MARKAZIY OSIYO DAVLATLARINING DUNYO GEOSIYOSIY JARAYONLARIDA TUTGAN O`RNI VA SALOHIYATI.
Reja:
1. O`zbekistonning Osiyo va dunyo siyosiy xaritasida tutgan o`rni va ahamiyati.
2. Qozog`istonning dunyo siyosiy xaritasida tutgan o`rni.
3. Qirg`izistonning dunyo siyosatidagi geosiyosiy o`rni.
4. Tojikistonning dunyo siyosiy xaritasida tutgan o`rni va ahamiyati.
5. Turkmanistonning geosiyosiy holatiga izoh.
O`zbekistonning Osiyo va dunyo siyosiy xaritasida tutgan o`rni va ahamiyati.
O`zbekistonning Markaziy Osiyodagi yuksak mavqEi va ahamiyati sub’ektiv baholar bilan bElgilanmaydi, balki stratEgik xususiyatlarga ega bo`lgan ob’ektiv omillarga asoslanadi.
Birinchidan, O`zbekiston - mintaqadagi eng ko`p aholi yashaydigan davlat. Bu Erda qariyb 27 million kishi istiqomat qiladi. Bu Markaziy Osiyoning barcha sobiq sovEt respublikalari aholisidan ozgina kamroqdir. Bu holat mintaqada O`zbekistonning demografik ulushi ancha katta ekanligini anglatadi.
Mintaqaning qolgan barcha olti mamlakatidan farqli o`laroq, O`zbekiston bir xil gomogEn aholi tarkibiga ega. Bu Erda aholining 85 % ni titul millat vakillari tashkil etadi. Bu o`tish davri sharoitida ichki hamjihatlikni ta’minlashning muhim omilidir.
Umuman olganda, o`zbEklar Markaziy Osiyodagi eng ko`p sonli millat hisoblanadi. O`zbekistondan tashqarida Etti milionga yaqin o`zbEk yashaydi. Shulardan uch yarim milioni Maraziy Osiyoning sobiq sovEt respublikalarida istiqomat qiladi. Bu mamlakatlarning har biri o`zbEklar g`uj bo`lib yashaydigan muayyan hududlarga ega. Tojikistonda aholining 25 %, Qirg`izistonda – 15 %, Turkmanistonda – 10 %, Qozog`istonda – 3 % ga yaqinini o`zbEklar tashkil etadi. Turli baholashlarga ko`ra, Afg`onistonda 2-2,5 million o`zbEk yashaydi.
Ikkinchidan, O`zbekiston, Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlaridan farqli o`laroq, jahon miqyosidagi yoki mintaqaviy yirik davlatlarning birontasi bilan ham bEvosita chegaradosh emas. Geosiyosiy nuqtai-nazardan bu, shubhasiz, muhim ustunlikdir. Boshqa tomondan, O`zbekiston mintaqaning bEsh mamlakati bilan umumiy chegaraga ega bo`lgan yagona davlat hisoblanadi. O`zbekiston Markaziy Osiyoning o`rtasida, qoq markazida joylashganligi aynan shu holat bilan bElgilanadi.
Uchinchidan, Markaziy Osiyoda qachondir mavjud bo`lgan va davlatchilik, fan, madaniyatning rivojlanishida sEzilarli iz qoldirgan barcha asosiy davlat tuzilmalarining poytaxtlari hozirgi O`zbekiston hududida joylashgan. Samarqand, Buxoro, Xiva, Qo`qon va ToshkEnt madaniyatlarining sivilizatsion ta’siri o`tmishda mamlakat hududidan tashqarida ham juda kuchli bo`lgan. Bu shaharlar asrlar davomida Markaziy Osiyoda va Evroosiyoning boshqa hududlarida islom ta’limoti, ilohiyoti va diniy rahbariyatining markazlari bo`lib kelgan.
Nihoyat, O`zbekiston mintaqada eng rivojlangan iqtisodiy salohiyat, kommunikatsiyalar infratuzilmasi va malakali mEhnat tuzilmalariga ega. U shuningdEk tabiiy resurslarga boy o`lkadir. Bu resurslarning aksariyati o`z ko`rsatkichlariga ko`ra bEtakrordir. EkspErtlarning ma’lumotlariga ko`ra, O`zbekistonda 50 nomdagi minEral resurslar qazib olinadi. Ularning baholangan qiymati 3,3 trillion AQSH dollarini tashkil etadi. Mamlakat oltin ishlab chiqarish bo`yicha jahonda oldingi o`rinlarda (qazib olish bo`yicha Ettinchi va zahirasi bo`yicha to`rtinchi o`rinda) turadi. Oltinning balans zahiralari 5,3 ming tonnani tashkil etadi. O`zbekiston mis va uran ishlab chiqarish bo`yicha jahonning pEshqadam o`n mamlakati qatoriga kiradi.
Mamlakat ancha katta enErgEtik salohiyatga ega. Mutaxassislarning fikricha, tEkshirilgan tabiiy gaz zahiralari mamlakat ehtiyojlarini 30 yilga, nEft zahiralari esa 25 yilga qoplaydi. O`zbekiston hududida umumiy zahiralari to`rt milliard tonnadan ko`proq bo`lgan 160 dan ortiq nEft konlari mavjud. Tabiiy gaz zahiralari esa 5,5 trillion kubomEtrni tashkil etadi. Aniqlangan ko`mir zahiralarining umumiy miqdori 2 milliard tonnadan ortiq.
O`zbekiston paxta etishtirish bo`yicha jahonda oldingi o`rinlardan birini egallaydi. Ushbu stratEgik xom-ashyoni eksport qilishda O`zbekiston AQSH dan Keyin ikkinchi o`rinda turadi.
O`zbekistonning mintaqadagi rolini tahlil qilaturib PrEzidEnt I.A.Karimov uning dunyodagi eng boy mamlakatlar safiga kirishi bu erdagi qulay iqlim, nihoyatda katta minEral xom-ashyo resurslari, stratEgik matEriallar va qishloq xo`jalik xom-ashyosining katta zahiralari mavjudligi bilan bog`liq deb ta’kidlagan edi. «Markaziy Osiyoda jo`g`rofiy – siyosiy jihatdan markaziy o`rin tutgan O`zbekiston, - deb yozgan edi u, - kuchlar tEngligi va muvozanatini ta’minlash, stratEgik muhim bo`lgan ushbu mintaqada hamkorlikka mustahkam zamin yaratish jarayonida sEzilarli rol o`ynash uchun hamma imkoniyatlarga ega».
Ko`rsatilgan omillar majmui O`zbekistonning mintaqadagi nafaqat mavqEini, balki markaziy Osiyodagi holat uchun uning alohida mas’uliyatini ham bElgilaydi.
Yuqorida zikr etilgan demografik, geosiyosiy va gEoiqtisodiy omillarga ko`ra, bu mamlakat mintaqadagi har bir davlat va butun Markaziy Osiyo barqaror rivojlanishidan ko`proq darajada manfaatdordir. Ko`p jihatli mintaqaviy hamkorlikning muvaffaqiyatli rivojlanishi avvalo O`zbEksiton manfaatlariga mos keladi. Ayni paytda, aynan O`zbekiston o`z o`rni va mavqEiga ko`ra Markaziy Osiyodagi intEgratsiya jarayonlarining borishiga hammadan ko`proq ta’sir ko`rsatishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |