§8.2. Noaniqlikni baholash natijalarini taqdim qilish boʼyicha umumiy tavsiyalar
Qoida boʼyicha, oʼlchash ierarxiyasi boʼyicha yuqorilash uchun harakat qilishda oʼlchash natijasi va uning noaniqligi qanday olinganligi haqida katta axborotni talab qiladi. Аmmo, ierarxiyaning har qanday darajasida, jumladan savdoda yoki meʼyoriy hujjat talablarini bajarilishini tekshirishda, ilmiy-texnik va akademik oʼlchashlarda, sanoat birlamchi etalonlarni yaratishda, milliy metrologiya institutlarida (laboratoriyalarda) yoki Oʼlchov va tarozilar xalqaro byurosi tashabbusi bilan bajariladigan tajribalar haqida bajarilgan oʼlchashlarni sifatini tekshirish uchun zarur boʼladigan barcha maʼlumot tanishish uchun imkoniyatga ega boʼlishi kerak. Farq shundaki, ixrarxiyaning quyi pogʼonalarida katta qismdagi zaruriy axborotni kalibrlash va sinov hisobotlaridan, sinov uslubiyatlaridan, kalibrlash sertifikatidan, qurilmalarni qoʼllash qoʼllanmalardan, xalqaro va milliy standartlardan, milliy qonunchilik hujjatlaridan olish mumkin boʼladi.
Qachonki oʼlchash haqidagi axborot, shu jumladan noaniqlikni baholash usuli tegishli hujjatlarga (masalan, kalibrovka natijalari boʼyicha tuzilgan sertifikat) ilovalar shaklida berilsa ushbu hujjatlar zamonaviy darajaga mos keladigan va ayni vaqtda oʼlchash metodologiyasiga muvofiq boʼlishi talab qilinadi.
Sanoatda va savdoda har kuni noaniqlikning batafsil tavsifisiz son-sanoqsiz darajada koʼplab oʼlchashlar oʼtkaziladi. Аmmo ularning koʼpchiligi davriy qiyoslanadigan yoki kalibrlangan qurilmalarni qoʼllash bilan bajariladi. Аgarda qurilma texnik hujjat yoki unga nisbatan tadbiq qilinadigan meʼyoriy hujjatlarni talablarini qanoatlantiradigan boʼlsa, noaniqlikka ushbu hujjatlarga asoslanish mumkin.
Shu bilan birga amaliyotda oʼlchash natijalarini taqdim qilish uchun zarur boʼladigan axborot hajmi uni koʼzda tutilgan foydalanish sohasiga bogʼliq boʼlib, umumiy tamoyil oʼzgarishsiz qoladi: axborot hajmi yetmaganidan koʼra keragidan ortiqcha boʼlgani yaxshi. Jumladan:
- oʼlchash natijasini va uning tajribaviy kuzatishlardan va boshqa ruxsat qilingan axborotlar asosida olish uchun foydalanilgan usullarni aniq tavsiflash;
- noaniqlikni barcha tashkil qiluvchilarini roʼyxatini tuzish va ularning noaniqligi qanday baholanganini batavsil tavsiflash;
- maʼlumotlarni tahlil qilishni shunday taqdim qilish lozimki, bunda hisoblashni barcha bosqichlarini, zarur holatlarda uni takrorlashni oson kuzatilishi taʼminlansin;
- tahlilda foydalanilgan barcha tuzatma va konstantlarni ularni olish manbalarini koʼrsatgan holda koʼrsatish.
Yuqorida koʼrsatilgan talablarni bajargan vaqtda yangi maʼlumotlar kelib tushganida natijaga tuzatmalar kiritish imkoniyati boʼlishi uchun taqdim qilingan axborotlarni hajmi yetarlimi va yetarli darajada tushunarli bayon qilindimi savollarni berish muhimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |