O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
PEDAGOGIKA FAKULTETI
“5111700 - boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish” ta’lim yo‘nalishi 3-kurs 013-28 guruh talabasi
Yaxshiboyeva Sitoraning
“Boshlang`ich sinf o`quvchilarini ma`naviy-axloqiy
tarbiyalashda o`qituvchi mahorati” mavzusida yozgan
KURS ISHI
RAHBAR: O‘QITUVCHI F.Choriyeva
Qarshi – 2016
Kirish
1. O‘qituvchi mahoratining o‘rni va ahamiyati haqida tarixiy va pedagogik yondoshuvlar
2. O`quvchilarini ma`naviy-ahloqiy tarbiyalashda o`qituvchilarning zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish usullari
3.Boshlang`ich sinf o`quvchilarini ma`naviy-ahloqiy tarbiyalashda o`qituvchilar, ota-onalar va maktab hamkorligi
4.Xulosa
5.Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. ”Mamlakatimizda har tomonlama munosib yoshlarni, Vatanimiz kelajagi uchun masuliyatni o`z zimmasiga olishga qodir bo`lgan, jismoniy va ma`naviy sog`lom, barkamol avlodni tarbiyalash uchun zarur, barcha shart- sharoitlarni yaratish bo`yicha aniq maqsadga qaratilgan keng ko`lamli chora- tadbirlarni amalgam oshirish”ga qaratilgan tub islohatlar zamirida ta`lim tizimini yanada takomillashtirish, darslarda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish bilan barobarida har tomonlama yetuk, mas`uliyatni his eta oladigan “o`qituvchilar tarkibini tayyorlash sifati va ularning malakalarini oshirish masalasiga alohida ahamiyat qaratish.” ni nazarda tutiladi1.
Respublikamizning”ta`lim to`g`risida “ gi qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, ”O`zbekiston Respublikasi davlat konstitutsiyasi” va boshqa xujjatlarda ma`naviy- ma`rifiy tarbiya masalalariga alohida e`tabor berilgan. Har qanday kadr, eng avvolo, tilining chinakam sohibi bo`lmogi lozim2.
Perezidentimiz I.A. Karimov O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 29- avgustidagi 9-sessiyasida so`zlagan nutqida: “ O`z fikrini mutlaqo mustaqil, ona tilida ravon, go`zal va lo`nda ifoda etolmaydigan mutaxassisni, avvalom bor, rahbar kursisida o`tirganlarni bugun tushunish ham, oqlash ham qiyin” 3deb ta`kidlaydi.
Yuqorida qayd qilingan tushuncha va muammolarni talqin qilish va javob topishga intilish, o`uvchilarni fikrlarini to`g`ri, aniq, ravon, izchil ifodalashga yo`naltirilgan.
Shu bilan birga o`quvchilarga grammatik tushunchalarni mukammal egallashlariga yo`naltirilgan zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqich bitiruv- malakaviy ishimizning muhim ahamiyatini va dolrzab muammo ekanligini ko`rsatadi. Zero, “Mamlakatimizda sog`lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning o`z ijodiy va intellektual salohiyatini ro`yobga chiqarishi, mamlakatimiz yigit- qizlarni XXI asr talablariga to`liq javob bera oladigan har tomonlama rivojlangan shaxslar etib voyaga yetkazish" bugungi kundagi bosh maqsadimizdir.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ma’naviy-ahloqiy tarbiyalash borasida o‘qituvchi mahorati juda katta ahamiyatga egadir.
Shu bois kurs ishi mavzusini “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashda o‘qituvchi mahorati pedagogik muammo sifatida” deb tanladik.
Do'stlaringiz bilan baham: |