II BOB.
OMMAVIY BAYRAMLARNI TASHKIL ETISH ASOSLARI
2.1. Bayramlar – madaniy tadbirlarning oliy shakli
Bayramlar kishilar hayotidagi eng quvonchli, hissiyotli damlar, xushkayfiyat chog‘lar, birdamlik, mehr-oqibat, kelajakka ishonch tuyg‘ularini о‘zida qamrab olgan buyuk bir ijodiy va tashkiliy jarayondir.
Bayramlar о‘z-о‘zidan bayram shakliga kelmaydi, uni tashkil etish kerak.
Kishilar imkoniyatini hisobga olib, zamon talablaridan kelib chiqib, milliylik, urfodat, an’analarga sodiq qolgan holda, mavzu va g‘oya uyg‘unligida tashkil etilgan bayram va tomoshalar yuqori darajada о‘tkazilgan tadbirlardan hisoblanadi. Chunki insonlar bayramlarga madaniy hordiq chiqarish uchun, bо‘sh vaqtini tо‘g‘ri tashkil etish uchun, estetik zavqlanish, kayfiyatini kо‘tarish va boshqa ijobiy hislatlarni jo qilish uchun keladi. Bu esa uning ertangi kundagi amalga oshiradigan ijobiy ishlariga qiziqishini yanada orttirishga, о‘z mehnatidan zavq olishiga, mehnat unumdorligiga erishishiga, oilasi, Vatanni sevishga, ijtimoiy hayotga munosabatini yaxshilik tomonga о‘zgartirishiga olib keladi. Bayramlarni tashkil qilinishining asosiy maqsadi ham ana shunga qaratilgan. Nazariya bilan amaliy ish birlashganda uning uslubiyoti vujudga keladi. Masalan, K.S.Stanislavskiyning olamshumul sistemasi ham aktyorlik va rejissyorlik, teatr san’ati faoliyatidagi amaliy-ijodiy va nazariy jarayonlar sharoitida bunyodga kelgan о‘ziga xos uslubiyotdir. Bayramlarni tashkil etish asoslari ham yuqorida qayd etganimizdek, nazariya hamda amaliy tajribalarning birlashishi natijasida vujudga kelib, ish shakllarini tashkil qilishda foydalaniladigan yо‘l yо‘riqlar va usullarni о‘z ichiga oladi.
Shunday ekan, bayram va tomoshalarni tashkil etishni shu sohaning yetuk
mutaxassislari ijodiy faoliyatlari misolida yoritishni maqsadga muvofiq deb topdik. Maydon tomoshalarida bayram rahbari va bosh rejissyor rahbarligida yuzdan ortiq turli toifa sahnalashtiruvchi ijodkorlar – ommaviy tomoshalar bosh rejissyorlari, bosh baletmeyster, badiiy lavhalar bosh baletmeysterlari, orkestrlar va ansambllar rahbarlari, muvofiqlashtiruvchi rejissyorlar, sahnalashtiruvchi rejissyorlar, shuningdek qator sahnalashtiruvchi baletmeysterlar, rassomlar, suxandonlar, ovoz rejissyorlari, ovoz operatorlari, ijodiy-tashkiliy guruh, liboschilar, pardozlovchilar, texnik ta’minotchilar bayramni tayyorlash va о‘tkazishdek sermashaqqat ishni amalga oshiradilar.
Bayramlarni tashkil etish uchun rejissyor va uning atrofidagi sahnalashtiruvchi, ishchi guruhlarning hamfikrligi, ularning dunyoqarashlarining bir-biriga mos kelishi va bir-birlarini tо‘ldirib borishlari va eng asosiysi bayramning mohiyatini keng xalq ommasiga yetkazib berish masalasidagi ularning hamjihatligi ayniqsa muhimdir. Yuqorida ta’kidlab о‘tganimizdek, har qanday bayramni tо‘g‘ri tashkil etish rejissyorning nuqtai nazari, dunyoqarashi, uning saviyasi va tashkilotchilik qobiliyatining darajasiga bog‘liq. Baxtiyor Sayfullayevning bayramlarga ilmiylik
nuqtai nazardan yondashishi uning muvaffaqiyatlarining shartidir. Toshkentning
2000 yilligiga bag‘ishlangan bayram tomoshasida Leningrad Madaniyat instituti professori, taniqli rejissyor D.M.Genkin sahnalashtirish jarayonlaridan birida u: «Baxtiyor Sayfullayevdagi ilmiylik va milliylikka e’tibor bizni ishimizni osonlashtiradi», – deb tan olgan edi. Darhaqiqat, ushbu fazilat har bir rejissyorning asosiy quroli bо‘lmog‘i lozim. Rejissyor Baxtiyor Sayfullayev О‘zbekistonga birinchilardan bо‘lib bayramlar nazariyasi va ularni tashkil etishning ilmiy asoslarini olib kirgan ilk mutaxassislardan hisoblanadi. Uning barcha sahnalashtirgan bayram va tomoshalaridan aniqlik, masshtablilik, milliylik, eng asosiysi ilmiylik ufurib turadi.
Yuqorida qayd etib о‘tganimizdek, bayramlar tо‘g‘risidagi ta’limot bilan «Eortologiya» – (grekcha «eorto» bayram va «logos» о‘rganish) shug‘ullanadi, ya’ni eortologiya - bayramlar tо‘g‘risidagi fandir.
Bayram yoki tomoshani tashkil etishda bitta rejissyorning о‘zi muvaffaqiyatga erisha olmaydi. Tashkilotchi – rejissyorning asosiy vazifasi shundan iboratki, u о‘z atrofiga fikri teran, dunyoqarashi keng, о‘z sohasini yaxshi biladigan, о‘z ishiga ma’suliyat bilan qaraydigan, rejissyorning fikri, g‘oyasi, oliy maqsadi, nuqtai nazarini bir qarashda ilg‘ab oladigan, tushunadigan ijodkorlar ansamblini yig‘ib olishi kerak.
Xonandani zо‘r ovozi bо‘lgani bilan uning yonida musiqachilari
kо‘ngildagidek yaxshi chalib bermasalar, u muvaffaqiyatga erisha olmaydi.
Rejissyorlik faoliyatda ham xuddi shunday ahvol rо‘y berishi mumkin.
Madaniy tadbirlarning shakllaridan biri bо‘lmish bayramlar tо‘g‘risidagi
bilimlar uning nazariya va amaliyot uyg‘unligida, boy tajribalarni ijodiy
umumlashtirish asosida vujudga keldi. Shunday ekan biz «bayram», «tomosha», «tadbir» tushunchalarini bir-biridan ajratib olishimiz zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |