Odam ko ‘ngliga tugib, o ‘z oldiga aniq maqsad qo ‘ysa, tilakning mashaqqatli yo ‘llari yaqin bo ‘ladi.
Yusuf Xos Hojib
Tadqiqot predmeti aniq shakllantirilganidan so‘ng undan tadqiqot maqsadi va vazifalari kelib chiqadi hamda izlanuvchi tasavvurida ma’lum bir ilmiy gipotezalar gavdalanadi.
Tadqiqot maqsadi - bu izlanuvchi ish yakunida erishishi lozim bo‘lgan natijaning umumlashtirilgan bayoni.
Tadqiqot maqsadi qisqa va lo‘nda shakllantirilib, mazmunan izlanuvchi amalga oshirishini moTjallayotgan asosiy ishni yaqqol ifodalashi lozim. U tadqiqotning vazifalarida aniqlashtiriladi va rivojlantiriladi.
Tadqiqot vazifalari odatda, quyidagicha shakllantiriladi:
«...larning nazariy jihatlarini o ‘rganish»;
«...larning me’yoriy-huquqiy va uslubiy ta ’minotini o ‘rganish»;
«....larni tasniflash va asoslash»;
«...(lar)ning mohiyatini ochib berish va aloqadorliklarini o ‘rnatish»;
«...larni ishlab chiqish»;
va h.k.
Ilmiy ishda (undan oldin tadqiqot dasturida) vazifalarni shakllantirishga majmuli yondashuvni ta’minlash uchun quyidagi algoritm tavsiya etiladi (9.1-rasm).
Muayyan vazifalarni oydinlashtirish tadqiqotning xususiy muammolariga doir masalalarni ijodiy izlanishda amalga oshiriladi. Ularni hal etmasdan, uslubiy g‘oyani amalga oshirish va asosiy muammoni hal etish imkoni bo‘lmaydi.
9.1-rasm. Tadqiqot vazifalarini shakllantirishning umumiy algoritmi
Ushbu maqsadda maxsus adabiyotlar o‘rganiladi, mavjud nuqtai nazarlar tahlil qilinadi; mavjud ilmiy ma’lumotlar yordamida hal etish mumkin bo‘lgan masalalar, hal etilishi mavhumlikni bartarf etadigan va fan rivojida yangi qadam hisoblangan yondashuvlar hamda bilimlar ajratib olinadi.
Shunday qilib, tadqiqot vazifalarini iloji boricha puxtaroq tuzish zarur. Chunki ularning yechimini bayon qilish BMI, magistrlik yoki dissertatsiyasi bob(bo‘lim)larining mazmunini tashkil etishi lozim. Bu yana shunisi bilan ham ahamiyatliki, dissertatsiya bob(bo‘lim)larining nomlanishi tadqiqot vazifalaridan kelib chiqadi.
§. Tadqiqot obyekti va predmetini shakllantirish
Tadqiqot yangi bilimlarni yaratadi
Nil Armstrong
Har qanday ilmiy-tadqiqot (dissertatsiya)larning dasturida tadqiqot obyekti va predmeti aniq shakllantirilishi lozim. Kuzatishlar shuni tasdiqladiki, magistr akademik darajasi va falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasi uchun tayanch doktorantlar hamda mustaqil izlanuvchilarning dissertatsiya ishi dasturida tadqiqot obyekti va predmetini shakllantirishda ayrim kamchiliklar «an’ana»ga aylangan. Masalan, ko‘pchilik izlanuvchilar dissertatsiya ishi dasturlarida tadqiqot obyekti va predmetini bir-biridan farqlamaydi, ushbu tushunchalarning ma’nosini bir xil deb hisoblaydilar. Natijada, nimani, aniqrog‘i qanday muammoni tadqiq qilish (predmet) va u qayerda joylashganligi (obyekt) hamda ular o‘rtasida qanday uzviy aloqadorlik mavjudligi tadqiqotchi oldida mavhumligicha qoladi. Shu o‘rinda ushbu atamalarning etimologik mazmuni va lug‘aviy izohlariga to‘xtalsak. O‘zbek tilining izohli lug‘atida obyekt tushunchasiga uch xil izoh berilgan.
«Obyekt (lot. objectum-narsa) 1. Bizdan tashqarida va bizning ongimizga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud bo‘lgan, subyekt(inson)ning amaliy va bilish faoliyati qaratilgan tashqi olam, borliq, voqelik, moddiy dunyo, mavjudot.
Kishi faoliyati, diqqat e’tibori qaratilgan hodisa, narsa.
Xo‘jalik yoki mudofaa ahamiyati bo‘lgan korxona, qurilish, ayrim uchastka va sh.k.»87
Predmet tushunchasi esa quyidagicha izohlangan:
«Predmet (r. predmet- narsa, obyekt). 1. Sezgi a’zolari orqali his qilinadigan, ongimizdan tashqari mavjud bo‘lgan har qanday moddiy narsa.
Ayrim o‘quv fanini tashkil etgan bilimlar majmui; O‘quv fani, dars»88.
Fikrimizcha, ushbu izohlarda obyekt va predmet tushunchalarining mohiyati ilmiy-tadqiqot faoliyatiga nisbatan teranroq ochib borilmagan. Xususan, obyekt va predmetning umumiy va farqli jihatlari, «ongimizdan tashqarida mavjud bo‘lgan har qanday moddiy» va nomoddiy narsalar hamda ular o‘rtasidagi sabab-oqibatli uzviy aloqadorlikni ilg‘ab olish qiyin.
Demak, izlanuvchi tadqiqot obyekti va predmetini shakllantirishda ularni tavsiflashga tizimli-majmuli yondashishi lozim, chunki ular tadqiqotning tub mohiyatini aks ettiradi.
Ilmiy bilish nazariyasi nuqtai nazaridan qaralganda, tadqiqot obyekti va predmeti bir-biri bilan falsafaning umumiylik va xususiylik kategoriyalari kabi nisbatda bo‘lishi lozim. Chunki tadqiqot obyektidan tadqiq qilinadigan predmet(muammo) ajratib olinadi. Izlanuvchining asosiy diqqat-e’tibori aynan mana shu predmet(muammo)ga qaratilishi lozim. Aynan tadqiqot predmetidan kelib chiqqan holda dissertatsiya ishining mavzusi shakllantiriladi, ya’ni dissertatsiya ishining titulida yoziladigan mavzuning shaklini tadqiqot predmeti belgilaydi. Lekin predmet(ilmiy muammo)ni tadqiq qilish jarayonida obyektni tashkil etuvchi boshqa elementlar ham e’tibordan chotda qolmasligi zarur.
Ilmiy bilish obyekti bizni o‘rab turgan moddiy va nomoddiy dunyoning bir bo‘lagidir. Masalan, jonli va jonsiz tabiat, hayvonot va nabotot dunyosi, inson va h. Ijtimoiy fanlarning tadqiqot obyekti keng ma’noda jamiyat, iqtisodiyot, xo‘jalik faoliyati va boshqalar hisoblanadi.
Shunday qilib, tadqiqot obyekti - nazariyada va amaliyotda mavjud bo‘lgan aloqadorliklar, munosabatlar va xususiyatlar majmui bo‘lib, ma’lum aniqliklar talab qiladi hamda izlanuvchilar uchun zarur bo‘lgan axborot manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Obyektlar tadqiqot darajasi va muammolar tavsifiga ko‘ra yanada batafsillashtirilishi mumkin. Har bir obyekt o‘ziga mos fan tomonidan tadqiq qilinadi. Jumladan, ishlab chiqarishni tashkil etish va rejalashtirish, mehnat iqtisodiyoti, marketing, menejment fanlari o‘z obyekti sifatida xo‘jalik faoliyatini o‘rganadi. Ushbu fanlardan har biri obyektdagi, ya’ni xo‘jalik faoliyatidagi muammoni, ya’ni predmetni tadqiq qiladi. Masalan, buxgalteriya hisobining fan sifatidagi obyekti yuridik va jismoniy shaxslar, mahalliy va davlat organlarining xo‘jalik faoliyati hisoblanadi. Buxgalteriya hisobining predmeti sifatida esa
ushbu xo‘jalik faoliyati(obyekt)ning individual va ijtimoiy kapital harakati bilan bog‘liq bo‘lgan qismi ajratib olinadi. Qolgan qismlari boshqa fanlarning predmeti bo‘lishi mumkin. Demak, har bir tadqiqot predmeti uning obyekti doirasida aniqroq chegaralangan bo‘lib, mazkur tadqiqot ishida bevosita o‘rganibshi lozim bo‘lgan aloqadorliklar va munosabatlarni o‘z ichiga olishi lozim (9.2-rasm).
Rasmdan ko‘rinib turibdiki, ilmiy ishda bitta obyekt doirasida bir nechta tadqiqot predmetlarini ajratib olish mumkin, lekin ularning sonini ko‘paytirib yubormasdan, eng muhimlarini tanlab olish zarur.
Demak, muammoli vaziyatni shakllantirish ilmiy tadqiqot ishini boshlashning muhim qismi. Shu bois, «muammo» tushunchasining etimologiyasi va mazmuniga ham batafsilroq to‘xtalamiz.
O‘zbek tili izohli lug‘atining 2-jildida ushbu atamaga quyidagicha izoh berilgan: «Muammo [a. - jumboqli, sirli g‘alati; tushunilishi
qiyin, boshqotirma; ko‘r, ko‘r qilingan] 1. ad. O‘zbek mumtoz adabiyotida she’riy janr, poetik san’at turi. Unda biror so‘z, ism (yoki ularning bosh harflari), sana va b. yashirib beriladi.
Tushunib bo‘lmaydigan, jumboqli narsa; jumboq.
Hal qilinishi lozim bo‘lgan narsa; masala, problema» 89.
rasm. Tadqiqot obyekti va predmeti o‘rtasidagi nisbat
Har qanday ilmiy tadqiqot yangi hodisalarni bilish jarayonida ma’lum qiyinchiliklarni yengib o‘tish, oldin noma’lum bo‘lgan faktlarni
tushuntirish yoki ma’lum bodganlarini tushuntiradigan eski usullarning kamchiligini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Shunday ekan, izlanuvchilar aniq ilmiy muammoni tadqiq qilishlari va uning yechimini topib berishlari lozim.
Amalda ayrim mavzular yillar davomida takrorlanib, tadqiqotning asosiy qismida esa almisoqdan qolgan, rejali iqtisodiyotga xos bo‘lgan tahlil jadvallari, «shuncha edi, buncha bo'ldi» kabi g‘ayriilmiy tuzilgan jumlalardan iborat, hech kimga keraksiz matn tuzish holatlari ham uchraydi.
Buxgalteriya hisobi, Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti, Moliya va kredit va boshqa shunga o‘xshash ixtisosliklar bo‘yicha dissertatsiya mavzularini shakllantirishda qishloq xo‘jaligmmg tarmoqlariga
(o‘simlikchilik, chorvachilik, parrandachilik, qo‘ychilik, echkichilik va h.) qattiq urg‘u berish shart emas. Metodologik muammolarni tadqiq qilishda, albatta biron-bir tarmoqqa oid ma’lumotlardan foydalanish mumkin, hatto shart, ammo, yuqorida ta’kidlaganimizdek, ilmiy ish (dissertatsiya) tadqiqotining predmeti - o‘rganilishi va ilmiy yechimi topilishi lozim bo‘lgan aniq muammodan iborat bo‘lishi hamda mavzuda o‘z aksini topishi kerak. Ilmga yot bo‘lgan boshqacha soxta yondashuvlar esa g‘ayriilmiy xulosalarga va natijada fanni hamda olimlarni obro‘sizlantirishga olib keladi!
Shunday qilib, tadqiqot obyekti - bu muammoli vaziyatni vujudga keltiradigan va izlanuvchi tomonidan tadqiq qilish uchun olingan jarayon yoki hodisa; tadqiqot predmeti esa mazkur obyekt doirasida joylashgan va hal etilishi lozim bo‘lgan muammo hisoblanadi. Demak, bevosita iqtisodiyot sohasidagi tadqiqot predmeti tegishli ixtisoslik bo‘yicha hal etilishi lozim bo‘lgan aniq muammo ifodalaydi.
§. Tadqiqot metodlari (metodikasi)ni shakllantirish
Metodikani shakllantirish o‘rganiladigan obyekt xususiyatlari; metodologiya; tadqiqot maqsadi; ishlab chiqilgan metodlar; tadqiqotchining umumiy ilmiy va malakaviy saviyasiga bog‘liq.
Tadqiqot dasturi va metodikasi izchil hamda uzviylikda shakllantiriladi:
birinchidan, o‘rganilayotgan predmet yoki hodisa qanday tashqi belgilari bilan namoyon bo‘lishi, uning rivojlanish mezonlari va ko‘rsatkichlari qandayligini tushunib olish lozim;
ikkinchidan, tadqiqot metodlarini o‘rganilayotgan predmet yoki hodisaning har xil ko‘rinishlari bilan solishtirib ko‘rish zarur.
Faqat ushbu shartlarga rioya qilingandagina ishonchli, ilmiy qiymatga ega xulosalar, taklif va tavsiyalarni shakllantirishga yordam beradigan metodikani shakllantirish mumkin.
Tadqiqot jarayonida dastur tuzilib, unda quyidagilar o‘z aksini topishi lozim:
qanday hodisalar tadqiq qilinishi;
qanday ko‘rsatkichlar asosida tadqiq qilinishi;
tadqiqotda qanday mezonlarga rioya qilinishi;
tadqiqotchi tomonidan u yoki bu metodlarni qo‘llash tartibi va chegaralari.
Shunday qilib, metodika - bu belgilangan vazifalarni tadqiqot davri davomida amalga oshirish algoritmi.
Tadqiqotning har bir bosqichi uchun tadqiqotchi tomonidan ma’lum metodlar to‘plami shakllantirilishi lozim. Tadqiqot metodlarini tanlashda ko‘plab omillar, eng avvalo, tadqiqotning predmeti, maqsadi va vazifalari hisobga olinishi zarur.
Tadqiqot metodikasi, o‘zining individualligiga qaramasdan, muayyan vazifani hal etishda maxsus komponentlardan tarkib topadi. Tadqiqot metodikasining asosiy komponentlariga quyidagilar kiradi:
nazariy-metodologik qism, tadqiqot konsepsiyasi. Barcha metodika uning negizida shakllantiriladi;
tadqiq qilinadigan hodisalar, jarayonlar, belgilar, parametrlar, omillar va boshqalar hamda ular orasidagi izchil va uzviy aloqadorlik;
qo‘llaniladigan metodlar to‘plami, ularning izchilligi, uzviyligi va muvofiqligi;
metodlar va metodologik usullarni qo‘llash tartibi va reglamentlari;
tadqiqot natijalarini umumlashtirish ketma-ketligi va bajarish texnikasi.
(Ushbu masala keng ma ’noda kitobning 5 va 7-boblarida batafsil yoritilgan. Bu yerda faqat ilmiy g‘oyani amalga oshirish bosqichi sifatida yondashildi).
§. Tadqiqot o‘tkazish jarayonini bayon qilish
Do'stlaringiz bilan baham: |