O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi


§. Falsafiy dunyoqarash ilmiy-tadqiqot metodologiyasining asosi



Download 1,62 Mb.
bet13/98
Sana30.04.2022
Hajmi1,62 Mb.
#595191
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   98
Bog'liq
ILMIY TADQIQOT ISHINI TASHKIL ETISH word

§. Falsafiy dunyoqarash ilmiy-tadqiqot
metodologiyasining asosi


Kitobning debochasida har bir odam butun ongli umri davomida o‘zini o‘rab turgan olam sirlarini, xususan, tabiat hodisalari, ijtimoiy- iqtisodiy, siyosiy va boshqa voqeliklarni bilishga ehtiyojmand ekanligini ta’kidlagan edik. Bu jarayon odam va uni o‘rab turgan olam o‘rtasidagi munosabatlarda kechadi hamda ma’lum dunyoqarashni shakllantiradi.
Odamning dunyoqarash va olamni bilish muammolari bilan falsafa, xususan uning ontologiya deb nomlanadigan bo‘limi shug‘ullanadi. Masalaning bunday murakkab jihatlariga o‘tishdan oldin ishonchli manbalarga murojaat qilamiz. Jumladan, o‘zbek tili izohli lug‘atida: «ONTOLOGIYA [yun. on, ontos - borliq + logos - fan, ta’limot] Falsafaning borliq, uning tamoyillari, asoslari, tuzilishi va qonuniyatlari haqidagi bo‘limi»32 deb ta’riflangan.
Demak, har bir odam borliqni bilish jarayonida o‘zining ongida olamning obrazi yoki bu haqda umumiy tasavvurni shakllantiradi. Aynan shu obraz, odamga o‘zini o‘rab turgan olamga nisbatan o‘mim, munosabatlari majmuini, dunyoqarashini belgilaydi. Shu o‘rinda dunyoqarash to‘g‘risida batafsilroq to‘xtalsak: «Dunyoqarash. Tabiat va jamiyatga, ularning ayrim voqea - xodisalariga bo‘lgan ilmiy, mafkuraviy, ma’naviy, ilohiy qarashlar tizimi».33 Fikrimizcha, ushbu ta’rif atamani lug‘aviy izohlab, uning ilmiy - falsafiy negizini batafsil va chuqur ochib bermaydi. Shu bois, ushbu tushunchaning «inson va olam» munosabatlaridagi muammolari bilan bog‘liq (ontologik) jihatlarini ochib berishi uchun qomusiy manbalardan iqtiboslar keltiramiz. Xususan: «Dunyoqarash - dunyoga va insonning undagi o‘rniga, kishilarning o‘z atrofidagi voqelikka va o‘z-o‘ziga munosabatiga bo‘lgan umumiy qarashlar tizimi, shuningdek, bu qarashlarga asoslangan odamlarning e’tiqodlari, ideallari, bilish va faoliyat tamoyillari. Dunyoqarash kishining yoshi, hayotiy tajribasi, bilimi, mafkurasi bilan bog‘liq. Dunyoqarashda jamiyat shakllangan falsafiy, ilmiy, diniy, siyosiy, axloqiy, huquqiy, estetik bilimlar, qarashlar o‘z aksini topadi. Shaxsning dunyoqarashi ijtimoiy munosabatlar bilan chambarchas bog‘langan. Dunyoqarash insonning o‘zini va dunyoni zaruriy ravishda anglashi hamda baholashi asosida shakllanadi. Bu jihatdan dunyoqarash voqelikning inson ongidagi subyektiv in’ikosidir. Ayrim individning ongi bilan bog‘langan individual dunyoqarash, muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, sinf, millat va jamiyat miqyosidagi ijtimoiy ong bilan bog‘langan ijtimoiy dunyoqarash mavjud. Bular bir - birini to‘ldiradi, bir - biriga ta’sir qiladi, bir - birigani rivojlantiradi. Dastlab individ dunyoni hissiy sezadi (dunyoni his qilish). Bunda individ voqelikni bevosita hissiy in’ikos etish natijasida anglaydi. Keyin voqelik haqida to‘plangan bilimlari asosida individning dunyoqarashi paydo bo‘ladi. Bu dunyoni anglash deyiladi. Shaxsning dunyoni anglashi orqali uning o‘zini anglashi ham shakllanib boradi. Shu tariqa dunyo haqidagi barcha bilimlar yuksak darajada umumlashtiriladi va
yaxlit dunyoqarash shakllanadi. Dunyoqarash insoniyatning tarixiy taraqqiyoti mobaynidan rivojlanib borgan. Uning quyidagi shakllarini ko‘rsatish mumkin: 1. Mifologik dunyoqarash yoki afsonalarga
tayanuvchi dunyoqarash. U voqelik haqidagi mifologik bilimlar to‘plangan va tizimga solingan bir davrda vujudga kelgan, borliqning inson ongidagi xayoliy in’ikosi sifatida qadimgi davr kishilari uchun xos bo‘lgan. Ular voqelikni turli rivoyatlar va afsonalar asosida tasvirlab, uni qahramonlar, yovuz va xayrli kuchlarni aks ettiruvchi obrazlar tarzida bilishgan. Tabiatdagi jonsiz jismlarni jonlantirib, olov, suv, havo, tabiat hodisalarini ham muayyan jonli obrazlarning namoyon bo‘lishi deb hisoblashgan. 2. Diniy dunyoqarash. U olamdagi voqea va hodisalarning ilohiy, g‘ayritabiiy kuch bilan bog‘lab tushuntiradi. Diniy e’tiqod, tuyg‘u, diniy aqidalarga ishonish, ilohiy kuchlarga sig‘inish diniy dunyoqarashning muhim jihatlari hisoblanadi. 3. Turmush bilan bog‘langan (kundalik) dunyoqarash. Unda aqlga sig‘adigan tasavvurlar, olam va odam to‘g‘risidagi oddiy an’anaviy qarashlar aks etadi. 4. Falsafiy dunyoqarash. Unda butun borliq, tabiat, jamiyat, inson ruhiyati va tafakkurining eng umumiy jihatlari idrok etiladi, shu asosda olamning umumlashgan nazariy modeli yaratildi. Falsafiy dunyoqarash dunyoqarashning boshqa shakllariga tayanadi, ulardagi umumiy qonuniyatlarni, jihatlarni anglashga harakat qiladi. Falsafiy dunyoqarashning shakllanishi va rivojlanishi falsafaning paydo bo‘lishi bilan uzviy bog‘liq. Inson voqelikka muayyan maqsad, manfaat va qiziqishlardan kelib chiqib yondashadi. Dunyoqarashning mafkura bilan bog‘langanligining sababi ham shundadir. Dunyoqarashning ko‘lami, mazmuni, markazi yoki tayanch nuqtasi kabi jihatlari bor. Dunyoqarash ko‘lami individning butun hayoti mobaynida rivojlanib, kengayib boruvchi, jihatini ifodalaydi. Dunyoqarash mazmuni individ ongida voqelikning xilma-xil jihatlari qay darajada qamrab olinganligini aks ettiradi. Dunyoqarash markazi yoki tayanch nuqtasi deganda, individning qanday shaxsiy hamda ijtimoiy manfaatlar majmuasi doirasidan turib olam haqida fikr yuritishi tushuniladi. Inson o‘z hayotida o‘zidan ilgari o‘tgan kishilarning turmush tajribasiga, to‘plagan bilimlariga tayanadi. Dunyoqarash kishilarning axloq me’yorlari, hayotdagi intilishlari, qiziqishlari, mehnat va turmushlariga ta’sir ko‘rsatib, katta amaliy ma’no kasb etadi».34
Shunday qilib, dunyoqarashning vazifasi - bizni o‘rab turgan olam qandayligini bilish, va shunga ko‘ra, bu dunyoda qanday qilib to‘g‘ri hayot yo‘lini tanlash va baholash kerak, degan savolga javob berishdan iborat.


  1. Download 1,62 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish