O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi



Download 1,62 Mb.
bet38/98
Sana30.04.2022
Hajmi1,62 Mb.
#595191
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   98
Bog'liq
ILMIY TADQIQOT ISHINI TASHKIL ETISH word

t = 103 *Mh / Rj, (10)
Bunda, Pt — sarflangan jami resurslar va mehnat xarajatlarining bir
birligiga to‘g‘ri keladigan hosildorlik ulushi, kg/MDj;
Rj — ishlab chiqarishga sarflangan jami resurslar va mehnat xarajatlari, MDj/ga.
A.K. Nanaynko tomonidan taklif qilingan formuladan qishloq xo‘jalik ekinlariga ishlov berishda qo‘llaniladigan texnologiyalarning samaradorligini umumiy baholash uchun foydalanish mumkin. Biron- bir agrotexnologiya bilan bog‘lanmagan usullar va vositalar samaradorligini baholashda esa bu formuladan foydalanish maqsadga muvofiq emas. Agrotexnologiyalar va mashinalar alohida - alohida ishlab chiqilayotganligi bois, ko‘pincha mashinalarga qo‘yilayotgan agrotexnik talablar qo‘llanilayotgan texnologiyalarga to‘la muvofiq kelmaydi. Yangi usul yoki vositalar faqat ular uchun maxsus ishlab chiqilgan yoki mo‘ljallangan texnologiyalar tarkibida foydalanilgandagina, mazkur usul yoki vositalarning samarasini baholash mumkin. Shundan kelib chiqib, texnologik usul (yoki vosita) samaradorligini quyidagi formula bo‘yicha baholash taklif etiladi:
Su(v) =103 *Mh/(Po + Pu(v)), (11)
Bunda,
Su(v) — qishloq xo‘jalik ekinlariga ishlov berishga doir ma’lum bir usul yoki vositalarning samaradorlik ko ‘rsatkichi, kg/MDj;
Po va Pu(v) — ma’lum bir usul (vosita)ni qo‘llagan holda va sarflanayotgan jami resurslar va mehnat xarajatlari, MDj/ga.
Fikrimizcha, ma’lum bir usul (vosita) ushbu usul (vosita) uchun mo‘ljallangan texnologiyadan foydalangan holda tadqiq qilingan yoki sinovdan o‘tkazilgan bo‘lsa, u holda taklif qilinayotgan formula bo‘yicha amalga oshirilgan hisob-kitob uning unumdorligi va resurslar sarfi bo‘yicha samaradorligini xolis baholashga imkon beradi.
Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, seleksiya-urug‘chilik faoliyati o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ularning iqtisodiy
samaradorligini hisob-kitob qilishda ushbu xususiyatlarni inobatga olish lozim.
Qishloq xo‘jalik ekinlari seleksiyasida ilmiy - tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlari (ITTKI)ning natijalari ikki: nomoddiy va moddiy shaklda bo‘lishi mumkin. Birinchi shaklga seleksiya yutuqlari, ikkinchisiga - urug‘liklar va ekish materiallari kiradi. Natijaning har bir shakliga huquq obyekti sifatida o‘zining yuridik huquqlariga ega. Masalan, urug‘liklar va ekish materiallari mulkiy mualliflik huquqi obyektlari hisoblanadi. Seleksiya yutuqlari esa mutlaq huquq obyektidir, darhaqiqat, «ijodiy mehnati bilan o‘smliklarning yangi navi yoki hayvonlarning yangi zotini yaratgan (chiqargan yoki aniqlagan) jismoniy shaxs seleksiya yutug ‘ining muallifi deb e’tirof etiladi»91.
Seleksiya yutug‘irnng boshqa mutlaq huquq obyektlaridan farqi shundaki, huquq egasi quyidagi ishlar faqat urug‘liklar va ekish materiallaridan foydalangan holda amalga oshirilgandagina iqtisodiy manfaat ko‘rishi mumkin:
«etishtirish va takror yetishtirish (ko‘paytirish); nav yoki nasllik konditsiyasiga yetkazish; sotish uchun taklif qilish; sotish va boshqa usullarda o‘tkazish;
O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish;
O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish; yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan maqsadlarda saqlash uchun patent egasining ruxsatini olish kerak»91 92 93.
Seleksiya yutuqlariga mutlaq huquq tayyor qishloq xo‘jalik mahsulotlarini tovar sifatida sotish uchun ishlab chiqarishga nisbatan amal qilmaydi, urug‘, o‘simlik yoki uning bironta qismi patent egasining ruxsatisiz fuqarolik muomalasiga kiritilish holatlari bundan mustasno.
Agar yuqorida ko‘rsatilgan holatlarda, seleksiya yutuqlariga bo‘lgan mutlaq huquq urug‘ yoki ekish materiallariga bo‘lgan mulkiy huquq bilan birgalikda foydalanilsa, seleksiya yutuqlari iqtisodiy manfaat keltirishi mumkin. Lekin bu urug‘ yoki ekish materialiga bo‘lgan mulkiy huquq seleksiya yutug‘iga bo‘lgan mutlaq huquqdan ajralgan holda iqtisodiy manfaat keltira olmaydi, degani emas.
Seleksiya yutug‘idan foydalanishdan iqtisodiy manfaat olishning uchta asosiy yo‘li mavjud. Birinchiyo‘nalish mutlaq va mulkiy huquqlarga ega bo‘lgan subyekt mustaqil ravishda urug‘ va (yoki) ekish materialini takroriy ishlab chiqarishi, ya’ni o‘zining ishlab chiqarishida mutlaq huquqdan foydalanishi mumkin, deya izoh beradi. Ikkinchi yo ‘nalish esa - subyekt seleksiya yutug‘iga bo‘lgan mutlaq huquqni urug‘ va ekish materiallariga bo‘lgan mulkiy huquq bilan birgalikda korxona ixtiyoriga to‘laligicha o‘tkazadi. Uchinchi yo‘nalish birinchi va ikkinchi variantlar o‘rtasidagi oraliq: huquq subyekti urug‘ yoki ekish materialini takroriy ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi, shuningdek, boshqa shaxsga (litsenziatga) tegishli seleksiya yutug‘iga bo‘lgan mutlaq va mulkiy huquqni, urug‘chilikda foydalanish uchun urug‘ yoki ekish materialini topshiradi.
Urug‘liklarga iqtisodiyot nuqtai nazardan qarab, ularning ikki taraflama tuzulmasini ko‘rish mumkin. Bir tomondan, elita va superelita original urug‘lari - o‘tmishda qilingan mehnat bo‘lib, ular ko‘p martalab tovar (sotiladgan) urug‘liklarni ishlab chiqarishda qatnashadi, ular eskiradi va yangi navlar hamda gibridlar bilan almashtiriladi, demak ularni shartli ravishda asosiy fondlarga kiritish mumkin. Boshqa tomondan, birinchi va keyingi reproduksiya urug‘lari, amaliyotda qabul qilingandek, aylanma mablag‘lar hisoblanadi va o‘z qiymatini mahsulot tannarxiga to‘laligicha o‘tkazadi.
Yangi nav nafaqat uni yaratgan va (yoki) tovar urug‘liklar yetishtiradigan, balki yangi navdan ishlab chiqarishda foydalangan korxonalarga ham daromad keltirishi lozim. G‘allachilik iqtisodiy jozibador faoliyat turiga kiradi, lekin uning samaradorligi urug‘chilikka tayanadi, urug‘larning sifati esa bevosita don mahsulotlari sifatiga ta’sir ko‘rsatadi. Ishlab chiqarish jarayonida oqilona foydalanilayotgan va qatnashayotgan har bir resurs oldindan qo‘shimcha mahsulot olish uchun xizmat qiladi va yakuniy foydada o‘z hissasiga ega bo‘ladi. Urug‘ning tayyor don mahsuloti tannarxidagi ulushi, yakuniy g‘alla mahsulotiga urug‘ning sifat xususiyatlari evaziga qo‘shiladigan foydaga taxminan muvofiq keladi, deb faraz qilish mumkin.
Urug‘chilikning yuksak iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatini inobatga olib, seleksiya yutug‘idan foydalanib, olinadigan milliy iqtisodiyot samarasini hisob-kitob qilishda yakuniy natijaga ta’sir ko‘rsatuvchi barcha omillarni hisobga olish zarur. Aynan:

  • xarajat-narx ko‘rsatkichlari;

  • sotilgan mahsulot hajmi;

  • urug‘chilikdagi foyda (foydaning o‘sib borishi);

  • g‘allachilikdagi foyda deltasi (qo‘shimcha foyda) yoki uning sifati oshirilgan mahalliy urug‘ reproduksiyasidan foydalangan holda o‘sib borishi;

  • bozorning raqobatga kirishmagan (toddirilmagan) segmentini, shu jumladan, yangi noan’anaviy introduksiyalar hisobiga egallash imkoni;

  • ekologik va ijtimoiy samaradorlik.

Ekologik samara omillari qatoriga quyidagilar kiradi:

  • navlarning mahalliy tabiiy sharoit xususiyatlariga yaxshiroq moslashishi va ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligiga sarflanadigan resurslar (energiya) xarajatlarini kamaytirishga imkon berishi;

  • ekin (nav) dan atrof-muhit uchun xavfsiz bo‘lgan bioorganik dehqonchilikda foydalanish imkoniyati; biotik va abiotik stressorlarga bardoshliligi;

  • ekin (nav) ning almashlab ekish va keyingi ekinlar hosildorligini oshirishga ta’siri.

Ijtimoiy samarani ta’minlaydigan omillarga mamlakatning oziq- ovqat xavfsizligini ta’minlash, urug‘chilikni rivojlantirganda yangi ish o‘rinlarini yaratish, shuningdek, aholining salomatligi va uzoq umr ko‘rishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni kiritish mumkin.
Ta’kidlash joizki, noan’anaviy ekinlar uchun ekologik yoki ijtimoiy omillar ushbu ekinlardan foydalanish yo‘nalishini tanlashga qarab hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin.
Hozircha mamlakatimizda seleksiya va urug‘chilik iqtisodiyoti masalalari, ayniqsa, iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitiga mos ravishda to‘la o‘rganilmagan. Adabiyotlarda, asosan yuqori reproduksiyali urug‘larni ishlab chiqarishga doir agrotexnika usullariga katta e’tibor qaratilgan bo‘lib, ko‘pincha ularning iqtisodiy samaradorligi hisobga olinmaydi. Shu bois, don seleksiyasi va urug‘chiligi mamlakatning oziq- ovqat xavfsizligini ta’minlash borasida iqtisodiy samarali vosita bo‘lishi uchun navlar iqtisodiy o‘sish omili bo‘lishi lozim, deb hisoblaymiz. Bunda nafaqat hosilga qo‘shiladigan ustama, balki navdan olinadigan foyda ham hisobga olinishi lozim, ya’ni yangi nav tijorat talablariga javob berishi zarur.
Don ekinlari seleksiyasi va umg‘chiligmmg iqtisodiy samaradorligini oshirishda ilg‘or usul va uslublar, biotexnologiyalar va gen injeneriyasi, zamonaviy seleksion texnika va uskunalarni qo‘llash muhim omil hisoblanadi.
Tadqiqotchilar shuni tasdiqladiki, hozirgi vaqtda mamlakatimizning soha olimlari orasida don ekinlarining alohida tarkibiy seleksiyasi samaradorligini baholash muammolari borasida yagona fikr yo‘q. Ba’zi mualliflar samaradorlikning asosiy ko‘rsatkichi sifatida faqat hosildorlik yoki natural ko‘rsatkichlardan foydalanishga moyildirlar94. Boshqa mualliflar resurs sig‘imi ko‘rsatkichlari tizimidan, ya’ni fond sig‘imi, energiya sig‘imi, material sig‘imi ko‘rsatkichlaridan foydalanishni taklif qiladilar, chunki ular seleksiya ishi mahsulot birligini ishlab chiqarishda resurs tejashga olib kelishi kerak, deb hisoblaydilar.
Bizning fikrimizcha, don ekinlarining seleksiya jarayonini baholash uchun qiymat ko‘rsatkichlari tizimi ham, natural ko‘rsatkichlar tizimi ham zarur. Qo‘yilgan maqsadga qarab, ularni taqqoslanuvchanligi, ahamiyatliligi, ishonchliligi va xolisligiga rioya etgan holda qo‘llash taqozo etiladi.
Don ekinlari yangi navlarini iqtisodiy jihatdan baholash ularning ko‘rsatkichlarini standart ko‘rsatkichlar bilan solishtirishga asoslanadi. Seleksiya samaradorligini yanada batafsil o‘rganish uchun u yoki bu yangi navning afzalliklarini, har bir liniya, alohida gibridlar samaradorligini (ular orasidan eng tejamkorlarini ishlab chiqarishga kiritish uchun) aniqlash zarur.
Iqtisodiy samarani hisob-kitob qilish uchun turlicha yondashuv va formulalar qo‘llaniladi. Iqtisodiy samara kattaligi sof daromadning yangi va bazis variantlardagi ko‘rinishlaridan iborat. O‘z navbatida, sof daromad kattaligini yalpi mahsulot qiymati va ishlab chiqarish xarajatlari ayirmasi sifatida belgilashadi.
Yangi navlar (gibridlar) samaradorligini qiyosiy baholash uchun biz don hosildorligining o‘sib borish ko‘rsatkichlari va yalpi don yig‘imi ko‘rsatkichlarini qo‘lladik. Haqiqiy natijalarni baholash va ularni bazis variant bilan taqqoslash don ekinlari seleksiyasi samaradorligini, qo‘shimcha xarajatlarning qoplanishini aniqlashga imkon berdi.
Yillik iqtisodiy samarani yangi va bazis navlariga ishlov berishdan olingan sof daromad ayirmasining yangi nav yetishtirilgan maydonga ko‘paytmasidan kelib chiqib hisoblash maqsadga muvofiq ko‘rinadi.
ИС, = (СФян - СФе,) x S„, (12)
Bunda, ISy - yillik iqtisodiy samara;

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish