Har bir kishi kasb-korni mukammal bilmog‘i, yaxshi tarbiya olmog‘i va yaxshi xulq-odob, fazilatlarga ega bo‘lmog‘i kerak.
16
BOB
Abu Nasr Forobiy
ILMDA AXLOQ - ODOB
MASALALARI
Ushbu bobni O rganish natijasida Siz:
ilm axloqi, ko'chirmachilik (plagiat) va soxta ilmkashlik, ularning axloqiy va huquqiy oqibatlari;
ilmiy ishlarda iqtibos (sitata)lar keltirish;
kitob mutolaa qilish madaniyati;
ustoz-shogirdlik taomillari fOgVisida bilim va kOnikmalarga ega bO lasiz.
BOB. ILMDA AXLOQ - ODOB MASALALARI
1-§. Ko‘chirmachilik (plagiat) va soxta ilmkashlik
Qomusiy va falsafiy manbalarda yozilishicha, ilm ham ibodatning turlaridan biri, hatto ibodatdan afzal hisoblanadi[17, 23]. Ibodatning eng oson amalga oshiriladigani namoz o‘qish bo‘lsa, eng qiyini ilm egallash va uni boshqalarga berishdir. Shuning uchun ham ko‘pchilik ilm yo‘liga kirmaydi. Bu yo‘lda iymon-e’tiqodli, sabr - qanoatli, yuksak malakali va ma’naviyatli hamda boshqa ko‘plab insoniy fazilatlarga ega bo‘lish talab etiladi.
Darhaqiqat, «fan doktori ilmiy darajasi qonun hujjatlari talablariga javob bergan, muayyan fan tarmog‘ida chuqur kasbiy bilimlarga, ilmiy yutuqlarga ega bo‘lgan yuksak ma’naviyatli shaxslarga beriladi»117.
Bu borada tayanch doktoranturaning falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasi va doktoranturadagi fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasi izlanuvchilari hamda ilmiy rahbarlar (maslahatchilar) shuni unutmasligimiz kerak-ki, ilmiy ishda eng yomon illat ko‘chirmachilik (plagiat), ma’lumotlarni soxtalashtirish, yolg‘on va o‘rinsiz iqtibos(sitata)lar keltirish.
Shu o‘rinda ushbu
tushunchalarning mazmun-mohiyatini batafsilroq ko‘rib chiqishimiz maqsadga muvofiq hisoblanadi.
O‘zbek tili izohli lug‘atining 3-jildida «Plagiat [lot. plagiatus - o‘g‘irlangan]
Birovning asarini yoki undagi fikrlarni o‘ziniki qilib ko‘rsatish, adabiy, ijodiy va ilmiy ishdagi o‘g‘irlik»118.
«Plagiator [lot. plagiator - o‘g‘ril Birovning asarini yoki undagi fikrlarni o‘ziniki qilib ko‘rsatuvchi muallif; plagiat bilan shug‘ul- lanuvuchi shaxs»125 deb izohlangan.
Demak, ko‘chirmachilik
(plagiat) bu nafaqat ilmdagi oddiy axloqsizlik, balki mualliflik huquqini buzish, o‘g‘irlik va jinoyat hisoblanadi.
Darhaqiqat, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 149 moddasiga muvofiq: «Tafakkur mulki obyektiga nisbatan mualliflik huquqini o‘zlashtirib olish, hammualliflikka majburlash, shuningdek, tafakkur mulk obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ular rasman ro‘yxatdan o‘tkazilgunga yoki e’lon qilingunga qadar muallifning roziligisiz oshkor qilish -
Eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi»126.
O‘zbekiston Respublikasi «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida» Qonuniga muvofiq: «adabiy asarlar (adabiy-badiiy , ilmiy, o‘quv, publitsistik va boshqa asarlar)»127 mualliflik huquqi obyektlari hisoblanadi(6-modda). Shuningdek, mazkur qonunning 25-moddasiga muvofiq «Oshkor qilingan asarni shaxsiy maqsadlarda muallifning yoki boshqa huquq egasining roziligisiz va haq to‘lamagan holda takrorlashga yo‘l qo‘yiladi»128. Lekin, ushbu qoida «kitoblarni (to‘laligicha) va notali matnlarni reprografik takrorlash*ga nisbatan tatbiq etilmaydi»129.
So‘nggi yillarda ko‘chirmachilik (plagiat)ni aniqlash bo‘yicha maxsus kompyuter dasturlari, qidiruv tizimlari va axborot texnologiyalari sezilarli darajada rivojlanmoqda. Jumladan, O‘zbekiston 119 120 121 122 123
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestatsiya komissiyasining 28 aprel 2016 yildagi 224/10.1-sonli «Doktorlik dissertatsiyasi va dissertatsiya avtoreferatlarida ko‘chirmachilik (plagiat) holatini aniqlashni elektron ekspertizasini joriy etish haqida» rayosat qarori qabul qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |