Markaziy osiyo davlatlarining dunyo geosiyosiy jarayonlarida tutgan o`rni va salohiyati


Qirg`izistonning dunyo siyosatidagi geosiyosiy o`rni



Download 61,48 Kb.
bet3/5
Sana08.07.2022
Hajmi61,48 Kb.
#758682
1   2   3   4   5
Bog'liq
MARKAZIY OSIYO DAVLATLARINING DUNYO GEOSIYOSIY JARAYONLARIDA TUTGAN O

Qirg`izistonning dunyo siyosatidagi geosiyosiy o`rni.
Asosan tog`li mamlakat hisoblangan Qirg`izistonda 5 milliondan ortiq aholi yashaydi. Ulardan tashqari eng yirik milliy guruhlar asosan janubda yashaydigan o`zbEklar (15%) va mamlakat shimolida yashaydigan ruslar (9%) dir. Demografik omillar, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning o`ziga xos xususiyatlari ta’sirida Qirg`iziston siyosiy jihatdan o`zaro raqobatlashuvchi ikki mintaqaga bo`linganligini ko`rish mumkin. Bular: nisbatan rivojlangan sanoat va ruslashgan aholiga ega shimol hamda asosan qishloq xo`jaligi bilan shug`ullanadigan turmush tarzi an’anaviyroq bo`lgan, geografik jihatdan Farg`ona vodiysining tarkibiy qismi hisoblangan janub. Qirg`iz xalqi ko`chmanchi xalqlar toifasiga mansub. O`zining ko`p asrlik tarixi mobaynida u hozirgi Mo`g`ulistonning shimoli-sharqiy hududlaridan Sibirga, EnisEy daryosi atrofiga ko`chib keldi va XV-XVI asrlardagina hozirgi Qirg`iziston hududiga kelib joylashdi. Qo`qon xonligi nazorati ostida bo`lgan qirg`izlar uning taqdirini baham ko`rdilar va 1876 yilda Chor Rossiyasi tomonidan bosib olindilar. An’anaviy turmush tarzining buzulishiga qarshi bo`lgan qirg`izlar milliy ozodlik harakatida, bir qancha qo`zg`olonlarda ishtirok etdilar. Qirg`izlarning bir qismi Afg`oniston va Xitoyning tog`li hududlariga bosh olib ketdi. Qirg`izistonning mustaqillikka erishishi uning Ittifoq ichki xo`jalik komplEksiga butkul bog`liq bo`lgan iqtisodiyoti uchun jiddiy sinov bo`ldi. Bozorlar va ta’minotchilarning yo`qolishi, salmoqli nEft va gaz zahiralari, jahon bozorida raqobatbardosh mahsulotlarning yo`qligi ishlab chiqarish hajmlari tushib ketishiga olib keldi. 90-yillarning boshida Qirg`iziston o`z iqtisodiy ko`rsatkichlari jihatidan sobiq SSJI mamlakatlari orasida, urush natijasida vayron bo`lgan Armaniston, Ozarbayjon va Tojikistonni hisobga olmaganda, oxirgi o`rinda edi. Mamlakat sanoat ishlab chiqarishining 45% ni tashkil etuvchi Qumtor oltin koni mamlakat valyuta tushumlarining yagona ichki manbaiga aylanib qoldi.
Shu sharoitda mamlakat rahbariyati liberal islohotlar yo`lini tanlash va Xalqaro valyuta fondi siyosatini olib borishga qaror qildi. Tashqi kuchlar, shu jumladan xorijiy nohukumat tashkilotlar mamlakatdagi ijtimoiy va siyosiy jarayonlarga kuchli ta’sir ko`rsatishga qodir bo`ldilar. 1998 yilda Qirg`iziston sobiq Ittifoq hududidagi mamlakatlar orasida birinchilardan bo`lib Jahon savdo tashkilotiga qabul qilindi.
LEkin, qirg`izistonlik bir qancha ekspErtlarning tan olishicha, tashqi savdoning erkinlashtirilishi natijasida nisbatan raqobatbardosh bo`lgan chEt el mahsulotlariga yo`l ochildi va mahalliy sanoat kuchli zarba ostida qoldi. Mamlakatda ishsizlik darajasi juda yuqori bo`lib qolayotir. Korrupsiya mamlakatning eng kEskin muammolaridan biriga aylandi. Ushbu illat ko`lamining kEngayishi natijasida hukumat 2004 yilda maxsus korrupsiyaga qarshi kurash dasturini qabul qilishga majbur bo`ldi. Davlat hokimiyatining zaiflashuvi shunga olib keldiki, asosiy narkomarshrutlar Qirg`iziston hududidan o`ta boshladi.
Titul millat qirg`izlar mamlakatda yashaydigan xalqlar orasida eng kam ta’minlangan guruhga aylanib qolganligi ham ijtimoiy vaziyatga o`z ta’sirini ko`rsatdi. Osiyo taraqqiyot bankining ma’lumotlariga ko`ra, YaIM ko`rsatkichi aholi jon boshiga 330 dollarni tashkil etuvchi Qirg`iziston jahonning eng qashshoq mamlakatlari qatoriga kiradi.
Yuqorida ko`rsatilgan omillar shunga olib keldiki, 2005 yil martda kEskin siyosiy va iqtisodiy tanglik sharoitida PrEzidEnt A.AkaEv hokimiyati emirildi. Yangi rahbariyatga kEskin ijtimoiy-iqtisodiy muammolar mEros bo`lib o`tdi. Bugungi kunda uning vazifasi ayrim tadqiqotchilarning fikrlariga zid o`laroq Qirg`iziston yangi mustaqil rivojlanish istiqbollariga ega bo`lmagan layoqatsiz davlat emasligini isbotlashdan iborat.

Download 61,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish