidagi o‟rtacha sondir(p.). Undan keyingi davr davomidagi sotuvni
aniqlashda ishlatiladi. Masalan, oxirgi to‟rt xafta mobaynida restoran
12000,12500,13000,12500 doll.li sotuvga ega bo‟lgan bo‟lsa, o‟zgaruvchan
o‟rtacha ahamiyatdan foydalanib, keyingi xaftadagi sotuvni aniqlash
mumkin:12000+12500+13000+12500q12500 doll.
O‟zgaruvchan o‟rtacha ahamiyatni chegaralash, o‟tgan dvr mobaynidagi
mazkur ko‟rsatkich, hozirgi davrda ham xudi shunday ekanligidan dalolat beradi.
Eksponenstial tekislash-oxirgi davrlarni ko‟tarinkilik bilan baholashga imkon
beruvchi oddiy, lekin foydali matematik texnika.
Kompaniya o‟zini jalb qiluvchi bozor topganda, u bozorning xajmi va
imkoniyatlarini mukammal o‟rganishi lozim. Bozorga noto‟g‟ri baho berib
kompaniya juda ko‟p daromad yo‟qotishi mumkin. Talab istiqbolini belgilab,
kompaniya taklifning rejalashtirilayotgan talabga mos kelishiga erishmog‟i lozim.
Vaqtli tahlil avvalgi va kelajakdagi sotuvni talabning boshqa omillariga emas,
aynan vaqt omiliga bog‟liqligini ko‟rib chiqadi. Lekin xar qanday tovarning sotuv
darajasi ko‟p omillarga bog‟liq. Talabni statistik tahlil qilish-sotuvga eng ko‟p
ta‟sir ko‟rsatuvchi omillarni va ularning o‟zaro ta‟sirlarini aniqlash uchun
foydalaniladigan statistik tadbirlar majmuidir. Eng ko‟p tahlil qilinadigan omillar-
narxlar, daromad, aholi, tovar va xizmatlarning harakatlantirish vositalari.
Do'stlaringiz bilan baham: