MUNDARIJA
KIRISH
I BOB.O'ZBEKISTNDA BADMINTON SPORT TURINING RIVOJLANISHI VA TARAQQIYOTI
1.1.Badminton paydo bo'lishi va uni shakllanish bosqichlari
1.2.Badmintonning mustaqillik davrigacha rivojlanishi
II BOB.O'YIN TEXNIKASI ASOSLARI VA UNING TASNIFI
2.1.Badminton o'yin texnikasi haqida tushuncha
2.2. Badmintton- professional sport turi sifatida
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Bosh vazir o‘rinbosari, O‘zbekiston badminton federatsiyasi raisi Aziz Abduhakimov federatsiyaning yangi mashg‘ulot majmuasida yakunlangan ta’mirlash ishlarini ko‘zdan kechirdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.
Toshkent shahri, Chilonzor tumani Muqimiy ko‘chasida joylashgan ushbu yangi majmua yaqin 10 kun ichida tashrif buyuruvchilar uchun o‘z eshiklarini ochadi. Ta’mirlash ishlari homiylik mablag‘lari asosida amalga oshirildi.
Majmua O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatda sportni ommalashtirish bo‘yicha bergan ko‘rsatmasiga asosan bunyod etilgan. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti shu yilning 20 sentyabrida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazgan va unda mamlakat rahbari tomonidan sportni rivojlantirish, ommalashtirish bo‘yicha bir qator muhim ko‘rsatmalar belgilab berilgandi.
Badminton (Angliyaning Badminton shahri nomidan) — patli koptok (volan)ni raketka bilan urib o‘ynaladigan tennisga o‘xshash sport o‘yini. O‘yin to‘rtburchakli maydonchada (yakkama-yakka uchrashuvlarda maydoncha o‘lchovi 13,4x5,2 m va juftli o‘yinlarda 13,4x6,1 m) 1,55 m balandlikda tortilgan to‘rda o‘tkaziladi. O‘yinda raqib urgan koptokchani yerga tushirmay unga qaytarish muhimdir. 15 xol (ayollar va bolalar 11 xol) gacha sanaladi. 3 yoki 5 qur o‘ynaladi. Xol 0 va juft bo‘lganda koptokcha o‘ngdan, toq bo‘lganda chapdan uriladi.
Juftli o‘yinlarda o‘ng tomondan boshlanib, har xoldan keyin o‘yinchilar sherigi bilan o‘rin almashtiradi. Badminton qadimgi Malayyada vujudga kelgan, keyinchalik Osiyodagi boshqa mamlakatlarga tarqalgan. 19-asr 70- yillarida Angliyada rasm bo‘lib, o‘yin qoidalari ishlab chiqilgach Yevropaning boshqa mamlakatlariga ham yoyildi.
Xalqaro badminton federatsiyasi (IBF) 1934 yil tashkil topdi, unga 80 dan ortiq mamlakat a’zo (1991). 1977 yildan jahon birinchiligi o‘tkazib kelinadi. 1992 yildan Olimpiya o‘yinlari dasturidan joy oldi. Erkaklar uchun Tomas kubogi (1947 yildan), ayollar uchun Uber kubogi (1955 yildan) eng yirik xalqaro musobaqalar, Angliyaning ochiq birinchiligi (Uimbldon turniri) esa norasmiy jahon chempionata hisoblanadi. Badminton O‘zbekistonda 50- yillardan rivojlana boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |