O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi



Download 1,62 Mb.
bet39/98
Sana30.04.2022
Hajmi1,62 Mb.
#595191
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   98
Bog'liq
ILMIY TADQIQOT ISHINI TASHKIL ETISH word

SFyan - yangi nav bo‘yicha sof foyda, 1 ga yerdan, ming so‘m;
SFbn - bazis nav bo‘yicha sof foyda, 1 ga yerdan, ming so‘m; Sya - yangi nav joriy etilgan maydon, ga.
Lekin navning iqtisodiy samaradorligini bunday aks ettirish to‘liq hisoblanmaydi. Mazkur formulada nav yoki gibrid yaratish ishlarini boshlashdan oldin qilingan xarajatlar o‘z aksini topmagan, shuningdek, sifat ko‘rsatkichlarining roli ham ko‘rsatilmagan. Biz yillik iqtisodiy samarani quyidagi formula bo‘yicha hisoblab chiqarishni taklif qilamiz: ISy = [(CFyanh - CFbnh) + ( CFyans - CFbns) ]*Sya-Xt - Xj , (13) Bunda,
CFyanh - yangi nav (gibrid) bo‘yicha hosildorlikning oshishidan olinadigan sof foyda, 1 ga yerdan, ming so‘m;
CFbnh - bazis nav (gibrid) bo‘yicha hosildorlikning oshishidan olinadigan sof foyda, 1 ga yerdan, ming so‘m;
CFyans - yangi nav (gibrid) bo‘yicha sifat oshishi hisobiga olingan sof foyda, 1 ga yerdan, ming so‘m;
CFbns - bazis nav (gibrid) bo‘yicha sifat oshishi hisobiga olingan sof foyda, 1 ga yerdan, ming so‘m;
Sya- yangi nav (gibrid) joriy etilgan maydon, ga;
Xt - nav (gibrid) yaratishga tayyorgarlik xarajatlari, ming so‘m;
Xj - nav (gibrid)ni ishlab chiqarishga joriy qilish xarajatlari, ming so‘m.
Seleksiya jarayonining iqtisodiy samaradorligi ko‘rsatkichlarini hisoblash o‘ziga xosdir. Hisob-kitobdagi barcha ma’lumotlar taqqoslanuvchan bo‘lishi zarur. Bunda har xil davrlardagi ma’lumotlarni taqqoslash muammo tug‘dirishi mumkin. Chunki kapital sarflar nav (gibrid) daromad keltira boshlagan davrdan ancha avval qilinadi. Ushbu omilning salbiy ta’sirirn bartaraf etish uchun biz diskontlash usulidan foydalanishni tavsiya qilamiz.
Milliy va xorijiy mutaxassislar hosil shakllanishining 40-50% navga tegishli, deya ta’kidlaydilar. Olimlar ham, ayniqsa hozirgi, o‘g‘it solish keskin kamaygan, organik qishloq xo‘jaligini rivojlantirish davrida navlar muhim ahamiyatga ega, deb hisoblaydilar. So‘nggi yillarda nav hosildorlikni oshirishga ko‘mak beruvchi muhim omil bo‘lib qolmoqda.
Bozor sharoitlarida, don ekinlari navlari va gibridlari yaratuvchilarida moliyaviy va moddiy-texnika vositalari yetishmaganda, P.P. Lukyanenkoning yangi don navlari samaradorligini jadallashtirish va oshirish haqidagi nazariyasi yanada dolzarblik kasb etmoqda. Olim seleksiya jarayonlari samaradorligini oshirish yo‘nalishida seleksiya sur’atlarini jadallashtirish usullarini ishlab chiqish, yangi navlar chiqarish muddatlarini qisqartirishga jiddiy e’tibor ko‘rsatilishi kerakligini ta’kidlagan.
Buning uchun yiliga gibridlarning 2-3 ta avlodini olish uchun issiqxona va o‘sish kameralaridan, qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishiga zarur bo‘lgan ko‘p sonli ma’lum belgilari bo‘lgan navlar va gibridlarni yaratish jarayonini tezlashtiradigan yangi biotexnologik va seleksion- genetik uslublardan foydalanish muhimdir.
Seleksiya jarayonlarining oxirgi - navni tanlov uchun sinash bosqichida navlarni baholashni jadallashtirish maqsadida ularni turli ekologik sharoitlarda joylashgan bir nechta punktlarda bir vaqtning o‘zida o‘rganish zarur. Bu holda navlarni tanlov uchun sinashda o‘rganilish muddatlari bir-ikki yilga qisqaradi, ularni baholash esa yanada ishonchli bo‘ladi.
Yangi navlar va gibridlarning ishlab chiqarishga jadallik bilan joriy etilishida seleksiya-urug‘chilik ilmiy muassasalari faoliyatini asta-sekin tijoratlashtirib borish istiqbolli yo‘nalish hisoblanadi. Fikrimizcha, don seleksiyasi va urug‘chiligi yo‘nalishidagi ilmiy muassasalarda ilmiy va ishlab chiqarish bo‘linmalari tuzulmasini qayta ko‘rib chiqish, xususan, urug‘lar marketingi va savdosi bo‘limini tuzish, elita urug‘lari ishlab chiqarish hajmini bozorda tegishli navlar va gibridlarning xaridorgirligi bilan bog‘lash, milliy va xorijiy seleksiya markazlari bilan kooperatsiyalashuvni kuchaytirish lozim. Shuningdek, seleksiya -
urug‘chilik assotsiatsiyalari hamda urug‘ va ekish materiali sotilishini
ta’minlaydigan boshqa tijorat tuzilmalarini tashkil etish hamda ular faoliyatini reklama qilishni kuchaytirish zarur.
Mushohada uchun savollar

  1. Ilmiy natija nima? Tadqiqot natijalari qanday umumlashtiriladi?

  2. Ilmiy xulosalar qanday shakllantiriladi?

  3. Ilmiy tadqiqot natijalari qanday shakllarda e’lon qilinadi?

  4. Referat nima? U qanday tuziladi?

  5. Ilmiy maqolaning mazmuni, tarkibi va nashrga tayyorlash tartibi qanday?

  6. Ilmiy hisobot, ma’ruza nima? Ularning mazmuni, xususiyatlari va farqlari qanday?

  7. Tadqiqot natijalarini uslubiy qo‘llanma shaklida e’lon qilishning asosiy mazmuni va xususiyatlari?

  8. Monografiya nima? Uning boshqa ilmiy nashrlardan qanday farqlari mavjud?

  9. Dissertatsiyaning mazmuni qanday?

  10. Tadqiqot natijalarining samaradorligini baholashning qanday uslublari mavjud?

  11. Tanlab tadqiqot o‘tkazish? Tanlama to‘plam va bosh to‘plam tushunchalarining mazmuni?

  12. Reprezentativ tanlama to‘plam deganda nimani tushunasiz?

  13. Reprezentativlik xatosi deganda nimani tushunasiz?

  14. Fundamental va amaliy tadqiqotlar samaradorligini baholashning qanday uslublari qanday?

  15. Ilmiy xodim faoliyatining samaradorligi qanday mezonlar bilan baholanadi?

  16. Ilmiy-tadqiqot guruhi yoki tashkiloti faoliyatining samaradorligi qanday mezonlar bilan baholanadi?

  17. Tadqiqot natijalari iqtisodiy samaradorligining qanday turlari mavjud? Ularni tavsiflang?

  18. Qishloq xo‘jaligiga, xususan seleksiya va urug‘chilikka oid tadqiqotlar natijalarining samaradorligini baholash qanday xususiyatlarga ega?

Ta’lim faqat so‘z va o‘rgatish bilan


Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish