Qarama-qarshilik - bu tadbir maqsadi va mazmuniga, asardagi qahramonlarning xatti-harakatiga zid bо‘lgan voqeadir. Qarama-qarshilik
qanchalik kuchli bо‘lsa, tomoshabinning tadbirga qiziqishi shunchalik ortadi.
Ommaviy bayram va tomoshalar ssenariysi tomoshabinga kо‘p tomonlama
emotsional ta’sir qilishi bilan birga tomoshabinlarni bayramning faol
ishtirokchisiga aylantirib, tomoshabinni, qahramonlar о‘rtasidagi u yoki bu
qarama-qarshiliklarga bо‘lgan munosabatlari, kechinmalarida birga bо‘lishni talab qilmaydi. Shuning uchun ommaviy bayram va tomoshalar ssenariysida doimo qarama-qarshilikning bо‘lishi talab qilinmaydi. Masalan, «Navrо‘z», «Mehrjon», «Birinchi qadam» bayramlari, xalq sayillari. Bunday bayram va sayillarda teatrlashtirish janrlaridan foydalanilmasa umuman qarama-qarshilik bо‘lmasligi mumkin.
Kulminatsiya - bu tadbirning eng qiziqarli chо‘qqisi demakdir. U о‘z-
о‘zidan yechimga olib keladi. Kulminatsiyani о‘zida ifodalagan epizod tо‘g‘ri va bevosita tomoshabinning fikri, tuyg‘ularini qо‘zg‘ash kuchiga ega bо‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |