AMALIYOT NAZARIYASIZ SO‘QIRDIR , NAZARIYA AMALIYOTSIZ O‘LIKDIR .
4
BOB
I.Kant
ILMIY NAZARIYA VA
GIPOTEZA, ULARNING
ILMIY-TADQIQOTLARDAGI
O‘RNI
Ushbu bobni Organish natijasida Siz:
ilmiy nazariyaning mohiyati va ahamiyati;
tuzilmasi, ilmiy-tadqiqotlardagi o'rni va roli;
iqtisodiy nazariyalar ilmiy-tadqiqotlarning metodologik asosi ekanligi;
ilmiy gipotezaning mohiyati, turlari va ularni shakllantirish to'g'risida bilim va ko'nikmalarga ega bo'lasiz.
BOB. ILMIY NAZARIYA VA GIPOTEZA, ULARNING ILMIY - TADQIQOTLARDAGI O‘RNI
§. Ilmiy nazariyaning mohiyati va ahamiyati
Amaliyot nazariyasiz so‘qirdir, Nazariya amaliyotsiz o ‘likdir.
I.Kant
Oldingi bobda ta’kidlanganidek, mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqi- yotining muhim sharti - ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini rivojlantirish hisoblanadi. Fikrimizcha, buning uchun fundamental fanlar rivojiga, xususan, yangi ilmiy gipotezalar negizida yangi ilmiy nazariyalar yaratishga alohida e’tibor qaratish lozim. Chunki, ilmiy nazariya va gipoteza ilmiy bilishning muhim elementlari bo‘lib, ular yordamida tadqiqotning yakuniy natijalari bayon qilinadi. Kundalik hayotda nazariya - bu «umumiy gaplar, bayon qilish», gipoteza esa «taxmin, faraz», degan ma’nolarda qo‘llaniladi. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, ushbu tushunchalar ilmiy-tadqiqotlarda alohida ahamiyatga ega va mantiqan o‘zaro zid bo‘lmasligi lozim. Shu bois, ularning ta’rif va tavsiflariga batafsilroq to‘xtalishimiz o‘rinli bo‘ladi. Chunki,
iqtisodiyotdagi muammolar muhokama qilinadigan munozaralarda ayrimlar tomonidan «bu faqat nazariya bo‘lib ketibdi, buni hech kim tushunmaydi» degan «e’tiroz»lar ham bildiriladi. Haqiqiy ilmiy nazariya bilan soxta ilmkashlikni aralashtirib yubormaslik kerak! Aslida esa «nazariya-bilimning biror sohasiga oid asosiy g‘oyalar tizimi; voqelik qonuniyatlari va undagi muhim aloqalar haqida bir butun tasavvur beradigan bilim shakli»35dir. Nazariya tushunchasi faylasuf olim, professor B.Ziyomuhammadov tomonidan yanada keng
qamrovli va mazmundor ta’riflangan: «Tafakkur yuritishning barcha bosaichlaridan o ‘tgan va amaliyotda sinab - ko ‘rilib, ta ’riflari maromiga yetgan bilimlar majmui nazariya deyiladi»44. Bunday «maromiga yetgan bilimlar majmui», ya’ni ilmiy nazariya ko‘plab avlod olimlarning ilmiy tadqiqotlari va kashfiyotlari natijasida shakllanadi.
Demak, ilmiy nazariya jamiki oldingi bilish faoliyatining qonuniyatli natijasi sifatida vujudga kelib, izlanuvchi uning ayrim elementlari va shakllari bilan tadqiqotning boshlang‘ich hamda empirik bosqichlaridayoq to‘qnashadi. Empirik faktlar, qonunlar, kategoriyalar va gipotezalar nazariya tuzishda muhim elementlar hisoblanadi, ammo mazkur nazariya doirasida o‘zgarishlarsiz qolmaydi.
Ilmiy nazariya tadqiq qilinayotgan obyektni to‘laligicha va birgalikda aks ettirganligi bois, obyektni har tomonlama tavsiflaydigan alohida qonunlar, kategoriyalar, tushunchalar va tasdiqlashlar bitta tizimga birlashtirilishi lozim. Buning uchun ayrim umumlashtirish va gipotezalarga ratsional ishlov berishga, yangi farazlar, abstraksiyalar va ideallashtirishlar kiritishga to‘g‘ri keladi. Demak, nazariyaning vujudga kelishi bilimlarning shunchaki, miqdoriy o‘sishinigina emas, balki ularning tubdan, sifat o‘sishini, real voqelikning predmetlari va real hodisalar mohiyatini chuqurroq tushunishni bildiradi.
Shunday ekan, nazariya - ilmiy bilimning eng mukammal shakli, amaliyotda sinalgan, haqiqatda yaxlit rivojlanayotgan tizimi, real olamdagi predmetlar va hodisalarning muqarrar, muhim xususiyatlari, aloqadorliklari, munosabatlaridir.
Ifodaliroq aytadigan bo‘lsak, ishning «ilmiy yangiligi» tadqiqot natijasida «ilm imorati» uchun yangi «g‘isht» yaratilganligini bildirsa, «nazariy ahamiyati» ushbu «g‘isht»ni imoratning qaysi joyiga qo‘yish mumkinligini bildiradi. Shunday ekan, fanda haqiqiy, asl nazariya amaliyot uchun yo‘lchi yulduz, ta’bir joiz bo‘lsa, amaliyotning «ko‘zi», yo‘l boshlovchisi hisoblanadi. Darhaqiqat, amaliyot nazariyasiz so‘qirdir, nazariya amaliyotsiz o‘likdir (I.Kant). Oliy ta’lim va ilmiy faoliyatida uchrayotgan mantiqsizlik holati shundaki, haqiqiy 36 37
nazariya ayrim o‘quv fanlari hamda ilmiy ishlarda yetishmaydi, ayrimlarida esa umuman yo‘q!
Fikrimizcha, buning asosiy sabablaridan biri hozirda mavjud iqtisodiyot fanlarining ayrimlari ham mazmunan, ham tarkiban zamon talablariga to‘liq javob bermaydi. Chunki iqtisodiy makon tadrijiy (evolyutsion) yo‘l bilan industrial fazaga o‘tmoqda, axborot
texnologiyalari va innovatsiyalarga asoslangan iqtisodiyot elementlari rivojlanmoqda. Lekin, ayrim iqtisodiy fanlarning nazariy jihatlari esa amaliyot ilgari surayotgan muammolardan orqada qolmoqda. Masalan, «Buxgalteriya hisobi nazariyasi» fanida hozirgacha ustun darajada balans tuzish, ikki yoqlama yozuv, hujjatlashtirish, hisob registrlari va shakllari kabi jihatlarga urg‘u berib kelinmoqda. Fikrimizcha, buxgalteriya hisobining mazmun - mohiyati nazariy jihatdan bozor iqtisodiyoti sharoitiga monand yanada rivojlantirilishi zarur. To‘g‘ri, buxgalteriya hisobi nazariyasi o‘z tarixiy taraqqiyoti yo‘lida shakllangan nazariya bo‘lib, 0‘zining predmeti va metodi, maqsad va vazifalari, funksiyalari, prinsiplari va kategorial apparatiga ega fan. Uning rivojlanish tarixiga nazar soladigan bo‘lsak, XIX-XX asrlarda undan balansshunoslik (balans tahlili) ajralib chiqqanligi va bir qancha statistik metodlarni qabul qilgan holda xo‘jalik faoliyati tahliliga uyg‘unlashgan hamda keyinchalik mustaqil fan sifatida shakllanganligining guvohi bo‘lamiz. XIX asrning oxirlarida moliyaviy hisobotlarni e’lon qilish zarurati vujudga kelib, moliyaviy hisob buxgalteriya hisobining quyi tizimi sifatida shakllangan. XX asrning o‘rtalariga kelib esa umumiy buxgalteriya hisobi tizimida boshqaruv hisobi va soliq hisobi quyi tizimlari vujudga kela boshlagan. Ushbu tadrijiy rivojlanish va uyg‘unlik e’tiborga olinmasdan, so‘nggi yillarda tahlil va soliqqa tortish fanlarining buxgalteriya hisobidan ajratib qo‘yilishi ham buxgalteriya hisobi fani nazariyasining rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Umuman aytganda, buxgalteriya hisobining «biznes tili» sifatidagi mohiyati va tavsifi globallashuv sharoitida shakllanayotgan innovatsion iqtisodiyot talablariga to‘liq mos kelmaslik holatlari namoyon bo‘lmoqda. Bunday misollarni boshqa iqtisodiy fanlar bo‘yicha ham keltirishimiz mumkin.
Shunday qilib, iqtisodiyot sohasiga oid fanlarning nazariy jihatlarini amaliyot rivojiga monand ravishda qayta ko‘rib chiqish, iqtisodiy makon evolyutsiyasining obyektiv shart-sharoitlariga muvofiqlashtirish ham zarur. Buning uchun ilmiy nazariya xususidagi munozarali fikrni davom ettirib, uning tuzilmasi, muhim tarkibiy elementlari, funksiyalari, ilmiy gipoteza hamda ularning ilmiy-tadqiqot faoliyatidagi rolini ochib berishga harakat qilamiz.
§. Ilmiy nazariyaning tuzilmasi, ilmiy-tadqiqotlardagi
o‘rni va roli
Ilmiy nazariyaning tuzilmasi juda murakkab bo‘lib, uning zamonaviy ilm-fan metodologiyasida quyidagi asosiy elementlarini ajratib ko‘rsatiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |