O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi


§. Fan rivojlanishining umumiy qonuniyatlari va bilimlarning ilmiyligi



Download 1,62 Mb.
bet14/98
Sana30.04.2022
Hajmi1,62 Mb.
#595191
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   98
Bog'liq
ILMIY TADQIQOT ISHINI TASHKIL ETISH word

§. Fan rivojlanishining umumiy qonuniyatlari va
bilimlarning ilmiyligi


Fan rivojlanishining umumiy qonuniyatlari. Gnoseologiyada fan rivojlanishining oltita umumiy qonuniyati mavjud (3.1-rasm).


3.1-rasm. Gnoseologiyada fan rivojlanishining qonuniyatlari



Bilimning ilmiyligi (yoki g‘ayriilmiyligi, soxtaligi) qanday aniqlanadi? Har qanday fan, har qanday ilmiy-tadqiqot uchun olingan

bilimlarning ilmiyligini baholash mezonlari to‘g‘risidagi masala muhim hisoblanadi. Bu masalaga turlicha yondashuvlar mavjud. Shulardan eng ko‘p e’tirof etiladiganlari: haqiqiylik, intersubyektivlik va tizimlilik
(3.2- rasm).





    1. rasm. Bilimning ilmiyligini aniqlash mezonlari

1. Bilimning haqiqiyligi deganda, uning tadqiq qilinadigan predmetga mosligi tushuniladi. Lekin, haqiqiylik belgisi nafaqat ilmiy bilimlarga xosdir. Kundalik hayotdagi bilimlar, fikr va farazlar ham haqiqiy bo‘lishi mumkin.
Gnoseologiyada «haqiqat» va «bilim» tushunchalari bir-biridan farqlanadi. «Haqiqat» tushunchasi bilimning voqelikka mosligini, uning mazmuni o‘rganiladigan subyektga qaramasdan, ishonchli va o‘zining obyektivligi tufayli undan mustaqil holda mavjud bo‘lgan tushunchani bildiradi. «Bilim» haqiqatni e’tirof etish shakli bo‘lib, u yoki bu asoslar mavjudligi faraz qilinadi. Bunday asoslarning yetarliligiga ko‘ra haqiqatni tan olish shakllari har xil bo‘ladi (3.3-rasm).






    1. rasm. Asoslar yetarliligi bo‘yicha haqiqatni tan olinish shakllari

Ilmiy bilim u yoki bu mazmunning haqiqiyligi to‘g‘risida bildirish emas, uning haqiqiyligini isbotlovchi asoslar (masalan, eksperiment natijalari, teoremaning isboti, mantiqiy xulosa va h.k.) keltiriladi.
Shuning uchun ilmiy bilimning haqiqiyligini tavsiflaydigan belgi sifatida uning yetarlicha asoslanganligi talab qilinadi. Ilmiy bilim boshqa turdagi bilimlardan yetarli darajada asoslanganligi bilan farq qiladi. Shuning uchun asoslar yetarliligi prinsipi (u mantiqda «asosning yetarlilik qonuni» deb ham ataladi) har qanday fanning fundamenti hisoblanadi. Unga muvofiq har qanday haqiqiy fikr haqiqiyligi isbotlangan boshqa fikrlar bilan asoslangan bo‘lishi lozim.
Bilimlar ilmiyligining intersubyektivlik mezoni. Ushbu mezon bilimlarning umumbashariy va umummajburiyat hamda ommaviylik xususiyatlarini ifodalaydi.
Bu holda ilmiy bilim haqiqiyligi va uning boshqa modifikatsiyalari haqiqiyligi quyidagicha chegaralanadi. Masalan, kundalik hayotdagi bilimning haqiqiyligi, ishonchning haqiqiyligi va shu kabilar haqiqatni tan olish uchun asoslari yetarli bo‘lmagan bilim shakllariga kiradi.
Ilmiy bilimlar haqiqiyligiga keladigan bo‘lsak, ular universal, «xususiy emas» va obyektiv yetarli asoslar bo‘yicha haqiqatni tan olishga asoslangan bilim shakllariga kiradi. Intersubyektivlik belgisi ilmiy bilimlarning qayta tiklanishi (yangilanishi)ni talab qiladi. Boshqacha aytganda, bitta obyekt, bir xil sharoitda alohida tadqiqotchilar tomonidan o‘rganilganda olinadigan natijalarning bir xilligi bilan ifodalanadi. Aksincha, agar bilim har qanday o‘rganiladigan subyekt uchun barqaror hisoblanmasa, u ilmiylikka da’vo qila olmaydi, chunki u qayta tiklanish (yangilanish) xususiyatiga ega emas.
Bilimlar ilmiyligini baholashning tizimlilik mezoni. Tizimlilik bilimning har xil shakllarini tavsiflaydi. U ham ilmiy, ham badiiy, ham kundalik hayotdagi bilimning uyg‘unlashganligi bilan bog‘liq. Ilmiy bilimning tizimli tashkillashtirilganligi uning quyidagi xususiyati bilan tavsiflanadi: shunday asoslanganlik bilanki, uning mazmuni
haqiqiyligiga shubha yo‘qligini yuzaga keltiradi, chunki qat’iy induktiv- deduktiv strukturaga, mavjud tajriba ma’lumotlariga asoslangan bog‘liq mulohaza natijasida olingan sermulohaza bilimning xususiyatiga ega.
Shunday qilib, yuqorida ta’kidlaganimizdek, bilimning ilmiyligi uchta: a) haqiqiylik; b) intersubyektivlik; v) tizimlilik mezonlari bilan baholanadi. Har bir mezon alohida bilimning ilmiyligi(yoki g‘ayriilmiyligi)ni isbotlay olmaydi. Masalan, fanga taalluqli bo‘lmagan narsa ham haqiqiy bo‘lishi mumkin; «umumiy adashish» ham intersubyektivlik xususiyatiga ega bo‘lishi mumkin; bular ikkalasidan ajralgan holdagi tizimlilik esa go‘yoki ilmiy asoslangan bo‘lib ko‘rinishi mumkin. Ushbu uchala mezon bir vaqtda amalga oshirilsagina, har qanday tadqiqot natijasining ilmiyligini to‘laqonli baholash mumkin. Shunday ekan, har qanday ilmiy-tadqiqot ishining natijasi asoslanganlik, yangi bilimlar barpo bo‘lishi (yangilanish), tizimlilik mezonlari (talablari)ga javob berishi shart.
о Mushohada uchun savollar

  1. Gnoseologiya nima? Uning ilmiy-tadqiqot faoliyatidagi o‘rni qanday?

  2. Gnoseologiya, fanshunoslik va metodologiya tushunchalarini ta’riflang. Ular o‘rtasidagi nisbat (umumiylik va xususiylik) qanday?

  3. Dunyoqarash tushunchasini tavsiflang.

  4. Dunyoqarashning qanday shakllari mavjud? Ularning o‘xshashligi va farqlari nimalardan iborat?

  5. Falsafiy danyoqarashning ilmiy-tadqiqot metodologiyasini o‘zlashtirishdagi ahamiyati qanday?

  6. Gnoseologiyada fan rivojlanishining qanday asosiy qonuniyatlari mavjud? Ularni tavsiflang.

  7. Bilimning ilmiyligi (yoki g‘ayriilmiyligi) deganda nimani tushunasiz?

  8. Bilimning ilmiyligini baholashning qanday mezonlari mavjud? Ularni tavsiflang.

  9. Ilmiy haqiqat qanday shakllarda namoyon bo‘ladi va tan olinadi?


Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish