Federativ davlat belgilari:
federatsiya hududi uning subyektlari hududidan tashkil topadi;
oliy qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati federal davlat organlariga tegishli bo‘ladi;
federatsiya subyektlari va federatsiyaning o‘zi o‘rtasidagi vakolatlar ittifoq konstitutsiyasi bilan ajratiladi;
federatsiya subyektlari o‘z konstitutsiyasi, o‘zlarining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud organlariga ega;
federatsiyaning oliy qonun chiqaruvchi (vakillik) idorasi ikki palatali tuzilishga ega (federatsiya a’zolarining manfaatlarini ifoda e tuvchi palata mavjud );
ikki foqarolilik (ittifoq va federatsiya subyektlari fuqarosi);
Federatsiya milliy va hududiy turlarga bo‘linadi:
Milliy federatsiyaning xususiyatlari:
subyektlari – milliy davlatlar va milliy davlat tuzilmalari;
federatsiya subyektlari ixtiyoriylik prinsipiga muvofiq birlashadilar;
katta va kichik millatlar suvereniteti kafolatlanadi;
oliy davlat idoralari federatsiya subyektlarining vakillaridan tashkil topadi;
millatlar o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqiga ega bo‘ladi.
Hududiy federatsiya xususiyatlari :
federatsiyaning ushbu turini tashkil etuvchi davlat tuzilmalari suveren davlat bo‘lmaydi;
subyektlar xalqaro munosabatlarda bevosita ishtirok etish huquqidan konstitutsiya bilan mahrum etilgan;
ittifoqdan bir tomonlama chiqish ta’qiqlangan;
qurolli kuchlarni ittifoq idorasi boshqaradi.
Hozirgi kunda jahonda 20 tadan sal ko‘proq federatsiyalar mavjud.
Ittifoq federatsiyasi hududi uning subyektlari hududlaridan tashkil topgani uchun federatsiyaning har bir subyekti fuqarosi bir vaqtning o‘zida butun mamlakat fuqarosi hisoblanadi. Bunday davlat yagona federal Qurolli Kuchlariga, moliyaviy, soliq va pul tizimlariga ega bo‘ladi. Federatsiya subyektlari o‘z harbiy qismlariga ega bo‘lishlari mumkin bo‘lsada, asosiy tashqi siyosiy faoliyatni ham federal organlar olib boradi.
Federal davlatda davlat hokimiyatining umumfederal (qonun chiqaruvchi, ijroiya va sudlov) organlari bo‘ladi. Ularning qarorlari federatsiya vakolatlarida qay darajada belgalangan bo‘lsa, o‘sha darajada uning subyektlari uchun majburiy hisoblanadi. Oliy federal organlar bilan bir qatorda federatsiya a’zolari, qismlari, subyektlarining ham davlat hokimiyati oliy organlari bo‘ladi.
Shu tariqa federatsiya tarkibida davlat mahkamasining ikki darajasi - federal (ittifoq) hamda respublika (kanton, shtat, yer va hokazolar darajasi) miqyosidagi mahkamalar mavjud. Davlatning federativ mohiyati oliy darajada qo‘sh palatali ittifoq parlamentini tuzishda o‘z ifodasini topadi. Mazkur palatalardan biri (yuqori palata) federatsiya subyektlari manfaatlarini ifodalaydi. Uni shakllantirishda aholisining sonidan qat’i nazar, teng vakillik tamoyilidan foydalaniladi. Ikkinchi palata davlatning barcha aholisi manfaatlarini ifodalash uchun tuziladi. Qo‘sh fuqarolik federatsiya rasmiy belgalaridan biri bo‘lib, bu har bir fuqaro ayni vaqtda ham federatsiyaning, ham tegashli davlat tuzilmasi (masalan, respublika)ning fuqarosi hisoblanishini bildiradi.
Federativ davlatda garchi uning subyektlari o‘z huquqiy tizimlarini tuzishlari, o‘z konstitutsiyalariga ega bo‘lishlari mumkin bo‘lsa-da, yagona markazlashtirish tamoyili asosidaga huquqiy tizim amal qiladi. Biroq bu, konstitutsiya ham, qonunlar ham federal konstitutsiya va qonunlarga to‘la muvofiq kelishi va ularga zid bo‘lmasligi shart bo‘lgan subordinatsiya va qonunlar iyerarxiyasi doirasida amal qiladi.
Federatsiya subyekti konstitutsiyada ko‘rsatilgan o‘z sudlov va huquqni muhofaza qiluvchi organlariga ega bo‘lish huquqidan foydalanadi. Oliy sud pog‘onasi (instansiya), odatda, federatsiya subyektlari sudlari qarorlari yuzasidan shikoyatlarni qarab chiqmaydi yoki qonunda alohida ko‘rsatilgan holatlardagana ularni ko‘rib chiqishi mumkin.
Federatsiyada soliqlarning ikki yo‘nalishli tizimi: federal soliqlar hamda federatsiya subyekti solig‘idan foydalaniladi. Yig‘ilgan soliqlar umumfederal g‘aznaga tushadi, keyin ularning bir qismi (budjet orqali) federatsiya subyektlariga jo‘natiladi. Shu bilan bir vaqtda davlat tuzishmalari (respublikalar) daromadlari yetarli bo‘lmay, ular yordam puli va dotatsiyalarga ehtiyoj sezadi. Moliyaviy qaramlik konstitutsiyaviy mexanizmga qo‘shimcha muhim omillardan biri bo‘lib qoladi. Buning o‘z zaminlari mavjud. Federatsiya subyektlari o‘rtasidagi munosabatlar juda murakkab, ya’ni ularda xo‘jalik munosabatlarining shirkati (kooperatsiyasi) bo‘lib, federatsiyaning bir subyektidan ikkinchisiga moliyaviy mablag‘larning oqib o‘tishi yuz berib turadi. Shu bois federatsiya subyektlarining biri ushbu ittifoqdan chiqishni ixtiyor etsa, federatsiya boshqa a’zolariga bu narsa ma’qul bo‘lmaydi. Binobarin, buning uchun federatsiya barcha a’zolarining roziligi kerak bo‘ladi. Boshqacha aytganda, millatlarning o‘z taqdirlarini o‘zlari belgilash tamoyili davlat yaxlitligiga putur yetkazmasligi lozim.
Hozirgi sharoitlarda federativ davlatda millatlarning o‘z taqdirlarini o‘zlari belgalash huquqini amalga oshirish shunchalik murakkabki (xo‘jalik munosabatlarining uzilishi, etnik jihatdan ozchilikni tashkil etganlarning muammolari, to‘qnashuvlar, jumladan, qurolli to‘qnashuvlar, qochoqlar, inson huquqlarining buzilishi, ishlab chiqarishning pasayib ketish), federatsiyadan chiqish uchun qilingan har bir da’vatning xalq, millat uchun qanchalik qimmatga tushishini yaxshilab mulohaza qilish zarur.
Albatta, hayot g‘oyat murakkab, yuz berishi mumkin bo‘lgan har bir noxush hodisani oldindan ko‘rish qiyin. Prezidentimiz aytganidek, har bir millat o‘z taraqqiyot yo‘liga ega bo‘lishi lozim. Muhimi - ushbu yo‘l boshi berk ko‘chaga eltmasligi kerak. Axir shunday holatlar ham bo‘ladiki, muayyan federatsiyaga kirish hodisasi millat, xalq uchun o‘lim bilan baravardir. Zero, bunday federatsiyada millatning an’analari, tili, boringki qadr-qimmatini maxsus ishlab chiqilgan rejalar asosida yo‘q qilish hollari ham yuz berishi mumkin-ku! Biroq, bunday davlatni aksariyat hollarda federativ davlat deb atash qiyin. Aslida u unitar avtoritar, totalitar davlatga ko‘proq o‘xshaydi.
Har qanday federatsiyaning bosh masalasi ittifoq bilan federatsiya subyekti o‘rtasidagi vakolatlar chegaralarini aniqlashdan iborat. Davlat tuzilmalarining ahvoli va ular munosabatlarining mazmun-mohiyati aynan shunga bog‘likdir. Qoidaga ko‘ra, u federatsiya konstitutsiyasi yoxud federativ shartnomada belgalab qo‘yiladi.
Ma’lumki, federativ va mahalliy organlar vakolatlari masalasi uch tamoyil asosida hal etiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |