O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi



Download 1,62 Mb.
bet47/98
Sana30.04.2022
Hajmi1,62 Mb.
#595191
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   98
Bog'liq
ILMIY TADQIQOT ISHINI TASHKIL ETISH word

( N
MINNATDORLIK (ACKNOWLDGMENTS)
(Muallif maqola tayyorlash va tadqiqotni moliyalashtirishda bergan yordamlari uchun minnatdorlik -
bildirishi mumkin)
V )

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)
(o'rnatilgan tartibda, faqat foydalanilgan manbalar kiritiladi)
Xulosa (Conclusion): maqola bo'limlarining qisqa yakuni, undagi jumlalarni takrorlamasdan

13.1-rasm. Ilmiy maqolaning umumiy tuzilmasiga talablar
Qoidaga ko‘ra, mavzuda maqolaning mazmun-mohiyatiga aloqador bir nechta kalit so‘zlar bo‘lgani ma’qul. Bu sizning maqolangiz internet tarmog‘iga yoki elektron kataloglarga joylashtirilganda, elektron jurnallarda chop etilganida mazkur muammo bilan qiziqqan o‘quvchilarga uni izlab topishga yordam beradi.
181

Maqolaning mavzusi uning mazmun-mohiyatini: dolzarbligi,
ahamiyati, tadqiqot uslublari, erishilgan yutuqlari kabi muhim jihatlarini o‘zida mujassamlashtirgan bo‘lishi lozim.
Maqola mavzusini nomlashda quyidagi kamchiliklar uchraydi:

  • mavzu haddan tashqari umumiy, keng va maqolada ko‘rilgan masalalardan tashqariga chiqib ketishi;

  • mavzuning ko‘rilayotgan masala mohiyatini aks ettirmasligi, mavhumligi va bu bilan o‘quvchini chalg‘itishi;

  • mavzu juda «olamshumul» va «jarangdor» nomlanishi. Bunday mavzular reklamalar va qisqa yangiliklar uchun yaxshi, lekin ilmiy maqolalar uchun yaramaydi. Maqola tarkibiy tuzilmasining yuqorida keltirilgan tarkibiy elementlari va ularning ahamiyatini batafsilroq yoritamiz.

Annotatsiya (Abstract)107. Maqola mavzusidan keyin annotatsiya, ya’ni maqolaning qisqacha mazmuni keltiriladi. Doktorlik dissertatsiyalar mavzulari bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari asosida tayyorlangan ilmiy maqolalar uchun o‘zbek, ingliz va rus tillarida annotatsiya yozilishi lozim. Annotatsiyaning hajmi 300-500 belgi, ya’ni 7-8 gapdan iborat bo‘lishi tavsiya etiladi. Ko‘pchilik ilmiy jurnallarning maqolalar uchun qo‘yilgan talablarida annotatsiya hajmi aniq ko‘rsatiladi. Annotatsiyada maqoladagi ko‘rilayotgan masalaning maqsadi va ahamiyati qisqacha yoritiladi, muallifning shaxsiy yondashuvi va xulosalari qisqartirilgan shaklda beriladi. Shuningdek, ilmiy yangiligi ham ko‘rsatiladi.
Annotatsiyada hammaga ma’lum faktlar, boshqalarning ishlaridan olingan iqtiboslar va boshqa tafsilotlar bayoni bo‘lmasligi kerak. U oddiy, sodda va ravon tilda yozilgan hamda qisqa jumlalardan iborat bo‘lishi lozim. Shuningdek, unda «men», «mening» kabi so‘zlarni ishlatmasdan, ilmiy kamtarinlikka rioya qilinishi zarur. Masalan, gaplarni «Bizning fikrimizcha, ...», «...lar ko‘rib chiqilgan», «...lar ochib 102 berilgan», «...lar aniqlangan» va shu kabi shakllarda tuzish tavsiya etiladi.
Annotatsiya asosan ikkita vazifani bajaradi: 1) o‘quvchiga
maqolaning asosiy mohiyatini yetkazib berish, undan o‘zini qiziqtirgan jihatlarini ajratib olish va umuman shu maqola o‘qishga arziydimi, degan savolga javob topish;
2) internetda va boshqa kompyuterlashtirilgan qidiruv tizimlari orqali maqolani izlab topish.
Ko‘pchilik ilmiy jurnallarda maqola o‘zbek tilida yozilgan bo‘lsa, annotatsiyasi ingliz va rus tillarida talab etiladi.
Shu o‘rinda maqolaga annotatsiya yozish bo‘yicha namuna keltiramiz:
В статье рассмотрены, что в анализе кредитоспособности применяются показатели на основаны на прошлых данных, которые может изменяются в последствия инфляции. Исследованы подходы зарубежных ученых к оценке кредитоспособности, раскрыта понятия кредитный скоринг. Освещены сущность модели основные классификации и комплексного анализа, модель Альтмана и модель Чессера.
The article describes that the credit analysis of indicators used in the past are based on data that can change the effects of inflation. Studied the approaches of foreign scholars to the credit assessment, credit scoring concepts disclosed. When covering the basic essence of the model classification and complex analysis, Altman's model and model Chesser.
Kalit so‘zlari nima va qanday tuziladi? Kalit so‘zlar - bu avvalo, maqolaning tub mohiyatini qisqa va lo‘nda ifodalaydigan so‘zlar (so‘z birikmalari) bo‘lib, malakali o‘quvchi kalit so‘zlar orqali maqola nima haqda ekanligi to‘g‘risida dastlabki va aniq tasavvurga ega bo‘ladi. Ya’ni maqola mohiyatini ochib beradi va shuning uchun ham kalit so‘zlar deyiladi. Shuningdek, kalit so‘zlar maqolani avtomatlashtirilgan qidiruv tizimi orqali topadigan vosita va bibliografik ma’lumotlar bazasi kalit so‘zlar bo‘yicha qidirib topishni ta’minlaydi. Demak, kalit so‘zlar
maqolaning muhim jihatlari, natijalari, ta’riflar va atamalarni aks ettiradigan so‘zlar yoki so‘z birikmalaridan iborat bo‘lishi lozim. Kalit so‘zlarni tuzishda asosiy mavzuni aks ettiradigan tushunchalardan tashqari, qo‘shimcha (yondash) masalalarni aks ettiradigan
tushunchalarni ham qo‘llash mumkin. Odatda 5-10 tacha kalit so‘zlarni tanlab olish tavsiya etiladi. Ayrim nashriyotlar talablarida nechta kalit so‘z keltirish aniq ko‘rsatiladi. Kalit so‘zlar tuzishga misol:

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish