qoladi, NKQ-lar faqat almashtirish yoki qulfli moslamalarni ta‘mirlash kerak
uchun nosuqma nasoslarga nisbatan kam vaqt sarflanadi. Shuning uchun tushirish-
kо‗tarish jarayonlariga bog‗liq hamda suqma nasoslarning ishlash davri nosuqma
nasoslarga nisbatan kо‗proqdir. Bu chuqur quduqlarning ishlatishda juda
75
Agarda qazib olingan neftning tarkibida parafin va smola bо‗lganda, u holda
suqma nasosdan umuman foydalanib bо‗lmaydi.
Kon amaliyotida asosan ikki klapanli NSN-1(nosuqma quduq nasos birinchi
turdagi) va uch klapanli NSN-2 qо‗llaniladi. 3.3-rasm, a-da NSN-1 nasosi
tasvirlangan. NSN-1 nasosning uchta asosiy tuguni mavjud: birinchi-silindr alohida
silindrdan (2) tuzilgan, (4) uzaytirgichning-kalta quvurchasi va (6) konusli
egaridan; ikkinchi (3) plunjer va (1) sharikni haydovchi klapan; uchinchi (5)
sharikni suruvchi klapan va (7) ushlab turuvchi shtok, kallak esa silindr
bо‗shlig‗ida joylashgan.
Quduq nasos kompressor quvurlarda (6) konus egari bilan nasos silindriga
tushiriladi. Undan keyin quduqqa shtangada (3) plunjerli (5) suruvchi klapan
birgalikda (7) shtokka qamrab tushiriladi. Suruvchi klapan konus egariga
о‗rnatiladi hamda tizma shtanganing og‗irligi bilan bosiladi. Polirovkali shtokning
yurish uzunligi plunjer quduqqa tushirilgandan sо‗ng shunday tanlanadiki, plunjer
pastga yurganda suruvchi klapanga yetib bormasligi, yuqoriga yurgizilganda kallak
о‗qiga ushlanib qolmasligi kerak. Agarda nasos kompressor quvurning nasos
silindri va shtokni plunjer bilan birgalikda kо‗tarish imkoniyati paydo bо‗lganda,
bunday holatda suruvchi klapan kallak shtoki yordamida ushlanadi, quduq egari
bilan birgalikda olinadi va yer ustiga plunjer bilan birgalikda kо‗tariladi.
Bu jarayon klapanlarning almashtirish yoki ta‘mirlash uchun emas balki,
nasos-kompressor quvurini kо‗tarishda, undan suyuqlikni oqib tushirish uchun ham
kerak bо‗ladi. Shtokning mavjudligi, plunjerning pastki qismiga ikkinchi haydovchi
klapanni о‗rnatishga imkon bermaydi. Ta‘sir etuvchi fazoni kamaytirish va NSN-2
nasosning xizmat qilish muddatini uzaytirish maqsadida ikkinchi haydovchi klapan
о‗rnatiladi. NSN-1 nasosning osib qо‗yish chuqurligi 1500 metr bо‗lgan
quduqlarning ishlatishda qо‗llaniladi.
Kichik debitli quduqlarda osish chuqurligi 400-500 metrgacha hamda
polirovkali shtokning yurish yо‗li 0,6 m bо‗lganda ikki vtulkali, diametri 28 va 32
mm bо‗lgan nasoslar qо‗llaniladi. Bunday nasoslar hamma vaqt 120 mm-li
uzunlikdagi plunjer bilan jihozlanadi.
76
NSN-1 ikki klapanli nasosning katta kamchiligi va katta foydasi hajm
plunjerda va ichki hajm yuzasida hamda uzaytirgich kalta quvurning hajmida
tо‗planadi. Bu zararli hajmni plunjerni pastki qismiga qо‗shimcha haydovchi
klapan о‗rnatib kamaytirish mumkin. Bunday klapan uch klapanli nasosda ham
(3.3-rasm,b) kо‗rib chiqilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: