DONISHMAND MALIKANING QAH-QAHASI
“Yaltiragan narsaning hammasi ham oltin emas”, deydi xalqimiz. Lekin tillasi bor
aksariyat odam oʻzini koʻz-koʻz qilgisi kelaverishi bor gap. “Koʻz-koʻz”i uning oʻzini
tutishi, yashash tarzi, dadilligi, ancha-muncha qiyinchilik va muammolarni nazar-pisand
qilmasligida namoyon boʻladiki, hammasi tillaning “quvvati”ga borib taqaladi. Ayni
paytda u “koʻrmaganning koʻrgani qursin” qabilida ish tutib, bosar-tusarini bilmay qolsa,
xasislik va qurumsoqlik botqogʻiga botib ketishi ham mumkin.
Oltinni koʻrganda kaltaroq oʻylaydigan har qanday odamning koʻngli sust ketadi.
Umuman olganda, oltin asl metall. Aslida shundaymi? Uning zamirida nima koʻproq –
ezgulikmi yoki yovuzlik? Oltinning qanday maqsadda kovlab olingani-yu, qoʻlga
kiritilganini bilmasdan turib, bu savolga aniq javob berish mushkul.
Rossiyalik olim L. Gutov oʻzining “Xudojestvennoye lite iz dragotsenniʼx metallov”
(Moskva-1988 g., str. 3-8) kitobida yozadiki, “ibtidoiy odamning metall bilan tanishuvi
yerda yombi shaklda uchraydigan oltin bilan misdan boshlangan…” “Kichik va Oʻrta
Osiyo, shuningdek, Oltoyda 4,5 ming yil burun oltin qazib olingan va qayta ishlangan”.
Bashariyat tarixining barcha davrlarida oltin va tilla taqinchoqlar boylik, dabdaba va
hashamdorlik timsoli boʻlib kelgan. “Iskandar Zulqarnaynning istilochilik yurishlaridan
keyin Yunonistonni oltin bosib ketgan. Ayni paytda Eron shohlari saroylaridagi kabi
dabdaba va mahobatga havas ham kirib kelgan. Rivoyatlarga qaraganda, Iskandar Eron
shohi Doroning xazinasini oʻmarib ketganida oʻn ming tuyaga yuk boʻlgan”.
Yirik oltin konlari va oltin zaxirasiga ega davlat tez rivojlanadiki, buning muhim sharti
oʻsha katta boylikdan, xazinadan toʻgʻri va samarali foydalanishiga borib taqaladi. Misol
uchun, Buxoro xoqonlari yuz yillar mobaynida boylik toʻplagan, boshqacha aytganda,
“oltin bilan brilliantning ustida oʻtirgan”, amirlik xalqi esa qashshoqlik va xor-zorlikda
yashagan. Afsuski, qimmatbaho metallarning koʻpligi boshga balo ham olib keladi. Zero,
oltin bosqinchilik urushlaridan qaytmaydigan dushmanlarning koʻzini oʻynatadi.
Urushqoq saltanatlar uzoq va yaqin davlatlarning boyligini talash uchun yillar mobaynida
vayronkor muharobalar olib borishdan qaytmaganiga tarixda misollar koʻp. Bunday
saltanatlarning hukmdorlari butun-butun mintaqalarning boyliklarini qoʻlga kiritish
imkoniyatlaridan ham oʻzlarini tiyib tura olmagan.
29
“Oltin, mohiyatan qaraganda, yumshoqligi sabab inson uchun eng keraksiz, bir pulga
qimmat metall, biroq uning iblisona sehri zaminni larzaga solib, odamlarning boshiga
taʼriflashga til ojizlik qiladigan koʻrgiliklar keltiradi”. (G. Levitskiy, “Samiʼe bogatiʼe
lyudi Drevnogo mira”, Moskva-2011 g. str. 6).
Buxoro amirligining kechmishi bunga bir misol.
Moʻtabar kitoblarimizda yozilmishki, nafsini tiygan, oʻzini balo-qazolardan asraydi.
“Molparastlik ahli basharning barcha davrlarda oromini oʻgʻrilab kelgan. Pul, oltin va
yana bir doimiy hamroh – hokimiyat vasvasasi manaman degan buyuk shaxslarni ham
oʻz nafsining quliga aylantirib qoʻygan”. “U (forsiylar saltanatiga asos solgan Kir) bosib
olgan Vavilonda donishmand malika – Nitokrisning daxmasi osoyish topgan edi…”
Daxma darvozasining peshtoqiga: “Mendan keyin Vavilonning qay bir podshosi pulga
muhtojlik sezsa, ushbu daxmani ochsin va istaganicha mol-dunyo olsin. Biroq, uni
behuda ochmasin. Aslida, iloji boʻlsa, uni umuman ochmagani maʼqul”, degan soʻzlar
naqsh etilgandi”. (Oʻsha kitob, 5-, 116-betlar.) “Daxmani ochgan Doro undan hech
qanday xazina topolmaydi. Topgani: “Agar sen bunchalar ochkoʻz boʻlmaganingda,
marhumlar ruhini chirqillatib, qabrini oyoq osti qilmagan boʻlarding”, degan bitik
boʻladi. (Oʻsha kitob, 117-bet.)
Misrda 3000 yil ilgari ham oltin qazib olingan. Koʻrib turganingizdek, qadim
zamonlardan odamlar uning qadrlanishini, oltini bor kas jamiyatda munosib mavqega ega
boʻlishini, boshiga kutilmagan kulfat yoki qiyinchilik tushsa, asqotishini yaxshi bilgan.
Tilla “uzuk barcha zeb-ziynatlar ichida eng anʼanaviy va koʻp uchraydiganidir.
Eramizdan uch ming yil ilgari odat tusiga kirgan bu taqinchoq barcha qadimiy
tsivilizatsiyalarga xos. Gerodot Vavilon davlatida muhr oʻyilgan uzuklardan
foydalanilgani haqida yozadi. Qadimiy Yunonistonda greklar faqat bitta muhrli-uzuk
taqib yurishgan va uzuklarni barmoqlariga huda-behuda “qalashtirib tashlaydiganlar”ga
yovvoyilar deb qarashgan. (Oʻsha kitob, 16-bet.)
Turkiston oʻlkasida ham odamlar oltinni yuksak qadrlagan va ham Qizilqum choʻllarida,
ham Zarafshon va oʻarm daryolarining boshlangʻich irmoqlaridan qazib olishgan.
30
Jamiyatning eng quyi boʻgʻini – oilada tillaning mavjudligi ahli odamga qanday taʼsir
qilganini, qanday qadrlanganini aniq misollar orqali koʻrsatib berging keladi. Ayniqsa,
ayollarning unga mehr-eʼtibori gʻoyat balandligining sababi nimada? Balki tilla ular
uchun ham taqinchoq, ham oilaning “qora kuni”ga yarashi mumkin boʻlgan tayanch,
zaxira, himoya vositasidir.
Modomiki, oltin insonning eʼtiborini oʻziga ohanrabo kabi tortar ekan, bandasi ham unga
doim egalik qilishga urinadi. Tillaning borligi yoki yoʻqligining dastidan baʼzan aka-uka,
qarindosh-urugʻ, oilalar boshiga ne bir kulfatlar yogʻilmaydi deysiz. Zotan, oltin oʻz
egasining taqdiriga salbiy ham, ijobiy ham taʼsir etishi mumkin. Bu insonning qanday
ijtimoiy-siyosiy sharoitda yashashiga, tillani qanday niyatda yiqqani-yu sarflaganiga
bogʻliq.
Buxoroda amirlik hokimiyati qulab, bolsheviklar hukmini oʻtkaza boshlagan, hatto
uyidan bitta oltin tanga yoki tilla taqinchoq chiqqan odamning boshiga ne bir savdolar
solinganini yodga olaylik: mazlumning barcha mol-mulki musodara qilinib, barcha oila
aʼzolari hibsga olingan, zindonga tashlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |