O`zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta Maxsus Ta`lim Vazirligi O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni Saqlash Vazirligi Sobir Rahimov Tibbiyot Kolleji «Kimyo–Biologiya»


Uretan–karbamin kislota etil efiri, tibbiyotda uyqu dorisi sifatida ishlatiladi.  Mochevina



Download 1,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/31
Sana16.10.2019
Hajmi1,92 Mb.
#23662
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   31
Bog'liq
word2pdf-android-5191560499777878


Uretan–karbamin kislota etil efiri, tibbiyotda uyqu dorisi sifatida ishlatiladi. 
Mochevina–suvda yaxshi eriydigan oq kristall modda.  
 
Ureid  kislotalar–molekulasida  mochevina  qoldig`i  karbon  kislota 
radikalidagi vodorod atomi bilan o`rin almashingan hosila. 
 
Kislota  ureidlari–molekulasida  mochevina  qoldig`i  karbon  kislota 
karboksilidagi gidroksil guruhi bilan o`rin almashingan hosila. 
Bromizoval–α–bromizovalerian  kislota  ureidi,  tibbiyotda  uyqu  dorisi 
sifatida ishlatiladi. 
Guanidin–mochevinaning  yana  bir  hosilasi  bo`lib,  kislorod  atomi 
iminoguruhga almashingan mochevina. 
Takrorlash uchun savol va masalalar. 
1. Karbonat kislota amidlari deb qanday turdagi organik birikmalarga aytiladi, ular 
qanday umumiy formula bilan ifodalanadi? 

 
198 
2. Karbamin kislota qanday formulaga ega va qanday maqsadda qo`llaniladi? 
3. Mochevina qanday formulaga ega va qanday maqsadda qo`llaniladi? 
4. Mochevina sanoatda qanday usul yordamida olinadi? 
5. Mochevina qanday fizik–kimyoviy xossalarni namoyon qiladi? 
6.  Mochevinaga  simob  oksid  ta`sir  ettirilganda  qanday  modda  hosil  bo`ladi, 
reaksiya tenglamasini yozing. 
7.  Mochevinaga  vodorod  xlorid  ta`sir  ettirilganda  qanday  modda  hosil  bo`ladi, 
reaksiya tenglamasini yozing. 
8. Mochevinaga natriy gipobromid ta`sir ettirilganda qanday modda hosil bo`ladi, 
reaksiya tenglamasini yozing. 
9. Mochevinaning qanday hosilalari tibbiyotda dori moddalari sifatida qo`llaniladi? 
Mavzuga oid adabiyotlar. 
1.  G.  P.  Xomchenko.  «Kimyo»,  Oliy  o`quv  yurtlariga  kiruvchilar  uchun. 
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2007.  
2.  A.  G.  Muftaxov,  H.  T.  Omonov,  R.  O.  Mirzayev.  «Umumiy  kimyo», 
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2002. 
3.  M.  M.  Abdulxayeva,  O`.  M.  Mardonov.  «Kimyo»,  Toshkent, 
«O`zbekiston» nashriyoti, 2002. 
4.  A.  A.  Abdusamatov,  R.  Mirzayev,  R.  Ziyayev.  «Organik  kimyo», 
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2002. 
5.  I.  M.  Primuhamedov.  «Organik  ximiya»,  Toshkent,  «Meditsina» 
nashriyoti, 1987. 
6.  S.  I.  Iskandarov,  A.  A.  Abdusamatov,  R.  A.  Shoymardonov.  «Organik 
ximiya», Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 1979. 
7.  O.  S.  Sodiqov,  O.  Y.  Yo`ldoshev,  K.  S.  Sultonov.  «Organik  ximiya», 
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 1971. 
 
40–Mavzu: Gidroksikislotalar, ularning klassifikatsiyasi va xossalari. 
 
Reja: 
1. Gidroksikislotalar va ularning turlarini; 

 
199 
2. Gidroksikislotalarning izomeriyasi va nomenklaturasini; 
3. Gidroksikislotalarning olinish usullarini. 
 
Yangi darsning bayoni. 
 
Karbon  kislotalar  radikalidagi  bir  yoki  bir  nechta  vodorod  atomlari  o`rnini 
bir  yoki  bir  nechta  gidroksil  guruhlar  almashinishi  hisobiga  hosil  bo`ladigan 
karbon  kislotalar  hosilalari  gidroksikislotalar  yoki  oksikislotalar  deb  ataladi. 
Ularning  umumiy  formulasi  (HO)
n
–R–(COOH)
n
  formula  bilan  ifodalanadi. 
Oksikislotalar  molekulasi  tarkibidagi  karboksil  guruhlar  soniga  qarab  bir  asosli, 
ikki  asosli,  uch  asosli  oksikislotalarga,  gidroksil  guruhlar  soniga  qarab  esa  bir 
atomli, ikki atomli, uch atomli oksikislotalarga bo`linadi. Masalan:  
CH
2
OH–COOH                    HOOC–CHOH–COOH 
                           glikol kislota                                vino kislota 
           bir asosli, bir atomli oksikislota    ikki asosli, bir atomli oksikislota 
H O O C
C H
2
C
O H
C O O H
C H
2
C O O H
 
                                                        limon kislota 
                                         uch asosli, bir atomli oksikislota 
 
Karbon  kislotalar  radikalidagi  bitta  vodorod  atomi  o`rnini  bitta  karboksil 
guruhi  almashinishi  hisobiga  hosil  bo`ladigan  oksikislotalar  bir  asosli 
oksikislotalar  deb  ataladi.  Ularning  umumiy  formulasi  HO–R–COOH  formula 
bilan ifodalanadi. 
Karbon kislotalar  radikalidagi  ikkita vodorod  atomi  o`rnini  ikkita  karboksil 
guruhi  almashinishi  hisobiga  hosil  bo`ladigan  oksikislotalar  ikki  asosli 
oksikislotalar  deb  ataladi.  Ularning  umumiy  formulasi  (HO)
n
–R–(COOH)
2
 
formula bilan ifodalanadi. 
Karbon  kislotalar  radikalidagi  uchta  vodorod  atomi  o`rnini  uchta  karboksil 
guruhi  almashinishi  hisobiga  hosil  bo`ladigan  oksikislotalar  uch  asosli 

 
200 
oksikislotalar  deb  ataladi.  Ularning  umumiy  formulasi  (HO)
n
–R–(COOH)
3
 
formula bilan ifodalanadi. 
Nomenklaturasi va izomeriyasi. Oksikislotalar asosan trivial nomlar bilan 
ataladi.  Masalan,  molekulasi  tarkibida  uchta  uglerod  atomi  tutgan  bir  asosli 
oksikislota  CH
3
–CHOH–COOH birinchi marta sutda topilgani uchun  sut kislota, 
to`rtta  uglerod  atomi  tutgan  ikki  asosli  oksikislota  HOOC–CHOH–CH
2
–COOH 
birinchi  marta  olmada  topilgani  uchun  olma  kislota,  oltita  uglerod  atomi  tutgan 
uch  asosli  oksikislota  HOOC–CH
2
–C(OH)(COOH)–CH
2
–COOH  birinchi  marta 
limonda topilgani uchun limon kislota,  deb ataladi.  
 
Oksikislotalarni  ratsional  nomenklatura  bilan  nomlashda  karboksildan 
keyingi  uglerod  atomlari  grek  harflari  bilan  belgilanadi,  gidroksil  guruhining 
joylashgan  o`rni  ko`rsatiladi  va  kislota  nomiga  oksi–  old  qo`shimchasi  qo`shib 
nomlanadi. Masalan: 
                 β      α                                                             β       α         
CH
3
–CHOH–COOH                              HO–CH
2
–CH
2
–COOH 
                α–oksipropion kislota                              β–oksipropion kislota 
 
Oksikislotalarni  xalqaro  nomenklatura  bo`yicha  nomlashda  uglevodorod 
zanjiri  karboksil  guruhidan  boshlab  raqamlar  bilan  belgilanadi,  gidroksil  tutgan 
uglerod atomi raqami ko`rsatiladi, kislota nomiga  oksi– old qo`shimchasi qo`shib 
nomlanadi. Masalan: 
                 3      2            1                                               3       2       1 
CH
3
–CHOH–COOH                              HO–CH
2
–CH
2
–COOH 
                 2–oksipropan kislota                               3–oksipropan kislota 
Oksikislotalarning  izomeriyasi  uglerod  zanjirining  izomeriyasiga  hamda 
molekulada  gidroksil  guruhining  karboksil  guruhiga  nisbatan  joylashgan  o`rniga 
bog`liq  bo`ladi.  Buni  moy  va  izomoy  kislotalar  asosida  olinadigan  oksikislotalar 
misolida yaqqol ko`rsatish mumkin: 
CH
3
–CH
2
–CH
2
–COOH                              CH
3
–CH
2
–CHOH–COOH 
                    moy kislota                                                α–oksimoy kislota 
CH
3
–CHOH–CH
2
–COOH                              HO–CH
2
–CH
2
–CHOH–COOH 

 
201 
            β–oksimoy kislota                                               γ–oksimoy kislota 
C H
3
C H
C H
3
C O O H
 
Izomoy kislota 
C H
3
C
C H
3
C O O H
O H
H O
C H
2
C H
C H
3
C O O H
 
                  α–oksiizomoy kislota                       β–oksiizomoy kislota  
 
Oksimoy  kislota  izomerlari  molekulada  gidroksil  guruhining  joylashgan 
o`rniga,  oksiizomoy  kislota  izomerlari  esa  zanjirning  tarmoqlanganligiga  bog`liq 
bo`ladi. 
 
Ko`pchilik  oksikislotalar  molekulasida  asimmetrik  uglerod  atomi  borligi 
tufayli ularda fazo izomeriyasining alohida bir turi optik yoki ko`zgu izomeriyasi 
mavjud bo`ladi. Masalan: 
H
C
OH
COOH
CH
3
HO
C
H
COOH
CH
3
 
                                    sut kislota                       go`sht–sut kislota 
                                D (–) sut kislota                   L (+) sut kislota 
 
Olinish  usullari.  Sanoatda  oksikislotalar  biosintez  yo`li  bilan  hamda 
maxsus sintetik usullar bilan olinadi. Ular quyidagilardan iborat: 
1.  Monosaxaridlarni  maxsus  mikroorganizmlar  ishtirokida  bijg`itish  yo`li 
bilan sut kislota olinadi: 
C
6
H
12
O
6
 → 2CH
3
–CHOH–COOH 
 
2. Molekulasida kamida bitta birlamchi spirt guruhi (–CH
2
–OH) tutgan ikki 
atomli spirtlarni oksidlash usuli: 
H O
C H
2
C H
2
O H
-
H
2
H O
C H
2
C
O
H
O
+
H O
C H
2
C O O H
 

 
202 
 
3.  Karbon  kislotalar  galogenli  hosilalaridagi  galogen  atomini  gidroksil 
guruhiga almashtirish usuli: 
Cl–CH
2
–COOH + HOH → HO–CH
2
–COOH + HCl 
 
4.  Aldegid  va  ketonlarga  sianid  kislota  ta`sir  ettirish  hamda  hosil  bo`lgan 
oksinitrillarni gidrolizlash usuli: 
R
C
O
H
+
H C N
R
C H
O H
C N
+
2HOH
R
C H
O H
C O O H
+
N H
3
 
R
C O
R
+
H C N
R
C
O H
C N
R
+
2HOH
R
C
O H
C O O H
R
+
N H
3
 
Mavzuga oid tayanch iboralar. 
Gidroksikislotalar  yoki  oksikislotalar–karbon  kislotalar  radikalidagi  bir 
yoki  bir  nechta  vodorod  atomlari  o`rnini  bir  yoki  bir  nechta  gidroksil  guruhlar 
almashinishi hisobiga hosil bo`ladigan karbon kislotalar hosilalari. 
Bir asosli oksikislotalar–karbon kislotalar radikalidagi bitta vodorod atomi 
o`rnini bitta karboksil guruhi almashinishi hisobiga hosil bo`ladigan oksikislotalar. 
Ikki  asosli  oksikislotalar–karbon  kislotalar  radikalidagi  ikkita  vodorod 
atomi  o`rnini  ikkita  karboksil  guruhi  almashinishi  hisobiga  hosil  bo`ladigan 
oksikislotalar.  
Uch  asosli  oksikislotalar–karbon  kislotalar  radikalidagi  uchta  vodorod 
atomi  o`rnini  uchta  karboksil  guruhi  almashinishi  hisobiga  hosil  bo`ladigan 
oksikislotalar. 
Optik  yoki  ko`zgu  izomeriyasi–ko`pchilik  oksikislotalar  molekulasida 
asimmetrik  uglerod  atomi  borligi  tufayli  uchraydigan  fazoviy  izomeriyaning 
alohida bir turi.  
Takrorlash uchun savol va masalalar. 
1.  Qanday  organik  birikmalar  oksikislotalar  deb  ataladi,  ular  karboksil  guruhlar 
soniga qarab qanday turdagi oksikislotalarga bo`linadi? 
2.  Oksikislotalar  gidroksil  guruhlar  soniga  qarab  qanday  turdagi  oksikislotalarga 
bo`linadi? 

 
203 
3. Bir asosli oksikislotalar deb ataladi qanday turdagi oksikislotalarga aytiladi? 
4. Ikki asosli oksikislotalar deb ataladi qanday turdagi oksikislotalarga aytiladi? 
5. Uch asosli oksikislotalar deb ataladi qanday turdagi oksikislotalarga aytiladi? 
6. Bir atomli oksikislotalar deb ataladi qanday turdagi oksikislotalarga aytiladi? 
7. Ikki atomli oksikislotalar deb ataladi qanday turdagi oksikislotalarga aytiladi? 
8. Uch atomli oksikislotalar deb ataladi qanday turdagi oksikislotalarga aytiladi? 
9. Oksikislotalar ratsional nomenklatura bo`yicha qanday nomlanadi? 
10. Oksikislotalar xalqaro nomenklatura bo`yicha qanday nomlanadi? 
11. Oksikislotalar molekulalarida qanday izomeriya turlari mavjud bo`ladi? 
12. Oksikislotalar qanday usullar bilan olinadi? 
Mavzuga oid adabiyotlar. 
1.  G.  P.  Xomchenko.  «Kimyo»,  Oliy  o`quv  yurtlariga  kiruvchilar  uchun. 
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2007.  
2.  A.  G.  Muftaxov,  H.  T.  Omonov,  R.  O.  Mirzayev.  «Umumiy  kimyo», 
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2002. 
3.  M.  M.  Abdulxayeva,  O`.  M.  Mardonov.  «Kimyo»,  Toshkent, 
«O`zbekiston» nashriyoti, 2002. 
4.  A.  A.  Abdusamatov,  R.  Mirzayev,  R.  Ziyayev.  «Organik  kimyo», 
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 2002. 
5.  I.  M.  Primuhamedov.  «Organik  ximiya»,  Toshkent,  «Meditsina» 
nashriyoti, 1987. 
6.  S.  I.  Iskandarov,  A.  A.  Abdusamatov,  R.  A.  Shoymardonov.  «Organik 
ximiya», Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 1979. 
7.  O.  S.  Sodiqov,  O.  Y.  Yo`ldoshev,  K.  S.  Sultonov.  «Organik  ximiya», 
Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 1971. 
 
41–Mavzu: Oksikislotalarga xos reaksiyalar. Laktidlar va laktonlar. 
 
Reja: 
1. Oksikislotalarning fizik –kimyoviy xossalarini; 
2. Oksikislotalarga xos reaksiyalarni

 
204 
3. Laktidlar va laktonlar tushunchalarini. 
Yangi darsning bayoni. 
Fizikaviy  xossalari.  Bir  asosli  oksikislotalarning  dastlabki  vakillari  quyuq 
suyuqliklar yoki qattiq moddalar bo`lib, ular suvda yaxshi eriydi. Ikki va uch asosli 
oksikislotalar qattiq kristall moddalardir. Ayrim oksikislotalar optik faol bo`ladi. 
 
Kimyoviy  xossalari.  Oksikislotalar  molekulasida  ham  karboksil,  ham 
gidroksil  guruhlar  mavjud  bo`lganligi  tufayli  ular  karbon  kislotalar  va  spirtlarga 
xos  barcha  kimyoviy  reaksiyalarga  kirishadi.  Bulardan  tashqari,  faqat 
oksikislotalar uchun xos bo`lgan reaksiyalar ham mavjuddir. 
 
1. Karboksil guruh reaksiyalari. Oksikislotalar tegishli oddiy kislotalarga 
qaraganda kuchli bo`lib, bu xususiyat gidroksil guruhning manfiy induksion effekti 
(–I) bilan izohlanadi: 
H
O
O
C
CH
O
H









2
 
 
Gidroksil  guruhi  karboksil  guruhiga  qancha  yaqin  joylashgan  bo`lsa, 
oksikislota shuncha kuchli bo`ladi. 
Oksikislotalar  karboksil  guruhi  hisobiga  quyidagi  kimyoviy  reaksiyalarga 
kirishadi: 
a) Oksikislotalar ishqorlar bilan ta`sirlashib tuzlarni hosil qiladi: 
HO–R–CO–OH + NaOH → HO–R–CO–ONa + H
2

b) Oksikislotalar PCl
3
, PCl
5
, SO
2
Cl kabi moddalar bilan reaksiyaga kirishib 
xlorangidridlarni hosil qiladi: 
3HO–R–CO–OH + PCl
3
 → 3HO–R–CO–Cl + H
3
PO
3
  
HO–R–CO–OH + PCl
5
 → HO–R–CO–Cl + POCl
3
 + HCl 
HO–R–CO–OH + O=SCl
2
 → HO–R–CO–Cl + SO
2
 + HCl 
c)  Oksikislotalar  spirtlar  bilan  o`zaro  reaksiyaga  kirishib  murakkab  efirlar 
hosil qiladi: 
HO–R–CO–OH + HO–C
2
H
5
 → HO–R–CO–O–C
2
H
5
 + H
2

d) Oksikislotalar ammiak bilan ta`sirlashib amidlar hosil qiladi: 
HO–R–CO–OH + NH
3
 → HO–R–CO–NH
2
 + H
2


 
205 
 
2.  Gidroksil  guruh  reaksiyalari.  Oksikislotalar  gidroksil  guruhi  hisobiga 
quyidagi kimyoviy xossalarni namoyon qiladi: 
a)  Oksikislotalar  ishqorlar  bilan  reaksiyaga  kirishib  alkogolyatlar  hosil 
qiladi: 
R
C H
O H
C O O H
+
R
C H
O N a
C O O H
+
H
2
O
N a O H
 
b) Oksikislotalar spirtlar bilan reaksiyaga kirishib oddiy efirlar hosil qiladi: 
R
C H
O H
C O O H
+
H O
R
R
C H
O
C O O H
R
+
H
2
O
 
c) Oksikislotalar karbon kislotalar bilan reaksiyaga kirishib murakkab efirlar 
hosil qiladi: 
R
C H
O H
C O O H
+
H O
C O
R
R
C H
O
C O O H
C O
R
+
H
2
O
 
 
d)  Oksikislotalarning  gidroksil  guruhi  oksidlanish  reaksiyasiga  kirishadi 
hamda aldegidkislotalar va ketonkislotalar hosil qiladi: 
H
C H O H
C O O H
+
O
-
H
2
O
C
C O O H
O
H
 
                              glikol kislota                               glioksal kislota (aldegidkislota) 
C H
3
C H O H
C O O H
+
O
-
H
2
O
C H
3
C O
C O O H
 
                          sut kislota                                        pirouzum kislota (ketonkislota) 
 
3.  Oksikislotalarga  xos  reaksiyalar.  Oksikislotalar  molekulasidagi 
gidroksil  guruhi  va  karboksil  guruhining  o`zaro  ta`siri  bilan  bog`liq  bo`lgan  turli 
xil kimyoviy reaksiyalarga kirishadi: 
a)  α–oksikislotalar  suyultirilgan  mineral  kislotalar  ishtirokida  qizdirilganda 
parchalanadi hamda chumoli kislota va aldegid yoki keton hosil bo`ladi: 
R
C H O H
C O O H
R
C
O
H
+
H
C O O H
 

 
206 
R
C
C O O H
R
O H
R
C O
R
+
H
C O O H
 
 
b)  α–oksikislotalar  qizdirilganda  kislotaning  ikki  molekulasidan  ikki 
molekula suv  ajralib chiqadi  va  laktidlar–olti  a`zoli  siklik  murakkab  efirlar hosil 
bo`ladi: 
R
C
OH
O
HO
H
C
HO
C
C
R
OH
H
O
2H
2
O
+
R
C
H
C
O
C
C
O
O
H
O
 
 
c) β–oksikislotalar qizdirilganda kislotaning bir molekulasidan bir molekula 
suv ajralib chiqadi va to`yinmagan kislotalar hosil bo`ladi: 
R
C H
O H
C H
2
C O O H
R
C H = C H
C O O H
+
H
2
O
 
d)  γ–oksikislotalar  qizdirilganda  kislotaning  bitta  molekulasidagi  gidroksil 
va  karboksil  guruhlardan  bir  molekula  suv  ajralib  chiqadi  va  laktonlar–besh  va 
olti a`zoli siklik birikmalar hosil bo`ladi: 
HC
OH
R
CH
2
H
2
C
HO
C=O
HC
H
2
C
CH
2
C=O
O
+
H
2
O
R
 
                              γ–oksikislota                        γ–lakton 
 
H
2
C
CH
2
OH
R
HO
CH
H
2
C
C=O
H
2
C
CH
2
C=O
CH
O
H
2
C
R
+
H
2
O
 
                        δ–oksikislota                                   δ–lakton 
 
Sut 
kislota 
CH
3
–CHOH–COOH 
sanoatda 
glyukozani 
maxsus 
mikroorganizmlar yordamida bijg`itish yo`li bilan olinadi: 

 
207 
C
6
H
12
O
6
 → 2CH
3
–CHOH–COOH 
 
Sut  kislota  18 
0
C  da  suyuqlanadigan  kristall  modda  bo`lib,  kuchli 
gigroskopik xususiyatga ega, ya`ni uning tarkibida doimo suv bo`ladi. 
 
Sut  kislota  80  %  li  sirop  (Acidum  lacticum)  ko`rinishida  kuydirish  uchun 
ishlatiladi.  To`qimachilik  va  teri  sanoatida  uning  ikki  valentlik  temir  bilan  hosil 
qilgan tuzi (CH
3
–CHOH–COO)
2
Fe∙3H
2
O ishlatiladi. 
 
Ritsinol  kislota  C
18
H
34
O
3
  bir  asosli  to`yinmagan  yuqori  molekulali 
oksikislota bo`lib, ba`zan bu kislota oksiolein kislota deb ham ataladi: 
CH
3
–(CH
2
)
5
–CHOH–CH
2
–CH=CH–(CH
2
)
7
–COOH 
 
Ritsinol  kislota  kanakunjut  moyining  triglitseridlari  tarkibiga  kiradi. 
Tibbiyotda kanakunjut moyi (Oleum Ricini) surgi dorisi sifatida qo`llaniladi. 
 
Vino 
yoki 
tartrat 
kislota 
(dioksiqahrabo 
kislota) 
ikki 
asosli 
oksikislotalarning vakili bo`lib, quyidagi formula bilan ifodalanadi: 
HOOC–CHOH–CHOH–COOH 
Vino  kislota  K.  B.  Sheele  tomonidan  uzum  vinosi  tayyorlash  jarayonida 
bochkalarda  cho`kib  qolgan  cho`kma–«vino  toshi»  dan  mineral  kislotalar  ta`sir 
ettirish  yo`li  bilan  ajratib  olingan.  Shuning  uchun  ham  vino  toshi  kislotasi  deb 
ataladi.  
KOOC–CHOH–CHOH–COOH + HCl → HOOC–CHOH–CHOH–COOH + KCl 
 
Vino kislotasining to`rt xil izomeri mavjud, ular D (+)–vino kislota, L (–)–
vino kislota, mezovino kislota va uzum kislotalar deb nomlanadi. 
H
C
COOH
OH
HO
C
H
COOH
HO
C
H
C
H
OH
COOH
COOH
H
H
C
C
OH
OH
COOH
COOH
HO
HO
C
COOH
C
COOH
H
H
 
           (+)–vino kislota    (–)–vino kislota    mezovino kislota    uzum kislota 
 
D  (+)–vino  kislota kristall  modda  bo`lib, 170 
0
C  da suyuqlanadi, suvda  va 
spirtda yaxshi, efirda esa yomon eriydi. 
L (–)–vino kislota ham kristall modda bo`lib, 170 
0
c da suyuqlanadi, suvda 
va spirtda yaxshi, efirda esa yomon eriydi. 

 
208 
 
Uzum  kislota  kristall  modda  bo`lib,  suv  biriktirib  olib  204 
0
C  da 
suyuqlanadigan  kristallogidrat  (2C
4
H
6
O
6
∙H
2
O)  hosil  qiladi,  optik  faol  vino 
kislotalarga nisbatan suvda yomon eriydi. 
 
Mezovino  kislota  kristall  modda  bo`lib,  140 
0
C  da  suyuqlanadi,  suv 
biriktirib olib kristallogidrat (C
4
H
6
O
6
∙H
2
O) hosil qiladi. 
 
Vino kislota quyidagi kimyoviy xossalarni namoyon qiladi: 
1.  Vino  kislota  eritmasiga  ozroq  KOH  eritmasi  qo`shilsa,  suvda  yomon 
eriydigan nordon tuz kristallari hosil bo`ladi; 
HOOC–(CHOH)
2
–COOH + KOH → KOOC–(CHOH)
2
–COOH + H
2

 
Hosil bo`lgan  cho`kmaga  NaOH  eritmasi  qo`shilsa, suvda  yaxshi  eriydigan 
o`rta tuz hosil bo`ladi; 
KOOC–(CHOH)
2
–COOH + NaOH → KOOC–(CHOH)
2
–COONa + H
2

 
Hosil bo`lgan o`rta tuz to`rt molekula suv bilan kristallogidrat hosil qiladi va 
Download 1,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish