Shashmaqom asoslari.
Shashmaqom shakli – bastakorlik sanʻatining mahsulidir. Bastakorlik anʻanalari ham juda qadimdan boshlab davom etib kelmoqda. Temuriylar, ayniqsa Navoiy davrida, keyinchalik XVI-XVII asrlarda bastakorlik sanʻati yuksak darajada boʻlganligi qoʻlyozma manʻbalardan maʻlum. Bastakor soʻzi tojikcha boʻlib, bogʻlovchi, bastalovchi maʻnosini anglatadi. Oʻtmishda bastakorlarning faoliyati turlicha boʻlgan. Dastlab ular maqomlar va xalq musiqa asarlari asosida betakror kuy va ashulalar yaratganlar. Yana, bastakorlar maqom pardalari negizida yangi-yangi yoʻllar, yaratganlar, tayyor kuyga yangi pardalar kiritib, yoki uni boshqa doira usuliga tushirib, jozibali va mukammal asarlarni yuzaga keltirganlar. Binobarin, sheʻr matnlarining ashulaga shaklan hamda mazmunan moslab tushirilishiga ham alohida ahamiyat berganlar. Shashmaqomdagi turkumlarning yuzaga kelishila bastakorlardagi bunday tajriba alohida ahamiyat kasb etadi. Baʻzan shoʻbalar, masalan, Buzruk maqomidagi Talqini Uzzol, Nasri Uzzol va Ufari Uzzol qismi ohangdosh ashulalar boʻlib, faqat doira usuli va sheʻr oʻlchovidangina farq etadi. Shashmaqom turkumlari koʻpincha ashulalarning yangidan-yangi variantlarini yaratish bilan takomillashtiriladi. Shunday qilib, Shashmaqom oʻtmishdagi bastakorlik anʻanalarining mahsuli sifatida, maqomchilikdagi boy tajribaga asoslangan holda yuzaga keldi. Keyingi ikki asrdan koʻproq, oʻtgan davr ichida, bir sozanda – xonandadan ikkinchisiga ogʻzaki tarzda oʻtib kelishi jarayonida Shashmaqom tobora juda katta oʻzgarishlarga uchradi va bizgacha etib keldi. Bu narsa XIX asrda tuzilgan va maqomlarga aytilgan sheʻr toʻplamlaridagi maqom va shoʻbalar nomini, sheʻr oʻlchovlari hozirgi maqom qismlari bilan solishtirilsa, yaqqol seziladi. Shashamaqom oʻzbek xalqi musiqa merosida juda katta oʻrin tutadi. Shashamaqom yoʻllarida milliy va mahalliy musiqaning boy ohanglari, vazn xususiyatlari, doira usullari va ashulalar sheʻrlarini moslab tushira bilish qoidalariga bogʻliq qator tomonlar mujassamlangan. Keyingi kuzatishlar Shashmaqom, xalq musiqa merosining asosini tashkil etadi deyishga imkon beradi. U 250 ga yaqin cholgʻu va ashula yoʻllarini oʻz ichiga oladi. Ular asosida yaratilgan yuzlab xalq kuy va ashula namunalari, surnay yoʻllari hisobga olinsa, maqomlarning xalq musiqasida tutgan oʻrni naqadar baland ekanini yana bir bor bilib olish mumkin. Shashmaqom (oʻzb. shashmaqom, toj. шашмақом, fors ششمقام) — Tojik, oʻzbek, qoraqalpoq va Buxoro yahudiy xalqlari musiqiy merosida markaziy oʻrin tutgan maqomlar turkumi; parda, ohang, usul, shakl, uslub kabi vositalar bilan oʻzaro uzviy bogʻlangan mumtoz kuy va ashulalar majmui. U muayyan shart-sharoitlarda musiqiy folklor hamda kasbiy musiqa yoʻnalishlarida orttirilgan koʻp asrlik ilmiy-ijodiy tajriba hamda izlanishlar natijasida yuzaga kelgan. Shashmaqom milliy hamda mintaqaviy mumtoz musiqa anʼanalarining tarixan uzun taraqqiyot jarayoni natijasida bir qator bastakorlar avlodi sanʼatining qomusiy mahsulidir. Oʻrta asr Yaqin va Oʻrta Sharq xalqlari musiqa ilmida maqom, asosan, parda tuzilmalari tushunchasini hamda ularga mos holda yaratilgan quy va ashulalarni ifodaladi. Maqomlar dastlabki davrda tarqoq shakllarda rivojlandi, 13-asrda esa Safiuddin al-Urmaviy ularni 12 asosiy maqomdan iborat nazariy tizim shakliga keltirdi. 17-asrdan soʻng Oʻn ikki maqom tizimi inqirozga uchrab, uning negizida Sharq xalqlari orasida maqomlarning yangicha milliy va mahalliy shakllari vujudga kela boshladi. Xususan, 18-asrning oʻrtalarida Oʻrta Osiyoning yirik madaniy markazlaridan biri Buxoro shahrida saroy sozanda, xonanda va bastakorlari ijodiyi jrochilik faoliyatida Shashmaqom uzil-kesil shakllanib, Buxoro maqomlari, Buxoro Shashmaqomi nomlarida ham yuritildi. Oʻzbek maqom turlaridan Xorazm maqomlari, Fargʻona-Toshkent maqom yoʻllari, shuningdek, yovvoyi maqomlar, surnay, dutor yoʻllari va boshqalar Shashmaqom taʼsirida rivojlandi. Oʻtgan zamon bastakorligida keng qoʻllanilgan amal, kor, naqsh, peshrav, savt, tarona, qavl kabi janrlarning noyob namunalari Shashmaqom tarkibida bizgacha yetib keldi. Maqomlar sozanda va xonandalar tomonidan yakka tarzda, shuningdek, joʻrovozlik va joʻrnavozlikda ijro etib kelingan. Xususan, Buxoro amirlari saroyida eng soʻnggi davrda joʻrnavozlik asosan, 2 tanbur, 2 doira, afgʻon rubobi, sato yoki qoʻbiz, imkonga koʻra boʻlamon cholgʻularidan iborat boʻlgan. Har bir maqomning bosh tovushqatori oʻziga xos va nisbatan barqaror boʻlib, turkumning toʻliq musiqiy ijro jarayonida uning pardalarida ayrim oʻzgarishlar ham sodir boʻlib turadi. Chunki Shashmaqom shakllanishida maqomlar tarkibiga 12 maqomdan mazkur maqom pardalariga yaqin, kuy mavzui tabiatiga ohangdosh oʻzga shoʼba va maqom yoʻllari ham kiritilgan. Ularning ladtonalligi asosiy maqom yoʻllariga baʼzan mos kelmasligi ham mumkin. Shashmaqomni tashkil etgan maqomlarning har biri ikki — cholgʻu “Mushkilot” va ashula “nasr” yirik boʻlimlaridan iborat. Cholgʻu boʻlimlarida bir xil nom bilan ataluvchi cholgʻu qismlari mavjud boʻlib, ohanglari oʻzlari mansub boʻlgan maqom kuyiga xos, doira usullari esa bir xildir. Ulardan asosiylari Tasnif, Tarje, Gardun, Muxammas va Saqil deb ataladi. Bu qismlar maqom nomlariga qoʻshib, masalan, Tasnifi Buzruk, Tarjei Dugoh, Garduni Segoh kabi, ayrimlari esa bastakorlar nomi bilan birga yaʻni, Muxammasi Nasrulloyi, Saqili Islimxon kabi ataladi. Baʼzi cholgʻu qismlari alohida nomga ega, Dugoh va Segoxda esa maqom nomi bilan qoʻshib aytiladi masalan, Peshravi Dugoh, Samoi Dugoh, Xafifi Segoh. Shahrining cholgʻu qismlari xona va bozgoʻy kuy tuzilmalaridan tashkil topadi. Bunda muntazam ravishda oʻzgaruvchi xonalarning rivojlanishi uchun qoʻllanadigan peshrav uslubi alohida ahamiyat kasb etadi. Tasnif, Tarje, Nagʻmai Oraz, Samoi, Xafif kabi cholgʻu qismlari bir-biriga oʻxshash, kichik hajmli; Gardun va Peshrav birmuncha rivojlangan; Muxammas va Saqil yoʻllari uzun va murakkab doira usullari negizida ijod etilgan. Shashmaqom cholgʻu yoʻllarining ichki tuzilishi murakkab boʻlsada, oʻzining ravon ohangdorligi va rangbarangligi bilan shu maqom quy mavzulari bilan bevosita bogʻlikdir. Bu asarlar teran falsafiy va turfa lirik kayfiyatlarni ifodalaydi, tinglovchilardan esa eshitish koʻnikmalariga ega boʻlishni talab etadi. Odatda, Shashmaqom cholgʻu qismlari birin ketin yaxlit tarzda ijro etilgandan soʻng uning "Nasr" boʻlimiga oʻtiladi. Ashula qismlari ancha murakkab shakldagi shoʻbalar, ularning tarona yoki shoxobchalaridan iborat. Bular ham yaxlit turkum tarzida ijro etiladi. Shashmaqom ashula boʻlimlari tuzilish jihatidan bir-biridan farqlanadigan ikki toifa shoʻbalar guruhidan tashkil topgan; birinchisiga Saraxbor, Talqin, Nasr deb nomlanuvchi shoʻbalar va yakuniy Ufar qismi, ikkinchisiga esa, asosan, Savt va Moʻgʻulcha nomli shoʻbalar va ularning shoxobchalari kiradi. Shahridagi nomdosh shoʻbalar Saraxbori Buzruk, Saraxbori Navo va boshqalarning kuy ohanglari turlicha boʻlsada, doira usuli va kuylariga bogʻlab aytiladigan sheʼr vaznlari bir xildir. Shoʻbalarning ikkinchi guruhida Talqincha, Qashqarcha, Soqiynoma va Ufar deb nomlanadigan shoxobchalar mavjud va ular shu nomdagi oʻziga xos doira usullarida yangraydi. Shashmaqom shoʻbalarining rivojlanishida avj va namudlar alohida ahamiyat kasb etadi. Ular ashulaning yirik shakl olishi va mazmunan chuqurlashishida hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻladi. Namudlar maqom yoʻllarida yakka avj yoki guruh tartibida erkin ishlatiladi. Oʻtmishda hofizlarning xohish va imkoniyatiga qarab namudlar soni bir shoʻbada 4 tagacha oʻzgarib turgan. Shashmaqom ashula boʻlimi shoʻbalari shaklan barkamol boʻlib, ichki tuzilmalar tarkibi turlicha boʻlishi mumkin. Masalan, har bir shoʻba yoʻli cholgʻu muqaddimasi bilan boshlanadi. Keyin daromad nomli bosh xat ijro etiladi va oʻrta pardalarda bayon etiluvchi miyonxat jumlalariga oʻtiladi. Oʻrniga qarab dunasr tuzilmasida yuqori pardalar zabt etiladi. Soʻngra shoʻbalarga xos avjda namudlar aytilib, ashula yoʻli miyonxat orqali yoki usiz ulanib ketadigan furovard tuzilmasi bilan yakunlanadi. Baʼzi shoʻbalar tuzilishi boshqacharoq boʻlishi ham mumkin. Shashmaqom ashula boʻlimining birinchi guruh shoʻbalari turkumli tarzda yaxlit ijro etilganida, Saraxbor bilan boshlanib, soʻng uning taronalari 6 tagacha oʻqiladi. Taronalarning oxirgisi talqin doira usulida aytiladigan suporish qismi vositasi bilan Talqin shoʻbasiga silliq ulanib boradi. Talqin taronasi ijro etilib, nasr doira usulidagi suporish orqali Nasr shoʻbasi va uning taronalariga oʻtiladi, Nasr shoʻba namunalari bitta maqomda 2—3 tagacha yetadi. Oxirgi Nasr shoʻbasi, odatda, taronasiz oʻqilib, bevosita Ufar ashula yoʻllariga qoʻshiladi va oxirgi suporish bilan turkum yakunlanadi. Shashmaqom ashula boʻlimining ikkinchi guruhidagi shoʻbalar oʻzaro bogʻlanmagan tarzda mustaqil ashula yoʻllari hisoblanib, ularning har biri, asosan, 5 qismli turkumni tashkil etadi. Masalan, asosiy Savt yoki Moʻgʻulcha ashula yoʻlidan keyin unga ushbu kuy mavzusining yangicha vazn usulli Talqincha, Qashqarcha, Soqiynoma va Ufar namunalari navbatma navbat ulanadi.
“Shashmaqom” shakllanishining dastlabki davrlarida ashula boʻlimining birinchi qismiga kiruvchi Saroxbor, Talqin, Nasr kabi shoʻʻbalar ularning taronalari va uforlar yaratilgan boʻlsa, kеyingi yillarda “Shashmaqom” tarkibi boyib boradi. Unga bastakor-sozandalar yangi-yangi shoʻʻbalar qoʻshdilar.
“Shashmaqom” maʻlum bir chеgarada toʻxtab qolmadi balki oʻz tarkibiy doirasini kеngaytirib bordi. Shunday qilib, Savt va moʻgʻulchalar tipidagi bir nеcha shoʻʻbalar yaratildiki bularni Shashmaqom ashula boʻlimining ikkinchi qismidagi shoʻʻbalar guruhiga kiritildi. “Shashmaqom” anʻanalarini davom ettirib kеlayotgan musiqachi hofiz va bastakorlarning fikricha ashula boʻlimining ikkinchi qismidagi shoʻʻbalar soʻnggi vaqtlarda “Shashmaqom” shoʻʻbalari asosida yaratilib, uning tarkibiga kiritilgan. Bu fikrni “Shashmaqom” ashula boʻlimining ikkinchi qismiga kirgan shoʻʻbalarning mеlodik guruhi xam tasdiqladi. Savt va Moʻgʻilcha kabi shoʻʻbalar “Shashmaqom” ashula boʻlimining birinchi qismiga kirgan shoʻbalar asosida yaratilgan. “Shashmaqom” ashula boʻlimining ikkinchi qismiga kirgan shoʻbalarning hammasi cholgʻu muqaddimasi bilan boshlanadi. Chunki ular birinchi boʻlim shoʻbalari kabi birin-kеtin ijro etilmaydi. Savti va Moʻgʻulcha tipidagi shoʻʻbalar mustaqil ravishda oʻz shoxobchalari bilan birlikda birin-kеtin ijro etiladi.
Ikkinchi qismiga kirgan shoʻʻbalar orasida savtlar xar bir maqomda : Buzrukda –Savti Sarvinoz, Rostda- Savti Ushshoq, Savti-Sabo, Savti Kalon; Navoda – Savti Navo; Dugohda Savti Chorgoh dеyiladi. Ular Sеgoh va Iroqda uchramaydi. Savt arabcha soʻz boʻlib , “ohang ” va “musiqa” tovushi maʻnolarini anglatadi. “Aks sado ” ham. Savt tayyor kuy yoki ashulaga taqlid qilib maʻlum bastakorlik qoidalari asosidagi javob tariqasida yaratiladigan musiqa asiridir. Bu qoidaga binoan asarning ishlanish uslubida uning qiyofasi, lad asosi, kuy elеmеntlari, doira usuli birligi hal etuvchi omillardir. Gʻazallarni yaratishda naziragoʻylik anʻanaviy boʻlganidеk, Savtlar maqomlarning asosiy shoʻbalariga nazira qilingan va ular nеgizida yuzaga kеlganligi maʻlum. Masalan, Nasri Ushshoq-Savti Ushshoq, Navroʻzi Sabo-Savti Sabo, Nasri Chorgoh-Savti Chorgoh kabi. Lеkin savtlarning kuy mavzui butunlay boshqachadir. Ular “javob ” tariqasida yozilgan asarlar boʻlsa ham lad asosi tarkibiy elеmеntlari, yaʻni namudlari oʻzlari mansub boʻlgan maqomlarga mos boʻlsa-da, ularning kuy mavzui boshlanishdagi qismlari esa oʻzlarining otdosh shuʻbalaridan butunlay farq etishi ham mumkin. Savtlarning takt-ritm oʻlchovi bеsh chorak boʻlib. Savtlar bir xil yaʻni hajazi musammani solim vaznidagi shеʻrlar bilan ijro etiladi;
“Mafoiylun – mafoiylun - mafoiylun-mafoiylun”. V - - - V - - - V - - - V - - - Savtlar vazmin va ogʻirroq doira usulida ijro etiladigan juda yoqimli va ohangdor ashulalardir. Savtlarning qiyofasi maqomlarning asosiy shuʻbalardagi kabi ancha murakkab va yirik shakldagi ashulalardir. Ulardagi kuy harakati maqomlarning boshqa yirik shuʻbalaridagi singari pastki pardalardan boshlanib, bir nеcha ashula xatlari orqali miyon parda yoki dunasrlar orqali sеkin-asta pogʻonadan-pogʻonaga koʻtarilib rivojlana boradi va oʻzlariga mos kеladigan namudlar bilan yana avjga tomon rivojlana boradi. Ulardan soʻng oʻrta pardadagi ashula jumlalari vositasi bilan oʻzining dastlabki nuqtasiga qaytadi. Savtlarning kuy qiyofasida boʻlganidеk, ular tarkibidagi namudlar ham turlichadir. Masalan, Savti Sarvinozda–Namudi Ushshoq va Turk: Savti Ushshoqda–Namudi Uzzol, Namudi Muxayyari Chorgoh; Savti Kalon va Savti Saboda Zеbo pari; Savti Navo kuy mavzui Navo maqomining boshqa shuʻbalariga oʻxshamaydi. Balki oʻziga xos boʻlgani uchun Turk bilan Namudi Navoning kеlishi ham Savtlarda umumiy qoidadan mustasnodir. Savtlarning ashula kuy harakati jihatidan oʻziga xos originalliklari bilan maqomlarning boshqa shuʻbalaridan ajralib turadi. Savtlar ijro etilgandan kеyin ularning ritmik va mеlodik variatsiyalari boʻlgan Talqincha, Qashqarcha, Soqiynoma va Ufor nomli shoxobchalariga oʻtiladi. Talqincha ritm takt oʻlchovi, Qashqarcha takt ritm oʻlchovi. Oʻzbеk xalqlari klassik adabiyotida “Soqiynoma” janri maʻlum darajada oʻrin egallab kеlgan. Yirik shoirlarning dеvonlaridan “Soqiynoma”lar alohida qism sifatida kеladi. Shunday shеʻrlardan ijro etiladigan ashula yoʻllari esa “Soqiynoma”lar tarzida yuzaga kеlgan . Ularning shеʻr vazni koʻpincha “Mutaqoribi musammani maxzuf ” nomli shеʻrlar vazni oʻlchoviga mos kеladi. “Fauvlun-Fauvlun-fauvlun-faul”. v - - I v - - I v - - I v – Soʻngi davrlarda esa “Soqiynoma”lar shu oʻlchovga mos kеladigan boshqa gʻazallar bilan ham aytib kеlingan. Savtlar oʻz tarkibidagi Uforilar bilan tamomlanadi. Uforilar ikki xil usulda ijro etiladi. Takt -ritm oʻlchovi yoki . “Shashmaqom” ashula boʻlimining ikkinchi qismiga kirgan shoʻʻbalarning shoxobchalari Talqincha, qashqarcha, Soqiynoma va Uforlar doira usuliga moslanib ishlangan asosiy ashula yoʻlining maʻlum variatsiyasidir. “Chapandoz” chap tushadigan, yaʻni Talqin usulining tеskarisi, Talqin boʻlsa, Chapandozi boʻladi. “Shashmaqom”dagi «Moʻgʻulcha» nomlarida Moʻgʻullar musiqasida mashxur boʻlgan doira usullariga nisbatan bеrilgan. Savt bilan moʻgʻulcha orasidagi farq Savtga nisbatan Moʻgʻulcha tеzroq usuldadir. Moʻgʻulchalar ijrosi uchun «Ramali musammani maqzuf» dеb ataladigan shеʻr vazniga mos gʻazallardan foydalaniladi, bu vazеn afoili va taktisi quyidagicha boʻlib «foilotun-foilotun-foilotun-foilun» - v - - I - v - - I - v - - I - v - oʻlchovida Moʻgʻulchalar Rost va Iroq maqomlarida uchramaydi.
Dugohning Moʻgʻulchasi tarkibida boshqa shuʻbalarda uchramaydigan va Talqin usulida ijro etiladigan qalandariy va Samandariy nomlari bilan mashxur boʻlgan shoxobchalar mavjud. Xuddi shuningdеk, moʻgʻulchai Sеgohda xalq orasida Karimqulbеgi nomi bilan mashxur boʻlgan hamda Talqin doira usulida ijro etiladigan Nimchuponiy shoxobchasini ham uchratish mumkin. Moʻgʻulchalar oʻzining kuy tuzilishi va harakati nuqtai nazaridan nasrlarga hеch oʻxshamaydi. Balki koʻproq Saraxbor yoʻllarini eslatadi. Moʻgʻulchalarda namudlar tarkibi ham turlichadir. Shunisi xaraktеrliki, maqomlarning Moʻgʻulcha, Savt kabi shuʻbalarda uchraydigan namudlar ularning Talqincha, Qashqarcha, Soqiynoma va Uforlarida ham boʻlishi shart. Moʻgʻilchalar va ularga kirgan shaxobchalarning kuy tuzilishi murakkab boʻlsa-da, oʻzining yoqimliligi, turli tuman boʻlishliligi bilan shinavandalarga juda ham manzur boʻlib kеlgan. Moʻgʻulchalar original asarlar boʻlib, Savtlar kabi maqomlarning boshqa shuʻbalari orasida eng mashxurlaridan hisoblanadi. “Shashmaqom” tarkibida Savt va Moʻgʻulchalar tipida yaratilgan boshqa shuʻbalar ham mavjud. Ular Buzruk maqomida Iroqi Buxoro va Rok, Navo da Mustaxzoda Navo dеb ataladi. Demak, maqomlarni oʻrganish va soʻngra ularni ijro etishda xotira kuchi nihoyatda muhim ahamiyatga ega ekan. Shuni nazarda tutib, maqomlarning aytim (ashula) yoʻliari ijrochilarini “hofiz” deb ham atashadi. Bu atama esa arab tilida “saqlovchi”, yaʻni “xotirasida saqlovchi”, “yod biluvchi” maʻnolarini anglatadi. Shuni taʻkidlash joizki, maqom hofizlari kuchli, yuqori pardalami zabt eta oladigan va, ayni vaqtda, xushovoz sohiblari boʻlmoqlari lozim. Maqom hofizlari oʻz sanʻatlarini xalqqa namoyish masʻuliyat bilan ish tutganlar, yaʻni har bir maqomning aytim yoʻli puxta ishlanib, qiyomiga yetgach, u xalq orasida ijro etilgan. Shogirdlar esa ustozlaridan beijozat omma oldida kuylamaganlar. Ijrochiligi yetuk darajaga erishgan shogirdlargina ustozlar duosini olib, xalq xizmatiga bel bogʻlaganlar. Maqomot tizimining aytim yoʻllarida ifoda etilgan m aʻnolar tizimi cholgʻu kuylarida ilgari surilgan maʻnaviy kam olotgʻoyasi bilan uzviy bogʻliqdir. Shu bilan birga, aytim yoʻllari mazmunida gʻoyani yanada teran idrok etishga asos boʻlgan yangi maʻnolar koʻlami kashf etilib, bu holat dastlab mavzu timsolida oʻzining mujassam ifodasini topadi. Zotan kuy mavzui aytim yoʻllarida kelishi asnosida bir qator muhim sifatlarga ham ega boʻladi: endilikda mavzu bayonida, cholgʻu yoʻllaridan farqli o ʻlaroq, mashq etish holatlariga deyarli oʻrin qolmaydi va, ayni chogʻda, mavzu hofizning dardchil ovoz tarovati ila yangi ranglar bilan boyib, mazmuniy teranlik kasb eta boshlaydi. Shuningdek, mavzuga tabiiy ulanib, uning mantiqiy davomidek yangraydigan “ohang” (hang)lar vositasida dardli holatlar yanada ulugʻvor tus oladi. Buxoro maqomlarining “Nasr” nomli aytim yoʻllari (yoki ashula boʻlimlari) ikki guruhdan iborat ashula turkumlariga boʻlinadi. Birinchi guruhning tarkibi, odatda, “Saraxbor”, “Talqin”, “Nasr” deb nomlanuvchi asosiy aytim yoMlari hamda ulaming Taronalari va yakuniy Ufar ashula qismlaridan tashkil topadi. Mazkur shoʻbalar turkumini quyidagicha tasvirlash mumkin:
• Saraxbor (bosh xabarlar, bosh mavzu) Tarona
• Talqin (pand nasihat, maslahat) Tarona
• Nasr (koʻmak, zafar, g ʻalaba) Tarona
• Ufar
Maʻlumki, “Nasr” atamasi Shashmaqomning aytim (shoʻba) yoʻllari uchun berilgan umumiy nom boʻlib, hozirga qadar bu arabcha soʻzning serqirra maʻnolari (proza, koʻmak, zafar, gʻalaba) qay jihatlari bilan shoʻbalarga koʻproq darajada aloqador ekanligi xususida bir toʻxtamga erishilmagan. Ammo bu masalaga tasavvuf kesimida yon- doshilishi o ʻlaroq atamaning “koʻmak” va, ayniqsa, “zafar”, “gʻalaba” maʻnolari Shashmaqom tizimida inʻikos etilayotgan gʻoya mazmuniga nihoyatda muvofiq koʻrinadi. Shashmaqomdagi har bir maqomda dastlab “Mushkilot” boʻlimi sadolanib, soʻngra “Nasr” boʻlimiga oʻtilish tartibini “qiyinchiliklami yengish orqali (ruhiy) gʻalabaga erishish”, tarzida talqin etish mumkin. Shashmaqom aytim yoʻHarming “Nasr” deb yuritilishi esa bu boʻlimdagi asosiy aytim (shoʻba) va aytimlar turkumi darajasida “gʻalaba” g ʻoyasining muhim o ʻrin tutishi bilan izohlanadi. Shunday qilib, Shashmaqomdagi “Sarahbor”, “Talqin” va “Nasr” aytim yoʻllari turlicha doira usullarida ijro etilarkan, ulaming biridan ikkinchisiga mantiqiy bogʻlanishida “Tarona”lar “koʻprik” boʻlib xizmat qiladi. Masalan, “Saraxbor” ashula yoʻli ijro etilgach, unga ulanib “Tarona”lari kuylana boshlaydi. Soʻnggi “Tarona” yakunida “Suporish” nomi bilan m aʻlum kuy tuzilmasi namoyon boʻladi va uning vositasida keyingi asosiy ashula qismi “Talqin”ga oʻtiladi. Bunda “Suporish” tuzilmasi orqali yangi ashulani (yaʻni “Talqin”ni) kuylashga zamin hozirlanadi, yaʻni “Suporish” davomida “Talqin” ashulasining doira usuli oʻz aksini topadi hamda kuyning tayanch pardalari belgilanadi. “Talqin”dan “Nasr” ashulasiga oʻtish ham shu tariqa amalga oshadi, yaʻni bunda ham “Tarona Suporish” vositasi qoTlaniladi. Shuni ham aytish kerakki, “Saraxbor”, “Talqin”,“Nasr”lar yirik hajmli ashula yoʻllari boʻlgani holda, ularning orasida bogʻlovchi tarzida keluvchi “Tarona”lar nisbatan o ʻrta va kichik hajmli, koʻproq ruboiylar bilan aytiladigan ashulalardir. Birinchi guruh ashulalar turkumi “Ufar” va uning yakunida namoyon boiuvchi “Suporish” bilan o ʻz nihoyasiga yetadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |