Mavzu: Qo`riqchining sabog`i
Darsning maqsadi:
Ta`limiy: o`quvchilarga mavzu asosida tushunchalar berish. Ularni hozirjavoblik, mustaqil fikrlashga o`rgatish, og`zaki nutqlarni rivojlantirish, o`qish ma`lakalarini oshirishga o`rgatish;
Tarbiyaviy: o`quvchilarda ona-tabiat va jonivorlarga mexr, rahm- shavqat tuyg`ysini shakllantirish;
Rivojlantiruvchi: o`zgalar fikrini tinglash va o`z fikrini bayon qilishga o`rgatish, ertak hamda hikoyalar o`qishiga qiziqtirish.
O`quv jarayonini amalga oshirish texnalogiyasi:
Metod: suxbat, tarmoqlash
Shakl: guruh bilan ishlash;
Vosita: darslik, tarqatma materiallar mavzuga doir rangli rasmlar
Nazorat: og`zaki so`rov, ertak o`qitish;
Baholash: 5 balli tizimdan foydalanib ularning og`zaki nutq va mustaqil fikrlashlarini baholash;
Pedagogik texnalogiya; “tarmoqlash “, “kim ko`p maqol biladi?” metodlari;
Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti:
tashkiliy qism- 4 daqiqa;
o`tkan mavzuni so`rash va mustaxkamlash-10 daqiqa;
yangi mavzu bayoni-15 daqiqa;
juft so`zlar bilan ishlash – 5 daqiqa;
“ tarmoqlash” metodini qo`llash-7 daqiqa;
yakunlash-3 daqiqa;
uyga vazifa berish-3 daqiqa.
O’quv jarayoni mazmuni:
Tashkiliy qism o’tkazish, o’quvchilarni guruhlarga bo’lish. Guruhlarni allomalar nomi bilan atash.
1-guruh; A.Navoiy
2-guruh; A.Temur;
3-guruh; Z.M.Bobur
Har bir shart bo’yicha yoki o’quvchining darsda ishtirokiga qarab, ular rangli jetonlar bilan rag’batlantiriladi.
’’5’’-qizil;
’’4’’-yashil;
’’3’’-sariq.
O`tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
Uyga vazifa qilib berilgan “ Mehrjon sayli” hikoyasini 3 guruhdan 2 nafardan o’quvchi so’zlab beradi.
“Maqollar aytish” musobaqasi o’tkaziladi. Har bir guruh 5-6 tadan maqol aytadi.
Ona yurting- oltin beshiging.
Baliq suvsiz yashamas, Inson do’stsiz.
Kitobdan yaxshi do’st yo’q.
Ko’p o’qigan, ko’p bilar.
Bola aziz, odobi undan aziz.
Ota-onang-davlating.
Yomondan qoch, yaxshiga yondosh.
Mehnating-zebu ziynating.
Yangi mavzu bayoni;
”QO’RIQCHINING SABOG’I” ertagi
Qadimda bir mirishkor dehqon bo’lgan ekan. U juda mehnatkash bo’lib, dalasida mo’l-ko’l hosil yig’ib olar ekan. Lekin biroz ziqnaroq ekan.
Bir kuni tushlik qilib, dalasiga qaytsa, polizga o’g’ri oralabdi. O’g’ri kim ekan deysizmi, shu yaqin atrofdagi o’rmonda yashovchi mitti tipratikon va quyonchalar ekan. Dehqon ularni kesak otib haydabdi. Xo’sh sen qayoqqa qarayapsan, deya jonsiz qo’riqchiga o’dag’aylabdi ham. Shu yili dehqoning dalasidagi ekinlar kasallanib, nobud bo’libdi. Bir kuni dehqon tushida o’zi quvlagan jonivorlarni ko’ribdi. Ular hosilni qoplarga joylashayotganmish. Keksa bir donishmand ularni ko’rib,” Ekinlarni payhon qilib tashlamanglar, bobodehqon ranjiydi”, deya tayinlarmish.
Dehqon otgan kesakdan oyog’i mayib bo’lgan quyoncha donishmandga ” Biz axir ekinlarni payhon qilmasdan, bir donagina sabzini ham baham ko’rayotgandik-ku”, deya zorlanayotgaqnmish.
Shu payt dehqoning qarshisida jonsiz qo’riqchi paydo bo’lib, tilga kiribdi.
-Dehqon bobo, siz juda mehnatkashsiz, lekin xasisroqsiz. Bir donagina sabzini mitti jonivorlarga ravo ko’rmadingiz-a? Oyogi singan quyonchaning ahvolini ko’rdingizmi?
Jonsiz, hissiz qo’riqchidan ta’na eshitgan dehqon rosa mulzam bo’libdi.
Bu voqealar tushida sodir bo’lsada, u o’ziga tegishli xulosa chiqarib olibdi. Savatchaga poliz mahsulotlaridan soplib, o’rmonga eltib qo’yadigan odat chiqaribdi. Bundan buyon qo’li ochiq, saxovatli inson bo’lishga so’z beribdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |