O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zbekiston Milliy Universiteti Tarix fakulteti



Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/15
Sana31.12.2021
Hajmi1,31 Mb.
#278476
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
O'roqov Shaxzod kurs ishi

OLTINNI HAM ZANG BOSADI 

Turkistonning  Buxoro,  Samarqand  kabi  yirik  shaharlarida  oʻtgan  asrning  yigirmanchi 

yillarigacha koʻplab mohir va talantli zargarlar ish yuritgan. Ular yasagan taqinchoqlar 

oʻzining jim-jimasi, gullari va rang-barangligi bilan ajralib turgan. 

Zargarlar barcha davrlarda jamiyatning alohida eʼtiborida boʻlgan. “Uygʻonish davrida 

(XV-XVI  asrlarda)  zargarlik  sanʼatining  nufuzi  baland  boʻlganini  shundan  ham  bilish 

mumkinki, oʻsha zamonning eng atoqli allomalari, musavvirlari va meʼmorlari Verokkio, 

Golbeyn, Dyurer kabi zargarlar ustaxonalaridan chiqqan…” (“Xudojestvennoye lite iz 

dragotsenniʼx metallov”. Leningrad-1988 g. str 11). 

Rossiya haqida gap ketganida manbaalarga murojaat qilamiz. “Dastlabki yillarda bunday 

hashamatli  buyumlarni  Parij  yetkazib  bergan,  sababi  Rossiya  oʻarbiy  Yevropa  bilan 

oʻzaro savdo-sotiqni keng yoʻlga qoʻya boshlagan, soʻng zargarlar kirib kelgan… Pyotr I 

zamonida esa amaliy sanʼatning gurkirab rivojlanishi uchun faqat tamal toshi qoʻyilgan. 



31 

 

Harbiy va qurilish ishlari ehtiyojlariga gʻoyat katta hajmda mablagʻ sarflangani sababli, 



shuningdek, oʻzining oltin va kumush konlari boʻlmaganidan bu sanʼatning rivoji toʻxtab 

qolgan. 


60-yillardan keyin SSSRda oltin qazib olish koʻpayishi bilan birga zargarlik buyumlarini 

ishlab chiqarish hajmi ham oshgan. Moskva, Leningrad, Kiyev, Boku, Yerevan, Tbilisi, 

Lvov,  Tallin,  Riga  va  Sverdlovsk  kabi  shaharlarning  zargarlari  kumush  va  oltin 

buyumlarni yasashda yuksak mahorat koʻrsatgan”. (Oʻsha kitob, 35-bet). 

Zargarlik buyumlari bilan qadimdan dong taratgan Toshkent, Samarqand va Buxoro kabi 

shaharlar joylashgan Oʻzbekiston qani? Bu roʻyxatga kiritilmagan. Kira olmas ham edi. 

Chunki,  kimki  bunday  hunar  bilan  shugʻullangan  boʻlsa,  ayniqsa,  oʻz  sulolasiga  ega 

zargarlar,  Sovet  hokimiyatining  dastlabki  yillaridayoq  qatagʻon  qilingan,  boshqacha 

aytganda, oʻz kasbining ustasi boʻlgan mohir zargarlar jismonan yoʻq qilingan. 

O.  A.  Suxarevaning  “Buxara  XIX–nachalo  XX  veka”  kitobida  qayd  etilganidek, 

“zargarlar  va  misgar  ustalar  yuksak  madaniyat  sohiblari  boʻlgan.  Ular  anʼanaviy 

uslublardan  ijodiy  foydalangan  holda  uzoq  va  mashaqqatli  izlanishlari  samarasida 

oʻzlarining yangi va oʻziga xos shakllari va gullarini yaratgan”. Kitobda “ajdodlari zargar 

oʻtgan Qosimjon Miroqov hamda XIX asrning ikkinchi yarmida yashagan buyuk zargar 

Usto Aʼlo” haqida maʼlumotlar keltirilgan. Ayni paytda alohida taʼkidlanadiki, “ular oʻz 

davrining  taniqli  ijodkori  boʻlgan  va  xalqining  maʼnaviy  mulkini,  madaniyatini, 

anʼanalarini boyitishga katta hissa qoʻshgan”. 

Oʻlkamiz zargarlari haqida gap ketganda, yana bir muhim voqea esga tushadi. 1972 yili 

Surxondaryodagi Dalvarzintepa shahristonida umumiy hajmi 36 kilogrammdan ortiq turli 

bezaklar, taqinchoqlar, oltinlar shodasi va boshqa zeb-ziynat buyumlari (jami 115 dona) 

topilgani  dunyoda  katta  shov-shuv  boʻlgan  edi.  Tarixchi  va  qadimshunoslarning 

taʼkidlashicha,  “Dalvarzintepa  xazinasining  eng  qimmatli  jihati,  uning  antik  dunyo 

sanʼati qatorida tutgan muhim oʻrnidir. Zero, milodiy asr boshlarida Kushon, Xorazm, 

Sugʻd kabi qudratli davlatlar, saltanatlar oʻtganki, ular oʻsha davrlarda gullab-yashnagan 

yirik  shaharlari,  mahobatli  qasrlari,  saroylari  bilan  olamga  dong  taratgan.  Shu  bois, 

bugungi  Oʻzbekiston  hududidan  oʻtgan  Buyuk  ipak  yoʻlida  joylashgan  Samarqand, 

Buxoro,  Xiva,  Toshkent,  Shahrisabz,  Termiz,  Qoʻqon  singari  qadimiy  kentlarda 

zargarlik, haykaltaroshlik, kulolchilik va hunarmandchilikning boshqa turlari qadimdan 

gurkirab rivojlangani yana bir bor ayon boʻladi”. (S. Tursunov, T. Pardayev va boshqalar, 

“Surxon vohasi moddiy madaniyati tarixi”, Toshkent-2013,112-bet). 




32 

 

Boshqa  mintaqalardagi  kabi  Turkistonda  ham  zargarlarga  juda  jiddiy  munosabatda 



boʻlingan.  Ayni  paytda,  usta-hunarmandlar  oʻz  nomini  asrab-avaylagan.  Bilganki, 

qalloblik qilsa, holiga voy: “Firibgardan zargar chiqsa, oltinni ham zang bosadi”. 

Turli  arxivlarning  hujjatlarida  oʻtgan  asrning  20-yillaridan  keyin  qatagʻon  qilingan 

zargarlar haqida ayrim  materiallar uchraydi. Saqlanib qolingan  materiallarni oʻrganish 

ishlari tashkil  etilsa va  Turkistonning  xalq  ustalari  –  mohir  zargarlarining pok nomlari 

tiklansa, adolatdan boʻlar edi. 

60-yillargacha  Buxoroda  odamlar  bu  mavzuda  gapirishga  ham  qoʻrqar  edi.  Aholisi 

kambagʻal-qashshoq shaharda zargar ne qilsin! Zeb-ziynat, hasham haqida gap boʻlishi 

mumkinmi? 

  


Download 1,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish