3-mavzu: Turistik mahsulot bozorini kompleks tadqiq qilish
Reja:
1.Turistik mahsulot bozorida tadqiqotlarini o‟tkazish buyicha bo‟limlar.
2.Turizm bozorida ma‟lumotlarni yig‟ish, tahlil etish va etkazib berish.
3.Ma‟lumotlar konstepstiyasining o‟zgarish darajasini aniklash.
1.Turistik mahsulot bozorida tadqiqotlarini o‟tkazish buyicha bo‟limlar
51
Marketing xususidagi ma‟lumotlarni to‟plash manbalarini shartli ravishda
birlamchi va ikkilamchi turlarga bo‟lish mumkin.
Birlamchi ma‟lumotlarga
tayinli
maqsad uchun il bor yangidan tashkil etilgan ma‟lumotlar, axborotlar kiradi.
Ikkilamchi axborotlarga
esa dastlab boshqa maqsadlar uchun yig‟ilgan, qayta
ishlangan, turli manbalarda (jurnal, hisobot, axborot byulletenlari va h.k.) mavjud
bo‟lgan axborotlar kiradi. Ikkilamchi ma‟lumotlarni to‟plash manbalari tegishli
tashkilotga taalluqli bo‟lish yoki bo‟lmasligiga ko‟ra, o‟z navbatida ichki va tashqi
turlarga bo‟linadi.
Ichki ikkilamchi ma‟lumot manbalariga
tashkilotda yuritilayotgan joriy
buxgalteriya, moliya va statistik hisobotlarda aks ettiriladigan ko‟rsatkichlar kiradi.
Jumladan, foyda va zararlar, sotib olish va sotish, tovar zahiralari, iste‟molchilar
ko‟lami va joylashuvi, narxlar hisob-kitoblar va hk.lar.
Boshqacha qilib aytganda, tashkilot o‟z imkoniyatidagi hisobotlar va
ma‟lumotlarga tayanib, mustaqil tarzda ichki ma‟lumotlar tizimini ishlab chiqadi.
Amaliy faoliyatda mahsulotlarni natural va qiymat o‟lchov birliklarida sotuvchi
hajmi, narxlarning yil davomida o‟zgarishi, haridorlarning joylashuv haritasi, tovar
zahiralarining o‟zgarishi, va shu kabi muhim ma‟lumotlarni tashkilot bevosita
o‟zining ichki hisobot tizimi asosida aniqlaydi.
Tashqi ikkilamchi ma‟lumotlar
tashkilot faoliyat yuritayotgan yoki yuritish
kutilayotgan bozor, mahsulot xususidagi mavjud bo‟lgan ma‟lumotlarni o‟z ichiga
oladi. Ularning tarkibi amaliyotda qo‟llanilishi turli davlatlar tajribasida turlicha
ahamiyatga ega. Masalan, AQShda tashqi ikkilamchi ma‟lumotlarni umumiy
jihatdan quyidagi 4 ta guruhga ajratish mumkin.
1.
Ommaviy va iqtisodiy uyushmalarning hisobotlari va xabarnomalari.
Ushbu manbalar o‟z mohiyatiga ko‟ra ikki kichik guruhga bo‟linadi.
2.
Marketing tadqiqotlari bo‟yicha ixtisoslashgan institutlar va marketing
xizmati ko‟rsatuvchi muassasalarining axborotlari, hisobotlari.
Ko‟pgina hollarda ushbu axborot manbai tijorat axboroti manbai ham deb
nomlanadi.
3.
Iqtisodiy matbuot, tarmoq bo‟yicha jurnallar, ro‟znomalar va kitoblar.
Ushbu turkum axborot manbai juda keng bo‟lib, undagi tahliliy ma‟lumotlar
tegishli tashkilotga, tadqiqotchilarguruhiga yoki alohida shaxsga taaluqli bo‟lishi
mumkin.
4.
Tashkilotlarning ommaviy tarzda chop etilgan ma‟lumotlariga yillik
balans hisobotlari, narx varaqalari, reklama jurnallari, haridorlar uchun
yo‟riqnomalar va shu kabilar kiradi. Bunday manbalardan o‟zaro raqobatda
bo‟lgan firmalar ham ko‟p foydalanadilar. Chunki, unda raqobatchi firmalarning
sotish hajmi, mahsulot, xizmat ko‟rsatish va narx siyosati hususida zarur
ma‟lumotlarni olish imkoni bo‟ladi.
Axborot va ma‟lumotlar olish manbalarini quyidagi guruhlarga bo‟lish
mumkin.
1.
Iqtisodiy siyosatning asosiy yo‟nalishlariga taaluqli bo‟lgan Prezident
farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Davlat soliq qo‟mitasining tasdiqlagan
yo‟riqnomalari va farmoyishlari. Ushbu ma‟lumotlar iqtisodiyotning sohalari
bo‟yicha rivojlanish yo‟nalishlari, ishlab chiqarish hajmlari, soliq va bojxona
52
siyosatiga oid bo‟lib ulardan nafaqat mutasaddi vazirliklar, uyushmalar,
tashkilotlar foydalanadilar, balki maxalliy va xorijiy tadbirkorlar, firmalar ham o‟z
faoliyatlarida foydalanadilar.
2.
Davlat statistik muassasasi ma‟lumotlari. O‟zbekiston Respublikasi
Makroiqtisodiyot va statistika Vazirligi halq xo‟jaligining barcha sohalari bo‟yicha
oylik, kvartallik, yillik ma‟lumotlarni jamlaydi. Ularning ayrimlari maxalliy
matbuotda chop qilinadi, yillik hisobotlar esa statistik yilnomalar shaklida nashr
qilinadi. Makroiqtisodiyot va statistika Vazirligi o‟zining tarkibida ilmiy-tadqiqot
institutlari, halq xo‟jaligining tegishli sohalari bo‟yicha ixtisosolashgan boshqarma
va bo‟limlarga egadir. Ushbu tadqiqot va hisobot bo‟limlari belgilangan
yo‟nalishlar bo‟yicha ma‟lumotlar to‟playdi va tahliliy tadbirlar o‟tkazadi. Bunday
ma‟lumotlar Vazirlar Mahkamasi, mutasaddi vazirliklar, uyushmalar, viloyat
hokimligiga taqdim etiladi.
3.
Vazirliklar, uyushmalar va konsternlar majmuida to‟plangan
axborotlar va ma‟lumotlar. Ushbu axborot manbai tegishli sanoat, qishloq
xo‟jaligi, xizmat ko‟rsatish bo‟yicha ixtisoslashgan vazirliklarda ularning barcha
bo‟ysinuvchi korxonalari xolati, rivojolanish yo‟nalishlari bo‟yicha axborot olish
imkonini beradi. Bu turkum axborotlar vazirlik, uyushmalarning yillik hisoboti,
tegishli boshqarmalarning hisob-kitobi va o‟tkazgan tadqiqot yakunlaridan tashkil
topadi. Hozirgi paytda mamlakatimiz vazirliklari uyushmalar, konsternlar o‟z
tarkibida marketing muammolari bilan shug‟ullanuvchi boshqarma yoki
bo‟limlarga egadir.
4.
Maxalliy hokimiyat miqyosida jamlanadigan axborot va ma‟lumotlar.
Mamlakatimiz viloyatlari, tumanlari, shaharlari hokimiyatlari xuzurida statistika,
«Biznes-fond» bo‟lo‟imlari, aynan o‟sha xudud iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishi
xususida axborotlar va ma‟lumotlar to‟playdi. Ushbu ma‟lumotlar ko‟lami keng
bo‟lib, ularning asosiylarigina Respublika miqyosidagi tegishli boshqarma
tashkilotlarga statistik hisobot shaklida taqdim etiladi. Ko‟pgina boshqa xududiy
rivojlanishga oid axborotlar maxalliy hokimiyat miqyosida umumlashtiriladi va
tahlil qilinadi.
5.
Ilmiy tadqiqot institutlari, markazlari, universitetlar va oliy o‟quv
yurtalrining ilmiy izlanish ma‟lumotlari, tadqiqot natijalari. Bu ma‟lumotlar va
axborotlar Davlat fan-texnika qo‟mitasi buyurtmalar yoki xo‟jalik shartnomalari
asosida ilmiy tadqiqot institutlari, ijodiy–izlanish guruhlari, alohida tadqiqotchilar
jamlanadi va hisobot shaklida taqdim etiladi. Tegishli soha va muammolar
bo‟yicha amalga oshirilgan marketing va bozor izlanishi tadqiqotlari Davlat fan–
texnika qo‟mitasi byulletenlarida, universitet, markaz, oliy o‟quv yurti ilmiy
to‟plamlarida qisqa shaklda e‟lon qilinadi.
6.
Ommaviy matbuot va ilmiy adabiyotlar. Mamlakatimizda va xorijiy
davlatlarda chop etiladigan ro‟znomalar, jurnallar, risolalar, kitoblar ko‟lami tobora
ortib bormoqda. Masalan «Sharq biznes xabarnomasi», «Soliq va bojxona
xabarnomasi», «Delovoy mir», «Biznes uik» va boshqa bir qator ro‟znoma hamda
jurnallar
shular
jumlasidandir.
Ularda
Respublikamiz
iqtisodiy-ijtimoiy
rivojlanishiga oid ko‟plab axborotlar ma‟lumotlar tahliliy materiallar chop etiladi.
Bu ma‟lumotlar ayrim Davlat qo‟mitalari, vazirliklar, uyushmalar, ilmiy tadqiqot
53
markazlari, institutlari, izlanish olib borayotgan guruhlar, sharxlovchilar va
mutaxassislar tomonidan taqdim etiladi.
Marketing tadqiqoti uchun zaruriy ma‟lumotlar va axborotlarni yiqish
jarayoni bir-biriga bog‟liq bo‟lgan vositalar, uslublar, bosqichlardan iborat.
Marketing izlanishi sohalari va yo‟nalishlari qanday bo‟lishidan qat‟iy nazar u 13-
rasmda ko‟rsatilgan asosiy bosqichlardan tashkil topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |