BOB. ILMIY-TADQIQOT XULOSALARINI SHAKLLANTIRISH VA SAMARADORLIGINI BAHOLASH
§. Ilmiy-tadqiqot natijalarini umumlashtirish va baholash
Tadqiqot yuzasidan ilmiy xulosa, taklif va tavsiyalarni shakllantirishda nazariy sharhlar yoki tahlil natijalarining batafsil bayonini keltirish kerak emas. Masalan, «dissertant (yoki muallif) u yoki bu holatlarni tahlil qildi», «muammoga unday yoki bunday yondashdi» shaklida emas, balki olingan aniq natijalar: yaratilgan nazariya, shakllantirilgan ilmiy ta’rif, ishlab chiqilgan yangi uslub, ularning afzalligi, fan, ta’lim va amaliyot uchun qanday naf keltirishi mufassal bayon qilinishi lozim.
Fundamental tadqiqotlar asosan nazariy jihatdan dolzarbligi, ilmiy yangiligi, konseptualligi va isbotlanuvchanligi, istiqbolliligi va amaliyotga tatbiq qilish imkoniyati bilan tavsiflanadi.
Amaliy tadqiqotlar, birinchi navbatda, amaliy zarurati va ahamiyatliligi, amaliyotga joriy etish imkoniyati bilan baholanadi.
Tadqiqot natijalarining nazariy ahamiyati ilmiy bilimga, fanga qo‘shilgan
ulush hisoblanadi. Bunday ilmiy bilimning
nazariy darajasi: qonun va qonuniyatlar kashf etilishini, konsepsiyalar va turkumlar asoslanishini, prinsiplar va modellar ishlab chiqilishini nazarda tutadi. Bular empirik vaziyatlar bayoni va izohini ideallashtirish, ya’ni hodisalar mohiyatini bilishga imkon beradi.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati ishlab chiqarishda qo‘llanilishi va naf keltirishi bilan tavsiflanadi. «Buxgalteriya hisobi, audit va iqtisodiy tahlil» ixtisosligiga oid tadqiqotlar natijalarining amaliy ahamiyati hisob yuritish, audit va iqtisodiy tahlil bo‘yicha yangi uslublarning ishlab chiqarishga joriy etilishi bilan belgilanadi. Bunday natijalar, qoidaga ko‘ra, uslubiy tavsiyanoma, ishlanma, dasturiy ta’minot va boshqalar ko‘rinishida taqdim etiladi.
Umuman olganda, ilmiy tadqiqotlarning asosiy natijalari quyidagicha:
nazariy qoidalar - hal etiladigan muammo sohasidagi yangi konsepsiyalar, yondashuvlar, g‘oyalar, gipotezalar, yo‘nalishlar, qonun va qonuniyatlar, tendensiyalar, turkumlashlar, prinsiplar. Ularning aniqlashtirilishi, rivojlantirilishi, ishlanishi, tekshirilishi, tasdiqlanishi yoki rad etilishi.
amaliy tavsiyalar - yangi normativ hujjatlar, uslublar, qoidalar, algoritmlar, takliflar, dasturlar. Ularning aniqlashtirilishi, to‘ldirilishi, ishlov berilishi, tekshirilishi.
Tadqiqotning amaliy natijasi amaliyotga nima berishi mumkinligi va nima berganligini aniq ifodalashi lozim.
Belgilangan vazifalarni hal etishda tizimli yondashuv, intiluvchanlik, diqqat-e’tiborlilik va astoydil ishlash, olingan natijalarni tanqidiy va kamtarona baholash intellektual mehnatning samaradorligini hamda obro‘sini oshiradi.
Ilmiy va amaliy tadqiqotlarda ko‘pincha tanlama to‘plamlarda olingan natijalar umumlashtiriladi. Reprezentativ tanlama to‘plamni o‘rganish chog‘ida olingan ma’lumotlar va xulosalarni yanada kengroq tarqatish va qo‘llash uchun butun belgi (hodisa) va uning qonuniyatlari to‘g‘risida uning bir qismi bo‘yicha xulosa chiqarishni bilish zarur.
Tanlama tadqiqotlar o‘tkazish chog‘ida olingan natija, butun bosh to‘plamni tadqiq qilishda olinishi mumkin bo‘lgan natijaga mos kelmasligi mumkin. Ushbu miqdorlar o‘rtasida ma’lum farq mavjud bo‘lib, u
reprezentativlik xatosi deb ataladi. Bu kamchilik tanlama tadqiqot natijalarini butun bosh to‘plamga tatbiq qilish (tarqatish, o‘tkazish) bilan bog‘liqdir.
O‘rtacha arifmetik miqdorning o‘rtacha xatosi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: