O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston xalqaro islom akademiyasi



Download 3,5 Mb.
bet167/205
Sana05.09.2021
Hajmi3,5 Mb.
#165035
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   205
Bog'liq
Axb.tex.JMM 9.05.ўқув.қўл.

Birinchi yo‘nalish. Fuqorolar va tashkilotlarning sha’ni, qadr-qimmati va ishbilarmonlik obro’yini; shaxsning ma’naviyati va intellektual rivojlanish darajasini; axloqiy va estetik ideallarini; jamiyatning barqarorligi va barqaror rivojlanishini; davlatning axborot erkinligi va yaxlitligini zararli, xavfli va sifatsiz axborotlar, shubxasiz yolg’on axborotlar va
dezinformatsiyalarning xavfidan, shaxsning hayoti, jamiyat va davlatning rivojlanishi uchun xavf-xatarlar to’g’risidagi axborotlarning bildirilishidan, axborotni tarqatish tartibining buzilishidan himoya qilish.

  • Ikkinchi yo‘nalish. Eng avvalo, foydalanish cheklangan axborotlar va axborot resurslarini (barcha turdaga sirlar, shu jumladan shaxsiy sirlarni), shuningdek axborot tizimlari, axborot texnologiyalari, aloqa va telekommunikatsiya vositalarini begona shaxslarning ruxsatisiz va qonunga zid taxdidlaridan himoya qilish.

  • Uchinchi yo‘nalish. SHaxsning axborotlar sohasidagi huquq va erkinliklarini (axborot ishlab chiqarish, tarqatish, qidirish, olish, berish va undan foydalanish huquqi; intellektual mulkka ega bo’lish huquqi; axborot resurslari va hujjatlashtirilgan axborotlarga, axborot tizimlari va
    texnologiyalariga egalik qilish huquqlari) axborotlashtirish sharoitlarida himoya qilish. Bularni quyida batafsil ko’rib chiqamiz.

    Axborot xavfsizligini huquqiy ta’minlashning birinchi yo’nalishining huquqiy asosini O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining quyidagi huquqiy normalari tashkil etadi.

    29-Modda.

    Har kim fikrlash, so’z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim o’zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasno.



    67-Modda.

    Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. Ular axborotning to’g’riligi uchun belgilangan tartibda javobgardirlar. Senzuraga yo’l qo’yilmaydi.

    Sifatsiz axborotlarni tarqatganlik, axborot tarqatish tartibini buzganlik uchun javobgarlik O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi normalarida nazarda tutilgan. Bular: tuhmat (139-Modda), xaqorat qilish (140-Modda), urushni targ’ib qilish (150-Modda), milliy, irqiy yoki diniy adovat qo‘zg‘atish (156-Modda), O’zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilishga da’vat etish (159-Modda), axborotlashtirish qoidalarini buzish (174-Modda), qonunga xilof ravishda axborot to’plash, uni oshkor qilish yoki undan foydalanish (191-Modda), pornografik narsalarni tayyorlash yoki tarqatish (130-Modda), raqobatchini obro’sizlantirish (192-Modda), atrof tabiiy muhitning ifloslanganligi to’g’risidagi ma’lumotlarni qasddan yashirish yoki buzib ko’rsatish (194-Modda).

    Sifatsiz axborotlarning ta’siridan himoya qilish asosan ommaviy axborot vositalari to’g’risidagi qonun hujjatlarida, Uzbekistan Respublikasi Jinoyat kodeksi normalarida belgilanganligiga e’tiborni qaratish lozim.

    Axborot xavfsizligi ikkinchi yo’nalishining huquqiy asosini quyidagilar tashkil etadi:


    • fuqoro malumotlar (shaxsiy ma’lumotlar), qonunda belgilangan xolatlarda ommaviy axborot vositalarida tarqatilishi lozim bo’lgan ma’lumotlar bundan mustasno;

    • tergov va sudda ishni ko’rish sirlarini tashkil etadigan ma’lumotlar;

    • O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi va qonunlariga muvofiq davlat xokimiyati organlari tomonidan foydalanish cheklangan xizmatga doir ma’lumotlar (vrachlik, notarial, advokatlik sirlari, yozishmalar, telefonda so’zlashuvlar, pochta jo’natmalari, telegraf xabarlari yoki boshqa xabarlar sirlari va x.k.);

    • O’zbekistan Respublikasining Fuqarolik kodeksi va qonunlariga muvofiq, davlat hokimiyati organlari tommonidan foydalanishi cheklangan, tijorat faoliyati bilan bog’liq bo’lgan ma’lumotlar (tijorat sirlari);

    • kashfiyot, foydali model yoki ishlab chiqarish namunasining moxiyati xaqidagi ma’lumotlar, ular to’g’risidagi axborotlar rasman e’lon qilingunga qadar.

    Himoya qilinishi lozim bo’lgan axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanish uchun mas’ul davlat xokimiyati organlari va tashkilotlar, shuningdek foydalanish cheklangan axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanish uchun axborot tizimlari va axborot texnologiyalarini ishlab chiqadigan va qo‘llaydigan idora va tashkilotlar o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga amal qiladilar.

    Nodavlat tuzilmalarda axborotlarni himoya qilishga bo’lgan talablarning bajarilishi va maxsus dasturiy-texnik himoya vositalaridan foydalanilishini nazorat qilish, shuningdek foydalanish cheklangan axborotlarni qayta ishlaydigan axborot tizimlarini himoya qilish bo’yicha tashkiliy chora-tadbirlarning ko’rilishini ta’minlash davlat hokimyati organlari tomonidan amalga oshiriladi. Nazorat O’zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

    Davlat mulki hisoblangan, foydalanish cheklangan axborotlarni qayta ishlaydigan tashkilot­lar axborotlarni himoya qilishni ta’minlaydigan maxsus xizmatlar tashkil etadilar.

    Axborot resurslarining egasi yoki u vakolat bergan shaxslar axborotni himoya qilishga bo’lgan talablarning bajarilishini nazorat qilish, bu talablar bajarilmagan taqdirda axborotlarni qayta ishlashni taqiqlash yoki to’xtatib qo’yishga xaqlidir.

    Hujjatlashtirilgan axborotlarning egasi yoki soxibi axborot tizimlaridagi o’z axborotlarini himoya qilish norma va talablarining to’g’ri bajarilayotganini baholashni so’rab davlat hokimiyati organlariga murojaat qilishga xaqlidir. Tegishli organlar O’zbekiston Respublikasining hukumati tomonidan belgilanadi. Bu organlar axborotlarni va tekshiruv natijalarini sir tutish shartlariga amal qiladilar.

    «Axborotlashtirish to’g’risida»gi qonunda axborotlarni himoya qilish sohasidagi sub’ektlarning huquq va majburiyatlari belgilab qo’yilgan.

    Hujjatlar, hujjatlar to’plami va axborot tizimlarining egasi yoki u vakolat bergan shaxs­lar foydalanuvchiga axborotlarni taqdim etish vaqti, joyi va mas’ul mansabdor shaxslarning ko’rsatgan holda, unga axborotlarni taqdim etish hamda zarur protseduralar tartibini belgilaydilar va foydalanuvchilarning axborotlardan foydalanish shartlarini ta’minlaydilar.

    Hujjatlar, hujjatlar to’plami va axborot tizimlarining egasi O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq, axborotlarning himoyalanish darajasini ta’minlaydi.

    Sertifikatlashtirilmagan axborot tizimlari va ularni ta’minlash vositalaridan foydalanilishi bilan bog’liq tavakkalchilik bu tizim va vositalarning egasi (soxibi) zimmasiga tushadi.
    Sertifikatlashtirilmagan tizimdan olingan axborotlardan foydalanish bilan bog’liq tavakkalchilik axborotlardan foydalanuvchining zimmasiga tushadi.

    Hujjatlar, hujjatlar to’plami va axborot tizimlarining egasi o’z axborot resurslari va tizimlarini himoyalash chora-tadbirlarining yearliligini taxlildan o’tkazishni so’rab, shuningdek maslahatlar olish uchun axborot tizimlari va axborot resurslarini himoyalash vositalarini sertifikatlashni amalga oshiradigan tashkilotlarga murojaat qilishi mumkin.

    Hujjatlar, hujjatlar to’plami va axborot tizimlarining egasi barcha axborotlarni himoya qilish rejimining buzilish holatlari to’g’risida axborot resurslari va (yoki) axborot tizimlarining egasiga xabar berishi shart.

    Qonunda axborot jarayonlari va axborotlashtirish sohasidagi sub’ektlarning huquqlarini himomoya qilish nazarda tutilgan va ular quyidagilardan iborat.

    Axborot resurslarini shakllantirish, axborot resurslaridan foydalanish, axborot tizimla­ri, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalarini ishlab chikish va ulardan foydalanish sohasidagi sub’ektlarning huquqlarini himoyya qilish g’ayriqonuniy hatti-harakatlarning oldini olish, qoidabuzarlarni javobgarlikka tortish, sub’ektlarning buzilgan huquqla­rini tiklash va yetkazilgan zararning o’rnini qoplash maqsadlarida amalga oshiriladi.

    Axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanish, axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalarini yaratish va ulardan foydalanish sohasidagi xalqaro norma va qoidalarni buzganlik uchun davlat xokimyati organlari, tashkilotlar va fuqorolar chet el firmalari va boshqa hamkorlar bilan O’zbekiston Respublikasi imzolagan xalqaro bitimlardan kelib chiqib tuzgan shartnomalariga muvofiq javobgar bo’ladilar.

    Axborot xavfsizligining bu yo’nalishidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining moddalaridagi normalar bilan tartibga solinadi: xat-yozishmalar, telefonda so’zlashuv, telegraf xabarlari yoki boshqa xabarlarning sir saqlanishi tartibini buzish (143-Modda), kompyuter axborotlaridan qonunga zid ravishda foydalanish, EHM uchun zararli dasturlarni yaratish, ulardan foydalanish va ularni tarqatish, EHMdan, EHM tizimidan yoki ularning tarmog‘idan foydalanish qoidalarini buzish (174-Modda).

    Uchinchi yo’nalish bo’yicha quyidagilarni keltirish mumkin.




    Download 3,5 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   205




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish