Madaniy kechalar. Kechalar ilm-fan, texnika, madaniyat, san’at yutuqlari, ma’lum bir soha ish tajribalarini ommalashtirish, yosh avlodni vatanparvarlik, dо‘stlik, estetik va ma’naviy ruhda tarbiyalashda keng qо‘llaniladigan shakllardan hisoblanadi.
Kechalarning о‘tkazish rejasi quyidagi shakl va usullarni qamrab oladi:
1. Tantanali qism: tashrif buyurgan mutaxassislarning sо‘zga chiqishlari, mavzu yuzasidan ma’ruza va suhbatlar.
2. Badiiy qism: konsert dasturlari, spektakl va turli tomoshalar.
3. Ommaviy qism: turli xil ommaviy, harakatli va sport о‘yinlari, viktorinalar, asfaltga rasm chizish, musobaqa, kо‘rik-tanlov va boshqalar.
Kechalarning quyidagi turlari mavjud:
Mavzuli kechalar – biror bir mavzu bо‘yicha tayyorlanib о‘tkaziladigan kechalar.
Xayriya kechalari – mehr-muruvvat va turli xil xayriyalar topshirish
maqsadida uyushtiriladigan tadbir.E’zoz kechalari – el-yurt, mehnat, ta’lim muassasalarida о‘z mehnati yoki ijodi bilan hurmatga sazovor bо‘lgan insonlarni e’zozlash. Xotira kechalari – xalqimiz hurmatiga sazovor bо‘lib о‘z faoliyatida ilm-fan, madaniyat, san’at kabi sohalar bо‘yicha muvaffaqiyatlarga erishgan taniqli insonlar xotirasiga bag‘ishlab о‘tkaziladi.
Uchrashuv kechalari – el-yurt hurmatiga sazovor bо‘lgan taniqli insonlar,
adabiyot, san’at namoyandalari, huquq tartibot va tibbiyot xodimlari, turli
mukofotlar sovrindorlari, sport ustalari bilan uchrashuv tadbirlari.
Badiiy-musiqiy kechalar – biror-bir tanlab olingan mavzuni badiiy chiqishlar,
sahna kо‘rinishlari, musiqa, qо‘shiq, raqs va she’riyat kabilar ishtirokida yoritib berish. Askiya va kulgu kechalari – taniqli qiziqchilar, askiyachilar va hajvchilar ishtirokida о‘tkaziladigan kechalar. Harbiy xizmatga kuzatish va kutib olish kechalari – harbiy komissariyat va mahallalar bilan hamkorlikda о‘tkaziladi. Yubiley kechalari – yurtimizdan yetishib chiqqan taniqli insonlar, el-yurt hurmatiga sazovor bо‘lgan kishilar, shuningdek, о‘zining bilim va ijodiy yutuqlari bilan shuhrat qozongan yoshlarimizning yubileylarini о‘tkazish, mamlakatlar, shahar va qishloqlar, turli tashkilot va muassasalarning vujudga kelgan va tashkil qilingan yillarini nishonlash.
Savol-javob kechalari – ma’lum bir mavzuda qatnashchilarni qiziqtirgan
savollarga mutaxassislar tomonidan javob berish va turli xil muloqot kechalari. Bitiruv kechalari – umumta’lim maktabi va boshqa о‘quv yurtlarini bitirishga bag‘ishlab о‘tkaziladigan tadbirlar. Bolalar ertaliklari – maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari va umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflari о‘rtasida о‘tkaziladigan tadbirlar.
Festival va kо‘rik-tanlovlar - badiiy ijodiyot, ayniqsa bolalar va yoshlarda
bо‘lgan ijod va mahoratni ommalashtirishda alohida о‘rin tutuvchi ish shaklidir. Ma’lumki yurtimizda faoliyat kо‘rsatib kelayotgan madaniyat, san’at va xalq ta’limi muassasalarida millionlab bolalar ijodiyotning turli xil yо‘nalishlari bо‘yicha о‘z iqtidorlarini namoyon qilib bormoqdalar. Ularning ijodiy faoliyatiga keng yо‘l ochish, yaqindan yordam kо‘rsatish, yosh iste’dodlarni aniqlash va elga tanitish, ijodiy ishlarini davom ettirish uchun imkoniyat yaratish, ijodiyot maskanlarini texnik va musiqa vositalari, rang-barang liboslar bilan ta’minlash ham zaruratdir. Sо‘nggi yillarda yurtimizda bolalar havaskorligi rivojlanib, о‘z saflarini kengaytirgan holda ijodiyotning texnika, dizayn, kompyuter saytlari grafikasi kabi yangidan-yangi turlari bilan boyib bormoqdalar. Ayniqsa, milliyamaliy san’atimizning kо‘plab yо‘nalishlari bо‘yicha ijod qilayotgan yoshlarning safi kengaymoqda.
Kо‘rgazmalar. Madaniyat va istirohat bog‘larida о‘tkaziladigan kо‘rgazmalar,ilmiy, texnikaviy, tibbiy, badiiy kabi kо‘plab yо‘nalishlar bо‘yicha tashkil qilinib, yoshlar va bolalar uchun ibratli va qiziqarli vositalar qatoriga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |