3.3-rasm. Nosuqma nasoslarning sxemasi:
a-NSN-1 ikki klapanli nasos; b-uch klapanli
NSN-2 nasos.
1-sharikli haydovchi klapan; 2-silindr; 3-
plunjer; 4-uzaytirgichni kalta quvurchasi; 5-
sharikli suruvchi klapan; 6-konus egari; 7-
shtok; 8- ikkinchi haydovchi klapan; 9-maxsus
ushlagich; 10-nakonechnik (taqa).
3.4-rasm. Suqma shtangali nasoslar:
a-SQN-1; b-SQN-2. 1-shtok; 2-nippel; 3-
korpus; 4-qulfli tayanch; 5-nasos silindri; 6-
plunjer; 7-NKQ; 8-suruvchi klapan.
NSN-2 uch klapanli nasos ham, ikki klapanli nasos kabi, silindrdan, plunjer
va suruvchi klapanlardan tuzilgan. NSN-2 nasosda ikkinchi (8) haydovchi klapan,
plunjerning pastki qismiga о‗rnatiladi. Shuning uchun ushlovchi shtokni
qо‗llanilmaydi, chunki plunjer tagidan (9) maxsus tutqich montaj qilinadi, u ilgak
shaklidagi ushlagich kо‗rinishida bо‗ladi.Suruvchi klapandagi qamrab ushlovchi
shtokning о‗rniga (10) nakonechnik kо‗ndalang shpilka yordamida yuqori ichiga
о‗rnatiladi.
Suruvchi klapanni kо‗tarish uchun, plunjer normal holatidan pastroqqa, ya‘ni
(10) nakonechnikka (taqa) tegib turguncha о‗rnatilib buraladi, nakonechnik shpilka
77
ushlagichning qirqib qо‗yilgan joyiga kiradi va uni saqlab qoladi. Suruvchi klapan
joyiga ushlagich yordamida о‗rnatiladi. Uch klapanli nasosning foydasiz hajmi,
ikkinchi haydovchi klapanga о‗rnatilgandan keyin ikki klapanli haydovchi nasosga
nisbatan ikki martaga kamaytiriladi.
NSN-2 nasos silindrining uzunligi 3440 mm.dan 6955 mm.gacha о‗zgaradi
va plunjerni yurish yо‗li uzunligiga bog‗liq. Nosuqma nasoslarni almashtirish va
nosozligini bartaraf qilishda, shtanganing plunjeri va suruvchi klapan birgalikda
kо‗tariladi, undan keyin nasos-kompressor quvurlar nasos silindri bilan kо‗tariladi.
Bunga kо‗p vaqt ketadi va u nosuqma nasosning kamchiligi hisoblanadi[18,12,13].
Neft konlarida NSV turidagi suqma nasoslar ham qо‗llaniladi (3.4-rasm).
Suqma nasoslar–SQN (suqma quduq nasoslari) orqali belgilanadi. SQN-1 turidagi
suqma nasoslar osib qо‗yish chuqurligi 2500m. bо‗lgan quduqlardan qо‗llaniladi.
3.4-rasm, a- Suqma nasos uchta asosiy tugundan iborat: silindr, plunjer va
silindrning qulfli tayanchlari. (5) nasos silindrning pastki uchiga (8) suruvchi
klapan о‗rnatilgan va har holda mahkamlangan, yuqori uchida (3) korpus, (4)
qulfning tayanchi bо‗lib (7) nasos kompressor quvurlarni germetiklaydi. Plunjer
tizma shtangiga (6) shtok yordamida (1) osiladi, chunki u pastga yurganda
suruvchi klapangacha, yuqoriga yurganda yuqoridagi nippelgacha (2) etib
bormaydi. Nippel (2) korpusni yuqorisiga о‗rnatiladi va shtokni yо‗naltirish (1)
uchun xizmat qiladi. Foydasiz (ba‘zida о‗lik deb ataladi) hajmni kamaytirish
maqsadida plunjerni pastki qismiga haydovchi klapan о‗rnatiladi.
Qulfli tayanchning (4) tagiga nasos-kompressor quvurga (7) pastki uchiga
yо‗naltiruvchi quvur montaj qilinadi, u nasosning tо‗g‗ri о‗rnatilishini ta‘minlaydi.
Silindr plunjer va klapan bilan yig‗ma holda quduqqa tushiriladi. Yuqorida eslatib
о‗tkazganimizdek NKQ-ga qulfli tayanchning maxsus о‗tirgich qurilmasi oldindan
о‗rnatiladi, ya‘ni nasos о‗tiradi va zichlanadi. Suqma nasoslarni kо‗tarib olishda
faqat shtangani olish etarli, chunki birgalikda butunlay nasos о‗zi ham kо‗tarib
olinadi. Hisobga olish kerakki, suqma nasosda NKQ orqali berilgan diametrda faqat
plunjer tushirilmasdan, birgalikda nasosning silindri ham korpus bilan birgalikda
tushiriladi. Bunda suqma nasosning plunjerini diametri, nosuqma nasosni
78
diametridan ancha kichik bо‗ladi. Hozirgi vaqtda Rossiya davlatlarida 300 dan
kо‗p har xil о‗lchamdagi suqma va quvurli nasoslar ishlab chiqariladi.
Suqma shtangali suqma metall plunjerli va quzg‗almaydigan silindrli
nasoslar ishlab chiqariladi.
Nasoslar plunjerning yurish yо‗li uzunligi bо‗yicha-4 m.gacha, plunjerdagi
oraliqlar bо‗yicha 0,025-0,088 mm.li, 0,050-0,113 mm.li; 0,075-0,138 mm.li
bо‗ladi. Nasos silindri–azotlashtirilgan (HN), uzunligi - plunjerning talab qilingan
yо‗liga bog‗liq.
Plunjer tarnovli qattiq qotishmali kukun bilan changlantirilgan (T),
uzunligi 1383 mm va 1638 mm buyurtma bо‗yicha 3376 mm.gacha tayyorlanadi.
Klapan (egar sharik) stellit (ST), yoki pо‗lat (SS) materialidan tayyorlanadi.
Uzaytirgich muftasi-2 dona, uzunligi plunjerning yurish uzunligiga mos keladi.
Nasoslar buyurtmachining istagiga muvofiq, qumga chidamli gilzali va
uzaytirilgan yо‗naltiruvchi shtokli yoki standart yо‗naltiruvchi shtokli gilzasiz
tayyorlanadi.
Nosuqma nasoslar ham tayyorlanadi.
NKQ-60 о‗rnatish uchun 20-125 TN va 20-175 TN; NKQ-73 ga о‗rnatish
uchun 25-125 TH va 25-127-TH nasoslari ishlab chiqariladi. Plunjerni yurish yо‗li
uzunligi bо‗yicha 4,0 metrgacha tayyorlanadi. Plunjer oraliqlari bо‗yicha 0,025-
0,088; 0,050-0,113; 0,075-0,138 va hakozo.
Suruvchi klapanlar uchun mexanik mahkamlagich turidagi tutuvchi qurilma
oldindan kо‗rilgan bо‗lib, klapanni olib chiqarish uchun suruvchi klapanning
maxsus mahkamlagich bayonet turidagi tutg‗ich qurilmasi tayyorlanadi.
Nasoslarning suruvchi klapani olinmaydigan holda (THm-T) maxsus ishlab
chiqariladi. Ularni ichida nasoslarni suruvchi klapanlarini diametrlari 32,44,57mm
bо‗ladi, standart bajarilishi bо‗yicha kuchaytirilgan, tutg‗ich qurilmalari mavjud
emas. Nasosni asosiy detallarini bajarilishi: silindr–azotlangan: plunjer-tarnovli,
uzunligi - 1,3 m va 1,6 m, qattiq qо‗yma, kо‗kun bilan changlantirilgan; klapan
materiali (egar sharik) stellit (ST), pо‗lat (SS).
79
Do'stlaringiz bilan baham: |