O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi



Download 1,62 Mb.
bet42/98
Sana30.04.2022
Hajmi1,62 Mb.
#595191
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   98
Bog'liq
ILMIY TADQIQOT ISHINI TASHKIL ETISH word

Masalan: O.Fayziyev. Aholini yog‘-moy mahsulotlari bilan ta’minlash masalalari. J. // «Agroiqtisodiyot». 2018-yil 1-son. - 62 b.
Foydalanilgan adabiyotlar quyidagi belgilangan tartibda joylashtiriladi. Prezident asarlari, Farmonlari, Qarorlari va Hukumat qarorlari ro‘yxat boshida xronologik tartibda guruhlanib keltiriladi. Boshqa adabiyotlar - mualliflar familiyalari bo‘yicha alfavit tartibida beriladi.
Kurs ishining asosiy savollarini yoritishda mavzuga tegishli dastlabki hujjatlardan ko‘chirilgan nusxalar, analitik va sintetik hisob registrlari, schotlar korrespondentsiyalari chizmasi, shuningdek, hisob- kitob hamda tahlil ma’lumotlari ilova qilinishi shart. Bunda korxonada hisobni tashkil etish tajribasiga tanqidiy baho berilib, uni keyinchalik yaxshilash bo‘yicha takliflar kiritilishi kerak.
Kurs ishi standart o‘lchamdagi qog‘oz (A4, 210 x 297 mm) ning bir tomoniga 1,5 intervalda yoziladi. Bunda qog‘ozning chap tomonidan 30 mm, o‘ng tomonidan 15 mm, yuqoridan va pastdan 25 mm qoldirib yoziladi.
Kurs ishini hajmi 35-40 betdan iborat bo‘lib, bunda: kirish 2-3 bet, xo‘jalikning tashkiliy-iqtisodiy tavsifi 5-6 bet, asosiy qism 25-30 bet, xulosa va takliflar 2-3 betdan iborat bo‘lib, o‘z ichiga kamida 5-6 ta analitik jadvalni oladi.
Kurs ishi boshqaruv hisob, moliyaviy hisob, statistika va tahlil fanlariga doir ilg‘or shakllardan jumladan, jurnal-order, kompyuterlashtirilgan shakl va boshqa shakllarda bajarilishi kerak.
Ish hajmi qo‘lyozma matnida (ilova qilinadigan dastlabki hujjatlar va hisob registrlari bilan) 40-45 varaq bo‘lishi kerak.
Kurs ishining matni mantiqan ketma-ket bayon qilingan bo‘lib, ma’lumotlar aniq va o‘zaro bog‘langan, asoslangan xulosa va takliflar berilgan bo‘lishi shart.
Talaba kurs ishini o‘quv davrida komissiya oldida himoya qiladi, uning bilimi shunga asosan baholanadi va bu baho uning sinov daftarchasiga qo‘yiladi.

  1. BITIRUV MALAKAVIY ISHI (BMI) - MUSTAQIL BAJARILADIGAN ILMIY-IJODIY ISH

1-§. Bitiruv malakaviy ishining ma/muni, maqsadi va vazifalari
Albatta, oliy ma’lumotli mutaxassis tashabbuskor va mas’uliyatli bo‘lishi, o‘z bilimlarini to‘xtovsiz boyitib borishi, ishonchli qarorlar qabul qilishi va ularni hayotga tatbiq eta olishi, umuman aytganda, bozor iqtisodiyoti talablariga javob bera oladigan darajada bo‘lmog‘i kerak.
Xususan, bitiruvchilar ishlab chiqarishni jadal rivojlantirish, xo‘jalik yuritishning bozor mexanizmini takomillashtirish, yangi axborot texnologiyalari, yangi texnika va ilg‘or texnologiyalarni keng qo‘llashni hamda bozor iqtisodi sharoitida ish yurita bilishi lozim.
Bunday talablarga javob beradigan malakali mutaxassislarni tayyorlash esa, talabalarni o‘qitish va tarbiyalash sifatini oshirish bilan bevosita bog‘liqdir. Shuning uchun Oliy ta’limning 230000 - «Iqtisod» ta’lim sohasi Davlat Ta’lim Standarti 5233100-«Agrosanoatda
buxgalteriya hisobi» ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr tayyorlash mazmuni va darajasiga qo‘yilgan malaka talabalarida bitiruv malakaviy ishi (keyingi o‘rinlarda - BMI) bajarilishi ko‘zda tutilgan.
BMIda fanlarning barcha bloklari bo‘yicha olgan bilimlarini qo Hash talab qilinadigan, yakunlansan professional vazifa hal etilishi lozim.
BMIda bakalavr:

  • malakaviy ish mavzusining nazariy jihatlarini yoritish;

  • o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha sharhlar va masala holatini tahlil qilish;

  • bitiruv malakaviy ishining maqsad va vazifalarini shakllantirish, muammo holatini amaliy materiallar bilan tahlil qilish;

  • bajarilgan ishlar natijalari bo‘yicha xulosa va tavsiyalar ishlab chiqish hamda ularning tegishli faoliyat sohasida qo‘llanish imkoniyatlarini aniqlash.

BMIlarning namunaviy mavzulari Oliy Ta’lim muassasasining mutaxassis chiqaruvchi kafedrasi tomonidan kadrlar buyurtmachilarining talablarini, fan-texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlarini hisobga olgan holda aniqlanadi.
BMIning mavzusi nazariy-tahliliy, tahliliy-amaliy va ilmiy- tadqiqot yo‘nalishlarida shakllantiriladi. BMI bo‘yicha talabalarga topshiriq, qoidaga ko‘ra, uchinchi kursni yakunlash paytida beriladi. BMI to‘rtinchi bosqich davomida umumkasbiy va maxsus fanlarni o‘zlashtirish hamda o‘quv rejasiga muvofiq uni bajarish uchun ajratilgan vaqt davomida amalga oshiriladi.
BMIni bajarish talabalar uchun bu kasbni egallashda eng mas’uliyatli vazifa bo‘lib hisoblanadi. BMIni bajarishdan maqsad quyidagilardan iborat:

  • talabaning mutaxassislik bo‘yicha olgan nazariy va amaliy bilimlarini bir tizimga keltirish (sistemalashtirish), mustahkamlash va boyitish hamda ularni ilmiy-texnik jihatdan asoslash va ishlab chiqarishda qo‘llash;

  • qo‘yilayotgan muammolar va masalalarni o‘rganishda ilmiy izlanish, tadqiq qilish uslubiyotini egallash va mustaqil izlanish mahoratini oshirish;

  • talabalarning bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlashga tayyorgarlik darajasini aniqlash.

BMI talaba ishlab chiqarish amaliyotini o‘tkazgan (yoki ishlayotgan) xo‘jalikning materiallari asosida bajarilishi lozim. Bunda xo‘jalikdan olingan barcha materiallar aniq va o‘zaro bog‘liq bo‘lishi kerak.
Talaba BMIda o‘zining iqtisodiy adabiyotlar va xo‘jalik ma’lumotlari ustida mustaqil ishlashini, mantiqiy fikrlashini, xulosa qila olishini va xo‘jalikda hisob va moliya ishlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kirita olishini ko‘rsata olishi kerak.
Ish mavzusi kunduzgi va sirtqi bo‘lim talabalarining o‘quv-sessiyasi davrida tanlanib, buyruq asosida tasdiqlanadi. Agar talabalarning o‘zlari tanlagan mavzulari bo‘lsa, oldindan ro‘yxatdan o‘tishlari lozim. Boshqa ixtiyoriy (o‘zboshimcha) tanlangan mavzu bo‘yicha yozilgan BMIlar qabul qilinmaydi va himoyaga qo‘yilmaydi! Har qanday mavzuni yoritishda talabalar respublikamiz Prezidenti asarlari, Farmonlari va
Qarorlari, Hukumat qarorlari hamda Moliya Vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining mavzularga taalluqli nizom, yo‘riqnoma va boshqa rasmiy hujjatlarini ham o‘rganishlari lozim. Chunki, bu manbalarda respublikamizda iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va bozor munosabatlarini rivojlantirishning asosiy prinsiplari, buxgalterlik hisobi, hisoboti va auditning ahamiyati va yo‘l-yo‘riqlari bayon qilingan.
BMI muayyan xo‘jalik yurituvchi subyekt materiallari asosida bajarilishi, nazariya va amaliyotni bir-biri bilan bog‘lash, talabalarning bilimlarini bir tizimga solish, mustahkamlash va chuqurlashtirishni ta’minlaydi.
2-§. Bitiruv malakaviy ishining tarkibi va mazmuniga
qo‘yiladigan umumiy talablar
Talaba BMIni bajarish uchun xo‘jalikdan o‘z mavzusiga muvofiq zarur materiallarni olishi kerak. Bunda dastlabki hujjatlar, analitik va sintetik hisob registrlaridan nusxalar, mavzuga taalluqli schotlar, qaydnomalar (vedomostlar) va hisobotlardan ko‘chirmalar olishi zarur.
BMI tarkibi quyidagi qismlardan iborat: sarvaraq (titul varag‘i) (1- ilova), mundarija, matn qismi, adabiyotlar ro‘yxati, ilovalar.
Ishning matn qismi quyidagi bo‘limlardan iborat:
Kirish.

  • xo‘jalikning tashkiliy iqtisodiy tavsifi.

  • mavzuga oid adabiyotlar sharhi.

  • asosiy qism (reja bandlarga bo‘linadi).

  • xulosa va takliflar.

  • foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.

  • ilovalar.

BMIning namunaviy rejalarida 1-mavzu bo‘yicha reja to‘liq berilgan. Qolgan mavzular bo‘yicha faqat «Asosiy qism» rejasi berilgan.
Bo‘limlar o‘z navbatida bandlarga bo‘linadi. Bo‘limlar arab raqamlari bilan belgilanib, raqamdan keyin nuqta qo‘yiladi. Bo‘limdagi bandlar har bir bo‘lim ichida alohida raqam bilan belgilanadi. Masalan: «3.1» /uchinchi bo‘limning birinchi bandi/ yoki «3.2» /uchinchi bo‘limning ikkinchi bandi/ va h.k.
Bo‘limlar va bandlarga sarlavha qo‘yilishi kerak. Sarlavhalarda bo‘g‘in ko‘chirish, bo‘yash va tagiga chizish mumkin emas!
Kirish qismida tanlangan mavzuning dolzarbligi asoslanib, ishning maqsadi va bajarish uslubi bayon qilinishi kerak.
Ishda xo‘jalikning tashkiliy-iqtisodiy tavsifi /joylashgan o‘rni, yerdan foydalanishi, asosiy fondlar, mavjud mehnat resurslari va ularning tarmoqlar bo‘yicha taqsimlanishi, ishlab chiqarish va moliya faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari/ kamida so‘nggi ikki yillik ma’lumotlar asosida yoritilishi lozim. Xo‘jalikning tashkiliy-iqtisodiy tavsifidagi ma’lumotlar tegishli mavzuga mos bo‘lishi hamda buxgalterlik hisobi va moliya-iqtisod ishlarining xo‘jalikda tashkil etilishi hamda yuritilishi qisqacha bayon qilinishi kerak.
Adabiyotlar sharhida talaba mavjud va yangi: dastlabki hujjatlar, analitik va sintetik hisob registrlari, muomalalarni schotlarda aks ettirish, moliya va hisobni oqilona tashkil etish bo‘yicha ayrim mualliflarning fikr-mulohoza va takliflariga o‘z munosabatlarini ham bildirishi lozim.
Asosiy qism mavzu ish rejasidagi savollarga muvofiq yoritiladi. Bunda xo‘jalikning amaliyot materiallari va mavzuga taalluqli adabiyot mualliflarining va talabaning o‘z fikrlari batafsil bayon qilinadi. Talaba bu bo‘limda mazkur mavzu bo‘yicha xo‘jalikda hisob (yoki moliya) ishlarining yuritilishini yoritib, afzallik va kamchiliklarini ko‘rsatishi kerak. Asosiy qism savollarini yoritishda buxgalteriya hisobi va moliyaga oid yangi rasmiy materiallar (yo‘riqnoma, tavsiyanoma, nizom va boshqalar)dan foydalanish zarur.
BMIning xotima qismida xo‘jalikda buxgalterlik hisobi va nazorat(audit)ning ahvoli to‘g‘risida xulosa qilinib, xulosalar yozilgan ishning matnidan kelib chiqqan bo‘lishi kerak. Xulosalar va takliflar aniq, sodda va tushunarli bo‘lib, ularni amaliyotga tadbiq qilish, hisob va moliya ishlarini yaxshilash uchun aniq va tezkor ma’lumotlar olish imkoniyatini berishi kerak.
BMIdagi jadvallarga sarlavha qo‘yilib, «jadval» degan so‘zdan keyin berilishi kerak. Jadvalning sarlavhasini bo‘yash va tagiga chizish tavsiya etilmaydi. Jadvallarni matnda shunday joylashtirish kerakki, ularni o‘qish qulay bo‘lsin. Agar bunday joylashtirishning imkoni bo‘lmasa, iloji boricha o‘qishga qulay qilib joylashtirish lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatiga barcha foydalanilgan kitob yoki risola muallif(lar)ining familiyasi, ismi, nashr qilingan joyi va yili ko‘rsatiladi.
To‘plamlar, gazeta va jurnallardagi maqolalardan foydalanilganda mualliflarning familiyasi, ismi-sharifi, maqolaning nomi qo‘shtirnoqqa olinmaydi. To‘plam, gazeta va jurnalning nomi esa qo‘shtirnoqqa olinib, nashr qilingan yili, jildi, raqami va betlari ko‘rsatiladi.
Masalan: Dusmuratov R.D., Masharipov A.Sh. Auditorlik riskini kamaytirishga ta’sir etuvchi shart-sharoitlar. «O‘zbekiston iqtisodiy axborotnomasi» jurnali, №10-11, 2017, 42-44 b.
Foydalanilgan adabiyotlar quyidagi belgilangan tartibda joylashtiriladi: Prezident asarlari, farmonlari va hukumat qarorlari ro‘yxat boshida ko‘rsatiladi. Prezident va boshqa hukumat
rahbarlarining asarlari - mualliflar familiyalari bo‘yicha alfavit tartibida, hukumat qarorlari esa xronologik tartibda guruhlanib beriladi. Boshqa adabiyotlar ham shu tartibda beriladi.
Ishning asosiy savollarini yoritishda mavzuga tegishli dastlabki hujjatlardan ko‘chirilgan nusxalar, analitik va sintetik hisob registrlari, schotlar korrespondensiyalari sxemasi va boshqa hisob-kitoblar ilova qilinishi zarur. Bunda xo‘jalikning hisobni tashkil etish tajribasiga tanqidiy baho berilib, uni keyinchalik yaxshilash bo‘yicha takliflar kiritish kerak.
BMI buxgalterlik hisobining ilg‘or shakllari: jurnal-order va kompyuterlashtirilgan shakllarda bajarilishi kerak.
Ish hajmi qo‘lyozma matnida (ilovalar bilan) 65-70 varaq bo‘lishi
(kompyuterda terilgan matn varaq) kerak. Bitiruv malakaviy ishining
matni mantiqan ketma-ket bayon qilingan bo‘lib, ma’lumotlar aniq va o‘zaro bog‘langan, asoslangan xulosa va takliflar berilgan bo‘lishi kerak.
Talaba BMIni Davlat Attestatsiya komissiyasi (DAK) oldida himoya qiladi va ular ishlab chiqarish amaliyotiga chiqishlaridan oldin yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish darsida uslubiy ko‘rsatma bilan ta’minlanadi.
Talaba BMI himoya qilish paytida uslubiy ko‘rsatmani kafedraga topshirishi shart.
Ish oxirida talabaning imzosi qo‘yilib, bajarilgan vaqti ko‘rsatiladi.

  1. §. Bitiruv malakaviy ishini tayyorlashni rejalashtirish

va tashkil etish
BMIni tayyorlash mutaxassislik kafedrasi tomonidan bitiruv malakaviy ishlarini namunaviy mavzularini ishlab chiqish va tasdiqlashdan boshlanadi. BMIlarning namunaviy mavzulari va bajarish tartibi Uslubiy ko‘rsatmalarda keltirilgan. BMI lar mavzulariga qo‘yiladigan asosiy talablar: dolzarblik, zarur adabiyotlar va amaliyot materiallari bilan yetarli darajada ta’minlanganlik.
BMIning mavzusi va ilmiy rahbari ishlab chiqarish amaliyoti o‘tkazilgan korxona xususiyatlari hisobga olingan holda kafedra tomonidan tayyorlanadi hamda rasmiylashtiriladi. Bunda talaba buxgalteriya hisobi va audit kafedrasiga mavzu nomi va ilmiy rahbar ko‘rsatilgan holda ariza (2-ilova) bilan murojat qiladi.
Kafedra mudiri talabalarning arizalarini ko‘rib chiqadi va kafedra professor-o‘qituvchilarining ilmiy rahbarlik bo‘yicha o‘quv
yuklamalarini hisobga olgan holda mavzu nomi va ilmiy rahbar tayinlash to‘g‘risida yakuniy qaror qabul qiladi hamda kafedra majlisi qarori bilan rasmiylashtiradi.
Talabalarga BMIning mavzularini taqsimlash va ilmiy rahbar tayinlash to‘g‘risida universitet rektorining buyrug‘i chiqariladi.
Talaba kafedra tomonidan belgilangan muddatda BMIni tayyorlash uchun topshiriq loyihasini ishlab chiqadi. Ushbu topshiriq loyihasi ilmiy rahbar bilan muhokama qilinadi va unga batafsil ish rejasi ishlab chiqiladi hamda ilova qilinadi. BMIni tayyorlash topshirig‘ini va BMIning rejasi ikki nusxada tuzilib, birinchisi talabaga va ikkinchisi ilmiy rahbarga beriladi.
BMI batafsil rejasining ahamiyati shundan iboratki, unda talabadagi mavjud materiallar hisobga olingan holda topshiriq savollariga qo‘shimcha va aniqlik kiritiladi. Adabiyotlar va amaliyot materiallari bilan ishlash jarayonida BMIning rejasiga, so‘ngra uni bajarish topshiriqlariga xam aniqlik va qo‘shimchalar kiritiladi.
Talaba tanlagan BMIning mavzusi va rahbarining tavsiyalariga muvofiq zarur huquqiy-me’yoriy hujjatlar, ilmiy va o‘quv-uslubiy adabiyotlarni o‘rganadi hamda BMI obyekti hisoblangan korxonaning materiallarini to‘playdi.
Adabiyotlar bilan ishlash chog‘ida birinchi navbatda, O‘zbekiston respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va qarorlari, Hukumat qarorlari, buxgalteriya hisobi milliy hamda xalqaro standartlarini o‘rganadi. BMI mavzusi bo‘yicha bir nechta bir xildagi adabiyot manbalari mavjud bo‘lganida eng so‘nggi chiqqan adabiyotlarni asos qilib olish zarur. Adabiyot manbalarini va me’yoriy hujjatlarni o‘rganishning to‘liqligi hamda ularning BMIda aks ettirish, talabaning ulardan eng muhimini mavzuga muvofiq ajratib olishi iqtisodiy fikrlashining yetukligi, adabiyotlar, me’yoriy hujjatlar va amaliyot materiallari bilan ishlash layoqatini belgilaydigan ko‘rsatkichlar hisoblanadi. Amaliyot materiallarini to‘plash, odatda, ishlab chiqarish amaliyotini o‘tish jarayonida amalga oshiriladi. Shuningdek, bitiruv oldi amaliyoti davrida yoki korxonaga maxsus tekshrish uchun borishda aniqlashtiriladi.
BMIning sifati, xulosa va takliflarning amaliy ahamiyati amaliyot materiallarini chuqur o‘rganishga bog‘liq.
Amaliyot materiallari sifatida dastlabki hujjatlar, hisob registrlari, choraklik va yillik buxgalterlik moliyaviy hisobotlari, biznes-reja hamda soliq to‘lovlari bo‘yicha hisob-kitoblar, auditorlik xulosalari, har xil dalolatnoma va ma’lumotnomalar va boshqalardan foydalaniladi.
Foydalanilgan amaliyot materiallarining ishonchliligi har xil usullar bilan tekshiriladi. Jumladan, mantiqiy va arifmetik tekshirish, choraklik va yillik hisobotlarga tekshiruv jadvallarini qo‘llash kabilar. Bunday jadvallar, odatda, buxgalteriya hisobi milliy standartlari va boshqa me’yoriy hujjatlarda keltiriladi.
Amaliyot materiallarini bir tizimga keltirish, tahlil qilish va ishlov berish BMIda jadvallar, rasmlar, chizmalar, diagrammalar va grafiklardan keng foydalanishni nazarda tutadi.
Amaliyot materiallarini bir tizimga keltirish va ularga ishlov berishni jadallashtirish maqsadida iqtisodiy - matematik metodlar va zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish maqsadga muvofiq.
Foydalanilgan amaliyot materiallarining to‘laqonligi va ishonchliligi bitiruv malakaviy ishining sifatini tavsiflab, talabining nafaqat buxgalteriya hisobi, audit va iqtisodiy tahlil bo‘yicha chuqur umumiy professional bilimga egaligini, balki uning o‘z vazifalarini sidqidildan bajarganligini ham bildiradi.

  1. §. Bitiruv malakaviy ishiga rahbarlik

Tanlangan BMIning mavzusi bo‘yicha ilmiy rahbar bitiruvchi talabaga kafedra mudiri tomonidan tasdiqlangan BMI uchun topshiriq beradi. Ushbu topshiriqda bitiruv malakaviy ishini yakunlash, ilmiy rahbarga tekshiruvga taqdim etish va kafedra mudiriga imzo qo‘ydirish muddatlari ko‘rsatiladi.
Talaba BMIni tayyorlash va yozish davomida belgilangan grafikka muvofiq ilmiy rahbaridan uslubiy yordam olib turadi.
BMIni tayyorlash va yozish jarayonida ilmiy rahbar ishning tegishli paragraflarini tayyorlash grafigiga rioya qilinishini, tugallangan bob va qismlarning o‘z vaqtidaligi hamda sifatini nazorat qilib boradi.
BMIni bajarish grafigi buzilgan xollarda ilmiy rahbar kafedra mudiriga yozma bildirgi berishi zarur.
Zarur hollarda BMI rahbarining taklifiga muvofiq kafedra bitiruv malakaviy ishining ayrim bo‘limlari bo‘yicha ilmiy rahbarga ajratilgan umumiy vaqt limiti hisobidan ilmiy maslahatchi taklif qilishi mumkin.
BMIni sifati bo‘yicha umumiy xulosalar ilmiy rahbarning yozma fikrnomasi bilan yakunlanadi.
BMI himoyasi boshlangungacha talaba DAK oldida himoya qilish uchun o‘z ma’ruzasini, taqdimoti(prezentatsiyasi)ni tayyorlashi va ularning mazmunini ilmiy rahbari bilan kelishishi lozim.
Ma’ruza 14 shrift, 2-interval oraliqda 5-6 betdan oshmasligi va unda quyidagilar o‘z aksini topishi lozim:

  1. BMIni maqsadi, vazifalari va bajarilish uslubi (0,5 bet);

  2. BMI bajarilgan obyekt(korxona)ning qisqacha tashkiliy - iqtisodiy tavsifi, unda buxgalteriya hisobi, moliya, ichki nazorat va tahlil ishlarining ahvoli (1 bet);

  3. BMI ni bajarish natijalari bo‘yicha olingan xulosa va takliflar aniq va asosli bayon qilinishi lozim (4-5 bet);


Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish