Lug’at bilan ishlash:
Mirishkor- o`z ishining ustasi
Payoni- oxiri
Bozor- zo`rg`a
Ziqna, xasis- qizg`anchiq,
“Tarmoqlash” metodini qo`llash.
Qaysi guruh ko’p hayvon nomini topadi? Bu topshiriqni har bir guruh alohida varaqqa yozib topshiradi.
Tez aytish musobaqasi o`tkaziladi.kutilgan natija.
O`quvchilarda sahiylik va mehribonlik tuyg`ularini shakllantirish. Jonivorlar va hayvonlarga nisbatan m ehr uyg`otish. Maqollar aytish musobaqasi orqali xotirani mustaxkamlash. Gurux bo`lib ishlash, guruhni himoya qilishni o`rganadilar.
Mustahkamlash:
Nima uchun dehqonning jahli chiqdi?
Dehqon tushida nimalarni ko`ribdi?
Dehqonning mulzam bo`lish sababini ayting?
Dehqon qanday xulosa chiqaribdi?
Darsni yakunlash :
Berilgan top shiriqlar asosida to`plangan ballar e`lon qilinadi va g`olib guruh aniqlanadi.
Uyga vazifa: o` zbek xalq ertaklaridan namunalar o`qib, undagi maqollarni o`rganish, hayvon va o`simliklar nomini yozib kelish.
Noan`anaviy darslarda bolalar o`zlarini erkinroq his etishadi. Hech bir bola befarq bo`lib qolmasligi kerak. Har bir o`quchi darsga o`z fikrani qo`shishga harakat qiladi. Masalan , quyidagi noan`anaviy darslarni o`tkazish mumkin:
”Vatanimmiz- O`zbekiston!”.
”Hayvonot olamida” –breyn-ring.
”Ezgulik va yaxshilik mamlakatida ” sayohat o`yini.
-”Eng aqilli ” intelektual marafoni .
”Sog`lom turmush tarafdorimiz”-”Quvnoqlar va zukkolar” o`yini shaklida va h.k
O`quvchilarning darsga bo`lgan qiziqishlarini orttirish uchun o`qituvchilarga quyidagilarga amal qilishi kerak: muvoffaqqiyatlarni olqishlash, yutuqlarni ko`rsatish, maqtash, ijobiy kayfiyatda dars berish, refleksiya va boshqalarga.
3. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda o’qituvchilar, ota-onalar va maktab hamkorligi
O’sib kelayotgan yoshlarning kelajakda kim bo’lib yetishishi, bilim olib barkamol inson bo’lishi biz ularni to’g’ri yo’naltirib borishimizga bog’liqdir. Bu esa o’qituvchi, ota-ona va mahallalar hamkorligini taqazo etadi. So’nggi yillarda umumta’lim muassasalarining bu ikki institut bilan hamkorligini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda.
Mamlakatimiz istiqbolida yoshlar ta’lim va tarbiyasi qanchalik muhim rol o’ynasa, ularni ajdodlar o’giti, sharqona qadriyatlar asosida ulg’aytirishning ahamiyati ham behad yuksakdir. O’g’il-qizlarimizning asosiy tarbiyani, avvalo oilada olishi tufayli ota-onalar ham sharqona udum va odatlardan yetarlicha xabardor bo’lishlari, o’z milliy qiyofalarini shakllantirishlari zarur. Bunda ular bilan doimiy aloqada bo’lib turadigan sinf rahbarlarining o’rni alohida.
Kelajak vorislarining xarakteri, tabiati, dunyoqarashini belgilaydigan ma’naviy mezon va qarashlar, insoniy fazilatlar-yaxshilik, ezgulik, olijanoblik, mehr-oqibat, or-nomus, andisha, hayo, insonparvarlikning poydevori, eng birinchi navbatda, oila sharoitida qaror topadi. Bunday yuksak insoniy fazilatlar oilaviy munosabatlarning negizini, oilaning ma’naviy olamini tashkil etadi. Xalqimizda ” Qush uyasida ko’rganini qiladi” degan hikmatli gap bor. Farzand tarbiyasiga yoshlikdan e’tibor berilmasa, nafaqat ota-ona, oila, qarindosh-urug’, balki butun jamiyat uchun qimmatga tushishini ko’plab hayotiy misollarda ko’rishimiz mumkin.
Odobli, bilimdon va aqlli, mehnatsevar, iymon-e’tiqodli farzand nafaqat ota-onaning, balki butun jamiyatning boyligi. Farzand dastlab oila muhitida ta’lim va tarbiya oladi. Oila sog’lom ekan-jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan-mamlakat barqaror. Oila esa hayot abadiyligi, avlodlar davomiyligini ta’minlaydigan ma’naviyat qo’rg’oni sanaladi. Shunday ekan, oilaning mustahkaligi haqida g’amxo’rlik qilish har bir inson va butun jamiyatning asosiy vazifasi bo’lmog’i lozim.
Har qaysi ota-ona, ustoz va murabbiylar har bir bola timsolida, avvalo, kamol topguvchi shaxsni ko’rishi zarur. Bu esa farzandlarimizni mustaqil va ijodiy fikrlash qobiliyatiga ega bo’lgan, ongli hayot kechiradigan komil insonlar etib voyaga yetkazish ta’lim-tarbiya ishlarimizning asosiy maqsadi va vazifasi bo’lishi lozim. Bu vazifa va maqsadlarni amalga oshirish ta’lim va tarbiya ishlarini uyg’un holda olib borishni talab etadi. Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo’lmaydi. Buyuk bobomiz Abdulla Avloniyning ”Tarbiya biz uchun yo hayot-yo mamot, yo najot-yo halokat, yo- saodat-yo falokat maslasidir” degan so’zlari porloq kelajagimizni quruvchi yoshlarni tarbiyalash g’oyasining mazmunini tashkil etadi.
Ma’naviyat doimiy tarbiyaga muhtoj. Ma’naviy tarbiyani insonning go’daklik chog’idayoq boshlamoq zarur. Bola mehr-muhabbat va yaxshilik muhitida unib-o’smog’i, u oila va ta’lim muassasasida doimo e’tiborda bo’lishi lozim. Uni barcha go’zalliklardan hayratlanish va shodlanishga o’rgatish kerak. Pedagog va ota-onalarning muhim vazifalaridan biri bu-o’quvchiga mehnat o’zini-o’zi kamol toptirishning zaruriy usuli ekanini anglashga ko’maklashishdir.
Har qaysi millatning o’ziga xos ma’naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda, hech shubhasiz, oilaning o’rni va ta’siri beqiyosdir. Chunki insonning eng sof va pokiza tuyg’ulari, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari birinchi galda oila bag’rida shakllanadi. Bolaning xarakterini, tabiati va dunyoqarashini belgilaydigan ma’naviy mezon va qarashlar-yaxshilik, va ezgulik, olijanoblik va mehr-oqibat, or-nomus va andisha tushunchalarining poydevori oila sharoitida qaror topishi tabiiydir.
Shuning uchun ham aynan oila muhitida paydo bo’ladigan ota-onaga hurmat, ularning oldidagi umrbod qarzdorlik burchini anglash har qaysi insonga xos bo’lgan odamiylik fazilatlari va oilaviy munosabatlarning negizini, oilaning ma’naviy olamini tashkil etadi.
Bolaning ongi asosan 5-7 yoshda shakllanishini inobatga oladigan bo’lsak, aynan ana shu davrda uning qalbida oiladagi muhit ta’sirida ma’naviyatning ilk kurtaklari namayon bo’la boshlaydi.
Odamzot uchun bir umr zarur bo’ladigan tabiiy ko’nikma va xususiyatlar, masalan, har qaysi bolaning o’ziga xos va o’ziga mos qobiliyati, atrofidagi odamlar bilan muomilasi, tengdoshlari orasida o’zini qanday his qilishi, yetakchilik xislatiga ega bo’lishi yoki ega bo’lmasligi, kerak bo’lsa, dunyoqarshi-bularning barchasi avvalo uning tug’ma tabiati, shu bilan birga, oilada oladigan tarbiyasiga uzviy bog’liq ekanini hayot tajribasi ko’p misollarda tasdiqlab beradi.
Aynan mana shu davrda bola hamma yaxshi-yomon narsalarni tushunib, anglay boshlaydi, uning beg’ubor ongi bamisoli bosma qog’oz singari oiladagi, yon-atrofdagi barcha voqea-hodisalarni, ularning zamiridagi taassurotlarni o’ziga shimib-singdirib oladi. Uning ota-onasiga, bobo va momolariga mehri va hurmati, o’zini o’rab turgan muhitga nisbatan munosabati kundan kunga takomillashib boradi.
Taassufki, ba’zi ota-onalar o’z farzandining qiziqishi va intilishlariga, uning ong-u tafakkurida har kuni bir o’zgarish ro’y berib, ko’zida yangi-yangi savollar paydo bo’layotganiga ahamiyat bermaydi. Boz ustiga ota oilada o’zini tutishni bilmasa, axloq-odob bobida farzandlariga o’rnak bo’lish o’rniga qo’pol muomila qiladigan bo’lsa, bu holat, tabiiyki, bola ma’naviy olamining shakllanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi, vaqti-soati kelib, uning xarakterida inson degan nomga noloyiq, xunuk bir odat sifatida namoyon bo’ladi.
Yoki oilada qo’ni-qo’shnilarni ko’ra olmaslik, fisq-u fasod, ig’vo muhiti hukmron bo’lsa, hech shubhasiz, bularning barchasi bolaning xotirasida tuzatib bo’lmaydigan og’ir asorat qoldiradi. Umuman olganda, oiladagi ma’naviy muhit va tarbiya tufayli bola yo mehribon va rahimdil, yoki xudbin va bag’ritosh bo’lib voyaga yetishini tushunish qiyin emas.
Biz o’z farzandlarimizning baxt-u saodatini, iqboli va kamolini ko’rishni istar ekanmiz, nafaqat oiladagi, balki mahalla-ko’ydagi odamlarning xatti-harakati ham bolaning shakllanib kelayotgan sof qalbi va ongiga qanday ta’sir ko’rsatishi haqida doimo o’ylashimiz, bu masalada zimmzmizda qanday mas’uliyat borligini unutmasligimiz zarur.
Ma’naviy hayotimizni yuksaltirish haqida gapirganda, mahallaning roli va ta’siri xususida to’xtalish albatta o’rinlidir. Ma’lumk, azaldano’zbek mahallalari chinakam milliy qadriyatlar maskani bo’lib keladi. O’zaro mehr-oqibat, ahillik va totuvlik, ehtiyojmand, yordamga muhtoj kimsalar holidan xabar olish, yetim-yesirlarning boshini silash, to’y-tomosha, hashar va ma’rakalarni ko’pchilik bilan bamaslahat o’tkazish, yaxshi kunda ham, yomon kunda ham birga bo’lish kabi xalqimizga xos urf-odat va an’analar avvalalambor mahalla muhitida shakllangan va rivojlangan. Xalqimizga xos o’zini o’zi boshqarish tizimining bu noyob usuli qadim-qadimdan odamlarning nafaqat tilida, balki dilida, butun hayotida chuqur joy egallagani bejiz emas.
Albatta, ma’naviy-axloqiy tarbiya natijalari milliy istiqlol g’oyasi va mafkurasi, ma’naviyat va ma’rifat, madaniyat, axloq, fan, jamiyat, ijtimoiy hayot darajasi bilan uzviy bog’liq. Ma’naviy-axloqiy tarbiya maqsadi har tomonlama uyg’un rivojlangan barkamol insonni tarbiyalab voyaga yetkazishdur. Zero, oila, hayot va turmush faravonligi, Vatan ravnaqi va qudrati, jamiyat taraqqiyoti shaxsning ma’naviy-axloqiy jihatdan yetukligi, onggi, idroki, salohiyati, tadbirkorligi, ijodkorligi bilan belgilanadi. O’quvchi-yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash va ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda fuqarolik jamiyati institutlari-jamoat birlashmalari, turli harakatlar, uyushmalarining o’rni katta.
Har bir ota-ona o’z farzandlarini tarbiyalash borasida burch va mas’uliyatlarini chuqur anglashi lozim. Ular faqat kiyintirish, yedirib-ichirish, sharoit yaratib berish bilan chegaralanib qolmasdan, farzandlarini jismonan sog’lom, yuksak axloqiy fazilatlarga ega, aqli teran insonlar sifatida ulg’aytirishlari kerak. Oilaviy tarbiyaning o’ziga xosligi shundaki, u bolalarga ota-onalarning ota-onalik, qon-qarindoshlik xislatlarini uzatib, shaxsning umumiy va hissiy rivojlanishinigina emas balki shaxsning mavjud imkoniyatlarini va axloqiy kamolotini ham o’stiradi. Shu sabali oilaviy tarbiya doimo mavjudligi, ko’rsatmaliligi va serjiloligi bilan ajralib turadi. Unda asosiy vazifani xulq-odobga doir tadbirlarni bolaga to’g’ri o’rgatish, maslahat berish, kattalar tajribasigina emas, balki oilaning yashash tarzi, muhiti, ota-onalarning kasb-hunar, oila a’zolarining ma’naviy-ruhiy munosabatlari muhim rol o’ynaydi.
Har bir halqning o`z tarihi, madaniyati, adabiyoti ming yillar davomida shakillangan an`ana, urf-odatlari mavjud. Buyuk mutafakkir olim Abu Rayhon Beruniy aytganidek, ”odamlar turmishi va hayotida har hil holatlar bo`ladi, bularning bir turi bilan ular maqtaladilar, bir- turi bilan esa qoralanadilar. Bu tabiiy holdir. Bu holat albatta bola tarbiyasiga ham muhim darajada tasir etadi. Oyiladagi ruhiy holatni saqlashda o`z aqli bilan ish qilish, yomonni yaxshidan ajratish har- bir ota- ona va kattalarning vazifasidir”.Farzand- oila bahti quvonchi va shirin jigarbandidir, oila quvonchini elga manzur qilish ko`p jihatdan bolalarimizga o`rgatgan odob, hulq- atvorda o`z aksini topadi. Dar haqiqat, jamiatimizdagi uzviy ta`lim tarbiyaning negizi, ildizlarida shular yotadi. Shu sababli, ota`onalar kattalar tajribasiga suyangan holda bola tarbiyasida ajdodlarimizning oltin merosi, yani urf – odat, rasm-rusm, an`analarni asos qilib olishlari lozim.
Ma’lum sharoit ta’sirida vujudga kelib, mustahkamlanib qolgan va bajarilib turishi kishining ehtiyojiga aylangan harakatlar odat deb ataladi. Odatlar har xil bo’ladi:masalan, kasb va mehnat odatlari (boshlagan ishini ohirga yetkazish, ishlatgan narsalarini ma`lum bir joyga qo`yish, ertalab turib hovli supirish), gigiyenik odatlar (tana va kiyimlarni pokiza saqlash, ovqat oldidan qo’lni yuvish va hokazolar), estetik odatlar (uyni tartibli tutish, nutq madaniyatiga rioya qilish va boshqalar), ahloqiy odatlar (rostgo’ylik, sofdil va halol bo’lish) kabilar. Odatlarning paydo bo’lishida taqlid katta rol o’ynaydi.
Inson bolasi yoshligidan yaxshi va yomon odatlarning qaysisiga ko’nikib o’rganib qolgan bo’lsa, bu udum uni bir umr tark etmaydi.
Shuning uchun ham eng avallo ota onalar oilada bola uchun o’rnak, ko’rgazma vazifasini bajarishi, unga atrofdagilarga nisbatan doimo yaxshi munosabatda bo’lishga o’rgatishi va uni o’zi amalda bajarib, shu narsaga odatlantirish kerak. Bu masalada ota – ona, o’qituvchi, maktab bir jamoa bo’lib ishlashi muhim ahamiyat kasb etadi.
Oilaviy dasturxon atrofida to’planishning bola tarbiyasidagi o’rni.
Dasturxon rizq-ro’z ramzi sifatida ko’zga surtilgan. Dasturxon odobi taomlanish qoidalari ham xalqimizda azaldan mavjud. Uyingizda bo’lsin, mehmonda bo’lsin, kuniga 3-4 bor dasturxon yoziladi. Dasturxonga odatda birinchi non qo’yiladi. Dasturxon yozilganda nonni, taomni barcha yeguliklarni iste’mol qilishni birinchi bo’lib keksa kishi, bobo, buvi, amma-xola, kichik oilada ota –ona boshlab beradi. Bungacha, albatta qo’llar yuvilgan toza-ozoda bo’lishi shart. Uyda bo’lsa, birinchi bo’lib ularga mulozmat ko’rsatiladi. Oila a’zolarining bir dasturxonda taomlanishi shunchaki, qorin to’ydirish emas balki o’zaro hurmat uyg’otish, ahil bo’lish, axborot almashish imkonini beradi. Birgalikda ovqatlanish turmush tarzi ziynati bo’lib, kishilarda bir-birlariga mehr-oqibatli bo’lish hissini tarbiyalaydi, o’zaro hamkor va hamdart bo’lishga o’rgatadi.
Farzandlarni yoshligidan halolligu poklikka o’rgatishda ota-onalarning roli juda katta. Ozmi-ko’pmi o’z peshona teri evaziga topgan mablag’oga qanoat qilib yashagan honadonda voyaga yetgan farzandlar, odatda, yomon yo’lga kirib ketmaydilar. Oilada qattiqqo’l bo’lib, bolasining har- bir xatti –harakatini kuzatib,bosgan qadamidan boxabar bo’lib, birovning narsasini so’ramay olib kelishiga yo’l qo’ymasa, o’z vaqtida o’z ishiga barham bersa, o’sha bola ikkinchi marta boshqalarning narsasiga ko’z olaytirmaydign bo’ladi.
Yaponiyada bolaning maktabdan tashqari ta’lim –tarbiya olish tarixi uzoq o’tmishga borib taqaladi. Qadimdan yapon xalqi farzandlar tarbiyasiga jiddiy ahamiyat qaratib, bu ishga jamoaviy tarzda yondashilgan. Bugungi zamonaviy Yaponiyada esa har bir o’quvchi maktab dasturiga kiritilmagan, biroq o’z ixtiyoriga ko’ra tanlash mumkin bo’lgan bepul qo’shimcha mashg’ulotlarga qatnashish qonun bilan majburiy qilib belgilangan.
Har-bir to’garak o’z mashg’ulotlariga ko’ra ko’proq birinchi sinf o’quvchilarini jalb etishga urinishadi.
Barcha maktablarda ota –onalar bilan juda yaqin aloq o’rnatilgan. Farzandni maktabga qadam qo’ygan vaqtdan boshlab ota -onalar hayotida ham tub o’zgarishlar yuzaga kela boshlaydi. Ular maktab tomonidan yuklatilgan turli topshiriqlarni bajarishadi. Masalan, maktab tomonidan uyushtirilgan ekskursiyalarda ishtirok etishlari, maktab hovlisi va o’quv honalarini tartibga keltirish, tozalash va obodonlashtirish ishlari, umumiy shanbaliklarda bolalarda ko’mak berishlari, sport musobaqlari va bayram tadbirlarida faol ishtirok etishlari mumkin. Ushbu hamkorlik aloqalarining o’rnatilishi va mustahkamlanishida maktablarda tuzilgan ota-onalar va o’qituvchilar assotsiatsiyalari muhim rol o’ynaydi.
Qiziqarli jihatlaridan biri shundaki, yapon maktablari binosi va sport zallari butun mamlakat bo’ylab bir loyiha asosida ishlab chiqilgan bo’lib, shahar va qishloq maktablari o’rtasida farq yo’q. Barcha bolalar yashash manziliga eng yaqinda joylashgan maktabdagina tahsil olishlari mumkin. Bu esa maktab va ota-onalar o’rtasidagi aloqalarning yanada samarali kechishini ta’minlaydi. Xususan, darsdan so’ng tashkil etiladigan sport mashg’ulotlarida o’quvchilar bilan birgalikda ota-onalar ham faol qatnashishlari mumkin. Shuningdek, ota-onalar navbati bilan maktab yaqinidagi gavjum yo’llarda qo’llariga bayroqcha ko’targan holda yo’l harakatini nazorat qilishlari, bolalar o’tayotgan vaqtda avtomobillar xarakatini to’xtatib turishi ham an’anaga aylangan.
Uzoq va boy tarixi bor o’zbek xalqi o’zining ta’lim tarbiyaga oid ulkan merosiga ega. Bu meros bugungi avlodni insonparvarlik, mehr-muhabbat, oqibat, mehnatsevarlik, vatanparvarlik, mardlik, yuksak ahloq ruhida tarbiyalshga hizmat qiladi. Ota-ona, avlo-ajdodlarimiz tarbiyasi shuni ko’rsatmoqdaki, ular o’g’il-qizlarni yoshligidan mehnatsevar, har-bir topshiriqni, katta yoki kichikligidan qat’i nazar, o’z vaqtida, aniq bajaradigan, umrining har-bir daqiqasini qadrlaydigan qilib tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilgan.
Oiladagi tarbiyaning samaradorligi, albatta, ota-ona maktab jamoasi, mahallaning qanchalik e’tiborli madaniyatli bo’lishi bola tarbiyasiga mas’uliyat bilan qarashlari, farandlari kelajagini chuqur his etishlari tajribada sinalgan milliy urf-odat va an’analardan unumli foydalanishlariga bog’iq. Biz ,,ma’naviyat”, ,,ahloq-odob” deb ko’p gapiramiz, lekin bu tushunchalarni tub ma’nosini bilmasak, ularning hayotda naqadar zarurligini tushunmasak, bu e’tiqod mavhumligicha qolib kataveradi.
Axloq insonning dunyoqarashi, xulqini belgilovchi insoniy fazilatdir.
Shu bois dunyoqarash o’zgarmaguncha inson ham o’zgarmaydi. Farzandlarimizda ma’naviy immunitet hosil qilish uchun esa ularga o’z xarakteri, irodasi,qarashlariga tanqidiy munosabatni, o’z-o’zini tarbiyalashni o’rgatishimiz kerak.
Har bir ota-ona uchun yaxshi farzandlari bilan faxrlanish qanchalik baht bo’lsa, mening otam, mening onam deb, ularning nomini izzat-hurmat bilan tilga oilish farzandlar uchun undan ham katta baht va sharafdir. Bolaning erkatoyligi, tantiqligi qancha oshsa, uning ota-onani tashvish va tahlikaga solish holatlari ham shuncha ortadi.
Bolaga insoniy munosabatda bo’lish, uning ichki dunyosini o’rganish, qayg’usiga, shodligiga sherik bo’lish tarbiyaning to’g’ri bo’lishiga xizmat qiladi. Kishida bilimlar qanchalik ko’p bo’lsa, uning maqsadlari shunchalik ahamiyatlidir, natijada inson bu bilimga erishishning to’g’ri yo’llarini tezroq anglaydigan va dadilroq harakat qiladi.
Har-qanday insonda qatiylik bo’lishi lozim. Qatiylik odamning vaziyatini tezda baholab, o’z vaqtida asosli, o’ylangan va mustahkam qaror qabul qilishni, hech qanday ikkilanishsiz uni bajarishga o’rgatadi. Intizomga rioya qiladigan shaxs odob qoidalarga to’liq rioya qiladi (maktabda, ko’chada, oilda, jamoat joylarida, mehmondorchilikda). Bunday hususiyatga ega bo’lganlar yaxshi xulqi bilan boshqalardan ajralib turadi va bu jihatlarni boshqalardan ham talab qiladi. Buyurilgan ishni tez va aniq bajaradi, mas’uliyatni his qiladi, barcha bilan hushmuomalada bo’ladi.
To’g’ri tarbiya o’z oldiga bolaning qobiliyatini yo’q qilib tashlashni emas balki uni har tomonlama rivojalantirish, shakllanib kelayotgan inson irodasi, harakterini mustahkamlash vazifasini qo’yadi. Buning uchun o’ziga hos pedagogik usullardan foydalanishimiz lozim. Bu masuliyatli, sharafli ishni oila, maktab, mahalla, keng jamoatchilik bilan hamkorlikda olib borish muhum ahamiyatga egadir.
Tarbiyaviy tizim miqdor samaradorligini aniqlashda maktab ma’muriyati, sinf rahbarlari, maktab psixologlariga katta masuliyat yuklanadi. Pedagoglar o’rtasida ,,Ta’lim berib tarbiyalaymiz, tarbiyalab turib ta’limni shakllantiramiz” degan tushuncha bor. Shuning uchun tarbiyaning ta’limdagi, ta’limning tarbiyadagi o’rni beqiyos.
Har bir tarbiyachi- o’qituvchi uchun o’quvchining yaxshi xulqini bilishi uning keyingi faoliyatini to’g’ri tashkil etishga yordam beradi. Tarbiyalanganlik darajasini aniqlash esa o’quvchilarning kamchilik tomonlarini tuzatishga yordam beradi. O’qituvchi- tarbiyachi bolaning hayot tajribasiga tayangan holda ish tutib, ularni sekin-asta yangi talablarga rioya qilishga o’rgatadi. O’quvchilar o’qituvchiga, uning so’zi xulq- atvori, bahosiga katta ishonch bilan qaraydi, xatti-harakatlari va munosabatlarini diqqat bilan kuzatadi. Bu kuzatuvlar asosida bolada to’g’rilik, adolat, insoniylik, odamlar o’rtasidagi munosabatlar haqidagi tasavvurlar jonlanadi. U o’qituvchiga taqlid qiladi.
Maktab hayotida murabbiy va o’quvchi o’rtasidagi ma’naviy ahloqiy munosabatlar muhim ahamiyatga ega bo’lib, bolalar bilan olib boriladigan barcha tarbiyaviy ishlar samaradorligini ta’minlaydi. Tarbiya har bir o’quvchiga alohida e’tibor berish, o’quvchi shaxsiga hurmat bilan yondashishni talab etadi.
Ta’kidlash joizki, tarbiyaviy tizimning negizini pedagog va o’quvchilar jamoalarini munosabatlari mushtarakligi tashkil qiladi. Bu bir butunlikda ta’lim muassasasining umumjamoasidir. Amalga oshirilayotgan ta’lim-tarbiya jarayonida har bir o’quvchi va o’qituvchini ishtirokini taminlash esa eng samarali usuldir.
Bola yoshlikdan ota-onasi, o’qituvchilari, do’stlari, atrofidagi kishilardan ma’naviy oziq oladi, ularga taqlid qiladi, ko’pgina urf-odatlarni, xulq –odobni o’zlashtiradi. Bola tarbiyasida ularning yosh jihati, ruhiyat va tushunchasi, fe’l –atvoriga olohida ahamiyat berish zarur. Bolga insoniy munosabatda bo’lish uning ichki dunyosini o’rganish, qaygu-alamlari, shodligiga sherik bo’lish tarbiyaning to’g’ri bo’lishiga hizmat qiladi.
Bolalarda ularga yaxshilik qilgan odamni ,,yaxshi o’qituvchi ”, ,,yaxshi o’rtog’im” deb atash odati bor. Lekin ularda bu so’z ruhiy holatga ko’ra turg’un bo’lmay, atrofidagilarning xatti-xarakatlariga qarab o’zgarib turadi. Kim ularning qalbiga yo’l topib, shirinsuhan bo’lsa, ularning chehralari ochilib, qalblariga yaxshilikdan darak beradi. Shuning uchun bolalarga yaxshilikni o’rgatishda ochiq muomalalik muhim rol o’ynaydi.
Har bir tarbiyachining dunyoqarashi, tarbiyalanganligi, odamiyligi uning muomlasida namoyon bo’ladi. Xalqimizda ,,o’zini hurmat qilmagan inson o’zgani hurmat qilmaydi” degan gap bor. Axloqli inson o’zgalarning diliga ozor bermaydi, balki shirin muomalasi bilan ko’pchilikning ko’nglini olishga harakat qiladi.
Yuksak tuyg’u madaniyatiga ega bo’lgan o’qituvchi bolaning kayfiyati noxushligini darhol fahmlaydi. Buni u bolning ko’zidan biladi.
O’qituvchilik faoliyatining eng murakkab tomonlaridan biri – ota-onalar bilan umumiy til topa bilish, ularning hurmatiga sazovar bo’lish, hamkorlikda bola tarbiyasi bilan shug’ullanishdir. Sabot- matonatlik sifatiga ega bo’lmagan kishi jiddiy qiyinchiliklarni yengish bilan bog’liq bo’lgan ayrim maqsadlariga ham erisha olamaydi. O’qish shunday mehnatki, bu bilimlarni egallashda muntazam ravishda ishlashni, sabotlikni talab qiladi. Turmushdagi ba’zi hollarda ayrim o’quvchilarda qat’iyatlilik, dadillik va boshqa shu singari irodali sifatlar ko’zga tashlansada, ular maqsadga intilishda sabr yetishmasligi tufayli darslarda ishtirok etishmaydi, yoki o’z imkoniyatlaridan past darajada o’qiydilar.
Farzandlarimiz qalbiga hayo, rostgo’ylik, adolatparvarlik kabi insoniy fazilatlarni singdirib, ma’naviy merosimiz bo’lgan xalq pedagogikasiga murojaat qilib, undan oqilona foydalansak, biz pedagoglar ta’lim- tarbiya masalasida oldimizda turgan eng muhim muammolarni ijobiy hal qilgan bo’lamiz. Ana shunday muammolardan biri, bu ayrim o’quvchilarning maktabga bormasdan o’qishdan bo’yin tovlab yurishlaridir. Tarbiyasi og’ir va yaxshi o’zlashtirmaydigan hamda o’qishga kelmaydigan o’quvchilarni maktabga jalb qilish uchun, o’qituvchi va murabbiylarimiz ota- onalar va o’quvchilar o’rtasida tushuntirish ishlarini olib borishlari lozim. Bunday o’quvchilarga ,,sen dangasasan, savodsizsan, ishyoqmassan” deb shahsiyatiga tegish noto’g’ri. O’qituvchi o’quvchining fikrini eshitishi kerak. O’qituvchi tomonidan o’quvchiga qo’pol muomala qilish yoki o’ta talabchan bo’lish ham bolani maktabdan sovitadi. Bunday holatda o’quvchida o’ziga nisbatan ishonchsizlik paydo bo’ladi. U qo’rqoq bo’lib qoladi. Pedagogik jihatdan kattalarning yakkahokimligi emas, bolalarni pedagogik qo’llab quvvatlash, o’quvchilarga ko’mak berish orqali shaxsning o’zini o’zi anglashi, tarbiya qilishi, o’zini o’zi boshqaruvi, mustaqil fikrlashi orqali kamolga yetishuviga sharoit va imkoniyat yaratish maqsadga muvofiqdir.
O’quvchilarda ishonch tuyg’usini shakllantirish kerak. Ota-ona, maktab jamoasining o’giti, mahallaning ta’siri ijobiy natija beradi. Maktab ma’muriyati bunday o’quvchilarni turli fan va maktabdan tashqari ta’lim muassasalaridagi to’garak ishlariga jalb etishlari maqsadga muvofiq. Ayniqsa, milliy xalq hunarmandchiligi to’garaklari tarmoqlarini kengaytirish, xalq ustalarini to’garak ishiga jalb etish, ushbu to’garaklarni ko’proq maktablar, mahallalar hamda ijodiy ustaxonalar qarshisida tashkil etish ishlariga alohida e’tibor qaratish lozim. Tarbiya ishlari faqat dars jarayoni bilangina chekalanib qolmasdan, o’quvchilarning bo’sh vaqtlaridagi faoliyatida ham davom etadi. O’quvchi-yoshlarning bo’sh vaqti bu ularning barcha majburiy ish faolioyatidan tashqari o’z ixtiyoridagi vaqt bo’lib, bu vaqtdan u o’zining barcha shahsi qiziqishi, istak va talablarini qondirish uchun foydalanadi. Bolalar bo’sh vaqtlarining pedagogik nuqtai nazaridan maqsadga muvofiq tashkil qilinmasligi o’quvchi xulq – atvorining buzilishi, ,, ko’cha ta’sirida ” yomon yo’llarga kirib ketishi kabi xunuk oqibatlarga ham olib keladi. Shu manoda bo’sh vaqt mas’uliyatdan holi bo’lgan vaqt emas. Har bir o’quvchi bo’sh vaqtdan oqilona foydalanishi, o’z bilim doirasini tinmay kengaytirib borishi, sport bilan shug’ullanishi lozim. Maktab ota-onalar, keng jamoatchilik bo’sh vaqtdan unumli foydalanishni rejalashtirar ekan, ana shunday foydali maqsadni ko’zlashadi.
Muammolardan yana biri, yoshlar o’rtasida tartibbuzarlik, tamaki chekish, giyohvandlik kabi illatlarning uchrab turishidir. Bularning zarari haqida o’quvchilar, ularning ota-onalariga badiiy, hujjatli filmlar namoyish etish, xar-hil tadbirlar tashkillashtirish, tibbiyot, huquq tartibot organlari hodimlari bilan hamkorlikda tushuntirish ishlari olib borish samaralidir.
Xulosa
1. O‘rganilgan ilmiy va pedagogik manbalar shundan dalolat beradiki, ta’lim jarayonida o‘quvchilarni ma’naviy - ahloqiy tarbiyalashning pedagogik asoslarini ishlab chiqish dolzarb muammolardan biridir.
2. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashda o‘qituvchi mahoratidan samarali foydalanish lozimligi olib borilgan tadqiqotlarda o‘z isbotini topdi.
3. Olib borilgan tajriba-sinov ishlari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashning mavjud darajasi haqida aniq tasavvur hosil qilish imkonini berdi.
4. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashda o‘qituvchi mahoratidan foydalanish asosiy kuch bo‘lib, ularni bu boradagi muhim ilmiy metodik bilimlar hamda nazariy ma’lumotlar bilan qurollantirish zaruriyati mavjudligi kuzatildi.
5. Boshlang`ich sinf o`quvchilarini ma`naviy-ahloqiy tarbiyalashda o`qituvchilarning zamonaviy texnologiyalardan foydalanish usullari va bir qancha interaktiv metodlardan foydalanish jarayonlari kuzatildi.
6. Bugungi kunda o‘quvchilarni ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashning didaktik imkoniyatlarini yanada takomillashtirish, ayniqsa darslarni o‘qituvchi mahorati asosida tashkil etish davr talabidir. Bu borada biz taklif etayotgan metodika va usullar o‘quvchilarni ma’naviy-ahloqiy tarbiyasini oshirishning kafolotidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |