Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va О‘rta Maxsus Ta’lim Vazirligi О‘zbekiston Respublikasil Madaniyat Vazirligi О‘zbekiston Davlat Konservatoriyasi



Download 37,45 Kb.
bet1/3
Sana10.07.2022
Hajmi37,45 Kb.
#771301
  1   2   3
Bog'liq
Tohir


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va О‘rta Maxsus Ta’lim Vazirligi
О‘zbekiston Respublikasil Madaniyat Vazirligi
О‘zbekiston Davlat Konservatoriyasi
О‘zbek maqomi tarixi va nazariyasi” fanidan
KURS ISHI
Mavzu: V. A. Uspenskiyning maqom nota yozuvlari

Bajardi: “Cholg‘u ijrochilik” fakulteti
“Xalq cholg‘ularida ijrochilik” yo’nalishi
218-2 bosqich talabasi
Orifjonov Tohirbek

Ilmiy rahbar: s.f.n dotsent: Sh.I.Ayxodjayeva

Toshkent 2022.
Reja:
Kirish:
Asosiy qism:
1-§. Shashmaqom asoslari.
2-§. V. A. Uspenskiyning maqom nota yozuvlari.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.


Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Maqomlar Sharq xalqlarida juda qadim zamonlardan mavjud boʻlagn musiqa janridir. Ular bu xalqlarnmng oʻziga xos musiqa boyliklari asosida kasbiy sozanda va xonandalar tomonidan yaratilgan va uzoq madaniy-tarixiy taraqqiyot jarayonida mustaqil musiqa janri sifatida yuzaga kelgan. Maqomlar Sharq xalqlarinnng musiqa merosida juda katta oʻrin tutadi Shu sababli maqomlar masalasi musiqashunos va sharqshunos olimlarning diqqatini oʻpdan beri oʻziga jalb etib, Sharq xalqlari musiqa madaniyatida juda katga tarixiy, ilmiy va amaliy aqamiyatga ega boʻlgan masalalardan biri boʻlib qoldi. XX - XIX asr Sharq musiqa madaniyatiga oid tarixiy-nazariy asarlar va tarixiy-adabiy xarakterdagi manbalariing koʻplarida maqomlar masalasiga alohida axamiyat berilgan. Soʻnggi davrlarda xam koʻpgina musiqashunos olimlar maqomlar haqida oʻzlarining fikrlarnni bildirib kelganlar. Shunga qaramay, maqomlar borasida koʻpgina chalkashliklar va anglashmovchiliklar mavjud. Buni hal etish esa juda murakkab va chuqur ilmiy tadqiqotlar olib borishni talab etadi. Maqomlar Sharq xalqlari musiqasining asosini tashkil etadi. Shu sababli maqomlarni atroflicha oʻrganilishi musiqa madaniyatimiz tarixida muqim axamiyagga ega. Maqomlarning taraqqiyot tarixi oʻrganilishida oʻtmishda mashhur boʻlgan fanning turli sohalari bilan bogʻliq juda murakkab masalalarga duch kelinadi. Bu hol esa, maqomlarni oʻrganishda katta qiyinchiliklar tugʻdiradi. Maqomlarning nazariy xam amaliy tomonlari bor. Ularning nazariy jixatlari Sharq musiqasiga bagishlangan risolalarda oʻz ifodasini topgan Oʻzbek-tojik xalqlaridagi maqomlarning amaliy tomonlarini esa, ustoz sozanda va xonandalan shogirdga ogʻzaki oʻtib, bizgacha yetib kelgan maqomlar turkumidagi birdan-bir janr. Shashmaqom koʻrinishida tasavvur etish mumkin.Shashmaqom ikki yuz ellikka yaqin kuy va ashulalardan iborat hamda oʻzbek-tojik xalqlari musiqa merosining salmoqli qismini tashkil etadi. Maqomlar, shu jumladan, Shashmaqom masalasi musiqa madaniyatimiz tarixida juda kam oʻrganilgan sohalardandir. Ularni oʻrganish, nazariy tahlil qilishishi esa, yuqorida aytilganidek, juda murakkab muammodir. Sharq musiqa nazariyasini sharhlab beruvchi koʻpgina yozma manbalarda maqomlar tushunchasini, xos belgilarini, ularning baʻzi amaliy tomonlarini anglashga yordam beradigan qimmatli maʻlumotlar uchraydi. Bu manbalarni oʻrganish shuni koʻrsatadiki, maqomlarning juda qadimiy tarixi boʻlsa-da, Shashmaqom Oʻrta Osiyoda yashab kelgan maqom turkumlarining eng soʻnggi shaklidir va bundan taxminan ikki asr ilgari (XVIII a.) shakllangan. Turli tushunchalar ifodasi boʻlgan “maqomlar” musiqada lad (parda) uyushmalari maʻnosida keladi Bu tushuncha turli davrlarda yashab kelgan maqomlarning xamma shakllarida ham oʻz mazmunini birdek saqlab keldi. Shuning uchun Shashmaqomni ham oʻtmishda joriy tgilgan “maqom” tushunchasi bilan birgalikda, uning tarixiy shakllanish jarayoni kesimida qarab chiqish alohida ahamiyatga ega. Maqomlarning nazariy ham amaliy asoslarini, ularning oʻzbek-tojik xalqlari musiqa madaniyatida tutgan mavqesini, badiiy-estetik qimmatini aniqlash, Shashmaqomning tub moxiyatnni imkoniyat doirasida ochib berish bu asar oldiga qoʻyilgan asosiy vazifalardan biridir. Sharq xalqlarida maqomlarning uzoq oʻtmishdagi jonli namunalarini oʻrganishga imkon beradigan nota yozuvlari boʻlmagani uchun ularning amaliy masalalarini oʻrganish doirasi ancha cheklangan. Shu bois maqomlar masalasini oʻrganish ishida biz ularning tugal bir tarixiy taraqqiyot yoʻlini ochib berishni daʻvo etmaymiz. Muallif bu masalani koʻproq manbashunoslik nuqtai nazaridan hal etishga harakat etadi. Oʻtmishda maqomlarning jonli namunalarini aniqlashga yordam beruvchi nota yozuvlari boʻlmaganligi sababli ularning amaliy jixatdan taraqqiyot yoʻli bizga qorongʻidir. Shuning uchun IX - XIX asr yozma manbalariga murojaat etishga toʻgʻri keladi. Bu manbalar esa mazmunan turlichadir. Sharq musiqa nazariyasi masalalariga bagʻishlangan risolalar maqomlar tarixini oʻrganishda yagona bosh manba boʻlib xizmat etadi. Bulardan tashqari koʻp sonli tarixiy, adabiy va boshqa koʻrinishdagi musiqa bilan bilvosita bog’liq boʻlgan manbalar ham boʻlib, ular musiqa, xususan maqomlarning baʻzi amaliy tomonlarini oʻrganishga yordam beradi. IX - XV asrlarda yaratilgan nazariy manbalar maqomlarni “lad asoslari” tarzida oʻrganishga imkon beradi. Tarixiy-adabiy xarakterlagi manbalarda esa baʻzi marosimlar, saroy bazmlari, xarbiy yurishlar, tantana va xalq shodiyonlari, baʻzi yigʻinlar bilan bogʻliq musiqa xayoti, sozanda, xonanda va bastakorlar hayoti va ijodi haqidagi maʻlumotlar, musiqa cholgʻulari, kuy va maqomlar nomi va boshqa tarixiy materiallar oʻz ifodasini topgan. Shunisi aniqki, bu manbalar maqom yoʻllarini, oʻsha janrdagi musiqaning jonli namunalarini tasavvur etishga imkon bera olmaydi. Shu sababli maqomlar masalasida XVII asrga, yaʻni Shashmaqom shakllangunga qadar oʻtgan davrni, asosan, nazariy jixatdan yoritib berilishigagina imkoniyat mavjud. Yuqoridagi muloxazalarga asosan, ushbu asarda maqomlar masalasi ikkita katta qismga ajratilib tadqiq etiladi. Birinchi qismda Oʻrta Osiyo xalqlari musiqa madaniyati tarixiga doir baʻzi masalalar, maqomlarning oʻtmishdagi nazariy asoslari va ularning Shashmaqomgacha boʻlgan shakllari toʻgʻrisida gapiriladi. Bu oʻrinda yuqorida zikr etilgan musiqa bilan bevosita xamda bilvosita bogʻliq boʻlgan manbalar asos qilib olindi, binobarin ular muallif foydalana olish imkoniyati doirasida ishga jalb etildi. Ikkinchi qismda Shashmaqom masalalarini nashr etilgan nota, kitoblar, magnit tasmalaridagi maqom yozuvlari va gramalastinkalar asosida yoritishga xarakat etiladi. Ishning oxirida foydalanilgan qoʻlyozma manbalarning qisqa tafsiloti, Shashmaqomning XIX asr oʻrtalarida koʻchirilgan sheʻriy matnlaridan namunalar hamda asarda uchraydigan baʻzi atamalarning qisqacha lugʻati ilova qilinadi. “Oʻzbek maqomi tarixi va nazariyasi” fanining maqsadi – maqomlarni xalq musiqa ijodiyoti bilan taqqoslash, ularni ilmiy-amaliy asosda oʻrganib, uning nazariy tahlili, tarixini ochib berishdan iboratdir. Fanning maʻruza soatlarida, asosan, tarixiy va nazariy maʻlumotlar beriladi. Amaliy mashgʻulotlarda esa, maqomlarning mushkilot (cholgʻu) hamda nasr (ashula) qismlaridan parchalar yoki yaxlit bir shoʻbani oʻrganish rejalashtiriladi. Fanning vazifalari – oʻquvchilarga maqom asoslarini tushuntirish, maqom sozanda va bastakorlari haqida maʻlumot berish, ularni asarlarini oʻrgatishdan iborat. Ushbu fanda qadimiy musiqa risolalarida sharh etilgan musiqaning nazariy masalalari bilan hozirgi kunda mashhur boʻlgan Shashmaqom va Xorazm maqomlari, shuningdek, Fargʻona-Toshkent maqom yoʻllarining xalq musiqasiga munosabati masalalari, shuningdek, tarixiy va nazariy asosga ega boʻlgan maqomlarning shakllanish va rivojlanish jarayonlarini oʻrgatishdir. Maqomlar – maʻlum tartibda yaratilgan turkumli musiqiy majmua boʻlib, bastakorlik ijodiyotining oʻziga xos sayqal berilgan turidir. Maqomlar keng maʻnoda xalq musiqasining qomusidir. Chunki ularda, xususan Shashmaqomda oʻzbek va tojik xalqlari musiqasiga xos vazn xususiyatalari, sado-ohanglar, doira usulllari, sheʻriyat bilan bogʻliq qator jabhalar oʻzining toʻlaqonli ifodasini topgan. Oʻzbek mumtoz musiqasida maqom janri yetakchi oʻrinni egallab kelgan.


Download 37,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish