O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi


§. Ilmiy gipotezaning mohiyati, turlari va ularni shakllantirish



Download 1,62 Mb.
bet18/98
Sana30.04.2022
Hajmi1,62 Mb.
#595191
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   98
Bog'liq
ILMIY TADQIQOT ISHINI TASHKIL ETISH word

§. Ilmiy gipotezaning mohiyati, turlari va
ularni shakllantirish


Qonunlar dastlab taxminlar, gipotezalar sifatida shakllantiriladi. Keyinchalik aniqlangan yangi faktlar va tajribadan olingan materiallar asosida ushbu gipoteza (taxmin)lar «tozalanadi», to qonun darajasiga yetmaguncha ulardan ayrimlariga tuzatishlar kiritiladi, boshqalari yo‘qqa chiqariladi. Qonunlar mohiyat sohasiga tegishli bo‘lganligi bois, ular to‘g‘risida eng chuqur bilimga, bevosita qabul qilish darajasida emas, balki nazariy tadqiqot bosqichida erishiladi. Aynan shu yerning o‘zida, oxir- ^0^



Ilmdan oldin har doim
taxmin (gipoteza) yurgan.

Vilgelm Gumboldt

$
/i5>
oqibatda, tasodiflar, hodi-salardagi ko‘rimshlar haqiqiy ichki harakatlarga aylanishi sodir bo‘ladi. Ushbu jarayonning natijasi - qonun, aniqrog‘i mazkur sohaga taalluqli qonunlar majmui kashf qilinib, ularning o‘zaro munosabatlari malum ilmiy nazariyaning «o‘zagi»ni tashkil etadi.
Demak, gipoteza ilmiy nazariya yaratishdek murakkab va mashaqqatli jarayonning debochasi ekan, uni batafsilroq ko‘rib chiqishimiz maqsadga muvofiq bo‘ladi. Chunki, «ilmdan oldin har doim taxmin (gipoteza) yurgan» (Vilgelm Gumboldt).
«GIPOTEZA (yunoncha hypothesis - asos, taxmin) -
hodisalarning qonuniy (sabab-oqibatli) bog‘lanishi to‘g‘risidagi taxmin, mulohaza, faraz. Gipoteza ilmiy bilishni rivojlantirish uchun asos bo‘ladi»61.
Ilmiy gipotezalar quyidagi turlarga bo‘linadi:
- bayon qiluvchi gipoteza (qandaydir bir hodisaning mavjudligi taxmin qilinadi);

  • tushuntiruvchi gipoteza (hodisaning sabablarini ochib beruvchi);

  • bayon qiluvchi-tushuntiruvchi gipoteza.

Ilmiy gipotezaga quyidagi ma’lum talablar qo‘yiladi:

  • u ko‘p narsalarni o‘z ichiga olmasligi lozim. Qoidaga ko‘ra, bitta asosiy masalani o‘z ichiga olishi, alohida maxsus zaruriyat bo‘lganda (kamdan-kam hollarda) ko‘p bo‘lishi mumkin;

  • gipotezada har xil ma’noda talqin qilinadigan, tadqiqotchi o‘zi tushunib yetmagan tushunchalar va kategoriyalarni ishlatish mumkin emas;

  • gipotezani shakllantirishda balandparvoz jumlalardan qochish zarur, gipoteza faktlarga mos kelishi, tekshiriladigan va keng qamrovli hodisalarga tatbiq qilinuvchan bo‘lishi lozim;

  • stilistik jihatdan kamchiliksiz rasmiylashtirilishi, mantiqan sodda va maqbul bo‘lishi lozim.

Har xil darajalarda umumlashtirilgan ilmiy gipotezalar, o‘z navbatida deduktiv yoki induktiv gipotezalarga bo‘linishi mumkin.
Deduktiv gipoteza, qoidaga ko‘ra, oldindan ma’lum bo‘lgan, izlanuvchi uchun tayanch bo‘ladigan qoidalar, munosabatlar yoki nazariyalardan keltirib chiqariladi.
Ilmiy gipotezaning ishonchlilik darajasi tajribalardan olingan miqdor ko‘rsatkichlariga statistik ishlov berish yo‘li bilan aniqlanadigan hollarda, nol gipoteza yoki salbiy gipotezani shakllantirish tavsiya qilinadi. Bunda tadqiqotchi o‘rganilayotgan omillar o‘rtasida bog‘liqlik yo‘q (nolga teng) degan gipoteza (faraz)ni ilgari suradi.
Masalan, biron-bir sohadagi mutaxassisning faoliyatini o‘rganishda bizni uning ma’lumoti, ish staji, malakasi yoki kasb mahorati kabilar qiziqtiradi. Nol gipotezada bunday bog‘liqlik mavjud emas, degan farazdan kelib chiqiladi. Bunday hollarda o‘tkaziladigan ilmiy tadqiqotlar natijasida nol gipotezani rad etadigan natijalar olinishi mumkinmi? Agar biz bunday faktlarga ega bo‘lsak, u holda bularni tasodif deb hisoblash mumkin bo‘ladimi? Bu dunyoda o‘zi tasodif bo‘ladimi? Yo‘q! Hodisa qanday qonuniyatlar negizida sodir
bo‘lganligini bilmaganimiz uchun uni tasodif deb ataymiz. Aslida, «barcha mavjud narsalar o ‘zlarining mavjudligi uchun yetarli asosga egadir» (G.Leybnits).
Masala bunday qo‘yilganda tadqiqotchi tajribaning yakuniy natijalarini noto‘g‘ri talqin qilishdan saqlanishi ta’minlanadi.
Gipotezani shakllantira turib, tadqiqotchi yaxshi gipotezaning yuzaki belgilariga tayanib, to‘g‘ri yo‘lni tutganligiga iqror bo‘lishi lozim:

  1. savolning javobi yoki qilingan xulosaning uni keltirib chiqargan shart-sharoitlarga mutanosibligi(ayrim hollarda tadqiqotchilar muammoni ma’lum bir yo‘nalishda shakllantiradi, gipoteza esa uning bilan mutanosib bo‘lmasdan, tadqiqotchini chalg‘itadi);

  2. haqiqiyga o‘xshab ko‘rinishi, ya’ni mazkur muammo bo‘yicha oldindan ma’lum bo‘lgan bilimlarga mos bo‘lishi(agar bunday mutanosiblik mavjud bo‘lmasa, yangi tadqiqot umumiy ilmiy nazariyadan ajralib qoladi);

v) tekshiriluvchanlik.
Shunday qilib, ilmiy nazariya va gipoteza hamisha muayyan bir fanga tegishlidir va shuning uchun ham o‘z obyekti va predmeti doirasida hamda mazkur fan uchun xos bo‘lgan ilmiy atamalar (kategorial apparat) yordamida shakllantiriladi.
Masalan, «Buxgalteriya hisobi» mutaxassisligi bo‘yicha magistrlik ishlarida va 08.00.08 - «Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit» ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori(PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasi uchun olib borilayotgan tadqiqotlarda buxgalteriya hisobiga oid kategoriyalar bilan shakllantirilgan gipotezalarda iqtisodiy tahlil, audit va moliya fanlari sohasida ma’lum bo‘lgan tushunchalar ham qo‘llanishi mumkin. Buning sababi ushbu fanlar obyekt nuqtai nazaridan bir-biriga yaqin (129-betdagi 9.2-rasmga qarang).
Yuqoridagi bayon qilinganlardan ko‘rinib turibdiki, nazariya va gipoteza tushunchalarining umumiy jihatlari mavjud. Ya’ni, har ikkalasi ham mazkur fan tushunchalari bilan ifodalangan va mantiqan o‘zaro zid bo‘lmagan ilmiy bilish natijalarining bayoni sifatida ta’riflanadi.
Lekin, nazariya va gipoteza bunday umumiy jihatlarga ega bo‘lishiga qaramasdan, bitta muhim farqi mavjud. Ya’ni, vaqti kelib ayrim gipotezalar o‘z isbotini topmasligi va bir qancha gipotezalardan bitta nazariya yaratilishi mumkin. Ushbu tafovutning mohiyati yuqorida nazariyaga berilgan ta’rifda ham mujassamlashgan, ya’ni nazariya «tafakkur yuritishning barcha bosqichlaridan o‘tgan va amaliyotda sinab ko'rilgan» bo‘ladi. Tafakkur yuritishning qaysidir bosqichida ilmiyligi asoslanmagan va amaliyotda sinovdan o‘tmagan gipotezalar bekor qilinadi.
Shunday qilib, fan rivojlanishining umumiy qonuniyati ma’lum ma’noda, ko‘plab gipotezalarni shakllantirish va ularni aqliy tafakkurdan o‘tkazib, amaliyotda sinab ko‘rib, isbotlanmaganlarini chotlashtirib, yakuniy bitta nazariya yaratishdan iborat bo‘lib kelmoqda.
о Mushohada uchun savollar

  1. Ilmiy nazariyalar nima? Ularning ilmiy tadqiqotlardagi o‘rni qanday?

  2. Ilmiy nazariyaning tuzilmasi (tarkibiy elementlari) qanday?

  3. Ilmiy nazariyada izlanuvchi isbotsiz «haqiqiy» deb qabul qiladigan holat bo‘lishi mumkinmi?

  4. Ideallashtirilgan obyekt nima? Uning ilmiy nazariya yaratishdagi roli qanday?

  5. Qonunni nazariyaning muhim elementi sifatida qanday tushunasiz?

  6. Nazariya ilmiy-tadqiqot faoliyatida qanday funksiyalarni bajaradi?

  7. Iqtisodiy nazariyalarning mazmuni va mohiyatini tavsiflang.

  8. Klassik iqtisodiy nazariyaning mohiyati nimadan iborat? Uning asoschilari kimlar?

  9. Marjinalizm yoki neoklassik iqtisodiy maktabiga kimlar asos solgan va ularning mazmuni qanday?

  10. Keyns nazariyasini mohiyati va uning rivojlanishi haqida nimani bilasiz?

  11. Monetarizm nazariyasining vujudga kelish sabablari va uning mazmuni nimadan iborat?

  12. Institutsionalizm nazariyasining mohiyati nima? Asoschilari kimlar? Boshqa iqtisodiy nazariyalardan farqlari qanday?

  13. Ilmiy gipoteza nima? Uning qanday turlari mavjud? Va unga qanday talablar qo‘yiladi?

  14. O‘zingiz tanlagan mavzu bo‘yicha tadqiqot gipotezasini qanday shakllantiring.

  15. Tushuncha nima? Ta’rif nima? Fanda ular qanday shakllantiriladi?

  16. Nima uchun iqtisodiyot fanlari bo‘yicha izlanuvchilar «Iqtisodiyot nazariyasi» fanini bilishlari zarur?


5


Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish