O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zbekiston Milliy Universiteti Tarix fakulteti



Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/15
Sana31.12.2021
Hajmi1,31 Mb.
#278476
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
O'roqov Shaxzod kurs ishi

IKKI YOVUZ GIRDOBIDA 

Toʻxtasin Moʻminov oʻzining “Turkiston ikki asr girdobida” kitobida yozishicha, Buxoro 

amiri  Rossiya  bilan  munosabatlarni  mustahkamlash,  shuningdek,  Astraxanda  ruslarga 

qarshi koʻtarilgan isyonda ishtirok etgan va asrga tushgan buxorolik oltin toparlarni ozod 

qilish  maqsadida  Pyotr  birga  qimmatbaho  buyumlar  yuklangan  yuzta  tuya  joʻnatadi. 

Karvonga  toʻpchiboshi  Xonquli  (islom  dinini  qabul  qilgan  rus  asiri  Andrey  Rodikov) 

boshliq etib tayinlanadi. Rossiya imperatori Pyotr I murojaatga rozi boʻlmaydi. Buxorolik 

Ashur (Xonqulining oʻgʻli), Olim Shayxov va Bahodir Toshimov oltin konlarini izlash 

uchun Sibirga surgun qilinadi. 

Ashur  Oʻrol  togʻlarida  katta  oltin  va  kumush  konlarini  topadi.  Olim  Shayxov  ham 

keyinroq  Pyotr  birinchi  tomonidan  Germaniyaga  ana  shunday  vazifa  bilan  –  oltin 

konlarini topish maqsadida joʻnatiladi. U Germaniyada bu borada oʻzini koʻrsatadi. Uzoq 

yillar  Drezden  universitetida  togʻ-kon  ishidan  talabalarga  dars  beradi.  97  yoshgacha 

yashagach,  universitet  bogʻiga  musulmon  ahkomlari  boʻyicha  dafn  etiladi.  Bahodir 

Toshimov  esa  Oʻrol  togʻlarida  bir  necha  kumush  va  qoʻrgʻoshin  konlarini  topadi.  (T. 

Moʻminov, “Turkiston ikki asr girdobida”. Toshkent-2013 yil, 16-17–betlar). 

Shunday  qilib,  Pyotr  birinchi  Turkiston  oʻlkasiga  har  xil  ekspeditsiyalar  joʻnatib, 

Markaziy Osiyodagi oltin konlarining va qazib olinayotgan qimmatbaho metallar hajmini 



33 

 

aniqlashning  uddasidan  chiqolmagan  boʻlsa-da,  nomlari  zikr  etilgan  buxorolik 



mutaxassislarning yordamida oʻz davlatida yangi konlarni kashf etgan. 

Qisqasi,  Rossiyaning  Pyotr  birinchidan  keyingi  hukmdorlarining,  jumladan, 

bolsheviklarning  ham  fikri-xayoli  Amirning  xazinasini  qoʻlga  kiritishga  qaratilgan 

bosqinchilik harakatidan iborat edi. 

Buxoro  Amirining  xazinasi  haqida  koʻp  yozilgan,  ayniqsa,  soʻnggi  yillarda.  Ularda 

tarixchilar  va  boshqa  sohalar  mutaxassislari  ayni  masalaga  oʻzlarining  qarashlarini, 

xazinaning  taqdiri-yu  miqdorini  bayon  etishgan.  Tarixchi  Qahramon  Rajabovning 

fikricha (“Fayzulla Xodjayev”, Tashkent – 2011 g, str 14), 1920 yili xazinaning talon-

taroj qilingan oltin va boshqa qimmatbaho ashyolari hajmi bugungi narxlarda taxminan 

80  milliard  dollardan  kam  emas.  Oʻsha  yillari  bu  boylik,  deb  taʼkidlaydi  muarrix, 

taxminan  77  mln.  tilla  rubl  deb  baholangan.  “Ayrim  maʼlumotlarga  qaraganda,  deb 

yozadi  Nikolay  Kucherskiy,  Buxoro  Amirining  1920  yildagi  oltin  zaxirasi  250  tonna 

boʻlgan”. (N. Kucherskiy, “Zoloto Kziʼlkumov”, Tashkent-2002 g, str 25). 

Biroq bu xazina qayerga va qanday yoʻqolgan? Mangʻit xonlari sulolasining Amirlikdagi 

yuzlab  yillik  hukmronligi  davrida  toʻplangan  boylik,  haqiqatan  ham,  shunchalar  koʻp 

boʻlganmi? Lekin yana xayolga xalqona bir hikmat keladiki, “yoʻqolgan pichoqning sopi 

oltindan”. 

Arxiv materiallarini oʻrganish jarayonida har xil papkalardan joy olgan ishlar (delolar), 

shuningdek, operativ, kuzatish, tergov va boshqa hujjatlar toʻplamlarida saqlanayotgan 

alohida,  “yoʻl-yoʻlakay”  yigʻilgan,  muayyan  vaqt,  joy  va  shaxsga  unchalik  bogʻliq 

boʻlmagan  maʼlumotlarga  ham  duch  keldikki,  shunga  qaramay,  mazkur  epizodlarning 

Buxoro  Amiri  xazinasiga  daxldorligi  bor,  deb  oʻylash  uchun  asos  boʻla  oladi.  Ushbu 

materiallar  umumlashtirilsa,  Buxoro  hukmdorining  boyligi  atrofida  yuzaga  kelgan 

vaziyat  haqida  muayyan  xulosalar  chiqarish  imkonini  beradi.  Ayni  paytda,  xazinaning 

talon-taroj qilinish koʻlamiga yaqin manzara ham namoyon boʻladi. 

Avvalo, xazinaga oid ochiq maʼlumotlarni shunchaki oʻrganib chiqishning oʻzidan ayon 

boʻladiki, saltanatda qancha oltin, brilliant va boshqa qimmatbaho boyliklari boʻlganini, 

hatto  Amirning  oʻzi  ham  bilmagan.  1918  yilda  Rossiyada  amalga  oshirilgan  davlat 

toʻntarishidan keyin “qullar va ochlar dunyosi”ning kurashlari bu oʻlkalarga ham yetib 

kelishini,  shuningdek,  Qoʻqonda  yuz  bergan  qonli  voqealarni  hisobga  olib,  hukmdor 

xazinasida  hisob-kitob  oʻtkazish  va  uni  talon-tarojdan  muhofaza  qilish  lozim  degan 



34 

 

xayollarga borgandir. Ishlari oʻngidan kelsa, mavjud xazinaning muayyan qismini xorijiy 



mamlakatlarning banklariga omonatga qoʻyib, foyda olishni ham oʻylagandir. 

Amirning oʻz xazinasining hajmini aniqlash masalasida ayni qarorga kelishining boshqa 

talqini  ham  bor:  masalan,  Amirni  bunday  qarorga  kelishga,  qushbegi  (Bosh  vazir) 

Nasrullo  undagan  boʻlishi  mumkin.  Qushbegining  boshini  esa  chor  Rossiyasining 

Buxorodagi  siyosiy  agenti  A.  Ya.  Miller  aylantirgan.  (U  1917  yili  Rossiya  muvaqqat 

hukumatining  ham  Buxorodagi  vakili  boʻlgan).  A.  Ya.  Miller  nega  bunday  qilganini 

anglash qiyin emas. 

Darvoqe, tirix kitoblarida oʻz vaqtida “Kolesov fitnasi” (1918 yilning marti) deb atalgan 

voqealardan koʻp oʻtmay, arkoni davlatdagi Buxoro Amirining xazinasiga oid sirlardan 

voqif boʻlgan yagona odam – qushbegi Nasrullo oʻldiriladi. 

Demak, aniq boʻladiki, Amir oʻz xazinasini talon-tarojdan saqlab qola olmagan. 1920 yil 

sentyabr oyining boshida Buxoroni bosib olgan M. Frunze qoʻshinlari komandirlarining 

birinchi qilgan ishi aholiga – “ezilgan xalqqa” – gʻamxoʻrlik koʻrsatish emas, balki Said 

Olimxon tashlab ketgan Arkdan Amirning xazinasini izlab topish boʻlgan. Shunday qilib, 

bosqinchilar  oʻzini  oʻtga-choʻqqa  urib  izlab  topgan  xazinaning  bir  qismi  temir  yoʻl 

vagonlariga (ayrim manbalarga qaraganda – 14, boshqalarida qayd etilishicha – 18 vagon) 

zudlik bilan yuklangan va Markazga joʻnatilgan. 

Buxoro  amirlarining  umumiy  boyligi  –  xazinasining  miqdori  haqida  har  xil  taxminlar 

yuradiki,  qay  biri  haqiqatga  yaqinligini  aytishga  til  ojiz.  Jumladan,  nomi  zikr  etilgan 

“Turkiston ikki asr girdobida” kitobida (Oʻsha kitob, 115-bet) qayd qilinishicha, xazinada 

quyidagicha boylik boʻlgan: 

– 1 mln. 148 ming 380 dona Buxoro tilla tangasi. Qayd etilganki, tangalar 950 probali; 

– 4 mln. 635 ming 100 dona rus tilla tangasi; 

– 17 tonna Gamburg oltini; 

– 62 mln. 834 ming 780 dona Buxoro tilla tangasi. 

Shaxsan Amirga va uning oilasiga 968 karat, yana 8617 karat har xil kiyimlarga qadalgan 

brilliantlar mansub boʻlgan. 

Fikrimcha, bu uzundan-uzoq roʻyxatni davom ettirishga ehtiyoj yoʻq. 




35 

 

Xazinaning  qancha  qismini  M.  Frunze  Moskvaga  olib  ketgani  haqida  aniq  maʼlumot 



yoʻq, zero, hisob-kitob yuritilmagan. Ayni paytda, joʻnatilgan boylik Moskvagacha toʻla 

yetib bormagan. Buni M. Frunzening harbiy eshelonini Moskva shahrida F. Dzerjinskiy 

boshliq  VCHK  (Butunittifoq  Favqulodda  Komissiyasi)  xodimlari  kutib  olganidan  ham 

bilsa  boʻladi.  ChK  Amirning  ayrim  (eng  bebaho)  qimmatbaho  mulki  yoʻlda 

yoʻqolganidan xabar topgan edi. Shaxsan V. Leninning aralashuvi bilan M. Frunze va 

uning  komandirlari  oʻzlarining  boshiga  tushishi  mumkin  boʻlgan  eng  dahshatli  balo-

qazolardan qutulib qolgan. 

Eʼtibor bering, ana shunday sharoitda qurol-yarogʻ (1000 samolyot, 300 ogʻir artilleriya, 

200 bronli avtomobil va hokazo) sotib olish uchun nemislar tomonidan maxsus tashkil 

etilgan “Vogra” harbiy guruhiga 1921 yilning avgustida 2 million rubl miqdoridagi oltin 

toʻlangan.  

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 




36 

 


Download 1,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish