Ma’ruza va suhbatlar. Yoshlar bilan о‘tkaziladigan og‘zaki suhbatlar о‘z
xususiyatlari bilan ajralib turadi. Suhbat о‘tkazayotgan ma’ruzachi о‘z tinglovchilari bilan uzluksiz bog‘lanib, yaqin munosabatda bо‘ladi. Tinglovchilarning yoshlari va qiziqishlariga qarab, zarur masalalarni muhokama qilishda ularni ham bevosita jalb etadi. Ma’ruzachi о‘zi bayon etayotgan mavzuni ta’sirchan va tushunarli bо‘lishi uchun harakat qiladi. Tarbiyaviy, ilmiy, ma’naviyma’rifiy, huquqiy, tibbiy, ekologiya kabi yо‘nalishlar bо‘yicha suhbat, savoljavoblar bolalarning bilim darajasi, dunyoqarashi va turli sohalar bо‘yicha savodini oshirishda о‘z maxsulini bermay qolmaydi. Xulosa о‘rnida shuni aytish mumkinki, jamoat tashkilotlari tomnidan amalga oshiriladigan ijtimoiy loyihalar, madaniy tadbirlar yoshlarimizning jamiyatdagi о‘z о‘rnini aniqlab olishiga va о‘ziga munosib о‘rin topishiga, о‘z manfaat va maqsadmuddaolarini shakllantirishiga hamda ongli, mustaqil pozitsiyaga ega fuqarolar bо‘lib voyaga yetishiga ijobiy turtki bо‘ladi. Ixtiyoriy, о‘zining faolligidan kelib chiqib bunday jarayonlarda ishtirok etish har bir yosh yigit-qizga о‘z qobiliyat va salohiyatlarini tо‘la namoyish etish bilan birga, jamiyatga ijobiy ta’sir etish imkonini ham yaratadi. Jamiyatning demokratlashuv darajasi nodavlat notijorat tashkilotlarning soni bilan belgilanmaydi va aksincha, ularning samarali
faoliyatigina yoshlar ijtimoiy faolligini oshirishga, jamiyatdagi mavqeini
mustahkamlashga va ularda fuqarolik jamiyati kо‘nikmalari hosil bо‘lishiga xizmat qilishi mumkin.
Ushbu mavzudan ma’lum bо‘lib turibdiki, О‘zbekistonda madaniy tadbirlar
muntazam ravishda davlat darajasija tashkil etilib, insonlarga ma’naviy ozuqa
berish, ularni ma’rifat bilan qurollantirish, bо‘sh vaqtlarni tо‘g‘ri tashkil etish kabi muhim vazifalarni bajarib kelinayotganligidan dalolat bermoqda.
Madaniy tadbirlar nafaqat keng masshtabda, balki tor doira atrofida ham
tashkil etilishi mumkin. Masalan, yotoqxonada istiqomat qiluvchi “Madaniyat va san’at muassasalrini tashkil qilish va boshqarish” bо‘limi talaba qizlari bilan “Qizlar odobi bilan gо‘zal” mavzusida davra suhbatini tashkil etish mumkin. Ushbu bо‘limda 7ta yoki kо‘pi bilan 10ta talaba qiz yotoqxonada (TTJ) da istiqomat qilishi mumkin. Ammo, tadbirlarni tashkil etishda uning tor yoki keng masshtabda tashkil etilishi muhim emas. Muhimi, insonlarga о‘zlari uchun kerakli ma’lumotni olishlari, tadbirdan tо`g`ri xulosa chiqarishlari, vaqtini foydali mashg‘ulotlarga sarf qilishlari va boshqa ijobiy, tarbiyaviy, ta’limiy jarayonlarda faol ishtiroki, ertangi kelajak uchun qayg‘urishlari, Vatanni sevish, mustaqillikni qadriga yetish, ota-onaga nisbatan mehr-muruvvatli bо‘lish, ustozlarni, yon atrofdagilarga hurmatda bо‘lish kabi fazilatlarni qalbiga joylashtirishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |