O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi madaniyat vazirligi o‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti



Download 351 Kb.
bet23/33
Sana31.12.2021
Hajmi351 Kb.
#233750
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   33
Bog'liq
БМИ-Олимхўжаева Мафтуна

Tadbir kompozitsiyasi - asarda sodir bо‘layotgan voqea-hodisalarni bir maqsad sari yetaklovchi g‘oya orqali, dramaturgiya qonuniyatlari asosida bir-biri bilan bog‘lovchi tuzilmadir. Teatrlashtirilgan tadbirlarning kompozitsion tuzilishi prolog (muqaddima), bosh voqea, voqelar rivoji, tugun, qarama-qarshilik, kulminatsiya, final kabi komponentlarni о‘z ichiga oladi. Ba’zi hollarda teatrlashtirilgan tadbirlar, xususan ommaviy bayramlarning kompozitsion tuzilishida tugun, qarama-qarshilik, yechim kabi komponentlar uchramaydi. Chunki bu tadbir tо‘laqonli teatrlashtirilmagan bо‘lib, maqsad va g‘oya asosan qо‘shiq mazmuni va raqs harakatlarida yuzaga chiqariladi.

Mavzu - bu tadbir uchun tanlangan, mahalliy aholini har tamonlama

qiziqtiradigan, barcha voqea-hodisalarni birlashtiruvchi omildir.

G‘oya - bu tadbirda ilgari suriladigan asosiy fikr. Fikrning kuchli va aniqligi

tomoshabinni zeriktirishga qо‘ymaydi. Shuning uchun g‘oyaning oydinlashishi tadbir oxiriga mо‘ljallanishi kerak. Tadbir davomida tomoshabinlar ijtimoiy g‘oya haqida, uning asosiy fikri haqida о‘ylasin, qiziqishi ortsin. Amalda esa kо‘pgina tashkilotchilar g‘oyani tayyor kо‘rinishda, tadbirning boshlanishidayoq berib qо‘yishadi. Bu esa tomoshabinning tadbirga bо‘lgan qiziqishini kamaytiradi, tadbir qiymati pasayadi.



Maqsad-bu tadbirning tomoshabinga “nima demoqchi” ekanligidir. Har bir ssenariy muallifi va rejissyor asar yaratishdan oldin, “men bu orqali tomoshabinga nima demoqchiman?” tariqasida о‘ziga savol bermog‘i va о‘z о‘rnida asar orqali javob qaytarmog‘i lozim. Tadbirga qо‘yilgan maqsad voqealar zanjiri bо‘lib, u voqea harakatlarida rivojlanib boradi.

Prolog- asarning boshlanish qismi bо‘lib tadbir nima haqidaligidan xabar beradi. Tomoshabin diqqatini asosiy voqealarga qaratadi. U kо‘tarinki kayfiyat, gо‘zallik va nafislikni talab qiladi. Bu qismda hujjatli materiallar, filmlardan lavhalar, ta’sirchan vositalardan keng foydalanish mumkin. Prolog nafaqat sahnada balki tadbir о‘tkaziladigan maydonga kirish yо‘lakchalaridan ham boshlanishi mumkin.

Bosh voqea - bu prologdan keyingi kо‘rinish bо‘lib, voqealar rivojini

ta’minlovchi omildir. Bunda tadbirning g‘oya va maqsadiga ozroq bо‘lsada urg‘u beriladi.



Voqealar rivoji - bu tadbir mazmuni va syujetinining murakkablashuviga yordam beruvchi voqealar bо‘lib, ular tugun, qarama-qarshilik, kurash, tо‘qnashuv va qiyinchiliklarni yengish jarayonidir.

Tugun - bu tomoshabinning bevosita fikri va his-tuyg‘usining ma’lum bir jumboqqa qaratilishi. YA’ni asar qahramonlarining kutilmagan voqealarga duch kelishi. Tugun asarda qarama-qarshilikning kuchayishiga, asosiy voqealarning rivojlanishiga turtki bо‘lishi kerak.


Download 351 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish